Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 28-aprelda Bonn shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
944-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 344-modda)