06.10.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Latviya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining xalqaro majburiyatlarini eʼtiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkala davlat uchun favqulodda vaziyatlar tugʻdirayotgan xavfni anglab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-texnikaviy axborot almashish oʻzaro qiziqish uygʻotishini hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlik ikkala davlatning farovonligi va xavfsizligini taʼminlashini tan olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlardan birining kuch va vositalari bilan bartaraf etish mumkin boʻlmay qoladigan favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi mumkinligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida ikkala davlatning oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatiga talab mavjudligini eʼtiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishdagi ahamiyatini hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim maqsadlarida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “vakolatli organ” — ushbu Bitimni bajarish bilan bogʻliq ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish uchun har bir Tomondan tayinlanadigan davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) “soʻrayotgan Tomon” — boshqa Tomonga yordam koʻrsatish boʻyicha guruh yoki ekspertlar, jihoz va materiallar yuborish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilayotgan Tomon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) “yordam koʻrsatayotgan Tomon” — boshqa Tomonning yordam koʻrsatish boʻyicha guruh yoki ekspertlar, jihoz va materiallarni yuborish boʻyicha iltimosini qondirayotgan Tomon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) “yordam koʻrsatish guruhi” — yordam koʻrsatayotgan Tomonning zarur asbob-anjomlar bilan favqulodda vaziyat zonasida 72 soat mobaynida uzluksiz harakat qilishga yetarli darajada taʼminlangan, yordam berish uchun moʻljallangan mutaxassislar guruhi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) “ekspert” — yordam koʻrsatayotgan Tomonning soʻrayotgan Tomon davlati hududiga yordam berish uchun yuborilayotgan maʼlum soha mutaxassisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) “favqulodda vaziyat” — odamlar qurbon boʻlishi, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayoti va faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, texnogen va tabiiy halokat, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) “favqulodda vaziyat zonasi” — favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) “ish uchastkasi” — favqulodda vaziyat yuz bergan zonadagi avariya-qutqaruv ishlari olib borilayotgan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) “favqulodda vaziyatning oldini olish” — oldindan oʻtkaziladigan va favqulodda vaziyat paydo boʻlish xavfini mumkin qadar kamaytirishga qaratilgan va shuningdek bu vaziyat paydo boʻlgan taqdirda odamlar sogʻligʻini saqlashga, atrof-muhitga yetkazilgan zarar va moddiy talafot hajmini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) “favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish” — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkazilib, odamlar hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va ular bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) “avariya-qutqaruv ishlari” — favqulodda vaziyatlar zonalarida inson hayoti, moddiy va madaniy boyliklarni saqlab qolishga, tabiiy muhitni muhofaza qilishga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga — xos xavfli omillarni yoʻqotish yoki ularning taʼsirini mumkin qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) “asbob-uskuna” — yordam koʻrsatish boʻyicha guruh yoki ekspertlarining materiallari, texnik va. transport vositalari, aslaha-anjomlari, shu jumladan yordamchi itlar va guruh aʼzolarining yoki ekspertlarining shaxsiy aslahalari, dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) “taʼminot materiallari” — favqulodda vaziyatda jabrlangan aholiga tarqatish uchun moʻljallangan va yaroqlilik muddati tugamagan moddiy vositalar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) “uchinchi davlatlar” — ushbu Bitimning ishtirokchilari boʻlmagan davlatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Vakolatli organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar quyidagi vakolatli organlarni tayinlaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Latviya Respublikasi tomonidan — Latviya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqa vakolatli organlar tayinlanganda yoki mavjud vakolatli organlarning nomlari oʻzgarganda Tomonlar bu toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hamkorlik shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagilarni koʻzda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda oʻzaro yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida bahamjihatlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkillashtirish boʻyicha tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ilmiy tadqiqot loyihalarini birgalikda rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi ilmiy-texnikaviy adabiyot va tadqiqot ishlar natijalari bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan milliy normativ hujjatlar bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish bilan bogʻliq axborot, davriy nashrlar, uslubiy va boshqa adabiyot, video va fotomateriallar bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida qoʻshma konferensiyalar, seminarlar, ishchi kengashlar, mashqlar va ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) birgalikda nashrlar va maʼruzalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) kelishilgan tartibda Tomonlar davlatlarining oʻquv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash hamda stajerlar, oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlariga baho berish maqsadida tabiiy muhit monitoringini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha axborot almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Tomonlar vakolatli organlari kelishuvi boʻyicha favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida boshqa faoliyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Qoʻshma komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Tomonlar vakolatli organlari favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiya tuzadilar. Uning tarkibi, vazifalari, maqsadlari va ish tartibi vakolatli organlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qoʻshma komissiya nizomi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Favqulodda vaziyatlar haqida xabar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning vakolatli organlari boshqa Tomon davlati hududiga tarqalishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida yozma, zarur hollarda esa ogʻzaki ingliz yoki rus tilida, agar Tomonlarning vakolatli organlari boshqa haqida kelishib olmagan boʻlsalar, kechiktirmasdan axborot almashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Favqulodda vaziyatlarni tugatishda yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yordam yozma soʻrovga asosan koʻrsatiladi, unda soʻrayotgan Tomon favqulodda vaziyatning xususiyati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi, zarur yordam turi, hajmi va taqdim etish muddatlarini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam koʻrsatayotgan Tomon qisqa muddatda soʻrovni koʻrib chiqib, soʻrayotgan Tomonni beriladigan yordam imkoniyati, hajmi va shartlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Tomonning vakolatli organi oʻz davlatining tegishli muassasalariga boshqa Tomonning yordam berishga roziligi haqida, koʻrsatilayotgan yordam turi, hajmi, muddati va ushbu Bitimni bajarish uchun boshqa zarur maʼlumotlar haqida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi yordam beruvchi guruhlar yoki ekspertlar harakatlariga shu guruhlar rahbarlari orqali rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yordam koʻrsatayotgan guruh aʼzolari yoki ekspertlar soʻrayotgan Tomon hududida boʻla turib, u davlat qonunlariga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam, yordam koʻrsatish guruhlari yoki ekspertlar, taʼminot materiallarini yuborish yoki boshqa soʻralgan turda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam koʻrsatish guruhlari yoki ekspertlaridan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi yordamga kelgan guruh rahbarlariga favqulodda vaziyat zonasidagi va muayyan ish uchastkalaridagi vaziyat haqida axborot beradi va zarur hollarda ushbu guruhlar va ekspertlarni tarjimonlar, aloqa vositalari, himoya, bepul tibbiy yordam bilan taʼminlaydi va bu harakatlarni muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Anjomlar zaxirasi tugaganda soʻrayotgan Tomon yordamga kelgan guruhlarni keyingi ishlarini davom ettirishi uchun zarur vositalar bilan bepul taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yordam koʻrsatish guruhlari vakillarining yoki ekspertlarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash, shuningdek jihozlashni yordam koʻrsatayotgan Tomon amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning yoki ekspertlarning davlat chegarasini kesib oʻtish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yordam berish guruhi aʼzolari yoki ekspertlar uchun vizalar yoki tranzit vizalar (agar yordam uchinchi davlatga koʻrsatilayotgan boʻlsa) zudlik bilan beriladi, shu jumladan davlat chegaralarini kesib oʻtish joylarida amaldagi yoʻl hujjatlarini, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, yordam koʻrsatish guruhlari vakillari yoki ekspertlar roʻyxati, anjomlar va taʼminot materiallari roʻyxati, yordam koʻrsatayotgan Tomonning vakolatli organidan yordam koʻrsatish boʻyicha guruh rahbariga vakolat berilganligi haqidagi hujjat, shuningdek soʻrayotgan Tomonning yoki tranzit hollarda uchinchi davlatning yozma soʻrovi taqdim etilganda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam koʻrsatish guruhlari aʼzolari yoki ekspertlar soʻrayotgan Tomon davlat chegarasini xalqaro aloqalar uchun moʻljallangan kesib oʻtish joyidan navbatsiz kesib oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kinologik guruhlarni chegaradan oʻtkazish va ularning soʻrayotgan Tomon hududida boʻlishlari soʻrayotgan Tomon davlati hududidagi amaldagi karantin qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yordam koʻrsatish guruhlari aʼzolari yoki ekspertlarining koʻchib yurishi, ularning asbob-uskunalari va taʼminot materiallarini tashish avtomobil, temir yoʻl, suv yoki havo transporti bilan amalga oshiriladi. Tegishli transport vositalarining haydovchilarida tegishli transport vositasini boshqarishga huquq beruvchi hujjatlar, shuningdek transport vositasining roʻyxat guvohnomasi boʻlishi kerak, harakatdagi temir yoʻl sostavining roʻyxat guvohnomasi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Transport vositalarining turlari va ulardan foydalanish tartibi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan tegishli muassasalari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf etishda yordam koʻrsatish uchun asbob-uskuna va taʼminot materiallarini olib kirish va olib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrayotgan Tomon davlat hududiga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish uchun soʻrayotgan Tomon davlat hududiga olib kiriladigan va yordam koʻrsatayotgan Tomon davlati hududidan olib chiqilayotgan asbob-uskuna va taʼminot materiallari tovar olib kirilayotganda toʻlanadigan bojxona va boshqa soliqlardan, iqtisodiy tusdagi taqiqlardan va cheklashlardan Tomonlar davlatlari qonunchiligi oʻrnatgan tartibda ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Asbob-uskuna va taʼminot materiallari bojxona rasmiyatchiligidan yordam koʻrsatish guruhlari yoki ekspertlar tarkibi, olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan asbob-uskuna va taʼminot materiallari koʻrsatilgan Tomonlarning vakolatli organlari bergan roʻyxatlarni tekshirish asosida osonlashtirilgan holda va ustuvor tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yordam berish guruhlari yoki ekspertlar faqat asbob-uskuna va taʼminot materiallarini tashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yordam ishlari tugashi bilan olib kirilgan asbob-uskuna soʻrayotgan Tomon davlati hududidan bojxona organlari bilan kelishilgan holda olib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Favqulodda vaziyatda zarar koʻrgan shaxslarga tez tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tugʻilganda soʻrayotgan Tomon davlati hududiga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur miqdorda, tarkibida narkotik vositalar va psixotrop moddalar bor dori-darmonlar olib kirilishi mumkin, ulardan faqat yordam koʻrsatish guruhlarining malakali tibbiy xodimlari foydalanishi mumkin. Yordam koʻrsatishda foydalanilmagan tarkibida narkotik vositalar va psixotrop moddalar bor dori-darmonlar yordam koʻrsatayotgan Tomon davlati hududiga qaytarib berilishi kerak. Bunday dori-darmonlarni olib kirish va olib chiqish Tomonlar davlatlari qonunchiligi oʻrnatgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu modda qoidalari, shuningdek, birgalikda oʻtkaziladigan mashqlar uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni olib kirish va olib chiqishda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Havo kemalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yordam koʻrsatayotgan Tomonning vakolatli organi soʻrayotgan Tomonning vakolatli organiga yordam berish uchun havo kemalaridan foydalanishga qaror qabul qilingani toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda xabar beradi: havo kemasini roʻyxatdan oʻtkazgan davlat, havo kemalarining soni, turlari va qayd qilingan raqamlari, havo kemalarining seriyasi va taniqlik belgilari, xizmat qiluvchi xodimlarning va yoʻlovchilarning soni, havo kemasi parvozining maqsadi va rejalashtirilgan marshruti (uchish, qoʻnish joylari va vaqti), havo tashuvchi, parvoz buyurtmachisi va yuk roʻyxati (asbob-uskuna va taʼminot materiallari roʻyxati).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar boshqa Tomon davlati hududidan yordam berish guruhlarni yoki ekspertlarni, asbob-uskuna va taʼminot materiallarini tashish uchun uchayotgan havo kemasiga Tomonlar davlatlari xalqaro shartnomalari, 1944-yildagi Fuqaro aviatsiyasi xalqaro konvensiyasi, va shuningdek Tomonlar davlatlarining qonunlariga muvofiq havo koridorlaridan foydalanish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chegara va bojxona nazoratlari havo kemasi qoʻngan joylarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Tranzit
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning 8 va 9-moddalari qoidalari yordam berish guruhlarini yoki ekspertlarni, asbob-uskuna va taʼminot materiallarini quruqlikdan tranzit yoʻli bilan Tomonlarning biri davlati hududi orqali uchinchi davlatga yordam berilayotgan hollarda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Tomon boshqa Tomonni uchinchi davlatga yordam berish uchun oʻz davlatining tegishli muassasalari bilan kelishilgan holda havo tranziti bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Xarajatlarni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrayotgan Tomon yordam berish guruhlari aʼzolari yoki ekspertlari yarador boʻlgan yoki halok boʻlgan hollarda tibbiy va transport xarajatlarini oʻziga oladi, agar bu soʻrayotgan Tomon davlati hududida ushbu Bitimni bajarish bilan bogʻliq vazifalarni bajarishda sodir boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishib olishmagan boʻlsalar, soʻrayotgan Tomon yordam koʻrsatayotgan Tomonga yordam berishi bilan bogʻliq xarajatlarni Tomonlarning vakolatli organlari vakillari tomonidan imzolangan yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlar haqida tuzilgan ikki tomonlama aktga asosan toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻrayotgan Tomon yordam berish toʻgʻrisidagi soʻrovini qaytib olishi mumkin, ammo bu holda yordam koʻrsatayotgan Tomon qilgan xarajatlari uchun haq olishga huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishib olishmagan boʻlsalar, xarajatlar yordam koʻrsatayotgan Tomondan bu toʻgʻrida talabnoma olingandan keyin 30 ish kuni ichida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sugʻurta rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlar yordam koʻrsatish boʻyicha umumiy xarajatlarga kiritilmaydi va qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishib olishmagan boʻlsalar, yordam koʻrsatayotgan Tomon havo kemalarining uchib oʻtishi, qoʻnishi, aerodromda turishi va unda parvoz qilishi uchun toʻlovdan va shuningdek aeronavigatsiya xizmatlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yordam koʻrsatayotgan Tomonning yordam koʻrsatish guruhi aʼzosi yoki eksperti ushbu Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq vazifalarni bajarish vaqtida yuridik yoki jismoniy shaxsga soʻrayotgan Tomon davlati hududida zarar yetkazsa, zararni soʻrayotgan Tomon oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq qoplashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam koʻrsatayotgan Tomon yordam koʻrsatish guruhi aʼzosi yoki eksperti soʻrayotgan Tomon davlati hududida yordam koʻrsatish bilan toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlmagan harakatlari natijasida yuridik eki jismoniy shaxsga zarar yetkazsa, zararni yordam koʻrsatayotgan Tomon soʻrayotgan Tomon davlati qonunlariga muvofiq qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Axborotdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat natijasida olingan axborot, agar Tomonlar vakolatli organlari boshqa toʻgʻrisida kelishib olishmagan boʻlsalar, Tomonlar davlatlari qonunlariga muvofiq eʼlon qilinishi va foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Nizoli masalalarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimni talqin qilishda yoki qoʻllashda kelib chiqadigan bahslar Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Ushbu yoʻl bilan hal etilmagan bahslar diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga nisbatan munosabat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuvlariga koʻra ushbu Bitimga alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, bunda protokollar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. Oʻzgartish va qoʻshimchalar ushbu Bitimning 18-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Tomonlarning uni kuchga kiritish boʻyicha davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnomasi olingan sanadan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim noaniq muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning Bitimni diplomatik kanallar orqali bekor qilish niyati haqidagi xabarnomasini olgan sanadan 90 kun oʻtganga qadar oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim amalining bekor qilinishi, agar Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishmagan boʻlsalar, unga muvofiq boshlangan, biroq uning amali bekor qilinganga qadar tugatilmagan faoliyatiga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2008-yilning 6-oktabrida, ikki nusxada, har biri oʻzbek, latish va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 1-son)