07.10.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2240-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 07.10.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2240-1
Kuchga kirish sanasi
12.10.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 7-oktabrda 2240-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 3-sentabrdagi 155-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimi huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma (keyingi o‘rinlarda ma’muriy bayonnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiradi, bundan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy bayonnoma belgilangan tezlikni oshirish va svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik bo‘yicha rasmiylashtirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarni buzgan haydovchilardan joyida jarima olish qat’iyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori, yuridik shaxsga tegishli transport vositalaridan foydalanib sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda yuridik shaxsning transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi tortiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Qoidalarning buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan Kodeksning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda (piyodalarning ma’muriy huquqbuzarliklari) ma’muriy bayonnoma tuzilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzar piyodaga mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda jarima to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzar piyoda o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa yoki joyida jarima to‘lashga imkoni bo‘lmaganda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga bu haqda yozib qo‘yiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasdan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda uni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror chiqarilgan sana va joy, uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar, Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi ko‘rsatilgan holda, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari bilan qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri, qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to‘lash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 8-bandning birinchi xatboshisi “maxsus uskunalar” degan so‘zlardan keyin “hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kodeksning 290-moddasiga ko‘ra sodir etilgan huquqbuzarlik uchun Kodeksga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga, shuningdek talonga yozib qo‘yilib, talon huquqbuzarga qaytarib beriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 22-banddagi “jarima kvitansiyalarining” degan so‘zlar “jarima kvitansiyalari hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzilishi yuzasidan chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 33-banddagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi mazmundagi 331-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“331. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda huquqbuzarlikning takroriyligi inobatga olinmasdan jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 34-bandning birinchi xatboshisidagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 35-bandning birinchi xatboshisidagi “1283-moddasining birinchi qismida,” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi qismida,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “126, 131, 135, 1351-moddalarida,” degan so‘zlar “126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135, 1351-moddalarida,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishlari bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun o‘tgach jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositalarini ushlab turish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi va bu haqda DYHXX safdagi Yo‘l-patrul xizmati bo‘lim-bo‘linmalari shaxsiy tarkibi e’tiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasi ushlangan taqdirda faqat mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar to‘xtash joyida ushlab turiladi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini to‘xtash joyida saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi “ma’muriy bayonnomaga” degan so‘zlardan keyin “(jarima solish to‘g‘risidagi qarorga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 39-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bu holatlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari, jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risida tuzilgan bayonnoma, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishincha uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 45-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezkor va maxsus xizmat transport vositalari hamda ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarning 7.1-bandiga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etilgan hollarda haydovchilarning kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish tugatiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 50-band “maxsus qurilma” degan so‘zlardan keyin “yoxud davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan ashyolar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 51-bandning birinchi xatboshisidagi “ikki oydan” degan so‘zlar “bir yildan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 55-banddagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1283-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagi mazmundagi 631-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“631. Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno.” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishincha uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 72-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda bu haqda talonga belgi qo‘yilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 11-ilova bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 2-ilova mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. 9-ilova “ma’muriy bayonnoma” degan so‘zlardan keyin “(___-sonli dalolatnoma)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎______seriyali _______-raqamli Jarima solish to‘g‘risidagi qaror

_____________________________
‎‎‎(qaror chiqarilgan sana)

____________________________
(qaror chiqarilgan joy)‎‎‎

‎Men, _______________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎(qarorni chiqargan organ nomi, mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎maxsus avtomatlashtirilgan foto va vid�o qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzilishi tafsilotlarini ko‘rib chiqib quyidagilarni

‎‎ANIQLADIM:

‎‎20__ yil “__” ____________ kuni soat ___ da __________________ ko‘chalari (chorrahasi)da,

‎‎___________ da ro‘yxatda turuvchi fuqaro ________________/yuridik shaxs _____________ga

(transport vositasi egasining familiyasi, ismi,otasining ismi) ‎‎

‎‎(nomi)

‎‎tegishli bo‘lgan __________ rusumli, _________ davlat raqam belgili transport vositasida
‎‎______________________________________________, bu bilan O‘zbekiston Respublikasi

‎‎(huquqbuzarlikning tafsiloti)

‎‎MJtKning ____-moddasi __-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 171, 3091, 248, 304 va 307-moddalariga asoslangan holda
‎QAROR QILAMAN :

‎‎_____ rusumli _______davlat raqam belgili transport vositasi egasi __________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________________ /yuridik shaxs nomi ________________________
‎mas’ul shaxsi _________________________________________ga O‘zbekiston Respublikasi

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎MJtKning __-moddasi__- qismiga asosan______ so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlansin.

‎‎Jarimani to‘lash uchun bank rekvi�itlari:

________________________________
________________________________‎‎‎

________________________________
‎________________________________
‎(Qarorni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi)‎‎

‎‎
‎Huquq va majburiyatlaringiz:
‎Tayinlangan jarimani qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish (60) kundan kechiktirmay, ushbu qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz (30) kundan kechiktirmay to‘lashingiz lozim.
‎Mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish (60) kun o‘tgach jarima to‘lanmagan taqdirda transport vositangiz qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
‎Mazkur qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga uning nusxasini olgan kuningizdan boshlab o‘n kun ichida shikoyat berishingiz mumkin. Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KVITANSIYA‎
VARAQASI ‎ ______ seriyali № X-000000‎

‎‎Eng kam ish haqining ___________ miqdorida
‎(_____________ ) so‘m

‎‎_________________________________________________________
‎(huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________________________________________
‎_________________________________________________________
‎‎‎(tug‘ilgan yili va joyi)
‎MJtKning _____ moddasini ____ qismi
‎Men yo‘l qo‘ygan huquqbuzarlikni tan olaman va berilgan jazoga e’tirozim yo‘q.

‎‎Kvitansiyani oldim ___________________________

‎‎(huquqbuzarning imzosi)

_________________________________________________________‎‎
‎kvitansiya to‘ldirgan DYHXX xodimining‎
‎ko‘krak nishoni __________
‎“_____” ______________ 20__ y.

‎‎‎— — — — — — — — — — — — — — — — — — —
‎qirqish chizig‘i

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎IChKI �ShLAR VAZIRLIGI

‎‎Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi
‎uchun jarima to‘laganligi haqida

‎‎KVITANSIYA __ № X- 000000
‎Eng kam ish haqining ___________ miqdorida
‎ (______________) so‘m

Jarima joyida to‘langan vaqtda kvitansiyaning quyi
‎qismi huquqbuzarga yirtib beriladi.

_________________________________________________________‎‎
‎(jazo qo‘llagan mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 40-son, 521-modda)