12.08.1949 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Jeneva Konvensiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida 1929-yilning 27-iyulida qabul qilingan Jeneva Konvensiyasini qayta ko‘rib chiqish maqsadida Jenevada 1949-yil 21-apreldan 12-avgustgacha o‘tkazilgan Diplomatiya konferensiyasida Hukumatlar vakillari sifatida ishtirok etganlar va quyida imzo chekuvchilar shunday bitimni tuzdilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOB
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar har qanday holatda mazkur konvensiyaga amal qilish va amal qilishga majburlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlik davridayoq kuchga kirishi lozim bo‘lgan qarorlardan tashqari, ikkita yoki bir nechta Oliy Ahdlashuvchi Tomon o‘rtasida urush e’lon qilingan yoxud turli qurolli mojarolar yuz bergan har qanday hollarda, hattoki, tomonlardan biri urush holatini tan olmasa ham, mazkur Konvensiya qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya, shuningdek, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari to‘laligicha yoki qisman istilo etilgan har qanday hollarda, hattoki, bunday bosqinchilik hech bir qurolli qarshilikka uchramasa ham, qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nizolashayotgan Davlatlarning biri mazkur Konvensiya ishtirokchisi bo‘lmasa, ishtirokchi sanalgan Davlatlar, baribir, u bilan o‘zaro munosabatlarini saqlab qolaveradilar Bundan tashqari, agar yuqorida ko‘rsatilgan Davlat Konvensiya qoidalarini qabul qilsa va amalda qo‘llasa, ishtirokchi Davlatlar unga nisbatan Konvensiya bilan bog‘langan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida xalqaro bo‘lmagan qurolli mojaro sodir etilayotgan holda, o‘zaro nizoda bo‘lgan tomonlarning har biri eng kamida quyidagi qoidalarni qo‘llashga majbur hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslar, jumladan, qurolli kuchlar tarkibida bo‘lgan-u qurolini topshirgan, bundan tashqari, bemorligi, yaradorligi, qo‘lga olinganligi yoxud boshqa har xil sabablarga ko‘ra harbiy harakatlarda qatnashmayotgan shaxslar irqi, tana rangi, dini yoki e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va shunga o‘xshash boshqa jihatlar sababli hech bir kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmagan holda har qanday shart-sharoitda insoniy muomaladan foydalanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan quyidagi xatti-harakatlar har doim har qanday joyda taqiqlangan va taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hayotiga va jismoniy daxlsizligiga tahdid solish, xususan, har xil yo‘llar bilan hayotiga tajovuz qilish, jarohat yetkazish, shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish, qiynash va azoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) garovga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) insoniy qadr-qimmatiga, or-nomusiga tajovuz qilish, xususan, tahqiromuz va qadr-qimmatini xo‘rlaydigan munosabatda bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tegishli tartibda ta’sis etilgan va taraqqiy etgan xalqlar tomonidan zarur deb e’tirof etilgan sudlov kafolatlariga to‘la ega bo‘lgan sud tomonidan qaror chiqarilmasdan hukm etish va jazo chorasini qo‘llash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yaradorlar va bemorlar yig‘ib olinishi hamda ularga yordam ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beg‘araz insonparvarlik tashkiloti, masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, nizolashayotgan tomonlarga o‘z xizmatini taklif etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiyaning barcha yoxud ayrim qoidalarini maxsus bitimlar orqali kuchga kiritishga intiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi qoidalarning qo‘llanilishi nizolashayotgan tomonlarning yuridik maqomiga ta’sir qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Betaraf davlatlar nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlariga mansub bo‘lgan va betaraf davlatlar hududida qabul qilingan yoxud ushlab qolingan va qurolsizlantirilgan yaradorlar hamda bemorlarga, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlariga, bundan tashqari, yig‘ib olingan murdalarga nisbatan mazkur Konvensiya qoidalarini analogiya bo‘yicha qo‘llaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya dushman tomonning qo‘liga tushib qolgan o‘z himoyasidagi shaxslarga nisbatan ular o‘z vatanlariga tugal qaytishlariga qadar qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10, 15, 23, 28, 31, 36, 37 va 52-moddalarda maxsus ko‘zda tutilgan bitimlardan tashqari, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar alohida tartibga solish maqsadga muvofiq deb hisoblagan har qanday masala bo‘yicha boshqa maxsus bitimlar tuzishi mumkin. Hech qanday maxsus bitim yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlarining mazkur Konvensiyada belgilab qo‘yilgan mavqeyiga ziyon yetkazmasligi, ularning mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan huquqlarini cheklamasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari ularga nisbatan mazkur Konvensiya qo‘llanilayotgan vaqt mobaynida ushbu hujjatlarda ko‘zda tutilgan imtiyozlardan foydalanishda davom etadilar. Yuqorida tilga olingan yoki keyinchalik tuziladigan bitimlarga maxsus qarama-qarshi mazmundagi shartlarning kiritilishi yoxud nizolashayotgan tomonlardan birining ularga nisbatan qulayroq bo‘lgan tadbirlarni qo‘llash holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari mazkur Konvensiyada hamda oldingi moddada tilga olingan maxsus bitimlarda, agar shunday bitimlar mavjud bo‘lsa, ko‘zda tutilgan o‘z huquqlaridan qisman yoxud to‘laligicha voz kechishlari mutlaqo mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya nizolashayotgan tomonlar manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan Homiy Davlatlarning bevosita ko‘magi va nazorati ostida qo‘llaniladi. Shu maqsadda Homiy Davlatlar o‘zlarining diplomatik va konsullik xizmatlari xodimlaridan tashqari, o‘z fuqarolari yoxud boshqa betaraf Davlatlar fuqarolari orasidan delegatlar tayinlashlari mumkin. Ushbu delegatlar tayinlanishi uchun ular o‘z vazifalarini bajarishga kirishadigan hudud egasi bo‘lgan Davlatning roziligi olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlar Homiy Davlatlar vakillari yoki delegatlari ishini yengillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiy Davlatlar vakillari yoki delegatlari mazkur Konvensiyada belgilangan o‘z vazifalari doirasidan chetga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Xususan, ular o‘z vazifalarini bajarishga kirishgan hudud egasi bo‘lgan Davlat xavfsizligining o‘ta muhim ehtiyojlarini e’tiborga olishlari zarur. Faqat o‘ta dolzarb harbiy ehtiyojlar taqozo etgandagina ularning faoliyati vaqtincha va istisno tariqasida cheklab turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya qoidalari Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi yoki boshqa har qanday beg‘araz insonparvarlik tashkilotining nizolashayotgan tomonlarning roziligi asosida, yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlarini himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish uchun qaratilgan insonparvarlik faoliyatiga to‘siq bo‘lib xizmat qilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Konvensiya orqali Homiy Davlatlarga yuklangan majburiyatlarni bajarishni beg‘araz va ta’sirchan faoliyat ko‘rsatish uchun to‘la kafolat bera oladigan muayyan tashkilotga topshirish borasida har qanday paytda o‘zaro bitim tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, qandaydir sabablarga ko‘ra yaradorlar va bemorlar yoxud tibbiy va diniy xizmat xodimlariga nisbatan muayyan Homiy Davlat yoki birinchi xatboshida ko‘zda tutilgan tashkilotning faoliyati qo‘llanilmayotgan yoxud qo‘llanilishi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, himoyadagi shaxslarni o‘z hukmi ostida saqlayotgan Davlat nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiya asosida tayinlagan Homiy Davlat bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘z zimmasiga olishini so‘rab, betaraf Davlatga yoki shunday tashkilotga iltimos bilan murojaat qilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, homiylikni yuqorida ko‘rsatilgan tarzda amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, himoyadagi shaxslarni o‘z hukmi ostida saqlayotgan Davlat muayyan insonparvarlik tashkilotiga, masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga iltimos bilan murojaat qilishi yoxud ushbu modda qoidalarini hisobga olgan xolda, bunday tashkilotning mazkur Konvensiyaga muvofiq Homiy Davlatlar tomonidan bajariladigan insonparvarlik vazifalarini ado etishni o‘z zimmasiga olishi borasidagi takliflarini qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor Davlat tomonidan taklif etilgan yoxud ushbu maqsadlar yo‘lida o‘zini tavsiya etayotgan har qanday betaraf davlat yoki har qanday tashkilot mazkur Konvensiya himoyasidan foydalanuvchi shaxslar mansub bo‘lgan nizolashayotgan tomonga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usi bilan yondashmog‘i, shuningdek, o‘z zimmasiga tegishli vazifalarni olishga va ularni beg‘araz ado etishga qodirligi to‘g‘risida yetarlicha kafolat bermog‘i zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatlardan biri harbiy sharoit sababli, ayniqsa, mazkur Davlat hududining to‘laligicha yoxud katta qismi istilo etilganligi tufayli u boshqa bir Davlat yoki uning ittifoqchilari bilan erkin muzokaralar o‘tkazish imkoniyatidan vaqtincha bo‘lsa-da mahrum bo‘lsa, Davlatlar o‘zaro maxsus bitimlar tuzish orqali ilgarigi qoidalardan chekinishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal mazkur Konvensiyada Homiy Davlat atamasi qayd etilganda, bu atama, shuningdek, ushbu moddaga muvofiq holda uning vazifasini bajaruvchi muayyan tashkilotni ham nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiy Davlatlar himoyadagi shaxslar manfaati yo‘lida foydali deb hisoblagan barcha hollarda, xususan, mazkur Konvensiya qoidalarini qo‘llash yoki izohlash borasida nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, bunday kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida o‘zlarining xayrli yordamlarini ko‘rsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda Homiy Davlatlarning har biri tomonlardan birining iltimosi yoki bevosita o‘zining tashabbusi asosida, nizolashayotgan tomonlar uchun ularning vakillari, xususan, zimmasiga yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari qismatiga g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyati yuklangan ma’muriyatlar ishtirokida, imkoniyatga qarab betaraf, tegishli talablardan kelib chiqib tanlangan muayyan hududda kengash tashkil qilishni taklif etishi mumkin. Nizolashayotgan tomonlar bu borada o‘zlariga tushgan takliflarga yo‘l ochishlari shart. Homiy Davlatlar, zaruriyat tug‘ilgan taqdirda, ushbu kengashda ishtirok etish uchun taklif qilinadigan betaraf Davlatga mansub shaxsni yoxud Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining vakili bo‘lgan shaxsni ma’qullash uchun nizolashayotgan tomonlarga tavsiya etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOB
YARADORLAR VA BEMORLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi va keyingi moddada ko‘rsatilgan boshqa shaxslar yaralangan yoki kasallikka chalingan bo‘lsa, har qanday shart-sharoitlarda homiylik va himoyadan foydalanishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularni o‘z hukmi ostida saqlab turgan nizolashayotgan tomon jinsi, irqi, millati, diniy e’tiqodi, siyosiy maslagi va shunga o‘xshash boshqa jihatlarni sabab qilib hech bir kamsitishga yo‘l qo‘ymasdan, ularga nisbatan insoniy muomala va parvarish ko‘rsatilishini ta’minlaydi Ularning hayoti va shaxsiyatiga nisbatan har qanday tajovuz, xususan,ularni o‘ldirib yuborish, qirg‘in qilish, qiynoqlarga solish, ular ustida biologik tajribalar o‘tkazish, ularni ataylab tibbiy yordamsiz va qarovsiz qoldirish, ularning yuqumli kasalliklarga chalinishlari uchun qasddan shart-sharoitlar yaratish qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbat bilan tibbiy yordam ko‘rsatishda faqat shoshilinch tibbiy yordamga muhtojlik sababligina imtiyozli yondashuvga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollarga munosabatda ularning jinsi nuqtayi nazaridan zarur bo‘lgan alohida e’tibor ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomon yaradorlar va bemorlarni dushman tomon ixtiyoriga qoldirib ketishga majbur bo‘lgan hollarda, harbiy vaziyat taqozosidan kelib chiqib, ular bilan birga ularni parvarishlash uchun zarur bo‘ladigan o‘z tibbiy xizmatchilarining muayyan qismini va asbob-anjomlarni qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya quyidagi toifaga mansub yaradorlar va bemorlar uchun qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nizolashayotgan tomon qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi, shuningdek, ushbu qurolli kuchlar qatoriga kiruvchi ixtiyoriy lashkarlar va ko‘ngillilar otryadlarining shaxsiy tarkibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boshqa ixtiyoriy lashkarlar va ko‘ngillilar otryadlarining shaxsiy tarkibi, shu jumladan, nizolashayotgan tomonga tegishli bo‘lgan va uning hududida yoki hududidan tashqarida, garchand bu hududlar dushman tomonidan istilo etilgan bo‘lsa ham, faoliyat yurituvchi uyushgan qarshilik ko‘rsatish harakatlarining shaxsiy tarkibi, bunda ushbu ixtiyoriy lashkarlar va ko‘ngillilar otryadlari, shuningdek, uyushgan qarshilik ko‘rsatish harakatlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) o‘z qo‘l ostidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan bosh rahbarga ega bo‘lishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aniq va uzoqdan ko‘rinadigan farqlovchi belgiga ega bo‘lishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) ochiq-oydin qurol olib yurishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) o‘z xatti-harakatlarida urush davrining qonun-qoidalari va odatlariga amal qilishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Asirlikda saqlab turgan Davlat tomonidan tan olinmagan hukumat yoki ma’muriyat ixtiyorida hisoblanuvchi muntazam qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurolli kuchlar bilan izma-iz borayotgan, lekin bevosita ularning tarkibiga mansub bo‘lmagan shaxslar, masalan, harbiy samolyotlar ekipaji tarkibidagi fuqaro shaxslar, harbiy muxbirlar, ta’minotchilar, shuningdek, qurolli kuchlarga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ishchi komanda va xizmatlarning shaxsiy tarkibi. Bu holatda ular qurolli kuchlardan ruxsat olgan bo‘lsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo floti kemalari ekipajlarining a’zolari, jumladan, kapitanlar, lotsmanlar va yungalar hamda nizolashayotgan tomonlarning fuqaro aviatsiyasi ekipajlari, agar ular muayyan xalqaro huquq qoidalariga ko‘ra boshqa nisbatan imtiyozli imkoniyatlardan foydalanmayotgan bo‘lsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Istilo etilmagan hududlarda yashab turgan va dushmanning yaqinlashib kelishi munosabati bilan tartibsiz ravishda bosqinchilar armiyasiga qarshi kurashish uchun qo‘liga qurol olgan, lekin muntazam qo‘shin tarzida shakllanishga ulgurmagan aholi, agar ular ochiq-oydin qurol olib yursalar hamda o‘z xatti-harakatlarida urush davrining qonun-qoidalari va odatlariga amal qilsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda qoidalarini inobatga olgan holda, nizolashayotgan tomonlarning dushman qo‘l ostiga o‘tib qolgan yaradorlari va bemorlari harbiy asir hisoblanadi hamda ularga nisbatan xalqaro huquqning harbiy asirlarga oid qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday paytda, ayniqsa jangdan keyin nizolashayotgan tomonlar tezkorlik bilan yaradorlar va bemorlarni izlab topish va olib ketish, ularni talon-torojdan va nojo‘ya munosabatlardan muhofaza qilish, ularga zaruriy yordam ko‘rsatish, shuningdek, murdalarni qidirib topish va ularning talon-toroj etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun imkoniyatlaridagi barcha choralarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har gal, shunga shart-sharoit imkon bergan hollarda, yarashuv yoki o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitimlar yoxud jang maydonida qolgan yaradorlarni olib chiqish, tashib ketish, shuningdek, ularni o‘zaro ayirboshlash yuzasidan mahalliy bitimlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida istilo etilgan yoki qamal qilingan hududlardan yaradorlar va bemorlarni ko‘chirish, ularni o‘zaro ayirboshlash, tibbiy va diniy xizmat xodimlari hamda tegishli mol-mulkning ushbu hududlarga kiritilishi uchun ruxsat berish yuzasidan mahalliy bitimlar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlar imkon tug‘ilishi bilanoq o‘z qo‘llariga tushgan dushman tomonga mansub yaradorlar, bemorlar va murdalarning shaxsini aniqlashga ko‘maklashadigan barcha ma’lumotlarni qayd etib borishlari zarur bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ma’lumotlar, imkon bo‘lsa, quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu shaxs mansub bo‘lgan Davlatning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) harbiy qismi yoki shaxsiy raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) familiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ismi yoki ismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tug‘ilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida yoki tanituvchi medalonidagi jami ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) asirga olingan yoxud vafot etgan sanasi va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) yaradorligi, bemorligi yoki o‘limi sabablariga doir ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida sanalgan ma’lumotlar imkon qadar tezlik bilan Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining 122-moddasida ko‘zda tutilgan Ma’lumotlar Byurosi e’tiboriga havola etilishi kerak. Byuro, o‘z navbatida, Homiy Davlatlar va Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlik ko‘magida ushbu ma’lumotlarni tegishli shaxslar mansub bo‘lgan Davlat e’tiboriga havola etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlar o‘lim haqidagi guvohnomalarni yoki vafot etganlarning tegishli tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlarini tayyorlashlari va ushbu Byuro orqali bir-birlariga yuborishlari zarur. Ular, shunga o‘xshab, ikki bo‘lakli tanituvchi medalonning bir bo‘lagini yoki agar tanituvchi medalon yaxlit bir butun bo‘lsa, uning o‘zini, vasiyatnoma va marhumning oilasi uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa hujjatlarni, pullarni, marhumning yonidan topilgan va obyektiv yoki subyektiv jihatdan muayyan qiymatga ega bo‘lgan barcha buyumlarni to‘playdi hamda ushbu Byuro orqali bir-biriga yuboradilar Bu buyumlar, shuningdek, egasi aniqlanmagan buyumlar muhrlangan paketlarga solib jo‘natiladi, bunday paketlarga buyum egasi bo‘lgan marhumlarning shaxsini aniqlashda yordam beradigan barcha ma’lumotlarni jamlagan arizalar va buyumlarning nomma-nom ro‘yxati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlar marhumlarni dafn etish yoki o‘tda kuydirish marosimlari, imkoniyat bo‘lsa, yakka tartibda amalga oshirilishi va bunday marosimdan oldin o‘lim holatini qayd etish, murdaning shaxsini aniqlash hamda bu xususda hisobot tayyorlash imkonini beradigan jiddiy tekshiruv, agar iloji topilsa, tibbiy ko‘rik uyushtirish uchun barcha choralarni ko‘radi. Ikki bo‘lakli tanituvchi medalonning bir bo‘lagi yoki tanituvchi medalon oddiy bo‘lsa, uning o‘zi murda tanasida qoldirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murdalar tibbiy tartib taqozosi yoxud marhumning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq tushunchalar nuqtayi nazaridan kelib chiqqan hollardagina o‘tda kuydiriladi. O‘tda kuydirish hollarida buning sabablari to‘la tafsilotlari bilan birgalikda o‘lim haqidagi ma’lumotnomada yoki vafot etganlarning tegishli tartibda tasdiqlangan ro‘yxatida qayd etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, nizolashayotgan tomonlar marhumlarning izzat-ikrom bilan va, agar iloji bo‘lsa, ular mansub bo‘lgan din udumlariga binoan dafn etilishini, qabrlarga izzat-hurmat ko‘rsatilishini, marhumlarning fuqaroligidan kelib chiqqan holda, imkon darajasida, ularning qabrlari yonma-yon bo‘lishini, qabrlarga muntazam qarab turilishini hamda zarur bo‘lganda ularni topib olishni osonlashtiradigan tegishli belgilar qo‘yilishini ta’minlashlari shart. Shu maqsadda ular harbiy harakatlarning boshlanishidayoq rasmiy qabriston xizmatini tashkil etadilar. Bu xizmatlar qabristonlar qaysi hududda joylashganligidan qat’i-nazar, kelgusida qabrlarni ochish, marhumlarning shaxsini aniqlash va vataniga yuborish imkoniyatini beradigan tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Bu qoidalar marhumlar vatanlari tomonidan biror-bir xohish-iroda izhor etilgunga qadar qabriston xizmati ixtiyorida saqlab turiladigan xoklar uchun ham taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur xizmatlar, sharoit taqozo etgan paytda yoki eng kechi bilan harbiy harakatlar barham topgan vaqtdan e’tiboran 16-moddaning ikkinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan Ma’lumotlar Byurosi ko‘magi orqali qabrlar joylashgan aniq manzillar, ularni tanituvchi belgilari, shuningdek, dafn etilgan marhumlar to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etilgan ro‘yxatlarni o‘zaro almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy ma’murlar mahalliy aholini insonparvarlikka da’vat etishlari hamda yaradorlar va bemorlarni ixtiyoriy ravishda olib ketib, harbiylarning nazorati ostida ularni parvarishlashlari to‘g‘risida murojaat qilishlari, bunday murojaatlarga javob qaytargan shaxslarga esa tegishli homiylik ko‘magi ko‘rsatishlari va imtiyozlar berishlari mumkin. Mabodo, dushman tomon mazkur hududda o‘z nazoratini o‘rnatsa yoki uni qaytadan tiklasa, u ham bunday shaxslarga tegishli homiylik ko‘magi ko‘rsatib, o‘sha imtiyozlarni berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy ma’murlar, hattoki, dushman hujum qilayotgan hududlar yoxud istilo etilgan hududlardagi yarador va bemorlarni fuqaroligidan qat’i nazar olib ketish va parvarishlash borasidagi aholi va xayriya jamiyatlarining tashabbuslariga ruxsat berishi kerak. Fuqaro aholi bu bemor va yaradorlarga hurmat-izzat bilan yondashishi, xususan, ularga nisbatan biron-bir zo‘ravonlik harakatlari qilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaradorlar yoki bemorlarni parvarishlagani uchun hech kim ta’qib ostiga olinmasligi yoki jazolanmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur modda qoidalari bosib oluvchi Davlatni yaradorlar va bemorlarga tibbiy va ma’naviy yordam masalalari borasida uning zimmasiga yuklangan majburiyatlaridan xalos etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOB
SANITARIYA TUZILMALARI VA MUASSASALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xizmatining muntazam sanitariya muassasalari va ko‘chma sanitariya tuzilmalariga har qanday sharoitda ham hujum qilinmasligi kerak va, aksincha, ular har doim nizolashayotgan tomonlarning homiyligi va himoyasidan foydalanadilar. Ular dushman tomonning qo‘liga tushib qolganlarida ham, ularni qo‘lga olgan Davlat tomonidan ana shu muassasa va tuzilmalardagi yaradorlar hamda bemorlarni parvarishlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilmagunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli ma’murlar harbiy obyektlarga uyushtirilgan hujumlar chog‘ida yuqorida ko‘rsatilgan tuzilmalar va muassasalar xavf-xatar ostida qolmaydigan tarzda joylashtirilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar qismatini yaxshilash to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi homiyligida bo‘lgan gospital kemalariga qarata quruqlikda hujum qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xizmatining muntazam sanitariya muassasalari va ko‘chma sanitariya tuzilmalari insonparvarlik burchlaridan tashqari dushman tomonga qarshi qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishda foydalanilgan hollardagina o‘zlari foydalanadigan homiylik to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Shu bilan birga, homiylik faqat zarur ogohlantirish, to‘g‘ri kelgan xollarda esa oqilona muddatlar belgilangan ogohlantirish berilib, natijasiz qolgach, to‘xtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari uchun quyidagi shart-sharoitlar ularni 19-moddada ko‘zda tutilgan homiylik imkoniyatlaridan mahrum etuvchi holatlar deb hisoblanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari shaxsiy tarkibi qurollangan bo‘lsa va bu qurolidan o‘zini muhofaza qilish yoxud o‘z qaramog‘idagi yaradorlar va bemorlarni himoyalash maqsadlarida foydalansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari qurolli sanitarlar bo‘lmaganligi tufayli kichik soqchilar otryadi, qorovullar yoki qo‘riqchilar (konvoylar) tomonidan qo‘riqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalarida yaradorlar va bemorlardan olingan va tegishli tartibda topshirib ulgurilmagan qo‘lda olib yuriluvchi qurollar hamda o‘q-dorilar topib olinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalarida bu xizmatning ajralmas qismi bo‘lmagan veterinariya xizmatining shaxsiy tarkibi va uning mol-mulki joylashgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari yoxud ular xodimlarining insonparvarlik faoliyati fuqaro shaxslardan iborat yaradorlar va bemorlarga nisbatan qo‘llansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlik davrida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, harbiy harakatlar boshlanganidan keyin esa nizolashayotgan tomonlar o‘z hududlarida, zarurat tug‘ilgan hollarda, istilo etilgan hududlarda yaradorlar va bemorlarni urush harakatlaridan muhofaza etishga xizmat qiluvchi sanitar zonalar va joylar tashkil etishlari mumkin. Shuningdek, bu zonalarda va joylarda ularni tashkil qilish va boshqarish hamda yarador va bemorlarni parvarishlash vazifasi yuklatilgan xodimlar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy harakatlar boshlanishida va uning davomida manfaatdor tomonlar o‘zlari tashkil etgan sanitariya zonalari va maxsus joylarni o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzishi mumkin. Ular ushbu maqsad yo‘lida mazkur Konvensiyaga ilova qilingan bitim loyihasida ko‘zda tutilgan qoidalarni, bu qoidalarga o‘zlari zarur deb hisoblagan o‘zgartirishlarni kiritgan holda, qo‘llashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiy Davlatlarga va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga ushbu sanitariya zonalari va maxsus joylarning tashkil etilishi va e’tirof etilishini osonlashtirish uchun xayrli xizmatlarini ko‘rsatish taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOB
SHAXSIY TARKIB
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya muassasalari va tuzilmalari ma’muriyatigagina qarashli bo‘lganlar hamda faqat yaradorlar va bemorlarni qidirib topish va yig‘ib olish, tashish yo davolash, yoki kasallikning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi sanitariya shaxsiy tarkibi, shuningdek, qurolli kuchlar tarkibidagi diniy xodimlar har qanday sharoitda hurmat va homiylikdan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, qurolli kuchlarning zaruriyat tug‘ilgan hollarda yordamchi sanitarlar va sanitar ayollar yoki tashuvchilar sifatida yaradorlar va bemorlarni qidirib topish, yig‘ib olish, tashish yo davolashda foydalanish uchun maxsus o‘rgatilgan shaxsiy tarkibi, mabodo dushman bilan yuzma-yuz kelgan yoxud uning hukmiga tushib qolgan paytda ana shu vazifalarini bajarayotgan bo‘lsa, ular hurmat va homiylikdan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizil Xochning milliy jamiyatlari va 24-moddada ko‘rsatilgan shaxsiy tarkib vazifalarini bajaruvchilar sifatida o‘z hukumatlari tomonidan e’tirof etilgan hamda vakolat olgan boshqa ko‘ngilli yordam ko‘rsatuvchi jamiyatlar o‘sha moddada qayd etilgan shaxsiy tarkibga tenglashtiriladilar. Bu holda mazkur jamiyatlarning shaxsiy tarkibi harbiy qonun va farmoyishlarga bo‘ysunishi shart qilib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlik davrida yoxud harbiy harakatlarning boshlanishida yoki davomida, har holda, yuqoridagi jamiyatlar o‘z faoliyatiga kirishmaslaridan oldin, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqasiga o‘zining qurolli kuchlari qoshidagi rasmiy sanitariya xizmatlariga ko‘maklashish uchun o‘z mas’uliyati ostida vakolat bergan tegishli jamiyatlarning nomlarini ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Betaraf mamlakatning e’tirof etilgan jamiyati o‘z hukumatini oldindan roziligi hamda nizolashayotgan tomonning ijozatini olgan taqdirdagina, o‘zining shaxsiy tarkibi va sanitariya tuzilmalari orqali nizolashayotgan tomonga yordam ko‘rsatishi mumkin. Mazkur shaxsiy tarkib va sanitariya tuzilmalari nizolashayotgan tomonning nazorati ostiga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Betaraf hukumat bunday rozilik haqida ana shu ko‘makdan foydalanuvchi Davlatning raqibi bo‘lgan tomonga ma’lum qiladi. Ko‘makni qabul qiluvchi nizolashayotgan tomon ushbu ko‘makdan foydalanishga kirishmasidan oldin, bu haqda dushman tomonni xabardor etishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ko‘makka har qanday vaziyatda ham mojaroga aralashish sifatida qaralmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi xatboshida qayd etilgan shaxsiy tarkib o‘zi mansub bo‘lgan betaraf mamlakatni tark etishidan oldin 40-moddada ko‘zda tutilgan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar bilan tegishli tartibda ta’minlangan bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24 va 26-moddalarda sanab o‘tilgan xodimlar dushman tomonning hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, ular sanitariya bilan bog‘liq vaziyat, harbiy asirlarning ma’naviy ehtiyoji talablaridan kelib chiqadigan darajada saqlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda asirlikda saqlab turilgan xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslar harbiy asir hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan, ular hech bo‘lmaganda, Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining barcha qoidalaridagi imtiyozlardan foydalanadi. Ular o‘zlarini asirlikda saqlab turgan Davlatning harbiy qonunlari va farmoyishlari doirasida hamda shu Davlat vakolatli xizmatlarining rahbarligi ostida, shuningdek, kasb odobi taqozosiga ko‘ra harbiy xizmatchilarga, aksariyat hollarda, o‘zlari mansub bo‘lgan qurolli kuchlar tarkibiga tegishli shaxslarga yordam berish uchun o‘zlarining tibbiy va ma’naviy vazifalarini bajarishda davom etadilar. Ular o‘zlarining tibbiy va ma’naviy vazifalarini bajarishlarida, bundan tashqari, quyidagi imtiyozlardan foydalanadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ularga ishchi guruhlardagi (komandalardagi) yoxud lagerlardan tashqarida joylashgan gospitallardagi harbiy asirlarni muntazam ravishda ko‘rishga borish uchun ruxsat etiladi. Asirlikda saqlab turgan Davlat ana shu maqsadlar uchun ularning ixtiyoriga tegishli transport vositalarini ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har qaysi lagerda unvoni va staji yuqori bo‘lgan harbiy shifokor asirlikda saqlab turilgan sanitariya xodimlarining kasbiy faoliyatiga aloqador barcha masalalar bo‘yicha lager harbiy ma’muriyati oldida mas’ul hisoblanadi. Shu maqsadda, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlarning boshidanoq o‘z sanitariya xodimlari, jumladan, 26-moddada qayd etilgan jamiyatlar xodimlarining unvonlari o‘rtasidagi nisbatlar bo‘yicha o‘zaro kelishib oladilar Mazkur shifokor va u bilan tengma-teng ravishda, diniy xodimlar bevosita o‘z vazifasiga daxldor barcha masalalar yuzasidan lagerning harbiy hamda tibbiy ma’muriyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi. O‘z navbatida, tegishli ma’muriyatlar ularga ushbu masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) garchi asirlikda saqlab turilgan xodimlar o‘zlari joylashgan lagerning ichki tartib-intizomiga bo‘ysunsalar ham, ularni o‘zlarining tibbiy va diniy vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga undash mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy harakatlar mobaynida nizolashayotgan tomonlar asirlikda saqlab turilgan xodimlarni ayirboshlash imkoniyatlari masalasini o‘zaro kelishib oladilar va bu ayirboshlashning tartib qoidalarini belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan qoidalarning birontasi asirlikda saqlab turgan Davlatni harbiy asirlarning tibbiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish borasida zimmasiga yuklangan majburiyatlaridan xalos etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-moddada qayd etilgan xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxslar dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, harbiy asirlar hisoblanadilar, ammo zarurat tug‘ilgan hollarda, ulardan sanitarlik vazifasini bajarishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda qoidalari talabiga ko‘ra asirlikda saqlab turilishi zarur bo‘lmagan xizmatlar xodimlari, ularni qaytarish uchun yo‘l ochilishi bilanoq va harbiy vaziyat buni taqozo etgan damdayoq, o‘zlari tegishli bo‘lgan nizolashayotgan tomon ixtiyoriga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zlarining qaytishlarini kutib turgan mazkur shaxslar harbiy asir hisoblanmaydilar, ammo shunga qaramasdan, ular Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining barcha qoidalaridagi imtiyozlardan foydalanadilar. Ular dushman tomon rahbarligi ostida o‘zlarining vazifalarini bajarishda davom etadilar va aksariyat hollarda, o‘zlari mansub bo‘lgan nizolashayotgan tomonning yaradorlari va bemorlarini parvarishlash uchun jalb etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jo‘nab ketayotganda ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan ashyolarni, shaxsiy buyumlarni, qimmatbaho narsalar va asbob-anjomlarni o‘zlari bilan birga olib ketadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asirlikda saqlab turilgan xodimlarni 30-moddaga binoan qaytarish maqsadida saralash jarayoni irqi, dini yoki siyosiy maslagi bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir fikr-mulohazalardan mutlaqo xoli ravishda, asosan, ularning asirlikda saqlanish muddati va sog‘lig‘ini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy harakatlarning boshlanishidayoq nizolashayotgan tomonlar maxsus bitimlar asosida harbiy asirlarning soni va ularning lagerlarga taqsimlanishiga qarab, asirlikda saqlab turilishi lozim bo‘lgan xodimlarning foiz nisbatini o‘zaro belgilab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-moddada ko‘rsatilgan shaxslar dushman qo‘liga tushib qolgan taqdirda, ushlab qolinishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqacha mazmundagi bitimlar mavjud bo‘lmagan hollarda, qaytarish uchun yo‘l ochilishi bilanoq va harbiy vaziyat buni taqozo etgan damdayoq, ularning o‘z mamlakatlariga, mabodo buning iloji bo‘lmasa, o‘zlari xizmat yuzasidan mansub bo‘lgan nizolashayotgan tomon ixtiyoriga qaytib borishlari uchun ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zlarining qaytishlarini kutib turgan mazkur shaxslar dushman tomon qo‘l ostida vazifalarini bajarishda davom etadilar; ular, aksariyat hollarda, o‘zlari xizmat yuzasidan mansub bo‘lgan nizolashayotgan tomonning yaradorlari va bemorlarini parvarishlash uchun jalb etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jo‘nab ketayotganda ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan ashyolarni, shaxsiy buyumlar va qimmatbaho narsalarni, asbob-anjomlarni, qurol-yarog‘ va, imkoniyat bo‘lsa, o‘zlariga tegishli harakat vositalarini o‘zlari bilan birga olib ketadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlar ushbu xodimlar o‘z hukmlari ostida bo‘lgan davrda, ularni o‘zlarining qurolli kuchlaridagi tegishli xodimlarga belgilangan ta’minot, yashash sharoiti, nafaqa va maosh bilan bir xilda ta’minlaydilar. Berilayotgan ovqatning miqdori, sifati va xilma-xilligi, har holda, mazkur xodimlar sog‘lig‘ini yaxshi holatda saqlash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOB
BINOLAR VA MOL-MULK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli kuchlarning harakatdagi sanitariya tuzilmalariga tegishli mol-mulk dushman qo‘liga tushgan taqdirda, ular yaradorlar va bemorlarni parvarishlash maqsadida olib qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli kuchlarning muntazam sanitariya muassasalariga tegishli binolar, mol-mulk va omborxonalar urush qonunlarining ta’sir doirasida qoladi, ayni chog‘da, yaradorlar va bemorlarning ehtiyojini ko‘ndirib turgan vaqt davomida ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish ko‘zda tutilmasligi kerak. Ammo harakatdagi qurolli kuchlar qismlarining komandirlari o‘ta dolzarb harbiy zarurat taqozosidan kelib chiqib, ulardan muayyan maqsadda foydalanishlari mumkin va bunday holda bu yerda davolanayotgan yaradorlar va bemorlar sharoitini oldindan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur moddada ko‘rsatilgan mol-mulk va omborxonalar ataylab yakson qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘mak jamiyatlarining mazkur Konvensiyada belgilangan imtiyozlar daxldor bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mol-mulklariga xususiy mulk sifatida yondashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush qonunlari va odatlarida e’tirof etilgan nizolashayotgan tomonlarning rekvizitsiya (mol-mulkni, uning qiymatini to‘lash sharti bilan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olish) huquqi o‘ta muhim zarurat taqozosidan kelib chiqib, yaradorlar va bemorlar qismatini ta’minlash choralarining oldindan ko‘rilishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BOB
SANITARIYA TRANSPORTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaradorlar va bemorlar yoki sanitariya mol-mulki ortilgan transportlar harakatdagi sanitariya tuzilmalari uchun ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha homiylik va himoyadan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu transportlar va tashish vositalari dushman qo‘liga tushib qolsa, nizolashayotgan tomon har qanday vaziyatda ham ulardagi yaradorlar va bemorlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi sharti bilan urush qonunlarining ta’sir doirasida bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rekvizitsiya yo‘li bilan egallangan fuqarolar shaxsiy tarkibi va transport vositalarining barchasi xalqaro huquqning umumiy qoidalariga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar uchish apparatlari, ya’ni faqatgina yaradorlar va bemorlarni ko‘chirish uchun hamda sanitarlar va shaxsiy tarkib va mol-mulkni tashish uchun foydalaniladigan apparatlarga hujum qilinmaydi, ammo ular manfaatdor nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida tuzilgan bitimda maxsus ko‘zda tutilgan muayyan vaqt, balandlik va yo‘nalish bo‘yicha uchsagina nizolashayotgan tomonlar ularni hurmat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular milliy ranglar bilan birgalikda, ostki qismi, usti va yon tomonlarida aniq ko‘zga tashlanib turadigan 38-moddada ko‘zda tutilgan farqlovchi emblemaga ega bo‘ladi. Ular harbiy harakatlar boshida yoki davomida nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan boshqa har qanday signallar beradigan tanitish moslamasi yoxud belgilariga ega bo‘lishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqacha mazmundagi bitimlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, dushman hududi yoki u egallab olgan hudud ustidan uchish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar uchish apparatlari qo‘nish to‘g‘risidagi har qanday talabga bo‘ysunishlari shart. Uchish apparati talabga binoan yo‘lovchilari bilan birga yerga qo‘ndirilgan hollarda, agar muayyan tekshiruv bo‘lsa, tekshiruvdan so‘ng u o‘z parvozini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dushman hududi yoki dushman tomonidan egallab olingan hududda majburiy qo‘nish holatlarida, yaradorlar va bemorlar, shuningdek, uchish apparatining ekipaji harbiy asirlarga aylanadilar. Sanitariya xizmati xodimlariga nisbatan 24-modda va undan keyingi moddalarga muvofiq holda muomala qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlarning sanitar uchish apparatlari, mazkur moddaning ikkinchi xatboshida qayd etilgan shartlar asosida, betaraf davlatlar hududi ustidan uchishi va u yerga zaruriyat tug‘ilganda yoki oraliq to‘xtash joyi sifatida qo‘nishi mumkin. Ular betaraf Davlatlarni ularning hududi ustidan uchib o‘tishlari haqida oldindan xabardor qilishlari hamda yerga yoki suvga qo‘nish to‘g‘risidagi har qanday talabga bo‘ysunishlari shart. Ular nizolashayotgan tomonlar va manfaatdor betaraf Davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimda maxsus ko‘zda tutilgan muayyan yo‘nalish, balandlik va vaqt bo‘yicha uchsagina hujumdan holi bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lekin betaraf Davlatlar sanitar uchish apparatlarining o‘z hududlari ustidan uchishi yoki u yerga qo‘nishiga nisbatan shartlar yoxud cheklashlar belgilashlari mumkin. Belgilanishi mumkin bo‘lgan bunday talablar yoxud cheklashlar nizolashayotgan barcha tomonlar uchun bir xil qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar betaraf Davlatlar bilan nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida boshqacha mazmundagi kelishuv mavjud bo‘lmasa, mahalliy ma’muriyatning roziligi asosida sanitar uchish apparatidan betaraf hududga tushirilgan yaradorlar va bemorlar betaraf Davlat tomonidan shunday tartibda saqlab turilishi kerakki, toki ular xalqaro huquq talab etgan hollarda harbiy harakatlarda qaytadan ishtirok eta olmasinlar. Mazkur yaradorlar va bemorlar mansub bo‘lgan Davlat ularni gospitallarga joylashtirish hamda qurolsizlantirib ushlab turish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII BOB
FARQLOVCHI EMBLEMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shveysariyaga hurmat bildirish ma’nosida, federal ranglarning o‘zaro o‘rin almashishi natijasida olingan oq rangli asosga tushirilgan qizil xochning geraldika mazmunidagi belgisi qurolli kuchlar sanitar xizmatlarining emblemasi va farqlovchi belgisi sifatida saqlanib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo, hozir oq rangli asosdagi qizil xoch o‘rniga oq rangli asosdagi qizil yarim oy yoki qizil sher va quyosh tasvirini ishlatayotgan mamlakatlar holatida, ushbu emblemalar teng asoslarda mazkur Konvensiya mazmunida e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli harbiy ma’muriyatlarning nazorati ostida bayroqlarga, yengdagi bog‘ichlarga va sanitariya xizmatiga aloqador barcha buyumlarga emblema tasviri tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24, 26 va 27-moddalarda qayd etilgan shaxsiy tarkib chap yengiga biriktirilgan namgarchilikdan yaroqsiz holga kelmaydigan, farqlovchi belgiga ega bo‘lgan va harbiy ma’muriyat tomonidan beriladigan va muhrlanadigan bog‘ich taqib yuradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shaxsiy tarkib 16-moddada ko‘rsatilgan tanituvchi medalonga qo‘shimcha sifatida farqlovchi belgi bilan jihozlangan, shaxsni tasdiqlovchi maxsus guvohnomaga ham ega bo‘ladi. Bu guvohnoma namgarchilikdan yaroqsiz holga kelmaydigan va cho‘ntakka sig‘adigan o‘lchamda bo‘lmog‘i kerak. U tegishli davlatning tilida to‘ldirilgan bo‘lishi, unda kamida hujjat egasining ismi, familiyasi, tug‘ilgan sanasi, unvoni va harbiy raqami, bundan tashqari, mazkur Konvensiya homiyligidan kim sifatida foydalanish huquqiga ega ekani haqidagi ma’lumotlar qayd etilishi kerak. Guvohnomada uning egasining rasmi, shuningdek, imzosi va barmoq izi yoxud ikkisidan biri bo‘lishi zarur. Unda harbiy ma’murlarning aniq bilinib turadigan qabariq muhri bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar Oliy Ahdlashuvchi Tomonning qurolli kuchlari uchun bir xil andazada hamda, imkon qadar, barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning qurolli kuchlari uchun bir turda bo‘lishi kerak. Nizolashayotgan tomonlar misol sifatida mazkur Konvensiyaga ilova qilingan guvohnoma namunasiga asoslanishlari mumkin. Harbiy harakatlar boshlanishida ular bir-birlarini o‘zlari qabul qilgan namuna to‘g‘risida xabardor qiladilar. Har bir guvohnoma iloji bo‘lsa kamida ikki nusxada tayyorlanishi kerak va ulardan biri ushbu shaxs tegishli bo‘lgan Davlat ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxsiy tarkib o‘z farqlovchi belgilaridan yoki guvohnomasidan va yengida bog‘ich bog‘lab yurish huquqidan mahrum etilishi qat’iyan mumkin emas. Ular yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, yo‘qotgan shaxs guvohnoma va bog‘ich dublikatlarini olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-moddada ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar o‘zlarining sanitarlik vazifalarini bajarayotgan paytdagina yenglarida o‘rta qismida kichik farqlovchi belgi tasviri tushirilgan oq rangli bog‘ichlar taqib yuradilar. Bu bog‘ich harbiy ma’murlar tomonidan berilishi hamda ular tomonidan muhrlangan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xodimlarning harbiy guvohnomalarida uning egasi o‘rgangan sanitariya tayyorgarligi, bu vazifaning vaqtincha ahamiyat kasb etishi, shuningdek, uning bog‘ich taqish huquqi belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiyaning farqlovchi bayrog‘i faqatgina uning homiyligi bilan ta’minlanadigan sanitariya tuzilmalari va muassasalari tepasida harbiy ma’muriyatning roziligi bilangina osib qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘chma tuzilmalarda, muntazam muassasalarda bo‘lgani kabi, u bilan yonma-yon ushbu tuzilma yoki muassasa tegishli bo‘lgan nizolashayotgan tomonning milliy bayrog‘i ham osib qo‘yilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo dushman hukmi ostiga tushib qolgan sanitariya tuzilmalari faqat Konvensiya bayrog‘ini osib qo‘yadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlar har qanday tajovuzkorona harakatlar ehtimolining oldini olish maqsadida sanitariya tuzilmalari va muassasalarini belgilab turadigan farqlovchi emblemalar dushmanning quruqlikdagi, havodagi va dengizdagi kuchlariga aniq ko‘rinib turishi uchun harbiy talablar taqozo etgan darajada zaruriy choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-moddada ko‘zda tutilgan shartlar asosida nizolashayotgan tomonlardan biriga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat berilgan betaraf mamlakat sanitariya tuzilmalari Konvensiya bayrog‘i bilan birga ana shu nizolashayotgan tomonning, agar u 42-moddada qayd etilgan huquqlardan foydalansa, milliy bayrog‘ini ham osib qo‘yishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli harbiy ma’muriyatning mutlaqo boshqa mazmundagi buyrug‘i mavjud bo‘lgan hollardan tashqari barcha holatlarda, ular hatto dushman tomon hukmi ostiga tushib qolsalar ham, o‘z milliy bayroqlarini osib qo‘yishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning oxirgi uchta xatboshida qayd etilgan holatlardan tashqari barcha xollarda oq rangli asosdagi qizil xoch emblemasi va “Qizil Xoch” yoki “Jeneva Xochi” so‘zlaridan tinchlik vaqtida ham, urush vaqtida ham mazkur Konvensiya yoki xuddi shu mazmundagi masalalarga daxldor boshqa konvensiyalar himoyasida bo‘lgan sanitariya tuzilmalari va muassasalari, xodimlar va moddiy qismlarni muhofaza qilish yoxud belgilashdan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Xuddi shu holat 38-moddaning ikkinchi xatboshida qayd etilgan emblemalar va ulardan foydalanadigan mamlakatlarga nisbatan ham tegishlidir 26-moddada ko‘rsatilgan Qizil Xoch milliy jamiyatlari va boshqa jamiyatlar Konvensiya homiyligini beradigan farqlovchi emblemalardan faqat ushbu xatboshidagi qoida doirasidagina foydalanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlari tinchlik vaqtida o‘z milliy qonunlariga muvofiq o‘zlarining Qizil Xoch konvensiyalari prinsiplariga mos boshqa faoliyat turlarini bajarishda ham Qizil Xoch nomi va emblemasidan foydalanishi mumkin. Ana shu boshqa faoliyat turlari urush vaqtida amalga oshirilayotganda emblemani qo‘llash sharti shunday bo‘lmog‘i kerakki, undan Konvensiya homiyligini ta’minlash maqsadida foydalanilayotgani haqida taxmin etish mumkin bo‘lmasin; emblemaning o‘lchami kichikroq bo‘lishi va undan yeng bog‘ichlarida hamda binolar tomida foydalanilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizil Xochning xalqaro organlariga va ularning tegishli tartibda vakil qilingan xodimlariga oq rangli asosdagi qizil xoch belgisidan har doim foydalanish uchun ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida, milliy qonunlarga muvofiq va Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlaridan birining maxsus ruxsatiga ko‘ra, Konvensiya emblemasi tinchlik vaqtida sanitariya transporti sifatida ishlatiladigan tashish vositalarini hamda yaradorlar va bemorlarga faqat bepul yordam ko‘rsatadigan ko‘mak punktlari joylashgan yerlarni belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII BOB
KONVENSIYANI BAJARISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlarning har biri o‘zining bosh qo‘mondoni orqali yuqoridagi moddalarning batafsil bajarilishini ta’minlashi bilan bir qatorda, mazkur Konvensiyaning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib nazarda tutilmagan holatlar haqida ham g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya himoyasi ostida bo‘lgan yaradorlar, bemorlar, shaxsiy tarkib, binolar va mol-mulkka nisbatan repressaliy qo‘llash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tinchlik va urush vaqtida ham mazkur Konvensiya matnini o‘z mamlakatlari ichida imkon qadar kengroq tarqatish, xususan, uni o‘rganish uchun harbiy, mumkin bo‘lsa, fuqaroviy ta’lim sohasining o‘quv dasturlariga kiritish majburiyatini zimmalariga oladilar, toki uning prinsiplaridan butun aholi, shu jumladan, mojarolashayotgan qurolli kuchlar, sanitar va diniy xodimlar xabardor bo‘lsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Shveysariya Federal Kengashi yordamida, harbiy harakatlar vaqtida esa Homiy Davlatlar orqali mazkur Konvensiya rasmiy tarjimalarining matnlarini, shuningdek, uning qo‘llanilishini ta’minlash yo‘lida qabul qilingan qonunlar va qarorlarni bir-birlariga yetkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX BOB
SUIISTE’MOLCHILIKLAR VA QOIDABUZARLIKLARNING OLDINI OLISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar keyingi moddada ko‘rsatilgan mazkur Konvensiya qoidalarining u yoki bu jiddiy buzilishini sodir etgan yoki bu haqda buyruq bergan shaxslar uchun samarali jinoiy javobgarlikni ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan qonunchilikni kuchga kiritish yuzasidan o‘z zimmasiga tegishli majburiyat oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri qoidalarning u yoki bu jiddiy buzilishini sodir etganlikda yoxud bu haqda buyruq berganlikda ayblanayotgan shaxslarni qidirib topish va qaysi mamlakat fuqarosi ekanidan qat’i nazar, ularni o‘z sudiga topshirishni zimmasiga oladilar. Tegishli tomon agar xohlasa, o‘z qonunchiligiga muvofiq ularni sud qilish uchun boshqa manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomon ixtiyoriga berishi ham mumkin. Buning uchun ushbu manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomon ana shu shaxslarni ayblash uchun asos bo‘la oladigan dalillarga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri keyingi moddada sanab o‘tilgan jiddiy qoidabuzarliklar bilan bir qatorda, mazkur Konvensiya qoidalariga zid bo‘lgan boshqa har qanday xatti-harakatlarga barham berish uchun zarur choralarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday sharoitda ayblanuvchi shaxslar tegishli sud protsedurasi va himoyalanish huquqi kafolatlaridan foydalanadilar. Bu kafolatlarning foydasi Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining 105-moddasida va undan keyingi moddalarida ko‘zda tutilgan kafolatlarnikidan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi moddada qayd etilgan jiddiy qoidabuzarliklar qatoriga mazkur Konvensiya homiyligidan foydalanayotgan shaxslar yoki mol-mulkka qarshi qaratilgan quyidagi qoidabuzarlik harakatlari kiradi: qasddan o‘ldirish, qiynoqqa solish va g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lish, shu jumladan, biologik tajribalar o‘tkazish, ataylab og‘ir azoblar yoki jiddiy shikast yetkazish, sog‘liqqa ziyon keltirish, harbiy zaruriyat taqozo qilmagan noqonuniylik va o‘zboshimchalik bilan keng ko‘lamda mol-mulkni vayron etish yoki uni shu tarzda egallab olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning birontasiga o‘zini yoki boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonni yuqoridagi moddada ko‘zda tutilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha o‘zining yoxud biron-bir Ahdlashuvchi Tomonning zimmasiga yuklanadigan javobgarlikdan xalos etishi uchun ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizolashayotgan tomonlardan birining iltimosiga binoan, Konvensiya qoidabuzarliklarining har qanday tasdig‘ini tegishlicha aniqlashtirish yuzasidan manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan tartibdagi aniqlash protsedurasi boshlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlash protsedurasi masalasi bo‘yicha muayyan bir bitimga kelishilmagan taqdirda, tomonlar o‘zaro kelishgan holda bu masalani hal etadigan arbitrni tanlab oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidabuzarlik aniqlanishi bilanoq nizolashayotgan tomonlar unga barham beradilar va imkon qadar qisqa fursatda aybdorni jazolash choralarini ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy shaxslar, jamiyatlar, ham xususiy va ham jamoatchilik asosidagi firmalar yoki kompaniyalarning “Qizil Xoch” yoki “Jeneva Xochi” nomlari, yoxud emblemalari, yoki ularga o‘xshash bo‘lgan boshqa har qanday belgi va nomlarni qo‘llashi, qaysi maqsadlarda bo‘lmasin va qachondan boshlab foydalanayotganidan qat’i nazar, har qanday paytda taqiqlanadi. Mazkur Konvensiya asosida ushbu emblema va nomlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lganlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shveysariyaga uning aks tartibda joylashtirilgan federal ranglari belgi uchun qabul qilinganligi uchun hurmat nuqtayi nazaridan hamda Shveysariya gerbi bilan Konvensiyaning tanituvchi belgisini aralashtirib yubormaslik uchun xususiy shaxslarga, jamiyatlar yoki firmalarga Shveysariya Konfederatsiyasi gerbi va shu gerbga o‘xshab ketadigan fabrika yoxud mahsulot belgilari, yo bu belgilarning tarkibiy qismlari sifatidagi har qanday belgilar tijoriy halollikka zidligi nuqtayi nazaridan, shuningdek, shveysariyaliklarning milliy tuyg‘usiga tegib ketmasligi maqsadida, ulardan foydalanish har qanday paytda taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, 1929-yil 27-iyuldagi Jeneva Konvensiyasiga a’zo bo‘lmagan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar birinchi xatboshida ko‘rsatilgan emblemalar, nomlar yoki belgilarni avvaldan qo‘llab kelganlarga ulardan foydalanishni to‘xtatishlari uchun mazkur Konvensiya kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran ko‘pi bilan uch yillik muddat berishlari mumkin. Shunga qaramay, belgilangan muddat davomida bu emblemalardan shunday foydalanilishi kerakki, undan urush vaqtidagidek Konvensiya homiyligi berilishi ko‘zda tutilgani kabi tushuncha hosil bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur moddaning birinchi xatboshida belgilangan taqiqlar 38-moddaning ikkinchi xatboshida ko‘zda tutilgan emblemalar va nomlarga nisbatan ham, ulardan ilgari foydalanganligi tufayli orttirilgan har qanday huquqlarga daxl qilmagan holda, teng asoslarda qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, o‘zlarining amaldagi qonunchiligi yetarli bo‘lmagan hollarda, 53-moddada ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish uchun har qanday paytda zarur choralarni ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAKUNIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya fransuz va ingliz tillarida tayyorlangan. Har ikki tildagi matn bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shveysariya Federal Kengashi Konvensiyaning rus va ispan tillariga rasmiy tarjimalarini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi sana qo‘yilgan mazkur Konvensiya 1949-yil 21-aprelda Jenevada ochilgan konferensiyaga vakil yuborgan barcha Davlatlar, shuningdek, ushbu konferensiyaga vakil yubormagan bo‘lsa-da, lekin Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risidagi 1864, 1906 yoki 1929-yillardagi Jeneva Konvensiyalarida ishtirok etgan Davlatlar tomonidan 1950-yilning 12-fevraligacha imzolanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya imkon qadar tezroq ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Bernga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir ratifikatsiya yorlig‘ini topshirish haqida protokol tuziladi va uning tasdiqlangan nusxasi Konvensiyani imzolagan yoki unga qo‘shilish to‘g‘risida bayonot bergan barcha Davlatlarga Shveysariya Federal Kengashi tomonidan topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya kamida ikkita ratifikatsiya yorlig‘i saqlash uchun topshirilgandan so‘ng oradan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelgusida u har qaysi Oliy Ahdlashuvchi Tomon uchun mazkur tomonning ratifikatsiya yorlig‘i saqlashga topshirilgan vaqtdan e’tiboran oradan olti oy o‘tib kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda 1864-yil 22-avgustdagi, 1906-yil 6-iyuldagi va 1929-yil 27-iyuldagi Konvensiyalarning o‘rnini bosadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiya kuchga kirgan kunidan e’tiboran ushbu Konvensiyani imzolamagan har qanday davlatning unga qo‘shilishi uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir qo‘shilish to‘g‘risida Shveysariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va ushbu bayonot, kelib tushgan kunidan boshlab olti oy vaqt o‘tgach, kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shveysariya Federal Kengashi Konvensiyani imzolagan yoki unga qo‘shilish to‘g‘risida bayonot bergan barcha davlatlarni qo‘shilish to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-moddalarda ko‘zda tutilgan holatlar saqlashga topshirilgan ratifikatsiyalarni, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan yoki istilodan oldin yo keyin qo‘shilish to‘g‘risida bergan bayonotlarni darhol kuchga kirishini ta’minlaydi. Shveysariya Federal Kengashi ratifikatsiya yoki nizolashayotgan tomonlarning qo‘shilishi haqida olingan bayonotlar to‘g‘risida eng tezkor yo‘llar bilan xabar yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Konvensiyani denonsatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Denonsatsiya qilish to‘g‘risida bayonot Shveysariya Federal Kengashiga yozma ravishda beriladi va u denonsatsiya qilish to‘g‘risida barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hukumatlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Denonsatsiya u haqda Shveysariya Federal Kengashiga yozma bayonot berilgandan bir yil o‘tgachgina kuchga kiradi. Shu bilan birga, Davlat mojaroda ishtirok etgan vaqtda denonsatsiya to‘g‘risida bayonot bergan bo‘lsa, u tinchlik bitimiga kelishilmaguncha va har holda, mazkur Konvensiya homiyligidan foydalanayotgan shaxslarni ozod etish va o‘z vatanlariga qaytarish bo‘yicha ishlar tugallanmagungacha kuchga kirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Denonsatsiya bu haqda bayonot bergan Davlatga nisbatangina kuchga egadir. U nizolashayotgan tomonlar zimmasiga xalqaro huquq prinsiplaridan kelib chiqib yuklanadigan majburiyatlarga hech qanday ta’sir etmaydi. Chunki bu majburiyatlar ma’naviy-madaniy taraqqiy etgan xalqlar o‘rtasidagi odatlar, insoniylik qonun-qoidalari va jamoatchilikning vijdon amridan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shveysariya Federal Kengashi mazkur Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazadi Shveysariya Federal Kengashi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatiga ushbu Konvensiya yuzasidan olingan barcha ratifikatsiyalar, qo‘shilishlar va denonsatsiya qilishlar to‘g‘risida xabar berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekuvchilar tegishli vakolatlarni taqdim etgan holda mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jenevada, 1949-yil 12-avgustda fransuz va ingliz tillarida tuzildi; mazkur Konvensiyaning asl nusxasi Shveysariya Konfederatsiyasi arxivlarida saqlanadi, Konvensiyaning tasdiqlangan nusxalari esa Shveysariya Federal Kengashi tomonidan uni imzolagan yoki unga qo‘shilgan har bir Davlatga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I Ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zonalar va hududlar to‘g‘risidagi bitim loyihasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zonalar faqat Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasining 23-moddasida qayd etilgan shaxslar, shuningdek, zimmasiga ushbu zonalar va hududlarni tashkillashtirish, ularni boshqarish va u yerda qo‘nim topgan shaxslarni parvarishlash mas’uliyati yuklangan xodimlar uchungina mo‘ljallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo, bunday zonalar hududida doimiy istiqomat etuvchi shaxslar bu zonalarda bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qanday asos bo‘yicha ekanidan qat’i nazar, sanitar zonalardan birontasida joylashgan har qanday shaxs na zona ichkarisida va na tashqarida harbiy operatsiyalar va harbiy materiallar ishlab chiqarishga bevosita aloqador bo‘lgan biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zona tashkil etayotgan Davlat ushbu zonani kelib ko‘rish yoki unda yurish huquqiga ega bo‘lmagan barcha shaxslarning bu zona hududiga kirishini taqiqlashga qaratilgan barcha zaruriy choralarni ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zonalar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bu zonalar ularni tashkil etgan Davlat nazoratidagi hududning atigi kichik bir qismidan iborat bo‘lishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ularda sig‘ishi mumkin bo‘lgan aholi soniga nisbatan kamroq kishi joylashtirilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) ular har qanday harbiy obyektlar va har qanaqa yirik sanoat korxonalari yoki ma’muriy muassasalardan olisda joylashtirilishi, shuningdek, bunday inshootlarga ega bo‘lmasligi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ular urush olib borish uchun ahamiyat kasb etishi ehtimoli mavjud bo‘lgan hududlarda joylashtirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zonalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bu zonalarda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan qatnov yo‘llaridan va transport vositalaridan qo‘shinlarni yoki harbiy materiallarni tashish, hattoki tranzit tashish uchun ham foydalanilmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bu zonalar har qanday vaziyatda ham harbiy vositalar bilan himoya qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zonalar ularning old tomonida va qurilish inshootlarida o‘rnatiladigan oq tusli sathdagi qizil xoch (qizil yarim oy, qizil sher va quyosh) bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorong‘i paytlarda ular xuddi shu taxlitda tegishli yoritgichlar yordamida belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinchlik davrida yoki urush harakatlarining boshlanishida har qaysi Davlat barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga o‘z nazoratidagi hududlarda ta’sis etilgan sanitar zonalar ro‘yxatini ma’lum qiladi. Davlatlar, shuningdek, tomonlarga mojaro davrida tashkil etilgan har bir yangi zona to‘g‘risida ma’lumot berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi tomon yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni olgan paytdan e’tiboran zona huquqiy jihatdan mavjud hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo, agar qarshi tomon mazkur bitimning qaysidir sharti yaqqol bajarilmagan deb hisoblasa, u holda zonani e’tirof etishdan voz kechishi va bu haqda ushbu zona qaramog‘ida bo‘lgan tomonga zudlik bilan ma’lum qilishi yoxud unga o‘z e’tirofi 8-moddada ko‘zda tutilgan nazoratning o‘rnatilishiga bog‘liq ekanini bildirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qaysi tomon, qarshi tomon ta’sis etgan bir yoki bir nechta sanitar zonani tan olgan holda, bitta yoxud bir nechta maxsus komissiya ushbu zonalar mazkur bitimda bayon etilgan talab va shartlarga nechog‘lik javob berishini tekshirishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun maxsus komissiyalar a’zolari har qanday paytda har qanday zonaga erkin kira olish va hatto u yerda doimiy yashash huquqidan foydalanishi mumkin. Ularga nazorat bo‘yicha o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun barcha sharoit yaratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiyalar o‘z fikriga ko‘ra mazkur bitim shartlariga zid keladigan faktlarni qayd etgan taqdirda, ular bu haqda ushbu zona qaramog‘ida bo‘lgan Davlatga zudlik bilan ma’lum qilishi va unga ushbu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun ko‘pi bilan besh kunlik muddat berishi kerak; ular bu haqda zonani e’tirof etgan Davlatni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bu muddat tugashi asnosida ushbu zona qaramog‘ida bo‘lgan Davlat o‘ziga yo‘llangan ogohlantirish yuzasidan tegishli chora ko‘rmagan bo‘lsa, u holda qarshi tomon bundan keyin ushbu zonaga mazkur bitim asosida bog‘liq emasligi to‘g‘risida ma’lum qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoki bir nechta sanitar zonalar va hududlar tashkil etgan Davlat, shuningdek, bunday zonalar mavjudligi to‘g‘risida xabardor etilgan qarshi tomonlar 8 va 9-moddalarda qayd etilgan maxsus komissiyalar tartibiga kirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni tayinlaydi yoxud betaraf Davlatlardan bunday tayinlashni amalga oshirishni so‘raydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar zonalarga hech qachon hujum uyushtirilishi mumkin emas, ular har doim nizolashayotgan tomonlarning homiyligi va himoyasidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biron-bir hudud istilo etilgani hollarda, bu yerda joylashgan sanitar zonalar odatdagiday hurmat etilishi va odatdagi maqsad uchun foydalanilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ammo, istilochi Davlat bu yerga joylashtirilgan shaxslarning taqdirini oldindan ta’minlagan holda, zonalarning belgilangan maqsadini o‘zgartirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bitim, shuningdek, Davlatlar tomonidan sanitar zonalarga tegishli maqsadlar uchun foydalaniladigan hududlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II Ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy guvohnoma shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yuza tomoni

(guvohnomani bergan mamlakat va harbiy ma’muriyat nomi uchun qoldirilgan joy)

Qurolli kuchlarga mansub sanitar va diniy xodimlar uchun

SHAXSIY GUVOHNOMA

Familiyasi ___________________________________________________________

Ismi va otasining ismi __________________________________________________

Tug‘ilgan sanasi _______________________________________________________

Unvoni ______________________________________________________________

Harbiy raqami ________________________________________________________

Ushbu guvohnoma egasi ________________________________________________

sifatida Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi himoyasidadir.

Berilgan sana __________________ ________ Guvohnoma №__________________

_____________________________ ________ _____________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sirt tomoni

Guvohnoma egasining surati

Guvohnoma egasining imzosi va bosh barmog‘i izi yoxud ikkisidan biri

Guvohnoma bergan

harbiy ma’muriyatning

qabariq muhri

Bo‘y

Ko‘z

Soch

Boshqa alohida belgilari