23.01.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi va Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarini joylashtirish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi va Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarini turish joylari va ishlarini tegishli sharoitlar bilan taʼminlash maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi, shuningdek Mulkka egalik huquqini oʻzaro tan olish va tartibga solish toʻgʻrisida bitimni (Bishkek,1992-yil 9-oktabr) inobatga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rossiya tomoni Moskva shahrida quyidagi manzilda Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasini joylashtirish uchun foydalaniladigan bino va inshootlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining mulk huquqini tan oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pogorelskiy tor koʻchasi, 12 uy, umumiy maydoni 8360,1 kv.metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 chi Kazachiy tor koʻchasi, 11/2 uy, 1-imorat, umumiy maydoni 7938,3 kv.metr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rossiya tomoni Oʻzbekiston Respublikasiga Moskva shahridagi yer uchastkalarida joylashgan ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan quyidagi manzildagi binolarni bir yilga 1 rubl miqdorida ijara toʻlovi bilan 49 yilga ijaraga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pogorelskiy tor koʻchasi, 12 uy, maydoni 5224,5 kv.metr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1- chi Kazachiy tor koʻchasi, 11/2 uy, 1-imorat, maydoni 3953,1 kv.metrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim kuchga kirganidan soʻng mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydigan ijara shartnomasi tuziladi va u mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan ijara shartlari asosida ushbu Bitim amal qilishi davomida keyingi 49 yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalarining joylashuvi va chegaralari ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan chizmalarda belgilangan (Ilova №1*, №2*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rossiya tomoni Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini joylashtirish uchun foydalaniladigan ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovadagi roʻyxatga muvofiq (Ilova №3*) Moskva shahri, Bolshaya Polyanka koʻchasi, 41-uy, 1, 2-imorat manzilida joylashgan, umumiy maydoni 2002,2 kv. metrdan iborat bino qismiga, 3, 4 va 5-qavatlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining mulk huquqini tan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbek tomoni Rossiya qonunchiligiga muvofiq Bolshaya Polyanka koʻchasi, 41-uy, 1, 2-imorat manzilidagi binoning boʻlinmaydigan yer uchastkalari tegishli qismiga nisbatan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasining joylashuvi va chegarasi ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan chizmada belgilangan (Ilova №4*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbek tomoni Rossiya Federatsiyasiga Toshkent shahri, Nukus koʻchasi 83-uyda joylashgan umumiy maydoni 7891 kv.metr boʻlgan bino va inshootga Rossiya Federatsiyasi elchixonasini joylashtirish uchun mulkka egalik huquqi beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbek tomoni Rossiya Federatsiyasiga ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlar joylashgan 16823 kv.metrdan iborat yer uchastkasini bir yilga 1 soʻm miqdorida ijara toʻlovi bilan 49 yilga ijaraga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim kuchga kirganidan soʻng mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlarini belgilaydigan ijara shartnomasi tuziladi va u mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan ijara shartlari asosida ushbu Bitim amal qilish davomida keyingi 49 yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasining joylashuvi va chegarasi ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan chizmada belgilangan (Ilova №5*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1—5-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlarni, shuningdek ushbu Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalarni qarzlardan, uchinchi tomon huquqlaridan ozod boʻlgan, garovga qoʻyilmagan va ulardan ushbu Bitim maqsadlarida foydalanishga toʻsqinlik qiladigan biror narsa bilan malollik keltirmaydigan holda taqdim etilishiga kafolat beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan Tomonlar faqat ushbu Bitimda belgilangan maqsadlarda foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlar va yer uchastkalarini uchinchi tomonga ijaraga/ikkilamchi ijaraga berish, ularni boshqa bir tarzda olish faqat Tomonlarning kelishuvi boʻyicha boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlar sotiladigan yoki beriladigan boʻlsa qabul qiluvchi davlat olishi uchun imtiyozli huquqqa ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlar va yer uchastkalari yoki ularning qismi uchinchi tomonga ijaraga/ikkilamchi ijaraga berilsa, butun ijara/ikkilamchi ijara davriga berilgan bino, inshoot, imoratlar va yer uchastkalariga nisbatan Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasida belgilangan imtiyoz, immunitetlar va shuningdek ushbu Bitim bilan oʻrnatilgan yengilliklarning amal qilishi tugatiladi. Ijara/ikkilamchi ijara davri tugaganda, mazkur bino, inshoot, imoratlar va yer uchastkalaridan qayta diplomatik maqsadlarda foydalana boshlangandan soʻng koʻrsatilgan imtiyoz, immunitet va yengilliklar shu bino, inshoot, imoratlar va yer uchastkalariga nisbatan yana qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻzarolik asosida oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot va imoratlarga boʻlgan mulk huquqini, ushbu Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini ushbu Bitim kuchga kirgandan soʻng mumkin qadar qisqa muddatlarda bepul yuridik rasmiylashtirishni taʼminlaydilar. Tomonlar oʻzaro kelishilgan muddatlarda ayni bir vaqtda tegishli hujjatlar bilan almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlar yoki yer uchastkalaridan tashqari oʻz davlatlari elchixonalari faoliyatini taʼminlash maqsadida Tomonlar alohida bitimlar asosida qoʻshimcha xarid va ijarani amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlarni qayta taʼmirlash hamda ushbu Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalarida yangi bino va imoratlar qurish, ularni qayta taʼmirlash qurilishga moʻljallangan shaharsozlik konsepsiyalarga muvofiqlashtirilgandan va qabul qiluvchi davlatning qonunchilik talablariga muvofiq qayta taʼmirlash, shuningdek qurishga ruxsat olingandan keyingina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot va imoratlarni taʼmirlash hamda shinam holatga keltirish, taqdim etilgan yer uchastkalarini yaxshi holatda saqlash uchun qabul qiluvchi davlat hududiga materiallar va asbob-uskuna, shu jumladan mebel va ichki uy jihozlari olib kirish huquqiga ega. Tomonlar oʻzarolik asosida faqat belgilangan maqsadlarda olib kirilgan materiallar va asbob-uskunadan olinadigan barcha soliq hamda bojxona yigʻimlaridan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qayta taʼmirlash va qurilish maqsadlarida Tomonlarning tegishli xizmatlari foydalanadigan diplomatik valizalar uchun joylarning miqdori va oʻlchamlarini vaqtincha koʻpaytirish koʻzda tutiladi, Tomonlarga uzunligi 40 futgacha teng keladigan konteynerlarga tashqi koʻrinishli belgilar qoʻyish huquqi beriladi, shundan kelib chiqib, ushbu konteynerlar Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik valizalarga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tomonlar qabul qiluvchi davlatga oʻz bino, inshootlarini qayta taʼmirlash va qurilishga tayyorlash, qurilishni amalga oshirish uchun talab qilingan quruvchi, texnik nazorat mutaxassisi va texnik xodimlardan iborat guruhni yuborish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Tomon oʻzarolik asosida boshqa Tomon davlatining elchixonasini Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasining 23-moddasi qoidalariga muvofiq, kommunal va boshqa muayyan turdagi xizmatlar uchun toʻlovlardan tashqari davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan oʻrnatilgan barcha turdagi soliq toʻlovlaridan hamda boshqa yigʻim va bojlardan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning 1, 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan bino, inshoot, imoratlardan foydalanish va taʼmirlashning barcha turlari, ekspluatatsion javobgarlik chegarasi doirasida injener kommunikatsiya ishlari, ushbu Bitimning 1- 2 va 3-moddalariga muvofiq berilayotgan yer uchastkalarini talab darajada saqlash ishlari qabul qiluvchi davlatda Tomonlarning oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Tomon oʻzarolik asosida boshqa Tomon davlatlari diplomatik vakolatxonalari rasmiy foydalanishi hamda ushbu diplomatik vakolatxona diplomatlari va maʼmuriy-texnik personali hamda ular birgalikda istiqomat qiluvchi oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovar va xizmatlar qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻzarolik asosida diplomatik vakolatxonalar xodimlari va shuningdek ularning oila aʼzolarini tegishli davlat tibbiy muassasalari koʻrsatayotgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlovlardan ozod qiladilar, yasama tishlar qoʻyish va noanʼanaviy tibbiy xizmatlar bundan mustasno. Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va ularning oila aʼzolariga xizmat koʻrsatadigan tegishli davlat tibbiy muassasalarining roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tegishli davlat idoralari belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar, oʻzaro kelishib, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin, ular alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash va talqin qilishda yuzaga keladigan barcha bahsli masalalar Tomonlar oʻrtasida muzokara va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarilgani toʻgʻrisida oxirgi xabarnoma olgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim 49 yillik muddatga tuziladi, agar Tomonlardan hech biri boshqa Tomonga navbatdagi muddat tugashidan kamida bir yil oldin ushbu Bitim amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida xabarnoma yubormasa, ushbu Bitim keyingi shunday muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2009-yil 23-yanvarda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)