Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida
Bitim
Hamkorlik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini saqlash, inson huquq va erkinliklari himoyasini taʼminlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratib,
teng-huquqlik va oʻzaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida Tomonlar aloqalarini mustahkamlash borasida oʻzaro xohishdan kelib chiqib,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida 1998-yil 30-oktabrdagi Bitimga amal qilib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Hamkorlik sohasi
Hamkorlik sohasi
Tomonlar oʻz davlatlarining milliy qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga rioya qilgan holda, ushbu Bitim qoidalariga muvofiq, oʻz vakolatlari doirasida hamkorlik qiladilar.
Ushbu Bitim jinoyatchilarni topshirish va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish masalalariga daxl qilmaydi.
2-modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Hamkorlik yoʻnalishlari
1. Tomonlar quyidagi jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh etishda hamkorlik qiladilar, eng avvalo:
shaxs va mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar;
terroristik harakatlar — Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligida koʻrsatilgan oʻz vakolatlari doirasida;
korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik koʻrinishlari;
odam savdosi, inson aʼzolari va toʻqimalarini sotish;
odam oʻgʻirlash va fohishalik maqsadida ekspluatatsiya qilish;
oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi (portlatish) va zaharli moddalar, shuningdek radioktiv materiallarning noqonuniy aylanishi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari hamda ularni ishlab chiqishda foydalaniladigan moddalarni noqonuniy tayyorlash va ularning aylanishi;
qalbaki pul belgilari, davlat rasmiy hujjatlari, qimmatli qogʻozlar, shuningdek kredit va hisob kartalari hamda boshqa toʻlov vositalarini tayyorlash va oʻtkazish;
intellektual mulk huquqlarini buzish bilan bogʻliq;
madaniy va tarixiy qimmatliklarni talon-toroj va kontrabanda qilish bilan bogʻliq;
transportdagi jinoyatlar;
axborot texnologiyalari sohasida;
avtotransport vositalarni talon-toroj qilish va ular bilan noqonuniy harakatlarni amalga oshirish;
2. Tomonlar, shuningdek quyidagi sohalarda birgalikda harakat qiladilar:
jamoat tartibini saqlash;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash;
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va chet el fuqarolarining boʻlish qoidalarini nazorat qilish;
Tomonlar davlatlarining chegaraga tutash hududlardagi falokat, yongʻin, tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda jamoat xavfsizligini taʼminlash;
qimmatbaho va maxsus yuklarni kuzatib borish va qoʻriqlash;
nomaʼlum murdalarni identifikatsiya qilish (aniqlash), nomaʼlum bemorlar va bolalar, shuningdek, sogʻligʻi tufayli oʻzi haqida maʼlumot bera olmaydigan shaxslarning shaxsini aniqlash;
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etilgan joydan olingan barmoq izlari boʻyicha jinoyatchilarning shaxsini identifikatsiya qilish;
jinoiy jazolarni ijro etishni tashkil etish;
ruxsat berish tizimi talablariga amal qilishni nazorat qilish;
Tomonlar davlatlari fuqarolarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;
ilmiy-tadqiqot faoliyati, axborot va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, maxsus vositalar va aloqa tizimi, texnika va asbob-uskunalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish;
axborot xavfsizlikni taʼminlash;
tezkor tadbirlar oʻtkazishda va tezkor maʼlumot almashishda maxfiylikni taʼminlash maqsadida shifrlangan aloqani tashkil etish;
kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish;
statistik hisobotni tashkil qilish;
sport va madaniy aloqalarni rivojlantirish;
Tomonlar xodimlari va ularning oila aʼzolarini davolash va sanatoriya-kurort sogʻlomlashtirishda koʻmaklashish;
ichki ishlar idoralarida xizmatini oʻtab boʻlgan sobiq xodimlarning yigʻma jildlarini ular qayta ishga qabul qilinayotgan vaqtda Tomonlar soʻrovi asosida yuborish.
3-modda
Hamkorlik shakllari
Hamkorlik shakllari
Mazkur Bitimning 2-moddasi qoidalarini amalga oshirish maqsadida Tomonlar quyidagi shakllarda hamkorlik qiladilar:
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar hamda ularga daxldor boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi qiziqtirgan maʼlumotlarni almashish;
prokuror (sud) sanksiyasi talab etilmaydigan tezkor-qidiruv tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisida soʻrovlarni ijro etish;
jinoiy taʼqibdan yashirinayotgan yoki jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslar, bedarak yoʻqolgan shaxslar hamda Tomonlar qonunchiligida belgilangan hollarda boshqa shaxslarni qidirish;
noqonuniy muomalada paydo boʻlgan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining yangi turlari hamda ularni tayyorlashda qoʻllaniladigan texnologiyalar va ishlatiladigan moddalar, shuningdek narkotik vositalar, psixotrop moddalarni oʻrganish va identifikatsiya qilishning yangi usullari toʻgʻrisida maʼlumot ayirboshlash;
Tomonlar davlatlari hududida oʻgʻirlangan hamda muayyan raqamga yoki ajralib turuvchi maxsus belgilarga ega boʻlgan ashyolar (narsalar), shu jumladan avtotransport vositalari va oʻq otar qurol, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar va pasportlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar)ni qidirib topish va qaytarish;
favqulodda holatlar (chegaraga tutash tumanlardagi karantin, ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar)da jamoat tartibini saqlashni taʼminlash boʻyicha tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumot almashish;
ish tajribasi bilan almashish, shu jumladan stajirovkalar, maslahatlashuvlar, seminarlar va oʻquv kurslarini oʻtkazish;
ichki ishlar organlari faoliyatiga daxldor qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni almashish, oʻquv va uslubiy adabiyotlarni sotib olishda koʻmaklashish;
oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
oʻz davlatlarida jinoyatchilik ahvoli va uning rivojlanishi tendensiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar almashish.
4- modda
Hamkorlikni rivojlantirish
Hamkorlikni rivojlantirish
Ushbu Bitim, 1-moddada koʻrsatilgan shartlarni hisobga olgan holda, Tomonlarga hamkorlikning oʻzaro qulay boʻlgan boshqa yoʻnalishlari, shakllarini belgilash va rivojlantirishga toʻsqinlik qilmaydi.
5- modda
Yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrovlar
Yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrovlar
1. Ushbu Bitim doirasida hamkorlik manfaatdor Tomonlarning yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrovlari yoki bunday yordam koʻrsatish boshqa Tomon uchun manfaatli boʻladi deb hisoblaydigan Tomonlardan birining tashabbusi asosida amalga oshiriladi.
2. Yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov yozma ravishda yuboriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda soʻrovlar ogʻzaki yuborilishi mumkin, biroq ular yetti kundan kechiktirilmasdan, yozma ravishda, shu jumladan matn yoʻllashning texnik vositalaridan foydalanilgan holda tasdiqlanishi lozim.
Soʻrov yoki uning matni haqiqiyligiga shubha tugʻilganda, qoʻshimcha tasdiq talab qilinishi mumkin.
3. Yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrovda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
yordam koʻrsatishni soʻrayotgan organ hamda agar maʼlum boʻlsa, soʻrov yuborilayotgan organning nomi;
ish mazmunining bayoni;
soʻrov maqsadi va asosini koʻrsatish;
soʻralayotgan yordamning mazmuni;
soʻrovni talab darajasida bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa har qanday maʼlumotlar.
4. Yozma ravishda yuboriladigan yoki tasdiqlanadigan yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov yordam koʻrsatishni soʻrayotgan organning rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanib, ushbu organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
5. Zarur hollarda soʻrovga uni bajarish uchun lozim boʻladigan yoki uning bajarilishini yengillashtiradigan hujjatlar yoki ularning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalari, fotosuratlar va boshqa axborot tashuvchi vositalar ilova qilinadi.
6-modda
Yordam koʻrsatishni rad etish
Yordam koʻrsatishni rad etish
1. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrovni bajarish oʻz davlati suvereniteti, milliy xavfsizligi, ommaviy tartib va boshqa manfaatlariga ziyon yetkazishi yoki davlatning milliy qonunchiligi yoxud xalqaro majburiyatlariga zid kelishi mumkin deb hisoblasa, ushbu Bitim doirasida yordam koʻrsatish toʻliq yoki qisman rad etiladi.
2. Agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish soʻralayotgan Tomon davlatining milliy qonunchiligi boʻyicha jinoyat hisoblanmasa, yordam koʻrsatish rad etilishi mumkin.
3. Imkoniyat mavjud boʻlganda, soʻralayotgan Tomon mazkur moddaning 1 va 2 bandlari asosida yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarishdan oldin mazkur Tomon zarur deb hisoblagan shartlarga amal qilgan holda yordam koʻrsatish mumkinligi masalasini koʻrib chiqish uchun soʻrayotgan Tomon bilan maslahatlashuv oʻtkazadi. Soʻrayotgan Tomon unga yordam koʻrsatish uchun asos boʻladigan shartlarga rioya qiladi.
4. Soʻrayotgan Tomon soʻrovni bajarish toʻliq yoki qisman rad etilganligi toʻgʻrisida sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
7-modda
Soʻrovni bajarish
Soʻrovni bajarish
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrovni tez va iloji boricha toʻliq bajarish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Soʻrov bajarilishiga toʻsqinlik qiladigan yoki uni bajarilishini sezilarli darajada kechiktiradigan holatlar toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
2. Soʻralayotgan Tomon soʻrovni talab darajasida bajarish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar zarur deb hisoblasa, ularni soʻrash huquqiga ega.
3. Soʻrovni bajarishda soʻralayotgan Tomon davlatining qonunchiligi qoʻllaniladi, ammo shu bilan birga, agarda soʻralayotgan Tomon qonunchiligi yoki xalqaro majburiyatlariga zid boʻlmasa, soʻrov yuborgan Tomonning iltimosiga binoan uning davlati qonunchiligi ham qoʻllanishi mumkin.
4. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrovni tez bajarish uning davlatida amalga oshirilayotgan jinoiy taʼqib yoki boshqa ish yurituvga xalaqit berishi mumkin deb hisoblasa, soʻrov bajarilishini kechiktirishi yoki uning bajarilishini soʻrayotgan Tomon bilan maslahatlashuvlardan keyin zaruriy deb belgilangan shartlarga rioya qilinishi bilan bogʻlashi mumkin. Agar soʻrayotgan Tomon taklif qilinayotgan shartlar asosida unga yordam koʻrsatilishga rozi boʻlsa, u ushbu shartlarga rioya qilishi lozim.
5. Soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonning iltimosiga asosan soʻrov yuborilganligi, mazkur soʻrov mazmuni, unga ilova qilingan hujjatlar hamda soʻrov bajarilganligi sir saqlanishi uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Soʻrovning bajarilishi sir saqlanishining imkoniyati boʻlmaganda, soʻralayotgan Tomon bu toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonni xabardor qiladi. Soʻrayotgan Tomon esa bunday shartlarda soʻrovni bajarilishi masalasini hal qiladi.
8-modda
Olingan maʼlumotlar va hujjatlardan foydalanishda cheklovlar
Olingan maʼlumotlar va hujjatlardan foydalanishda cheklovlar
1. Agar ushbu Bitim doirasida olingan maʼlumot va hujjatlar cheklangan xususiyatga ega boʻlsa yoki yuborayotgan Tomon ularni oshkor qilinmasligini maʼqul deb hisoblasa, Tomonlarning har biri ularning maxfiyligini taʼminlaydilar. Maʼlumotlar va hujjatlarning maxfiylik darajasini yuborayotgan Tomon belgilaydi.
2. Soʻralayotgan Tomonning tegishli iltimosi mavjud boʻlganda, mazkur Bitimga muvofiq soʻrovni bajarish natijalaridan, mazkur Tomonning roziligisiz dastlabki soʻrovda koʻrsatilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
3. Ushbu Bitim asosida olingan maʼlumot va hujjatlarni uchinchi tomonga berish uchun ushbu maʼlumotlarni taqdim etgan Tomonning yozma roziligi olinishi shart.
4. Soʻralayotgan Tomonning tegishli iltimosi mavjud boʻlganda, soʻrayotgan Tomon soʻrovni bajarish natijalarini oshkor etmaydi va ulardan faqatgina oldindan kelishib olingan shartlarda foydalanadi.
5. Soʻrovni bajarish natijalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni oshkor etish, agar soʻrayotgan Tomon davlati qonunchiligida shunday harakat qilish majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, istisno etilmaydi. Soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonni soʻrov natijalaridan shu tariqa foydalanishi yoki uni oshkor qilishi mumkinligi haqida oldindan xabardor qiladi.
9-modda
Harajatlar
Harajatlar
Agar har bir muayyan hollarda boshqa tartib kelishib olingan boʻlmasa, Tomonlar ushbu Bitimni amalga oshirish davomida kelib chiqadigan xarajatlarni Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligida koʻrsatilgan mablagʻlar doirasida oʻzlari mustaqil qoplaydilar.
10-modda
Tillar
Tillar
Tomonlar ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishda, odatdagidek, rus tilidan foydalanadilar. Davlat tilidan foydalanilganda, tasdiqlangan rus tilidagi tarjima ilova qilinishi lozim.
11-modda
Hamkorlikni muvofiqlashtirish
Hamkorlikni muvofiqlashtirish
1. Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni muvofiqlashtirish oʻzbek tomonidan Ichki Ishlar vazirligi Tashkiliy inspektorlik boshqarmasi, Qozogʻiston tomonidan Ichki Ishlar vazirligi Shtabiga yuklatiladi.
2. Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini bajarishda bevosita aloqa qiladigan boʻlinmalar hamda ular oʻrtasidagi aloqa kanallarini belgilaydilar.
12-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning ular davlatlari ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
13-modda
Ishchi uchrashuvlar va maslahatlashuvlar
Ishchi uchrashuvlar va maslahatlashuvlar
1. Tomonlarning vakillari zarur hollarda ushbu Bitim asosida hamkorlikni mustahkamlash, samaradorligini oshirish masalalarini koʻrib chiqish maqsadida ishchi uchrashuvlari va maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
2. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizoli masalalar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar hamda muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
14-modda
Oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan ushbu Bitimga uni ajralmas qismi hisoblanuvchi, alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
15-modda
Yakuniy qoidalar
Yakuniy qoidalar
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va besh yil muddatga tuziladi. Uning amal qilishi, agar Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati borligi toʻgʻrisida muddat tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayadi.
Bitim qoidalarini talqin qilishda Tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Toshkent shahrida 2013-yil 14-iyunda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)