19.06.1981 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jamoa muzokaralarini olib borish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya

Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1981-yilning 3-iyunida oʻzining Oltmish yettinchi Sessiyasiga toʻplanib, Filadelfiya deklaratsiyasining “jahon mamlakatlari tomonidan jamoa muzokaralarini olib borish huquqining amalda eʼtirof etilishiga erishishni koʻzlagan dasturlarning koʻllab-quvvatlanishi maqsadida, Xalqaro Mehnat Tashkilotining muhim majburiyatini” tan oluvchi qoidalarini tasdiqlab hamda ushbu prinsipni “barcha xalqlar uchun qoʻllash mumkin ekanligini” taʼkidlab, Birlashish erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 1948-yilgi Konvensiya, Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi toʻgʻrisidagi 1949-yilgi Konvensiya, Jamoa shartnomalari toʻgʻrisidagi 1951-yilgi Tavsiya, Ixtiyoriy oʻzaro murosaga kelish va arbitraj toʻgʻrisidagi 1951-yilgi Tavsiya, Davlat xizmatidagi mehnat munosabatlari toʻgʻrisidagi 1978-yilgi Konvensiya va Tavsiya, Mehnat sohasini tartibga solish toʻgʻrisidagi 1978-yilgi Konvensiya va Tavsiyada mavjud boʻlgan xalqaro standartlarning muhim ahamiyatini eʼtiborga olib, ushbu standartlarning maqsadlariga erishish uchun, xususan, Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi toʻgʻrisidagi 1949-yilgi Konvensiyaning 4-moddasi hamda Jamoa shartnomalari toʻgʻrisidagi 1951-yilgi Tavsiyaning 1-bandidan kelib chiqadigan asosiy prinsiplarni amalga oshirish uchun katta kuch-gʻayrat sarflash lozimligini eʼtiborga olib, shu bois, mazkur standartlarni erkin va ixtiyoriy jamoa muzokaralarini olib borilishga koʻmaklashishga qaratilgan hamda ushbu standartlarga asoslangan tegishli chora-tadbirlar bilan toʻldirish zarurligini eʼtiborga olib, Jamoaviy muzokaralarni olib borishga koʻmaklashishga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir mingtoʻqqiz yuz sakson birinchi yil iyun oyining oʻn toʻqqizinchi kunida kuyidagi “Jamoa muzokaralarini olib borish toʻgʻrisidagi 1981-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. QOʻLLANISh SOHASI VA ATAMALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

1. Ushbu Konvensiya iqtisodiy faoliyatning barcha tarmoqlarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyada koʻzda tutilgan kafolatlar qurolli kuchlarga va politsiyaga nisbatan qay darajada qoʻllanilishi milliy qonun hujjatlari yoki milliy amaliyot tomonidan belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatiga nisbatan mazkur Konvensiya qoʻllanilishining maxsus usullari milliy qonun hujjatlari yoki milliy amaliyot tomonidan belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “jamoa muzokaralari” atamasi bir tomondan ish beruvchi, ish beruvchilar guruhi yoki ish beruvchilarning bir yoki bir necha tashkilotlari bilan, ikkinchi tomondan mehnatkashlarning bir yoki bir necha tashkilotlari oʻrtasida kuyidagi maqsadlarda olib boriladigan barcha muzokaralarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat sharoitlarini va ish bilan taʼminlanish shartlarini belgilash; va/yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish beruvchilar bilan mehnatkashlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish; va/yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ish beruvchilar yoki ularning tashkilotlari bilan mehnatkashlar tashkiloti yoki tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

1. Agar milliy qonun hujjatlari yoki milliy amaliyot mehnatkashlar vakillari mavjudligini Mehnatkashlar vakillari toʻgʻrisidagi 1971-yilgi Konvensiyaning 3-moddasi “b” kichik bandida belgilangani kabi eʼtirof etsa, u holda milliy qonun hujjatlari va amaliyot “jamoa muzokaralari” atamasi mazkur vakillar bilan olib boriladigan muzokaralarni qay darajada qamrab olishini, ushbu Konvensiya maqsadlari uchun, belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandi bajarilishidan kelib chiqib “jamoa muzokaralari” atamasi mehnatkashlar vakillari bilan olib boriladigan muzokaralarni ham qamrab oladigan boʻlsa, mazkur vakillarning mavjudligi tegishli mehnatkashlar tashkilotlarining mavqeyiga zarar yetkazmasligini taʼminlash uchun, zarur boʻlganicha, tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. QOʻLLANISh USULLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Ushbu Konvensiya qoidalarining qoʻllanilishi, agar jamoa shartnomalari, arbitraj qarorlari yoki milliy amaliyotga muvofiq boʻlgan boshqa usul orqali amalga oshirilmayotgan boʻlsa, milliy qonun hujjatlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. JAMOA ShARTNOMALARIGA KOʻMAKLAShISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

1. Jamoa muzokaralarini olib borishga koʻmaklashish uchun milliy sharoitga mos boʻlgan chora-tadbirlar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan faoliyat tarmoqlarida jamoa muzokaralarini barcha ish beruvchilar va barcha mehnatkashlar guruhi olib borish imkoni boʻlishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jamoa muzokaralari bosqichma-bosqich mazkur Konvensiyaning 2-moddasi “a”, “b”, “s” bandida koʻzda tutilgan barcha masalalarni qamrab olishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) ish beruvchilar va mehnatkashlar tashkilotlari oʻrtasida kelishilgan tartib-qoidalar ishlab chiqishni ragʻbatlantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jamoa muzokaralari olib borishga ularni tartibga soladigan qoidalar mavjud emasligi yoki qoidalar talablarga toʻgʻri kelmasligi yoki mos kelmasligi toʻsqinlik qilmasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mehnat nizolarini hal etish boʻyicha organlar va tartib qoidalar jamoa muzokaralari olib borishga koʻmaklashishini koʻzlagan holda taʼsis etilgan boʻlishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Ushbu Konvensiyaning qoidalari, jamoa muzokaralari oʻzaro murosaga kelish va/yoki arbitraj mexanizmi yoki muassasasining doiralarida olib borilishini oʻz ichiga oluvchi, yoki jamoa muzokaralar jarayonida tomonlar ixtiyoriy ishtirok etadigan mexanizm yoki muassasani oʻz ichiga oluvchi ishlab chiqarish munosabatlari tizimining faoliyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Davlat hokimiyat organlari tomonidan jamoa muzokaralarini rivojlantirishga koʻmaklashishni koʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar dastlabki maslahatlashuvlarning va imkon kadar davlat hokimiyat organlari bilan mehnatkashlar va ish beruvchilar tashkilotlari oʻrtasidagi bitimlarning mavzusi boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Jamoa muzokaralariga koʻmaklashish maqsadida koʻrilayotgan chora-tadbirlar jamoa muzokaralari erkinligini cheklamaydigan tartibda ishlab chiqiladi yoki qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. YaKUIIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Mazkur Konvensiya mavjud boʻlgan har qanday Konvensiyani yoki Tavsiyani qayta koʻrib chiqmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani xar oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh direktor, unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, u Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, 12-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.

(imzolar)