29.08.2015 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 110-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi 250-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “yagona maʼlumotlar elektron bazasi” soʻzlari “Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7, 8, 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Ish beruvchilar, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshirayotgan fuqarolar uchun jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida qatnashish majburiy hisoblanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda qatnashayotgan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish ish beruvchi tomonidan ish beruvchi soliq roʻyxatiga olingan joydagi Xalq bankining filialida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish uchun ish beruvchi xodimning pasportidagi maʼlumotlar asosida mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xodimning soʻrovnomasini ixtiyoriy tarzda yozma shaklda yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalining shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti”da elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma bosma harflar bilan toʻldiriladi yoki mashinkada yoziladi. Soʻrovnomada tuzatishlar kiritishga va bandlarning asossiz boʻsh qoldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida fuqaroning identifikatsiya raqami (shaxsiy kodi) koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda ish beruvchi yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan fuqaroning identifikatsiya raqamini (shaxsiy kodini) soʻraydi va u aniqlangandan keyin soʻrovnomaning tegishli ustuniga yozuvni qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma ravishda toʻldirilgan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi ish beruvchining rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Agar xodim uzoq muddat boʻlmaganligi (kasallik, xizmat safari, taʼtil yoki boshqa sababga koʻra) munosabati bilan soʻrovnomadagi mavjud maʼlumotlarni shaxsan tasdiqlash imkoniyatiga ega boʻlmasa, ish beruvchi ushbu sabablarni soʻrovnomada koʻrsatadi va uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻldirilgan soʻrovnomalar ish beruvchi tomonidan ish beruvchi soliq roʻyxatiga olingan joydagi Xalq bankining filialiga yozma tarzda taqdim etiladi yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasida hisobga qoʻyish elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq bankining filiali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma tarzda rasmiylashtirilgan soʻrovnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi, uning uchun shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochadi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali olingan elektron shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnomani olish bilan bir paytda fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi, uning uchun shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobvaragʻi ochadi, shuningdek bir kun muddatda — jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻini ochish hamda jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini rasmiylashtirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar ish beruvchi tomonidan yozma tarzda yuborilgan soʻrovnomada hisobga qoʻyilishi kerak boʻlgan shaxsni ishonchli identifikatsiyalash imkonini bermaydigan tushirib qoldirishlar, xatolar yoki tuzatishlar aniqlangan, yoxud yagona maʼlumotlar elektron bazasida ana shunday soʻrovnoma maʼlumotlariga ega boʻlgan shaxs aniqlangan hollarda, Xalq banki filiali soʻrovnoma taqdim kundan boshlab uch ish kuni mobaynida uni aniqlangan xatolarni koʻrsatgan hamda ularni aniqlashtirish va tuzatish uchun ish beruvchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish beruvchi tomonidan Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali elektron shaklda taqdim etilgan soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlarni identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, xatolar, noaniqliklar boʻlsa yoxud yagona maʼlumotlar elektron bazasida ana shunday soʻrovnoma maʼlumotlariga ega boʻlgan shaxs aniqlangan hollarda, Xalq banki filiali Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali soʻrovnoma taqdim kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uni aniqlangan xatolarni koʻrsatgan hamda ularni aniqlashtirish va tuzatish uchun ish beruvchiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning uch ish kuni mobaynida aniqlashtirilishini va tuzatilishini taʼminlaydi va uni Xalq banki filialiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyishda Xalq banki filiali uch ish kuni mobaynida ish beruvchiga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha uning xodimlari jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani yozma yoki elektron shaklda, hisobga olingan har bir xodimga jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalari ochish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ish beruvchi tegishli xabarnoma kelgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Xalq banki filialidan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalarini, ilova qilinadigan vedomostni oladi va ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xodimlarga beradi. Xodim jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini olganligi toʻgʻrisida ilova qilinadigan vedomostga imzo chekadi. Ilova qilinadigan vedomost toʻldirilgandan keyin besh kun muddatda Xalq banki filialiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish beruvchi xodim uzoq vaqt boʻlmaganligi munosabati bilan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini unga berish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ish beruvchi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasidagi yozuvlarni tekshiradi, ilova qilinadigan vedomostda boʻlmagan xodim uchun imzo qoʻyadi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini boʻlmagan xodimga topshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 11-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsiy hisobda turmagan (shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqamiga va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga ega boʻlmagan) xodimni ishga qabul qilishda, ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq ish boshlangan kundan boshlab besh kun muddatda Xalq banki filialiga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish uchun ishga qabul qilingan xodimning shaxsiy maʼlumotlari koʻrsatilgan soʻrovnomani yuborishi (taqdim etishi) shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Har bir ish beruvchi hisobot oyidan keyingi oyining 15-kunigacha har oyda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etayotgan xodimlar reyestrini jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasi formatida elektron hujjat sifatida shakllantirishi ish beruvchi soliq roʻyxatiga olingan joydagi Xalq banki filialiga elektron manbalarda taqdim etishi yoki uni Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” yoxud Internet tarmogʻining reyestrni yuborish imkonini beruvchi boshqa saytlari orqali bevosita jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasiga yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan elektron hujjat tushgan pul mablagʻlarini fuqarolarning Xalq bankidagi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi tomonidan tuzilgan reyestrning qogʻoz manbasidagi asl nusxasini rahbar va bosh buxgalter imzolaydi va ish beruvchida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Reyestrni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasiga kiritish jarayonida xatolar va tafovutlar aniqlangan taqdirda ushbu reyestr qabul qilinmaydi va avtomatik rejimda xatolarni tuzatishi yoki tafovutlarni bartaraf etish uchun ish beruvchiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi qaytarilgan reyestrdagi xatolarni tuzatadi yoki tafovutlarni bartaraf etadi hamda uch kun muddatda ish beruvchi soliq roʻyxatiga olingan joydagi Xalq banki filialiga elektron manbalarda takroran taqdim etadi yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” yoxud Internet tarmogʻining reyestrni yuborish imkonini beruvchi boshqa saytlari orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha ish beruvchi reyestrga tuzatish kiritish choralarini koʻrmasa, Xalq banki filiali bu haqda davlat soliq xizmatining tegishli hududiy organini chora koʻrish uchun xabardor qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22. Shaxsiy hisobga olish hujjatlari rahbarning imzosi va muhr (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan yozma shaklda taqdim etiladi yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali elektron shaklda yuboriladi. Elektron shaklda yuborilgan hujjatlar elektron raqamli imzo mavjud boʻlgan taqdirda yuridik kuchga ega boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “hisobga olishning elektron bazasida” soʻzlari “jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Xalq banki ish beruvchi tomonidan reyestr taqdim etilgandan keyin elektron toʻlov hujjatida koʻrsatilgan summalarni va reyestrda koʻrsatilgan badallarning yakuniy summasini solishtiradi hamda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona maʼlumotlar elektron bazasi orqali fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriy ravishda ishtirok etayotgan fuqarolardan tushgan shaxsiy hisobga olish maʼlumotlari tegishli murojaat Xalq banki filialiga tushgan kunda tekshiriladi va jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga oʻtkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“28. Ish beruvchi quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga muvofiq jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida qatnashayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatda Xalq bankiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq banki filialidan tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xodimlarning rasmiylashtirilgan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalarini olish va ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblangan badallarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga oʻtkazilgan badallar summasi toʻgʻrisida Xalq bankiga taqdim etilgan maʼlumotlar nusxalarini xodimning talabiga koʻra bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimga berilgan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi rekvizitlarining xodimning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat rekvizitlariga muvofiqligini nazorat qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalq bankida fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ularga majburiy va ixtiyoriy badallarni kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Xalq banki filiali soʻrovnomani toʻldirishning toʻliqligini tekshiradi va unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma tarzda rasmiylashtirilgan soʻrovnomani olishda uch ish kuni mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnomani olish bilan bir vaqtda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 16-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni berish va ayirboshlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 18, 19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron bazasiga avtomatik rejimda reyestr kelib tushgandan keyin reyestrning yakuniy qatorida koʻrsatilgan badallarning yakuniy summasini elektron toʻlov hujjatida koʻrsatilgan badallar summasi bilan solishtiriladi, shuningdek reyestrning har bir qatori va har bir ustuni boʻyicha yakunlarning toʻgʻriligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Reyestr va elektron toʻlov hujjatining yakuniy qatorida koʻrsatilgan badallar summasi, shuningdek reyestrning har bir qatori va har bir ustuni boʻyicha yakunlar tafovuti boʻlmaganda, reyestrning maʼlumotlari Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Reyestrda koʻrsatilgan qatorlar va ustunlar badallari, yakunlari mos kelmagan taqdirda ushbu reyestr qabul qilinmaydi va aniqlik kiritish uchun badal kirituvchiga avtomatik rejimda qaytariladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 21-bandning uchinchi xatboshidagi “yagona elektron maʼlumotlar bazasi” soʻzlari “Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona elektron maʼlumotlar bazasiga” soʻzlari “Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchilar kalendar yilning oxirgi kunidagi holati boʻyicha ularning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida ularning manziliga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma yuborish yoʻli bilan Xalq bankining filiali tomonidan majburiy tartibda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnoma jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchiga muhrlangan konvertda pochta orqali yoki Internet tarmogʻi orqali elektron shaklda yuboriladi yoxud Xalq banki filialining xodimi tomonidan oluvchining imzosi qoʻydirilib shaxsan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oluvchining ixtiyoriga koʻra jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari xabarnomasi shuningdek ushbu Nizomga ilovada keltirilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan SMS-xabarlar joʻnatish yoʻli bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabar berish hisobot davridan (kalendar yildan) keyingi yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 29-banddagi “jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona elektron maʼlumotlar bazasidagi” soʻzlari “Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 30-bandning birinchi xatboshidagi “joylashgan joy boʻyicha” soʻzlari “soliq roʻyxati olingan joydagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 33-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“33. Majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining toʻgʻriligi, toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi uchun javobgarlik majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini toʻlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy jamgʻarib boriladigan badallar oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda penya undiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablagʻlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (3-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nogironligi boʻyicha yoki boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya tayinlashda Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada toʻlovlarning boshlanish va tugash muddatlari koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchilarga guvohnomani ularning arizasi asosida shaxsan beradi, guvohnoma oluvchilarning yashash joyi oʻzgarganda ham amal qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

‎Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari olish huquqi toʻgʻrisida
‎GUVOHNOMA

‎‎20__ yil “___”________ № _____

‎‎_______________________
‎(tuman, shahar nomi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

‎‎Mazkur guvohnoma fuqaro__________________________________________________ ning

‎‎(F.I.O.)

‎‎“Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya yoshga doir pensiyaga, nogironligi boʻyicha pensiyaga chiqish huquqi mavjudligi yoki boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan (keraklisining tagiga chiziladi) ___________________________________________________________hisobvaragʻidan

‎‎(jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasida koʻrsatilgan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining tartib raqami)

‎‎jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari olish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Toʻlov 20__ yil ‎‎‎

‎‎______________
‎(oy)

‎‎dan boshlanadi.
Toʻlov 20__ yil ‎‎‎‎‎

‎‎_____________
‎‎(oy) ‎‎

‎‎da tugaydi*.
‎‎

‎‎ ‎Boʻlim boshligʻi

‎‎______________
‎(imzo)

‎‎____________________
‎(F. I.O.)

M.Oʻ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎ ‎* nogironligi boʻyicha pensiyaga chiqish huquqi mavjudligi yoki boquvchisini yoʻqotganda toʻldiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi toʻgʻrisidagi nizomning (4-ilova) 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olingan har qaysi fuqaro uchun, fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur hujjatlar olingan va Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Xalq banki filiali tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar olingandan keyin uch ish kuni mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 35-son, 466-modda)