Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.01.1999 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUYUQ XLOR, XLOR MAHSULOTLARI VA KAUSTIK SODA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada import oʻrnini bosuvchi suyuq xlor, xlorid kislota va kaustik soda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida va Vazirlar Mahkamasining “1998 — 2002-yillarda Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalarini kompleks rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 25-martdagi 129-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasida yiliga 17 ming tonna suyuq xlor, 12,6 ming tonna xlorid kislota, 6,7 ming tonna natriy gipoxloridi va 26 ming tonna kaustik soda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga texnik hujjatlarni tayyorlash, asbob-uskunalar, materiallar yetkazib berish, suyuq xlor, xlorid kislota, natriy gipoxloridi va kaustik soda ishlab chiqarish boʻyicha texnologiya asbob-uskunalarini shef-montaj qilish va foydalanishga topshirish ustidan texnik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan “Lurgi Anlagenbau Xemnits GmbX” (Germaniya) firmasi bilan, quvvatlarni foydalanishga topshirish muddati kontrakt kuchga kirgandan soʻng 20 oy boʻlgan, kontrakt tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suyuq xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda ishlab chiqarish qurilishining bosh buyurtmachisi etib — “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur ishlab chiqarish qurilishining bosh pudratchisi etib — subpudratchilarni jalb qilgan holda Navoiy qurilish boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachisi etib — “Oʻzkimyoloyiha” ilmiy-tadqiqot instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, obyektni montaj qilish va foydalanishga topshirish muddatlari 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, loyihaning valyuta qismini mablagʻ bilan taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 85 foizi — Berliner Bankining “Germes” jamiyati sugʻurtasi ostida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 7 yil muddatga beriladigan 43010 ming Germaniya markasi miqdoridagi kredit liniyasi doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 15 foizi — Berliner Bankining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan moliyalashtiriladigan, ikki yil muddatga beriladigan 7590 ming Germaniya markasi miqdoridagi kredit liniyasi doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditlar kredit bitimi bilan belgilangan muddatlarda “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan oʻz manbalari hisobiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan ikki oy muddatda Berliner Bank bilan kredit bitimi tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb qilinayotgan valyuta va soʻmdagi kreditlar yuzasidan Berliner Bankka, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik xulosalarni rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi uchun koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish davrida foydadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliqqa tortiladigan baza mazkur loyiha boʻyicha olinadigan kreditni uzishga yoʻnaltiriladigan xarajatlar miqdoriga kamayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son