Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida
Protokol
Iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 17-martda imzolangan Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida iqtisodiy, savdo va texnik hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 17-martda imzolangan Bitimning (bundan keyin “Bitim” deb yuritiladi) 12-moddasiga muvofiq,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitim quyidagi tahrirdagi modda bilan toʻldirilsin:
“1. Tomonlar bir-birlariga oʻz davlatlari hududidan olib kelinadigan tovarlarning importi va eksporti bilan bogʻliq ekvivalent amalga ega boʻlgan bojxona bojlari va xuddi shunday taʼsirga ega boʻlgan soliqlarga nisbatan eng qulay rejim yaratadilar.
2. Mazkur Moddaning 1-bandidagi qoidalar quyidagilarga:
a) Tomonlardan biri chegara oldi savdosini va chegara boʻyi tashuvlarni yengillashtirish maqsadida qoʻshni davlatlarga berayotgan imtiyozlarga;
b) Tomonlardan birining hozir yoki kelajakda bojxona ittifoqlarida, erkin savdo zonalarida yoki har qanday turdagi mintaqaviy iqtisodiy uyushmalarda ishtirok etishi munosabati bilan uchinchi davlatlarga berilayotgan imtiyozlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
3. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarda eng qulay rejimni qoʻllash ikkala Tomonning xalqaro va ikki tomonlama bitimlari doirasidagi majburiyatlariga zid boʻlmasligini tasdiqlaydilar.
2-modda
Mazkur Protokol Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 12-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 2009-yil 11-iyunda ikki asl nusxada har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi va bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Protokol qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)