Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Sloveniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2005-yil 16-martda Lyublyana shahrida imzolangan yoʻlovchilar va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisida Bitim tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbeksiton Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi tegishli bildirishnomani yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbeksiton Respublikasining majburiyatlari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-oktabr,
PQ-194-son