O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2037-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 17-iyundagi 34-son va 2021-yil 16-iyundagi 23-sonli “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3310, 17.06.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 103, 40-son qarori (ro‘yxat raqami 2037, 2009-yil 5-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 495-modda) bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-aprel,
28-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i v. b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-aprel,
10-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 28, 10-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.”.
2. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tashkilot faoliyati sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash.”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tashkilot faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish;”.
4. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashkilotlar har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmay tayinlangan mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishlari shart.
Mas’ul shaxs o‘zgargan taqdirda, bu haqda tashkilot besh kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishi lozim.”.
5. 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi mazmunda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili yanvar oyining 20-sanasidan kechiktirmay tashkilotlardagi mas’ul shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Departamentga taqdim etadi.”.
6. 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki nazorat tizimini tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Departament bilan hamkorlikda monitoring va nazorat o‘tkazilishi davomida tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.”.
7. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni ko‘rish;”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 14-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“operatsiya amalga oshirish kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9. Quyidagi mazmundagi 142 va 143 — bandlar bilan to‘ldirilsin:
“142. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim.
143. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablag‘lari manbasi yoki moliyaviy holatining manbasi haqida ma’lumot olish;
ish amaliyotlarini amalga oshirish sabablari to‘g‘risida ma’lumot olish;
operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirish sabablarini aniqlashning boshqa kuchaytirilgan choralarini amalga oshirish.”.
10. Quyidagi mazmundagi III1 bob bilan to‘ldirilsin:
“III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
211. Tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va Departamentga taqdim etilishi lozim.
212. Tashkilot avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tiborni qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan yuridik shaxslar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
muntazam ravishda (uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
213. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tashkilot zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
Tashkilot barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot tashkilotning rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
214. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak. Bu maqsadlarda tashkilot:
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim.
Tashkilot bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim.”.
11. Quyidagi mazmundagi 241 -band bilan to‘ldirilsin:
“241. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.”.
12. V bob quyidagi mazmundagi 301 va 302 bandlar bilan to‘ldirilsin:
“301. Mas’ul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq yozishmalar, shu jumladan, Departamentga yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va h.k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
302. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 188-modda)