Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki ishtirokida Yaponiya tijorat banklari bilan konsorsiumda “Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida respublika aholisini raqamli telekoʻrsatuvlar bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasi boʻyicha Yaponiyaning yetakchi raqamli teleuzatkichlar ishlab chiqaruvchilari orasidan yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlov asosida tanlab olish yakunlari boʻyicha “Oʻzimpeksaloqa” MCHJ va “Ogawa Seiki Co. Ltd” (Yaponiya) kompaniyasiga “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “RTRM” DUK deb ataladi) uchun umumiy summasi 8 751 343 200,0 Yaponiya iyenasi (73,63 mln AQSH dollari ekvivalentida hisob-kitob qilingan) miqdorida raqamli telekoʻrsatuv uskunalarini yetkazib berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oʻrtasida “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” tijorat banki bilan konsorsiumda mazkur kontraktni birgalikda moliyalashtirish yuzasidan 2015-yil 28-yanvarda Qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar raqamli telekoʻrsatuvlar uskunalarini yetkazib berish boʻyicha kontraktni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
kontrakt qiymatining 1 312 701 480,0 Yaponiya iyenasi (hisob-kitob boʻyicha 11,04 mln AQSH dollari ekvivalentida) miqdoridagi 15 foizi — “Aloqabank” ATBning milliy valyutada 5 yil muddatga, yillik 12 foiz stavkada beriladigan kredit mablagʻlari hisobiga;
kontrakt qiymatining 7 438 641 720,0 Yaponiya iyenasi (62,59 mln AQSH dollari ekvivalentida hisoblab chiqilgan) miqdoridagi 85 foizi — Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” tijorat banki bilan konsorsiumdagi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, yillik 2,94 foiz stavkasi bilan, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5 foiz miqdoridagi marjasi bilan 12 yil muddatga, shu jumladan 2 yil imtiyozli davrga beriladigan Qarz bitimi shartlariga muvofiq beriladigan kredit mablagʻlari hisobiga.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi 1-ilovaga* muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari va kontrakt boʻyicha ishlarni 2017-yil iyul oyida tugallash muddati bilan;
Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” tijorat banki bilan konsorsiumda “Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va “Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasini samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.;
“MRRT” DUK jalb etilgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchi hamda asosiy vazifasi radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatishdan iborat boʻlgan loyihani amalga oshiruvchi korxona hisoblanadi;
“Oʻzimpeksaloqa” MCHJ “MRRT” DUKning raqamli teleeshittirish uskunalarini yetkazib berish boʻyicha shartnomani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agenti hisoblanadi..
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” tijorat banki bilan konsorsiumda Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining qayta moliyalashtiriladigan kredit mablagʻlari boʻyicha “MRRT” DUKning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish vakolati berilsin.”.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin..
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
123-son