Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-aprel,
93-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Matbaa korxonalarini roʻyxatga olish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 14-bandining birinchi xatboshidagi “uch kun ichida” soʻzlari “bir ish kunidan kechiktirmay, arizachiga va” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni olib kirish (olib chiqish) shartlari buzilgan taqdirda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda ruxsatnomaning amal qilish muddatini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki uni bekor qilish huquqiga ega hamda bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini va ariza beruvchini majburiy tartibda xabardor qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 23-bandning oʻninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish sertifikati berish tartib toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 61-bandning beshinchi xatboshidagi “uch ish kuni” soʻzlari “bir ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 62-bandning oʻninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” soʻzlari “bir ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 24-modda):
a) 1-ilovaning 53-bandidagi “uch ish kuni” soʻzlari “bir ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 26-bandidagi “uch ish kuni” soʻzlari “bir ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovaning 26-bandidagi “uch ish kuni” soʻzlari “bir ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 38-bandining oltinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 181-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/17/0552-son; 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)