Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar | |
2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturini amalga oshirish | ||||
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilishi yuzasidan kompleks va ishonchli monitoringni doimiy asosda olib borish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarori | 2015-yil 10-noyabrgacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. | 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish, har oyda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga uning ijrosining holati to‘g‘risida axborot, shuningdek uni amalga oshirishni jadallashtirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etish. | Kompleks chora-tadbirlar | doimiy asosda | |
3. | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining kollegial majlislarida 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilishini ko‘rib chiqish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari uchun takliflar tayyorlash. | Kompleks chora-tadbirlar | doimiy asosda | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi |
4. | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturini, shu jumladan suv ta’minoti va kanalizatsiya sektorida boshqaruv tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini bajarish bo‘yicha hisobotlari har chorakda eshitilishini ta’minlash. | — | har chorakda | Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi |
I.Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini boshqarish tizimini takomillashtirish | ||||
5. | Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb etish hisobiga suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasining normativ bazasini takomillashtirish, jumladan: 1) xalqaro tajribani hisobga olgan holda yangi hujjatlarni ishlab chiqish va mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritgan holda amaldagi normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish; 2) Suv ta’minoti sohasining normativ bazasini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Grant mablag‘larini jalb etish Kompleks chora-tadbirlar | alohida jadval bo‘yicha | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
6. | 2035-yilgacha bo‘lgan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini komple�s rivojlantirish va modernizatsiyalash konsepsiyasini ishlab chiqish. | Konsepsiya | 2017-yil 1-yanvargacha | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
7. | “Suvoqova” davlat unitar korxonalarining, ularning shahar va tuman filiallarining tuzilmasini qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tuzilmalarga muvofiqlashtirish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining qarori | 2016-yil 1-yanvargacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
8. | Av�riya vaqtidagi ishlarini bajarish uchun iste’molchilardan (abonentlardan) buyurtmanomalarni uzluksiz qabul qiluvchi kecha-kunduz ishlaydigan dispetcherlik va avariya vaqtidagi xizmatlarni, shuningdek avariya oqibatidagi sozlash, tiklash ishlarini tezkorlik bilan amalga oshiruvchi brigadalarning joylarga chiqishini tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | bosqichma-bosqich, 2015-yil 1-noyabrgacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
9. | Andijon viloyatidagi “Suvoqava” OAJni va Toshkent viloyatidagi “Toshvilsuvoqava” OAJni tegishli viloyatlar hokimliklarining “Suvoqova” davlat unitar korxonalariga aylantirish. | Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori | 2015-yil IV chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Andijon va Toshkent viloyatlari hokimliklari |
10. | Servis kontraktlarini joriy etish yo‘li bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan “Suvoqova” davlat unitar korxonalarining o‘zaro munosabatlarini aniq tartibga solish orqali “Suvoqova” davlat unitar korxonasida boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarori | 2017-yil 1-yanvargacha | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
11. | “Suvoqova” davlat unitar korxonalari faoliyatini indikativ rejalashtirish va monitoring olib borishni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, uni amalda joriy etishning mexanizmini va quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ning batafsil ro‘yxatini belgilashni nazarda tutish: texnik ko‘rsatkichlar — hisobga olinmagan suv hajmlari, tarmoqdagi suvning isrof bo‘lishi, tarmoqlarni yangilashning o‘rtacha koeffitsiyentlari, mikrobiologik va fizik-kimyoviy parametrlarning muvofiqlik darajasi, yangi abonentlarni tarmoqqa ulashning belgilangan muddatlariga to‘liq rioya qilish, xizmat ko‘rsatishda rejalashtirilmagan tanaffuslar soni, avariyalar soni va ularni bartaraf etish muddatlariga rioya qilish, iste’molchilarning shikoyatlari soni; moliya-iqtisodiy ko‘rsatkichlar — rentabellik, mablag‘larning yig‘iluvchanligi, debitorlik-kreditorlik qarzlarning ko‘payishi/kamayishi. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016-yil 1-iyulgacha | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
12. | “Suvoqova” davlat unitar korxonasining shahar/tuman filiali to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqish. | Nizom | 2016-yil 1-yanvargacha | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Suvoqo�a” davlat unitar korxonalari |
13. | Ichimlik suvni berish, sotish va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish hajmlarini, tuman, shahar filiallari va umuman “Suvoqova” davlat unitar korxonasi bo‘yicha choraklarga bo‘lg�n holda daromadlar, xarajatlarni nazarda tutuvchi har yilgi ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish. | Dastur | har yili 1-dekabrgacha | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
14. | “Suvoqova” davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallari uchun ochilgan 22622 Hisob raqami yo‘riqnomasining 1-ilovasiga kiritishni nazarda tutuvchi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish. | Yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritish | 2016-yil I chorak | Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi |
15. | “Suvoqova” davlat unitar korxonasining suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish va natijalari bo‘yicha tegishli ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlash. | Xatlovdan o‘tkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish | 2016-yil 1-iyul | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
II.Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
16. | Suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlaridan zarur tarzda foydalanishni va ularni o‘z vaqtida ta’mirlashni ta’minlash uchun “Suvoqova” davlat unitar korxonalarini foydalanish mashinalari va mexanizmlar bilan jihozlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Buyruq | 2016-yil I chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
17. | “Suvoqova” davlat unitar korxonalarini tasdiqlangan normativlar asosida maxsus mashinalar va mexanizmlar bilan ta’minlash. | Moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda kompleks chora-tadbirlar | 2016 — 2020-yillar | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
18. | Moddiy-texnika resurslarining, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash, ta’mirlash va oldini olish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan quvur mahsulotlari, surilmalar va boshqa komponentlarning avariya zaxirasi normativlarini ishlab chiqish. | Buyruq | 2016-yil II chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
19. | Quyidagilarni: keyinchalik foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash maqsadida “Suvoqova” davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini; suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, shu jumladan egasiz va foydalanilmayotgan obyektlarni; suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga noqonuniy ulangan suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini yalpi xatlovdan va texnik auditdan o‘tkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015-yil IV chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
20. | Ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy, energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarga, shu jumladan lizing asosida almashtirish yo‘li bilan energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016-2018-yillar mobaynida bosqichma-bosqich | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
III.Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida tarif siyosatini va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hisobga olish tizimini takomillashtirish | ||||
21. | Mintaqada suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlariga yagona tariflarni bosqichma-bosqich joriy etish, mintaqalarda yagona “Suvoqova” davlat unitar korxonalarini tashkil etishni hisobga olgan holda tumanlar bo‘yicha ularni birxillashtirishni nazarda tutish. | Tariflarni qayta ko‘rib chiqishda | doimo | Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
22. | Xatlov o‘tkazishda keyinchalik qo‘llash maqsadida ma’lumotlarning mijozlar bazalari va lizing tizimlari uchun yagona texnik talablar va parametrlarni yaratish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016-yil I chorak | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi |
23. | Abonentlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish yo‘li bilan abonent xizmati faoliyatini takomillashtirish va ichimlik suv hajmini ishlab chiqarish, sotish va uning uchun haq to‘lanishini kuzatib borish maqsadida monitoring olib borish, abonentlardan mablag‘lar to‘planishi darajasini oshirish, hisob raqamlarini tayyorlash va mablag‘ qo‘yish jarayonini kompyuterlashtirish, ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirishga yo‘l qo‘ymaslik. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016-yil II chorakkacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
24. | Suv olish inshootlarida va taqsimlash-tarqatish quvurlari joylashgan joylarda suvni hisobga olishning zamonaviy asboblarini (sarfni o‘lchagichlarni), shuningdek uy-joy fondida suvni hisobga olishning yakka tartibdagi asboblarini o‘rnatish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016-2017-yillar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
25. | “Suvoqova” davlat unitar korxonalari xizmatlarini ko‘rsatishda texnologik sarflarga va texnologik sarflar va nobudgarchiliklarni hisoblab chiqish metodikasiga muvofiq suv sarfi normalarini tasdiqlash. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarori | 2015-yil IV chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari |
V. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash | ||||
26. | “Suvoqova” DUKlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish, tizimli o‘qishni yo‘lga qo‘ygan holda xodimlarning kasbiy malakalarini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Buyruq | doimiy asosda | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” DUK |
27. | Ta’lim muassasalarini ichimlik suv ta’minoti tizimini montaj qilish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha maxsus darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimini tahlil qilish va umumlashtirish negizida kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek o‘quvchilarning o‘quv-tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etish. | Qo‘shma qaror | 2016-yil II chorak | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, |
28. | “Suvoqova” DUK faoliyatiga metodik hamkorlik qilish, foydalanishning maqbul rejimlari saqlanishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish. | Bajaruvchilar qarori | doimiy asosda | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘is�on Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
29. | “Kommuno‘quv” o‘quv-metodik markazi DUKda har yili amaliyotga boshqaruv bo‘g‘ini mutaxassislarining malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish. | Chora-tadbirlar kompleksi | har yili | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi |
30. | Real ish vaziyatlarida amaliy o‘qitish negizini qo‘llagan holda mutaxassislarni o‘qitish va ularning bilimlari darajasini mustahkamlash uchun tegishli dastur-stajirovkalarni tashkil etish maqsadida xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | Chora-tadbirlar kompleksi | doimiy asosda | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqal�og‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
VI. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||
31. | Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlariga tizim ishonchliligini oshirish, avariyalarni bartaraf etish vaqtini kamaytirish, avariya holatlarining oldini olish, suv olish qurilmalari va nasos stansiyalari ishlashining maqbul rejimini saqlash, suv quvurlari tarmoqlarida bosimni nazorat qilish bo‘yicha oldini olish chora-tadbirlarini ta’minlash maqsadida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlariga doir barcha zarur ma’lumotlarni kiritish, saqlash, davriy yangilab borish va monitoring qilishni ta’minlaydigan “Aktivlarni boshqarish” geoaxborot tizimini joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2016-2017-yillar | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, |
32. | “Suvoqova” DUKga suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida respublika darajasida yagona, tizimli asosda birxillashtirilgan iste’molchilarni aniq va manzilli hisobga olish, debitorlik qarzlarni hisoblash va hisob-kitoblarni taqdim etish manzilligi, debitorlik va kreditorlik qarzlar yuzaga kelishining oldini olishni ta’minlaydigan hisobga olishning axborot tizimini yaratgan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida iste’molchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan “Billing” tizimini joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2016-yil 1-iyulgacha | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, “Suvoqova” DUK |
33. | Iste’molchilarning ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, tarmoq tashkilotlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, elektron shaklda rasmiy murojaatlar (buyurtmanomalar, shikoyatlar va boshqalar) yuborish to‘g‘risida mukammal ma’lumot olish imkonini beradigan tegishli axborot resurslarini (internet-saytlarni) yaratish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2017-yil I chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” DUK |
34. | Internet tarmog‘i orqali, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan holda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn-to‘lov tizimini joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2017-yil I chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank, “Suvoqova” DUK |
35. | Joriy hisob-kitob, xizmatlar uchun to‘lovlarning holati va qarzdorlik to‘g‘risida xabar berish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan mobil ilovalarni ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2017-yil I chorak | Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank |
36. | “Suvoqova” DUKda suv balansini shakllantirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2017-yil I chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” DUK |
37. | Ichimlik suv iste’molchilarini hisobga olish priborlari, shu jumladan uy-joy sektorida hisobga olish priborlarini qiyoslashning billing tizimida birlashtirgan holda umumiy uylar va yakka tartibdagi uylarni hisobga olish priborlari bilan jihozlash. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2017-yil 1-yanvargacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” DUK |
VII. Tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini shakllantirish | ||||
38. | Suv ta’minoti va kanalizatsiya bo‘yicha davlat xizmatlarini yoppasiga xatlovdan o‘tkazish. | Inventarizatsiya | 2015-yil 1-dekabrgacha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” DUK |
39. | Davlat va xo‘jalik boshqaruvin�ng boshqa organlari tomonidan bevosita Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va kanalizatsiya bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarni qabul qilishni taqiqlagan holda Davlat xizmatlari markazlarining faoliyat ko‘rsatishini boshlashni ta’minlash. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarori | 2016-yil 1-yanvardan boshlab | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” DUK |
40. | Vakolatli organlar va Davlat xizmatlari markazlarining o‘qiyotgan xodimlari ishtirokida tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash bo‘yicha qabul qilingan normalarni amaliy qo‘llash darajasini oshirishga qaratilgan seminarlarni muntazam ravishda tashkil etish va o‘tkazish. | Jadval | doimiy asosda | Uy-joy-k�mmunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” DUK |
41. | Tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning amalga oshirilishini quyidagilarda maqsadli o‘rganish: Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida; Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida; Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida; Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida; Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida; Toshkent shahrida. Maqsadli o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha materiallarni umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga kiritish. | Maqsadli o‘rganish |
2016-y. mart 2016-y. aprel 2016-y. may 2016-y. iyun 2016-yil iyul
| Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” DUK |
42. | Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadlari mazmuni to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2016-yil I chorak | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Matbuot va axborot agentligi, MTRK |
VIII. Suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarish va aholining suv ta’minoti sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish | ||||
43. | Ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan elektron OAV va Internet orqali suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ichimlik suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot chora-tadbirlari yakuniy maqsadlarining mohiyati va mazmunini keng va muntazam ravishda yoritishni tashkil etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | doimiy asosda | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zA, MTRK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
44. | Aholi o‘rtasida suv ta’minoti va suv ajratish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, maqsadlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tizimli asosda olib borish. | Chora-tadbirlar kompleksi | doimiy asosda | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “Mahalla” fondi, XUJMSh uyushmasi bilan birgalikda |
45. | Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining muhandis-texnik xodimlari va boshqa xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglar o‘tkazish, ijobiy xalqaro tajriba asosida o‘quv kurslari tashkil etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | doimiy asosda | Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2015 yildagi 306-son
Kuchga kirish sanasi
09.11.2015
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2020
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli “Suv ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-2019-yillar uchun muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 6-martdagi PQ-2313-son qarorini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, aholining sifatli ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlanganligi darajasini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligining suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlari negizida shaharlar va tumanlarda filiallari bo‘lgan yagona “Suvoqova” davlat unitar korxonalari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
“Suvoqova” davlat unitar korxonalarining, shuningdek ularning shahar va tuman filiallarining namunaviy tuzilmasi 1, 1a, 1b-ilovalarga muvofiq;
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashning ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta’minlashga, tadbirkorlik subyektlarini “foydalanishga tayyor” shartlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda 2016-yil 1-yanvargacha:
suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlarini qayta tashkil etish yo‘li bilan ushbu qarorga 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq namunaviy tuzilmalarga binoan “Suvoqova” davlat unitar korxonasi hamda uning shahar va tuman filiallari tashkil etilishini;
“Suvoqova” davlat unitar korxonalarining ustavlari tasdiqlanishini va ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
“Suvoqova” davlat unitar korxonalarining malakali muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanishini ta’minlasinlar.
4. “Suvoqova” davlat unitar korxonasi bilan uning shahar va tuman filiallari o‘rtasida mol-mulkning tizim ichida berilishiga sotish bo‘yicha aylanma sifatida qaralmasligi va, tegishli ravishda, soliqlarni va davlatning maqsadli fondlariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish maqsadi uchun obyekt hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/256/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/256/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7 — 10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
“Suvoqova” davlat unitar korxonalari mutaxassislarining malakasi ixtisosli oliy ta’lim muassasalari negizida tizimli oshirilishini tashkil etsinlar;
suv ta’minoti va kanalizatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash hamda ularni qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
2016/2017 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya mutaxassislarini tayyorlashni tashkil etsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashning ustuvor vazifalari amalga oshirilishini, tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlarning amalda bajarilishi natijalari Kompleks majlislarida har chorakda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
* Muhandis-texnik xodimlar (MTX) va ishlab chiqarish xodimlari suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni normativlarini belgilash bo‘yicha Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tavsiyanomalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan yangilangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida belgilanadi.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
tavsiyanomalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Maћkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan yangilangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida belgilanadi.
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/256/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)