Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.10.2015 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2017-yillarda pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar oladigan 2,7 milliondan ortiq pensionyerlar va 237 ming fuqarolar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini ifodalaydigan, uning vositasida pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, hisob-kitob qilish, qayta hisob-kitob qilish, shuningdek har oyda tayinlash jarayonlarini avtomatlashtirish ta’minlanadigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi — “Pensiya” dasturiy majmui joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Pensiya” dasturiy majmui negizida uni yanada takomillashtirish va funksional kengaytirish yo‘li bilan keksa kishilar uchun pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning eng qulay tizimini nazarda tutuvchi, ma’lumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qog‘oz shaklida olishni istisno etuvchi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar to‘lashga mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda “Nafaqa” yagona axborot tizimi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2015 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish reja-jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar tasdiqlangan 2015 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish reja-jadvali to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Nafaqa” yagona axborot tizimini joriy etish tugallangandan keyin 2018-yil mobaynida “Nafaqa” yagona axborot tizimi faoliyat ko‘rsatishini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan server asbob-uskunalarini xarid qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 42-son, 536-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda)