O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘TA ZARARLI VA O‘TA OG‘IR MEHNAT ShAROITLARIDA IShLAYoTGAN AYoLLARNING DAROMADIGA IMTIYoZLI SOLIQ SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Og‘ir ishlarda ishlayotgan ayollarning daromadlari darajasini oshirish, ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-apreldan boshlab Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar 1-ro‘yxatining III qismida va 2-ro‘yxatning I qismida ko‘rsatilgan o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga soliq solish bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar belgilansin, ularning daromadlariga soliq solish darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lmasligi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi daromad solig‘i mazkur qarorga muvofiq to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Vazirliklar va idoralar idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va D.M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 17-mart,
117-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 3-son, 13-modda)