15.09.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat oʻrtasida mavjud boʻlgan doʻstona munosabatlarni kengaytirishni istab, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat oʻrtasidagi texnikaviy hamkorlikdan ular xalqlarining farovonligi uchun kelib chiqadigan manfaatni eʼtirof qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Ushbu Bitim maqsadlarini bajarish uchun vakolatli organlar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isroil Davlati Hukumati nomidan — Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik markazi (MAShAV).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar Fermerlikka oʻrgatish tashkilotini rivojlantirish, xususan irrigatsiya, yuqori hosilli ekin maydonlari, sut xoʻjaligi sohasida, shuningdek Maslahat va qishloq xoʻjaligi xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish maqsadida hamkorlik qiladilar (ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan ilovaga qarang).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamkorlik dasturining asosiy maqsadi boʻlib oʻz faoliyatini ochiq bozor iqtisodiyotiga muvofiq olib borishga qodir boʻlgan individual fermerlar va fermerlik assotsiatsiyalari uchun sharoitlarni ragʻbatlantirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu hamkorlik dasturini USAID tomonidan amalga oshiriladigan Hamkorlik va rivojlanish dasturi (CDP) doirasida bajarishga rozi boʻldilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

1. Isroil Ahdlashuvchi Tomoni ikki yillik davrga sabzavotchilik, irrigatsiya va sut xoʻjaligi sohasidagi ikki mutaxassisni taqdim etadi. Isroil Ahdlashuvchi Tomoni ekspertlarning xalqaro yoʻl xarajatlarini toʻlaydi, ularni ish haqi, transport, uy-joy, tibbiy sugʻurta hamda ekspertlar va ularning oilalari uchun zarur boʻlgan boshqa toʻlovlar bilan taʼminlaydi, shuningdek ikki yildan ortiq davr mobaynida qisqa muddatga keladigan boshqa isroillik ekspertlarga yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Isroil Ahdlashuvchi Tomoni ham Oʻzbekistonda, ham Isroilda qishloq xoʻjaligi sohasini qamrab oluvchi oʻquv dasturlarini ikki yildan ortiq qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek aviabiletlar, ovqatlanish va istiqomat qilishni oʻz ichiga olgan holda Isroilda professional oʻqitish qiymatini, jumladan Oʻzbekistonda oʻquv kurslarini oʻtkazayotgan isroillik ekspertlar ishining qiymatini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbek Ahdlashuvchi Tomoni taʼlim olayotganlarni taʼminlash (ovqatlanish va istiqomat qilish), yoʻl haqi va kurslarni oʻtkazish uchun tegishli binolarning qiymatini oʻz ichiga olgan holda Oʻzbekistonda oʻquv kurslarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha boshqa xarajatlarni toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

1. Oʻzbek Ahdlashuvchi Tomoni Fermerlikka oʻrgatish tashkilotini tuzish va uning faoliyati uchun mahalliy vositalar va boshqa moliyaviy resurslarni jalb etishni taʼminlaydi, shuningdek loyiha uchun biologik va kimyoviy vositalar hamda uskunalar importida soliq va import imtiyozlarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbek Ahdlashuvchi Tomoni isroillik ekspertlarga ofis va bosh ofis uchun asosiy jihozlarni bepul taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning ichki protseduralariga muvofiq maʼqullanadi yoki ratifikatsiya qilinadi va bunday maʼqullash yoki ratifikatsiya toʻgʻrisida xabardor qiluvchi ikkinchi diplomatik nota sanasidan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim uch (3) yil mobaynida amal qiladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri tegishli muddat tugashidan kamida olti (6) oy ilgari diplomatik kanallar orqali yozma ravishda uni denonsatsiya qilmasa, keyingi ikki (2) yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu bitim munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bahs va kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi muzokara va maslahatlashishlar yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishilgan har qanday toʻldirish yoki oʻzgartish 1-bandda boʻlganidek kuchga kirish protseduralarini oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quddus shahrida 1998-yil 15-sentabrda, bu 5758 yilning 24 eluliga toʻgʻri keladi, ikki nusxada, oʻzbek, ivrit va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilish boʻyicha kelishmovchiliklar boʻlgan holda ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)

ILOVA

1. Fermerlikka oʻrgatish tashkilotining sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAShAV tomonidan toʻla ravishda moliyaviy taʼminlanadigan oʻrgatish elementlarining mazmuni va rivoji texnologiyalarning qisman importiga va boshqaruv amaliyoti hamda mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan va bogʻliq boʻlgan maxsus shart-sharoitlarga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa barcha elementlar: fermerlik texnikasi; chorva mollarini boqish xarajatlari, ishchi kuchi va kundalik ishlab chiqarish xarajatlariga (jumladan ovqatlanish, suv, oʻgʻitlar, pestitsidlar, energiya, joriy taʼmir va hokazo) mahalliy sheriklar tomonidan mablagʻ ajratiladi va taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki rejalashtirish va muhandislik loyihalariga MAShAV tomonidan mablagʻ ajratiladi va taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashish‎
‎
‎
a) Axmad Yassaviy:
‎Faoliyat sohasi:
‎‎

‎Ekin maydonlarini irrigatsiya va diversifikatsiya qilish‎
Mahalliy sheriklar:‎ ‎Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Meva-sabzavotchilik boshqarmasi
‎‎
b) Oqqoʻrgʻon:
‎Faoliyat sohasi:‎

‎Sut xoʻjaligi‎‎

‎Mahalliy sheriklar:‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik boshqarmasi‎‎

‎v) Qibray:
‎Faoliyat sohasi:‎

‎
‎Sut xoʻjaligi‎‎

‎Mahalliy sheriklar:‎

‎Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik boshqarmasi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi dastur bekor qilingan holda barcha mablagʻ va uskunalar faqat joylardagi sheriklarga foydalanishlari uchun qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maslahat va qishloq xoʻjaligi xizmat koʻrsatish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAShAV Markazga daxldor va unga bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan qurilmalar, ijara haqi, joriy xarajatlar va mahalliy texnik xodimlarni qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ ajratadi va taʼminlaydi.