04.03.2000 yildagi 78-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZMEVASABZAVOTUZUMSANOAT-XOLDING” XOLDING KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konserva va vino-aroq sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻla va samarali foydalanish, meva-sabzavot ekinlari va uzum hosildorligini oshirish hisobiga oʻz xom ashyo bazasini mustahkamlash, shuningdek “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalarni boshqarishdagi rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kompaniyaning meva-sabzavot va uzumchilik xoʻjaliklariga tegishli ekin maydonlarida paxta, boshoqli don ekinlari va ixtisosni belgilamaydigan boshqa ekinlarni bosqichma-bosqich qisqartirish jadvallarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzsharobsanoat” AJga koʻrsatib oʻtilgan jadvallarni hisobga olgan holda kompaniya xoʻjaliklari yerlarida meva-sabzavot, kartoshka va uzum ekishni mustaqil ravishda prognozlashtirish huquqi berilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarining kompaniya hamda hududiy birlashmalar tarkibiga kiruvchi vino-aroq va spirt sanoati aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasini davlatga tegishli mol-mulkni kapitallashtirish, budjet oldidagi qarzlar tarkibini oʻzgartirish, shuningdek boshqa manbalar hisobiga aksiyalar davlat ulushini 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq nazorat paketigacha yetkazish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 1a-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 879-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/879/0192)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 879-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/879/0192)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi hamda xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda xolding kompaniyasi korxonalarining oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish va uzumchilikni rivojlantirish masalasini ikki oy muddatda koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda xolding kompaniyasi xoʻjaliklariga sabzavot, kartoshka, meva va uzum yetishtirishda ekin qator oralarida agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish uchun mashina-traktor parklari tomonidan shartnomaviy asosda xizmatlar koʻrsatishga doir tadbirlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 879-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/879/0192)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari vinochilik sanoatini yanada rivojlantirish va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun qishloq xoʻjaligini uzumning oʻta qimmatli navlari bilan taʼminlash maqsadida meva koʻchatlari yetishtiruvchi xoʻjaliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari raislarini, rais oʻrinbosarlarini va bosh buxgalterlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq maxsus idoralararo komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari rahbar xodimlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qaroriga 6-7-ilovalarning spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar paketlari ulushlarini oʻzgartirishga oid qismiga mazkur qarorga 1 va 1a-ilovalarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-son