Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
Korxona, tashkilot, muassasa, fermer xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 16-sentabrda 431-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan tasdiqlangan Korxona, tashkilot, muassasa, fermer xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 431, 1998-yil 9-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli “Korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 431-1, 2009-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 86-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
32-B-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 29-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 29-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 29-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 29-avgust
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 29-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 37-son, 497-modda)