18.05.2015 yildagi 137/1-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 18.05.2015 yildagi 137/1-III-son
Kuchga kirish sanasi
18.05.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish yuzasidan 2015-yilda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarning samaradorligi hamda natijadorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkaziladigan tadbirlarning samaradorligini, taʼsirchanligini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasiga (№ 03-861, 2015-yil 6-may) muvofiq, shuningdek mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish yuzasidan 2015-yilda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni (bundan buyon matnda xalqaro tadbirlar deb yuritiladi) sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish yuzasidan 2015-yilda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, ularni tashkil etish va oʻtkazishda masʼul vazirliklar va idoralarga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun taklif etiladigan chet el ekspertlarini tanlab olishga doir aniq takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashlar deputatlarini, NNTlarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarni OAVlarda keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadbirlar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, ularni tashkil etish va oʻtkazish mexanizmini yanada takomillashtirish hamda ushbu tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda xalqaro tadbirlar yakunlariga doir materiallarni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarning tizimli tahlilini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish yuzasidan 2015-yilda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruhning Ish rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishchi guruhning masʼul aʼzolari xalqaro tadbir oʻtkazilganidan keyin uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasiga oʻtkazilgan xalqaro tadbir yakunlari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnomani taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov va Qonunchilik palatasi Devonining rahbari A. Irkaxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137/1-III-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining 2015-yil 18-maydagi 137/1-III-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish yuzasidan 2015-yilda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Otamuratov Sarvar Sadullayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari (Ishchi guruh rahbari)

lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari)

Alixanov Boriy Botirovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining raisi

Saidov Akmal Xolmatovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi

Abduqodirov Doniyor Husanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchi­lik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

Abdullayev Ilhom Zoirovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi

Umarov Yoqub Doniyorovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi

Umarov Zokir Sobirjonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Ishchi guruh kotibi)

Irkaxoʻjayev Anvar Kamalovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Rahbari

Abdurahmonov Fayzullo Abduvakilovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri.

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 251-modda)