04.06.2015 yildagi 149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatini, shuningdek ularning xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 4-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 65-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin olingan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar mutaxassislik bo‘yicha ishlagan ikki yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan va keyingi besh yil mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oy mobaynida attestatsiyadan o‘tishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va olingan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlayotgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish uchun yuborish vazifasi tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilot ushbu Nizomning 4-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli muddatlar yoki yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin, ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda, tegishli adliya organlariga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashkilot mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatda tegishli hujjatlarni uzrli sabablarsiz adliya organlariga taqdim etmasa, adliya organi tashkilotning mas’ul xodimlariga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini rais o‘rinbosari amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) III bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“III. Talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Tashkilot yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi xatni tegishli adliya organiga belgilangan muddatlarda yuboradi. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirmaning notarial tasdiqlangan nusxalari. Agar talabgor chet mamlakatlarda ta’lim olgan bo‘lsa, chet mamlakatlarda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan ko‘chirma, yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyidan tavsifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarida o‘qiganlik to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Hujjatlar kelib tushgan kunidan boshlab ikki kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tashkilotga tegishli bildirishnoma yuboriladi. Bildirishnomada aniqlangan kamchiliklar, kamchiliklarni bartaraf etish hamda takroriy ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 17 va 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti to‘g‘risida talabgorning ish joyi bo‘yicha tashkilotga attestatsiya o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n kun oldin bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hujjatlari attestatsiyadan o‘tishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan talabgorlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan talabgorlar bo‘yicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelinmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga haqli;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tmagan tashkilot mazkur xodimni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida uch oy o‘tgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan o‘ta olmasa yoki ko‘rsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot rahbari bildirishnoma olingan kundan keyin o‘n kun mobaynida xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida uch kun muddatda tegishli adliya organini yozma ravishda xabardor qilishi shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish o‘quv rejalari va dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan tashkilotlardagi huquqiy ishlar samaradorligini umumlashtirish va tahlil qilish materiallarini, ularni yaxshilashga doir tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 36-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 37-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 39-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkilotlar har yili 1-iyunga qadar tegishli adliya organlariga yuridik xizmat xodimlari, shu jumladan yuridik xizmatdagi mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil davomida yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda (bo‘shatish yoki tayinlash va boshqalar), tashkilotlar o‘n kun muddatda tegishli axborotni adliya organiga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markaziy apparatlarining yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan axborotlar, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron hujjat shaklida taqdim etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 40-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “yurisprudensiya” yo‘nalishlari va mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) quyidagi mazmundagi 43-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“43. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni attestatsiyadan o‘tishga va malakasini oshirishga yuborgan tashkilot mablag‘lari hisobiga qoplanadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 23-son, 302-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda)