Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017 28.10.2015 yildagi PQ-2422-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda tarmoqni yagona paxta kompleksi sifatida boshqarish tizimini optimallashtirish, buning asosida paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi faoliyatni samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “O‘zpaxtasanoat” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, tayyor mahsulot sifatida jahon bozorida raqobatdosh yuqori sifatli paxta tolasini ishlab chiqarish va uni paxta terminallariga o‘z vaqtida yuklab jo‘natish, shuningdek texnik chigitlarni tayyorlash va ularni yog‘ zavodlariga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosi va tayyor paxta mahsulotlari (paxta tolasi va chigit)ning miqdori va sifatini qat’iy va aniq hisob-kitob qilishni ta’minlash, paxta xomashyosini qayta ishlashda noishlab chiqarish nobudgarchiliklarini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tozalash tarmog‘i korxonalari tomonidan paxta tolasi va chigitning chiqishiga belgilangan davlat standartlari va me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining sifatini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan navlarni joylashtirishdan kelib chiqqan holda yuqori sifatli urug‘lik chigit tayyorlash va uni paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga o‘z vaqtida yetkazib berishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq xarid qilinayotgan paxta xomashyosi va jo‘natilayotgan paxta mahsuloti uchun uni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtani qayta ishlovchi korxonalarga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda ko‘mak berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “O‘zpaxtaeksport” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtani qayta ishlovchi korxonalar tomonidan paxta terminallariga yetkazib berilayotgan paxta tolasini qabul qilishni ta’minlash, uni qat’iy va aniq hisobga olgan holda, tolaning sifat xususiyatlari bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini saqlashning zamonaviy talablarga javob beradigan tizimini tashkil qilish, ularning sifati pasayishi va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon va mintaqaviy paxta bozorlari konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha tizimli marketing tadqiqotlari olib borish, ulardagi tendensiyalardan kelib chiqib, paxta tolasini eksportga va ichki iste’molchilarga sotish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorining konyunkturasidan kelib chiqqan holda, paxta tolasini yetkazib berish to‘g‘risida eksport shartnomalari tuzilishini tashkil qilish hamda ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq eksportga yetkazib berilayotgan paxta tolasi uchun tolani ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar bilan o‘z vaqtida hisob-kitoblarni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “O‘zpaxtayog‘” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik chigitni qabul qilish va qat’iy hisobga olish, ularning sifatini amaliy nazorat qilish, tarmoq korxonalari paxta yog‘i chiqishining belgilangan me’yorlariga, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishda tegishli tartibga rioya etishlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki iste’mol bozorini yanada to‘ldirish uchun sifatli paxta yog‘i va boshqa yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda yog‘ zavodlariga ko‘mak berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 70 kishidan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 43 kishidan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, uning yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar ro‘yxati 3, 3a va 3b-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtaeksport” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 31 kishidan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, “O‘zpaxtaeksport” AJ paxta terminalining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-sentabrdagi PF-4847-sonli Farmoni tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtayog‘” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 30 kishidan iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda “O‘zpaxtayog‘” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlari ro‘yxati 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari, shu jumladan “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ bosh direktorlari kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan saylanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadilar va maqomi bo‘yicha tegishli ravishda vazir hamda vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ bosh direktorlarining o‘rinbosarlari jamiyatlar aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida saylanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtaeksport” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi iqtisodiy tashkilotlarining paxta tolasini sotish bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtayog‘” AJ hukumatlararo bitimga muvofiq soya loviyasini xarid qilish uchun jalb etilgan AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining kreditlarini to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlari bo‘yicha Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJning paxtani qayta ishlash korxonalari tayyor mahsulotlar (paxta tolasi va texnik chigit) ishlab chiqaruvchi sifatida paxta tolasi va chigit ishlab chiqarish, terminallarda paxta tolasini bir yo‘la saqlash, qayta ishlash va paxta yog‘i ishlab chiqarish quvvatlarining bir-birlariga muvofiqligini hisobga olgan holda 6-ilovaga* muvofiq “O‘zpaxtaeksport” AJning paxta terminallariga va “O‘zpaxtayog‘” AJning yog‘ zavodlariga biriktirib qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” AJga qarashli paxtani qayta ishlash korxonalarining ularga biriktirilmagan paxta terminallari va yog‘ zavodlariga paxta tolasi va texnik chigitni tayyor mahsulot sifatida yetkazib berishi taqiqlansin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisiga “O‘zpaxtasanoat” AJning tegishli paxtani qayta ishlash korxonalarining paxta terminallariga paxta tolasini jo‘natishning viloyat ichki dislokatsiyasini tasdiqlash huquqi berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi PF-4854-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 527-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Hususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalari, shuningdek xolding kompaniyasi tarkibiga o‘tkazilayotgan birlashma va korxonalarning mulkini belgilangan tartibda baholash, yangi aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi korxonalarini kooperatsion aloqalarni saqlab qolish va oziq-ovqat tovarlarini keng assortimentda ishlab chiqarish uchun tizimli ravishda yog‘-moy mahsulotlari bilan zarur hajmda ta’minlab tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ, “O‘zpaxtasanoat” AJ hududiy filiallari ijro etuvchi apparatlarining joriy ta’minoti va ularning faoliyatini moliyalashtirish paxta mahsulotlari va paxta yog‘ini sotishdan olinadigan vositachilik tushumlari, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatidan tushadigan dividendlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoni bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi (Sh.Mirziyoyev) bir oy muddatda “O‘zpaxtaeksport” AJga o‘tkazilayotgan paxta terminallari uchun tashqi savdo kompaniyalari bilan, shuningdek filiallarga aylantirilayotgan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining aksiyadorlari bilan o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8a-uy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtaeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ, “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy manzilida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2422-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 44-son, 558-modda; 2016-y., 39-son, 458-modda, 46-son, 527-modda; 48-son, 547-modda)