Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2002-yil 3-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya federal kengashi oʻrtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim;
2002-yil 3-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida xalqaro avtomobil transporti orqali yoʻlovchilar va yuklarni tashish toʻgʻrisidagi shartnoma;
2002-yil 26-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlariga taalluqli maʼlumotlarni almashish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari R.S. Azimov, R.R. Yunusov va Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov tomonidan mazkur shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-may,
183-son