Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.02.1999 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IMPORT QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASIDAN FOYDALANIShNI YaXShILASh YuZASIDAN KEChIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturiga muvofiq respublikada qishloq xo‘jaligini zamonaviy yuqori unumli texnika bilan jihozlash chora-tadbirlari rejali amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashina-traktor parklariga 1550 ta kuchli “Magnum” haydov traktorlari pluglar bilan birgalikda va 800 dan ortiq “Keys” g‘alla o‘rish kombaynlari yetkazib berildi. “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasida gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini, Toshkent traktor zavodida esa Amerikaning “Kamminz” firmasi dvigateli o‘rnatilgan paxtachilik va universal haydov traktorlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga o‘tkazilgan tekshirishlar ko‘plab mashina-traktor parklarida va qishloq xo‘jaligi korxonalarida qimmatbaho import texnikadan samarali foydalanish ta’minlanmayotganligini ko‘rsatmoqda, texnika xizmati ko‘rsatish davriyligi va undan foydalanish qoidalari buzilmoqda, servis punktlari va tuzatish bazasi tarmog‘i sekin rivojlanmoqda, traktorlarga tirkaladigan mashinalar to‘plamini tayyorlash masalalari hal etilmagan. Maxsus moylar va sifatli dizel yoqilg‘isi yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘yilmoqda, bu traktorlarning bekor turib qolishiga va muddatidan oldin eskirishiga olib kelmoqda. Ko‘pincha yangi murakkab texnika malakasi past va yetarli ish tajribasiga ega bo‘lmagan mexanizatorlarga berilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi import mashinalardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni saqlashning holati ustidan davlat nazoratini tashkil etish, mashina-traktor parklari uchun zarur normativ va texnik hujjatlarni davlat tilida nashr etish, yangi texnikada ishlash uchun mutaxassislar va operatorlar tayyorlash masalalari bilan o‘z faoliyatlarida shug‘ullanmayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murakkab import texnikadan samarali foydalanishni ta’minlash, uning uchun zarur servis va tuzatish bazasi tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Yusupov), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qimmatbaho import texnikadan, ayniqsa “Magnum” haydov traktorlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “Agromashservis” Qoraqalpog‘iston va viloyatlar birlashmalari, mashina-traktor parklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi rahbarlari import mashina va mexanizmlardan tejab va yuqori unumli foydalanishni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularning holati uchun shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 55-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari import texnikaning uzoq ishlashi va ish qobiliyatini saqlab qolish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 kun muddatda “Magnum” haydov agregatlari, “Keys” firmasining g‘alla va sholi o‘rish kombaynlari va gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari ishlashi uchun dalalarni tayyorlash bo‘yicha agrotexnika talablarini ishlab chiqsinlar va barcha xo‘jaliklarga yetkazsinlar, ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-2000-yillarda har bir mashina-traktor parkida import texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etsinlar. Har bir traktor va mashinaga xizmat ko‘rsatish jadvalini ishlab chiqilsin va unga qat’iy rioya qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tajriba tuzatish-mexanika zavodini “Kamminz” firmasining normativ-texnik hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq holda “Kamminz” dvigatellarini tuzatishga ixtisoslashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magnum” traktorlariga normativ-texnik hujjatlarsiz tayyorlangan qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari va moslamalari ulanishini taqiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan shaxslar import mashina va mexanizmlarda ishlashga qo‘yilmasin. Bir oy muddatda 1999-2000-yillar davrida import texnika operatorlari, unga servis xizmati ko‘rsatish va uni tuzatish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashning birgalikdagi kompleks dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekneftgaz” va “O‘zbekneftmahsulot” kompaniyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi bilan birgalikda zarur yonilg‘i-moylash materiallari ishlab chiqarish va ular bilan import texnikani ta’minlash dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklari va xo‘jaliklarga yonilg‘i-moylash materiallari, shu jumladan import mashinalari uchun dizel yoqilg‘isini 1999-yildan boshlab 1-ilovaga* muvofiq hajmda ustun darajada Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan yetkazib bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
motor, gidravlik va transmissiya moylarining yetishmayotgan miqdori ular respublikada ishlab chiqarilgunga qadar import bo‘yicha xarid qilinishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon standartlari talablariga javob beruvchi yuqori sifatli yonilg‘i-moylash materiallari ishlab chiqarish maqsadida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilinayotganligi va 2000-yilda foydalanishga topshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Magnum” haydov traktorlari va SX-100 va MX-135 universal shudgorlash traktorlarining ish bilan ta’minlanganligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu traktorlarga 2-ilovaga* muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinalari to‘plamini ishlab chiqishni va ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning sanoat korxonalarida xorijiy firmalarning texnik hujjatlariga muvofiq import traktorlar va mashinalarga ehtiyot qismlar tayyorlanishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlarni belgilashda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashga xarajatlarni nazarda tutishga ruxsat berilsin, ular sotilgan mahsulot tannarxining bir foizi miqdorida xolding kompaniyasini barqarorlashtirish va rivojlantirish fondiga va Qo‘mitaning yangi texnikani joriy etish fondiga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 55-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Keys” firmasi va boshqa xorijiy firmalarning traktorlariga va o‘rim-yig‘im mashinalariga texnik hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu mashinalardan foydalanish, tuzatish, saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya qilinishi, ularning malakali mexanizatorlar (operatorlar) bilan ta’minlanishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import texnikaga jinoyatkorona-ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lishning har bir fakti bo‘yicha materiallarni aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun prokuratura organlariga bersinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 5-son, 55-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Prokuratura organlari bilan birgalikda import texnikadan foydalanishning holati ustidan nazoratni kuchaytirsin, bunday mashinalardan foydalanishni tashkil etishda mas’uliyatsizlik va xo‘jasizlikka yo‘l qo‘yayotgan rahbarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan qat’iy ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda banklar bilan birgalikda hosilni yig‘ishtirish mavsumigacha g‘alla o‘rish va sholi o‘rish kombaynlarini import bo‘yicha keltirish masalalarini bir oy muddatda xorijiy firmalar bilan ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 25-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-son