30.12.2009 yildagi PQ-1252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda pensiya taʼminoti tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Kuzatuvchilar kengashi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro apparati tuzilmasiga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tuzilmalariga tasdiqlangan xodimlar umumiy sonining cheklangan doirasida oʻzgartirish kiritishga ruxsat berilsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari fuqarolarning pensiya taʼminotini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlar va majburiyatlar qismida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ijtimoiy taʼminot organlarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasining yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolarning pensiya taʼminoti masalalari uchun masʼul boʻlinmalari xodimlarining tegishli soni hisobiga, oʻtkaziladigan attestatsiya natijalariga qarab toʻldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati xodimlari tibbiy va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Pensiya jamgʻarmasi Kuzatuvchilar kengashining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlarining xodimlariga tegishli ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy iqtisodiyot va moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining fuqarolar pensiya taʼminoti masalalari uchun masʼul boʻlinmalaridagi fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yigʻmajildlari, buxgalteriya hujjatlari, arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazilishi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlinmalariga topshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya jamgʻarmasining yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tadbirlarni tasdiqlash uchun bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, xalqaro tajribani hisobga olib, mehnatga layoqatsizlikni eʼtirof etishning ilgʻor usullarini joriy etishni nazarda tutgan holda, tibbiy-mehnat ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek tibbiy-mehnat eksperti komissiyalari sonini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida tegishli boʻlimlar tashkil qilinishi munosabati bilan ulardagi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining nazorat-taftish boʻlinmalarini va Pensiya jamgʻarmasining Nazorat inspeksiyasini tugatish hisobiga 61 nafar, shu jumladan markaziy apparatdagi xodimlar soni 11 nafarga koʻpaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarorining 3-bandi va 1 — 3-ilovalari 2010-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1252-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kuzatuv Kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar)lar boʻlimlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining kuzatuv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

D.A. Kuchkarov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

O.R. Fazilkarimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

J.I. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari

X.X. Meliyev

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi direktori, Kuzatuv kengashining masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 07/23/353/0819-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son; 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son, 31.10.2020 g., № 06/20/6099/1450; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son; 01.11.2023-y., 07/23/353/0819-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)