Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2014 04.03.2000 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan Xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirishda “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining faol qatnashishi uchun shart-sharoitlar yaratish, Jamg‘arma funksiyalari kengayganligini hisobga olgan holda uning moddiy va ma’naviy bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining muhim vazifalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod” davlat dasturi bajarilishini ta’minlash uchun zarur mablag‘lar va resurslarni safarbar qilish, jamoatchilikni, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini unga faol jalb qilish;

“Sog‘lom avlod” davlat dasturining maqsadlari va mazmunini, ona va bola sog‘ligini mustahkamlashni, sog‘lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishni tashkil etish;

xorijiy va mamlakatimiz homiylarining muruvvat xayriya yordami mablag‘larini jalb qilish va to‘plash ishlarini faol olib borish;

jamoat va nodavlat tuzilmalarining sog‘lom avlodni shakllantirishga qaratilgan, ona va bola sog‘ligini muhofaza qilish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga doir sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish;

aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo ko‘p bolali oilalarga, kamqonlik kasalligiga duchor bo‘lgan ayollarga, nogiron bolalarga hamda bolalar, mehribonlik uylari va internatlarda tarbiyalanayotgan bolalarga muruvvat yordami ko‘rsatish;

ona va bola sog‘ligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tarbiyalash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining tuzilmasiga va uning Vasiylik kengashi tarkibiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning moddiy-texnika va moliyaviy negizi mustahkamlanishida, “Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Jamg‘armaga yuklangan funksiyalar ro‘yobga chiqarilishida unga har tomonlama ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan safarbar qilinayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat qilinishini ta’minlash, Jamg‘arma boshqaruvi raisi va uning tuzilmalarining jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorakda eshitish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi markaziy apparati va uning mintaqaviy filiallari tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma boshqaruvi raisi maqomiga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosariga, jamg‘arma mintaqaviy filiallari rahbarlari esa — sog‘liqni saqlash mintaqaviy organlari rahbarlari o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasiga Jamg‘arma huzurida Aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etish, uning tarkibiga amaliyotchi mutaxassislar, tibbiyot o‘quv yurtlarining olimlari va o‘qituvchilarini kiritish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Jamg‘arma apparati va uning mintaqaviy filiallari sarf-xarajatlari Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining asosiy pul mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma qatnashchilarining pul badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hamda ham O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, ham O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning homiylik mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatidan olingan daromadlar, shuningdek, Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida u tomonidan ta’sis etilgan korxonalar va tashkilotlarning daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil I choragi yakunlaridan boshlab har chorakda “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasiga budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobiga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilishini nazarda tutsin, ushbu mablag‘lar “Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirishga maqsadli yo‘naltirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Jamg‘armaning ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasini u ustav vazifalarini hal etishida doimiy ravishda samarali qo‘llab-quvvatlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Jamg‘armaning mintaqaviy filiallarini moslashtirilgan binolarda joylashtirish, ularni filiallar o‘z funksiyalarini bajarishi uchun mebel hamda zarur texnika va aloqa vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, “Mahalla” va “Kamolot” jamg‘armalariga, “Oila” markaziga, xotin-qizlar qo‘mitalariga hamda boshqa jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarga “Sog‘lom avlod” davlat dasturining amalga oshirilishini ta’minlashda “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan faol o‘zaro hamkorlik qilish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-iyundagi 268-son qarorining 1—3, 9-bandlari va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-oktabrdagi 524-son qarorining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga
1-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armaning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga
3-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi markaziy apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar‎

Xodimlar soni ‎

Rahbariyat‎

Boshqaruv raisi — Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari‎ 1‎
Ijrochi direktor‎ 1‎
Kadrlar bo‘yicha inspektor‎ 1‎

Onalik va bolalik bo‘limi‎

Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎
Bosh mutaxassis‎ 1‎
Etakchi mutaxassis‎ 1‎

Muruvvat yordami bo‘limi‎

Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎
Bosh mutaxassis‎ 1‎
Etakchi mutaxassis‎ 1‎

Tashkiliy-uslubiy bo‘lim‎

Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎
Bosh mutaxassis‎ 1‎
Etakchi mutaxassis‎ 2‎

Mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini moliyaviy nazorat qilish bo‘limi‎

Bo‘lim boshlig‘i‎ 1‎
Bosh mutaxassis‎ 1‎
Etakchi mutaxassis‎ 1‎

Buxgalteriya‎

Bosh buxgalter‎ 1‎
Buxgalter‎ 1‎

Jami:‎

18‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga
4-ILOVA

“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi mintaqaviy filialining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎Lavozimlar

Xodimlar soni ‎

Direktor‎

1‎

Bosh mutaxassis — “Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi‎

1‎

Etakchi mutaxassis (moliyachi)‎

1‎

Buxgalter‎

1‎

Jami:‎

4‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mintaqaviy filiallarga yuklangan funksiyalarni Toshkent shahri bo‘yicha Jamg‘arma markaziy apparati bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 23-apreldagi PF-596-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-iyundagi 268-son va 2000-yil 4-martdagi 74-son qarorlari bilan tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamoat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. Xo‘jalik mustaqilligi asosida faoliyat ko‘rsatadi, o‘z mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. Mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlarga o‘z nomidan ega bo‘ladi, tegishli majburiyatlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga va Jamg‘arma Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘arma istalgan shaklda ulush qo‘shish uchun O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar uchun ochiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘armaning faoliyati xayriya tusidadir. Uning mablag‘lari, ularning tushish manbalaridan qat’i nazar, ustavda ko‘rsatilgan vazifalar va maqsadlarga erishish uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘armaning yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Oxunboboyev ko‘chasi, 15-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. JAMG‘ARMANING MAQSADI, ASOSIY VAZIFALARI VA FAOLIYAT YO‘NALIShLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2000-yil O‘zbekiston Respublikasida “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan “Sog‘lom avlod” davlat dasturi amalga oshirilishida faol qatnashish, sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, yuksak insoniy qadriyatlarga asoslangan hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lgan ma’naviy boy, axloqiy yetuk aql-zakovatli, yuqori bilimli jismonan sog‘lom, uyg‘un rivojlangan shaxsni kamol toptirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish Jamg‘arma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod” davlat dasturi bajarilishini ta’minlash uchun zarur mablag‘lar va resurslarni safarbar qilish, jamoatchilikni, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini unga faol jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod” davlat dasturining maqsadlari va mazmunini, ona va bola sog‘ligini mustahkamlashni, sog‘lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mamlakatimiz homiylarining muruvvat xayriya yordami mablag‘larini jalb qilish va to‘plash ishlarini faol olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat va nodavlat tuzilmalarining sog‘lom avlodni shakllantirishga qaratilgan, ona va bola sog‘ligini muhofaza qilish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga doir sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning butun hududida aholini sog‘lom avlod tug‘ish, tarbiyalash va onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yalpi o‘qitish tizimini tashkil etishga, aholining tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks ijtimoiy va tashviqot-targ‘ibot dasturlarini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ijtimoiy ongda to‘laqonli, uyg‘un rivojlangan va sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak javobgarlik psixologiyasi shakllantirilishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ehtiyojmand qatlamlariga, eng avvalo ko‘p bolali oilalarga, kamqonlik kasalligiga duchor bo‘lgan ayollarga, nogiron bolalarga hamda bolalar, mehribonlik uylari va internatlarda tarbiyalanayotgan bolalarga muruvvat yordami ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ishga yordam beruvchi va bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, ularni ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar bilan jihozlashga, yalpi samarali davolash vositalari bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning sog‘ligini mustahkamlash, bilim olishlari va ularni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehribonlik” uylarida, maktab-internatlarda va ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tarbiyalash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qayd etib o‘tilgan vazifalarga erishish uchun Jamg‘arma quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot, ovqatlanish, ekologiya sohalarida hamda onalik va bolalikning hayotiy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar sohasida yangi texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar joriy etilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ona va bola hayot faoliyatining huquqiy, axloqiy-etik, ijtimoiy-ruhiy shart-sharoitlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada bolalar oziq-ovqatini yaxshilash, uning sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilishini ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ruqxona komplekslariga, qishloq vrachlik punktlariga, bolalar uylariga, ayollar maslahatxonalariga va onalik bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muassasalarga vasiylik va g‘amxo‘rlik qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tibbiy madaniyatini oshirish uchun Jamg‘arma huzurida Maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan filiallarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik va bolalikni muhofaza qilishning eng dolzarb muammolarini hal etish uchun Jamg‘arma huzurida ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. JAMG‘ARMANING HUQUQLARI VA BURChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamg‘arma qayd etib o‘tilgan vazifalarni va faoliyat yo‘nalishlarini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolati doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan huquqiy aktlarni mustaqil amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng tushuntirish ishlari yordamida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining, banklarning, korxonalar va firmalarning ham pul mablag‘lari ko‘rinishida, ham adabiyot va san’at asarlari, ilmiy va loyiha ishlanmalari, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa moddiy boyliklar ko‘rinishidagi ko‘ngilli ulushlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlari bilan hamda boshqa tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va firmalar bilan birgalikda o‘z loyiha va dasturlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va erkin almashtiriladigan valyutada kreditlar olish, o‘z nomidan shartnomalar va kontraktlar tuzish, mulkiy huquqlarga ega bo‘lish, sudda da’vogar va javobgar bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavda ko‘rsatilgan o‘z vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa korxonalar, tashkilotlar va firmalar, shu jumladan xorijiy sheriklar bilan birgalikda, vaqtinchalik tarkibiy bo‘linmalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga injiniring, maslahat, axborot xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik, axborot, madaniy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rgazmalar, savdo-sotiq yarmarkalari, tovarlar, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar), san’at asarlari kim oshdi savdolari, telemarafonlar, konsertlar va boshqa tomosha tadbirlari o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereyalar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma maqsadlari va vazifalariga muvofiq tanlovlar o‘tkazish hamda mukofotlar ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z maqsadlari va vazifalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutalarda bank hisob raqamlariga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma maqsadlarini ta’minlash uchun tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari, dori-darmonlar, bolalar ovqati va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni mablag‘ bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda xalqaro jamoat tashkilotlariga va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga kirish, shuningdek amaliy aloqalarga kirishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamg‘arma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirishda faol qatnashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan safarbar qilinayotgan moliyaviy mablag‘lardan qat’iy maqsadga muvofiq foydalanilishini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning faoliyati hamda o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar ustidan maqsadga qaratilgan rahbarlikni va muntazam nazoratni ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. JAMG‘ARMA QATNAShChILARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat, jamoat, ilmiy va ijodiy tashkilotlar, birjalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari va uyushmalar, shu jumladan xorijiy, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Jamg‘armaning asosiy vazifalarini ro‘yobga chiqarishda ixtiyoriy asosda qatnashuvchi boshqa jismoniy shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) Jamg‘armaning qatnashchilari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. BOShQARUV ORGANLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamg‘arma boshqaruvining yuqori organi Jamg‘arma qatnashchilarining konferensiyasi hisoblanadi. Konferensiya Jamg‘arma Ustaviga muvofiq faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konferensiyada Jamg‘arma boshqaruvi, boshqaruv raisi, taftish komissiyasi saylanadi, Jamg‘armaning ijrochi direktori tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamg‘arma Ustavda ko‘rsatilgan o‘z faoliyatini amalga oshirishiga har tomonlama ko‘maklashish, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlash, shuningdek Jamg‘arma tomonidan safarbar etiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Vasiylik kengashi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi yilning har choragida Jamg‘arma boshqaruvi raisining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotini eshitishi va tasdiqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nazorat-taftish komissiyasi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi, Jamg‘armaning, unga qarashli korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamg‘arma boshqaruvi raisi va a’zolari Jamg‘arma qatnashchilari konferensiyasi tomonidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma boshqaruvi raisi maqomiga va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamg‘arma boshqaruvi raisi Jamg‘armaga rahbarlik qiladi hamda Jamg‘arma va mintaqaviy filiallar faoliyati uchun javob beradi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar bilan munosabatlarda Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi, boshqaruv qarorlarini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv rais rahbarligi ostida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha uning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma markaziy apparati, uning mintaqaviy filiallari va vakolatxonalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamg‘arma markaziy apparatining joriy faoliyatiga ijrochi direktor rahbarlik qiladi, u Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, o‘z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq xodimlarni (Jamg‘arma boshqaruvi bilan kelishgan holda) ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, shtat jadvalini, markaziy apparat va mintaqaviy filiallarning joriy sarf-xarajatlari smetasini tasdiqlaydi, Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamg‘arma mintaqaviy filiallari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda tayinlanadilar hamda maqomiga va mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra sog‘liqni saqlash mintaqaviy organlari rahbarlarining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamg‘arma markaziy apparatining shtatdagi xodimlari soni 18 nafar etib (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), mintaqaviy filiallar xodimlari soni esa 4 nafar etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma apparati va uning mintaqaviy filiallarining sarf-xarajatlari Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma markaziy apparati va uning mintaqaviy filiallari xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha quyidagi tarif razryadlari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomi‎

Yagona tarif setkasi
‎bo‘yicha razryad‎

Ijrochi direktor‎

16‎

Bo‘lim boshlig‘i‎

14‎

Bosh mutaxassis‎ (muvofiqlashtiruvchi)

12‎

Etakchi mutaxassis‎

11‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. JAMG‘ARMANING MOL-MULKI VA MABLAG‘LARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamg‘armaning mol-mulki asosiy vositalardan va Jamg‘arma qatnashchilarining badallari hamda boshqa tushumlar hisobiga Jamg‘arma tomonidan sotib olingan boshqa aktivlardan shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining pul mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma qatnashchilarining pul badallaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari jamg‘armalar ajratiladigan mablag‘lardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning homiylik mablag‘laridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatidan, shuningdek Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida u tomonidan tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar faoliyatidan olingan daromadlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari yillik smetasi Jamg‘arma boshqaruvining taqdimnomasiga ko‘ra Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda tegishli davlat dasturlari va Hukumat qarorlari bilan nazarda tutilgan tadbirlarga, eng avvalo “Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirishga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mintaqaviy filiallari hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i kalendar yil oxiridagi holatiga ko‘ra uch kun muddatda ularni Jamg‘arma markaziy apparatining maxsus hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi va undan navbatdagi kalendar yilda maqsadli xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamg‘arma soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamg‘arma va uning mintaqaviy filiallari o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat Jamg‘arma majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, Jamg‘arma esa davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamg‘armaning mulkiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari uchun belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. JAMG‘ARMANI TUGATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamg‘arma faoliyati Jamg‘arma konferensiyasining qaroriga ko‘ra yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tugatilgan Jamg‘armaning kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulki davlat ixtiyoriga o‘tadi.