17.03.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda, ikki mamlakatda amalda boʻlgan qonunlarga muvofiq, ikki davlat oʻrtasida iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

1. Tomonlar, ikki mamlakatda amalda boʻlgan qonunlarga asosan, oʻzaro iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hamkorlik quyidagi sohalarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sanoat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qishloq xoʻjaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Transport;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Telekommunikatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Ilmiy izlanishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yo) Texnologiya va innovatsion texnologiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Turizm, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Investitsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Tomonlar, ikki davlat oʻrtasidagi savdo oqimining oʻsishini qoʻllab-quvvatlaydilar va ushbu Bitimda belgilangan sohalarda hamkorlikni taʼminlash va ularni moliyalashtirish masalalariga tegishli hukumat organlari va ishbilarmonlar doirasi vakillariga amaliy yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Tomonlarning milliy qonunchiligiga asosan ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlari mazkur Bitim doirasida amalga oshiradigan barcha toʻlovlar, erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

1. Har bir Tomon oʻz davlati hududida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalarda, konferensiyalarda, seminarlarda, savdo koʻrgazmalarida va boshqa anjumanlarda ikkinchi Tomonning jismoniy va yuridik shaxslarining ishtirok etishini ragʻbatlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Tomon ikkinchi Tomon tijorat delegatsiyalarini almashinuvini amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

1. Tomonlar qoʻshma loyihalar orqali ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitimga asosan har bir Tomon ikki davlatning yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi savdo va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlarni, ekspertlar, olimlar, texniklar, talabalar va shu soha mutaxassislarining oʻzaro almashinuvini amalga oshiradi, ilmiy izlanish va boshqa hamkorlik sohalarida yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Tomonlar oʻzlarining amaldagi qonun va qoidalariga muvofiq, vaqtinchalik omborxonada saqlash, reeksport qilish va yuk tashish uchun qulay muhitni yaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

1. Mazkur Bitimga asosan Tomonlar vakillaridan iborat keyinchalik “Qoʻshma qoʻmita” deb ataluvchi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Qoʻshma qoʻmitasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻshma qoʻmita faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Ushbu Bitimda belgilangan sohalarda maʼlum natijalarga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Ikki mamlakat xususiy sektorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma investitsion loyihalarning amalga oshirilishini ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Tomonlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida turli metod va usullarni tatbiq qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Ikki mamlakatdagi tegishli idoralar oʻrtasida maʼlumotlar almashish va oʻzaro saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish orqali savdo, investitsiya, texnika va texnologiya sohalarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) Ushbu Bitimning qoʻllanishi va talqin etilishi bilan bogʻliq nizolarni hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Ushbu Bitimning tatbiq qilinishi yuzasidan takliflar berish va ularni qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Ushbu Bitimda belgilangan sohalarda yoki Tomonlar bilan kelishilgan boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoʻshma qoʻmitaning yigʻilishlari navbatma-navbat Tomonlardan birining tashabbusi va ikkinchi Tomonning roziligi bilan Tomonlar hududida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻshma qoʻmita oʻzaro manfaatli sohalar boʻyicha ixtisoslashgan alohida kichik qoʻmitalarni tashkil etishi mumkin. Ushbu kichik qoʻmitalarning yigʻilishlari Qoʻshma qoʻmita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tomonlarning roziligi bilan ularning ishbilarmonlar doirasi vakillari zarur holda Qoʻshma qoʻmitaning ish faoliyatida qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Bitimda belgilangan sohalardagi hamkorlikni amalga oshirish uchun Qoʻshma qoʻmitaning takliflari Tomonlarning ichki qonunchiligi va ular imzolagan xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

1. Ushbu Bitimga Oʻzbekiston Respublikasi yoki Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan uchinchi davlat, mintaqaviy yoki xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan oʻzaro imzolangan memorandum, shartnoma va bitimlardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar taʼsir qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlarning xoʻjalik faoliyatini yurituvchi subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan, Tomonlar ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan imzolangan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻlmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha kelishmovchiliklar paydo boʻlgan holda Tomonlar ularni oʻzaro maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Tomonlardan birining boshqa Tomonni ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarni bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida amal qiladi va Tomonlardan birontasi ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyati haqida boshqa Tomonni tegishli besh yillik muddat tugashidan kamida olti oy ilgari yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzaytirilaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitimning amal qilishi toʻxtatilgan holda, uning qoidalari Bitim amalda boʻlgan davrda tuzilgan shartnomalar va ularning ijrosi toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, Tomonlar bir-birlariga lozim boʻlgan davlat ichki protseduralarni bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnomani berganlaridan soʻng oʻzgartish va qoʻshimchalar kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, quyidagi vakillar tegishlicha oʻz hukumatlari tomonidan berilgan vakolatga ega boʻlgan holda mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Dabi shahrida 2008-yil 17-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega hisoblanadi.

(imzolar)