Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1965-yil 21-dekabrdagi irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1965-yil 21-dekabrdagi Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-avgust,
129-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 204-modda)