Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Bojxona ishida oʻzaro yordam toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
bojxona qonunchiligining buzilishi ular mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga, shuningdek savdoning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishini hisobga olgan holda,
tovarlarni eksport va import qilinganda olinadigan bojxona bojlari, soliqlar va boshqa toʻlovlarni aniq belgilanishi va olinishini taʼminlashning muhimligini tushungan holda,
bojxona huquqining buzilishini oldini olishga, shuningdek import va eksport bojlari va soliqlarining aniq undirilishini taʼminlashga qaratilgan harakatlar ularning bojxona idoralari hamkorligi sharoitida yanada samarali boʻlishiga ishongan holda;
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Atamalar
1-modda
1-modda
Ushbu Bitim maqsadlarida:
1. “Bojxona huquqi” atamasi tovarlarni import, eksport va tranzit qilishga taalluqli yoki bojxona idoralari tomonidan solinadigan bojxona bojlari, boshqa soliqlar va yigʻimlar yoki boshqa har qanday bojxona tadbirlari yoki taqiqlash, cheklash va nazorat boʻyicha choralarga aloqador qonun va tartiblarda bayon qilingan qoidalarni anglatadi.
2. “Buzish” atamasi bojxona qonunchiligini har qanday buzish yoki buzishga harakat qilishni anglatadi.
3. “Bojxona idorasi” atamasi Oʻzbekiston Respublikasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasini, Latviya Respublikasi uchun Bojxona Departamentini (Muitas departaments) anglatadi.
4. “Soʻrovchi bojxona idorasi” atamasi bojxona ishida yordam koʻrsatishni soʻragan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli bojxona idorasini anglatadi.
5. “Soʻralgan bojxona idorasi” atamasi bojxona ishida yordam koʻrsatish toʻgʻrisida soʻrov olgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli bojxona idorasini anglatadi.
6. “Nazorat qilinadigan yetkazib berish” atamasi narkotik vositalar va psixotrop moddalarning olib oʻtilishida ishtirokchi boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida vakolatli idoralarning nazorati ostida gʻayriqonuniy yoki gʻayriqonuniylikda gumon qilinayotgan narkotik vositalar, psixotrop yoki ularning oʻrnini bosadigan moddalar partiyalarini olib chiqish, tranzitga yoki olib kirishga ruxsat beruvchi uslubni anglatadi.
Qoʻllanish doirasi
2-modda
2-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining bojxona idoralari orqali va bu Bitim qoidalariga muvofiq:
a) bojxona qonunchiligiga yetarlicha amal qilinishini taʼminlash uchun;
b) bojxona qonunchiligining buzilishini oldini olish, tergov qilish va jazolash uchun;
v) bojxona qonunchiligini qoʻllashga tegishli hujjatlarni yoki bildirishnomalarni berishga taalluqli hollarda oʻzaro yordam koʻrsatadilar.
2. Ushbu Bitim doirasida yordam soʻralgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq va soʻralgan bojxona idorasining vakolati va imkoniyatlari chegarasida koʻrsatiladi. Zarur boʻlganda bojxona idorasi soʻralgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli idora tomonidan yordam koʻrsatilishini tashkil qilishi mumkin.
Axborot almashuvi
3-modda
3-modda
1. Bojxona idoralari soʻrovga binoan:
a) bojxona idoralari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari, boshqa soliqlar, toʻlovlar va yigʻimlarni undirishda, va xususan, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va ularning tarif klassifikatsiyasini belgilashda yordam beradigan axborotni;
b) import va eksportga taqiqlash va cheklashlarni qoʻllashda;
v) Ahdlashuvchi Tomonlarning biri yoki ikkalasi tomonidan tuzilgan boshqa bitimlar oʻz ichiga olmagan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash milliy qoidalarini koʻllashda aniqlikni taʼminlashga yordam beradigan barcha axborotni bir-birlariga beradilar.
2. Agar soʻralgan bojxona idorasi soʻralgan axborotga ega boʻlmasa u soʻralgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq bu axborotni qidiradi.
3. Soʻralgan bojxona idorasi talab qilingan axborotni oʻzi uchun kerak boʻlgandagi kabi qidiradi.
4-modda
Bojxona idoralari soʻrovga binoan bir-birlariga:
a) bir Ahdlashuvchi Tomon hududiga olib kirilayotgan tovarlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidan qonuniy eksport qilinganini;
b) bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan olib chiqib ketilayotgan tovar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga qonuniy import qilinganini;
v) bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan eksport qilishda qulay rejim berilgan tovarlar tegishli tarzda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga import qilinganini koʻrsatuvchi axborotni beradilar, bunda ushbu tovarlarga nisbatan qoʻllanishi mumkin boʻlgan bojxona nazoratining har qanday choralari boʻyicha ham axborot berilishi koʻzda tutiladi.
5-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasi oʻz tashabbusi bilan yoki soʻrovga binoan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasiga u uchun foydali boʻlgan bojxona qonunchiligining buzilishiga taalluqli, xususan:
a) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzganligi maʼlum boʻlgan yoki gumon qilinayotgan shaxslar haqidagi;
b) tovarlarning gʻayriqonuniy aylanishida foydalaniladigan yangi vositalar va usullar haqidagi;
v) gʻayriqonuniy tovar aylanishining predmeti boʻlgan tovarlar haqida;
g) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzishda foydalanilgani maʼlum boʻlgan yoki gumon qilinayotgan transport vositalari haqidagi barcha axborotni beradi.
6-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasi oʻz tashabbusi bilan yoki soʻrovga binoan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasiga hisobotlar, surishtiruvning guvohlik materiallari yoki bu Ahdlashuvchi tomon hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligining buzilganini koʻrsatuvchi maʼlum boʻlgan yoki rejalashtirilayotgan kelishuvlar boʻyicha barcha mumkin boʻlgan axborot bor boʻlgan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini beradilar.
Fayl va hujjatlarning asl nusxalari faqat tasdiqlangan nusxalar yetarli hujjat boʻlib hisoblanmagan holda talab qilib olinishi mumkin. Berilgan fayl va hujjatlar qaytarilishi lozim.
7-modda
Ushbu Bitimda koʻrsatilgan hujjatlar oʻsha maqsadlarda beriladigan har qanday turdagi kompyuter axboroti bilan almashtirilishi mumkin. Materiallarni tarjima (talqin) qilish yoki ulardan foydalanish uchun barcha tegishli axborotlar birgalikda beriladi.
Shaxslar, tovarlar va transport vositalari ustidan nazorat
8-modda
8-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasi oʻz vakolati va imkoniyatlari chegarasida oʻz tashabbusi bilan yoki ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasining soʻroviga binoan:
a) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzganligi maʼlum boʻlgan yoki gumon qilinayotgan shaxslarning bir joydan boshqa joyga koʻchishlari, xususan oʻz hududlariga kirish va undan chiqishlari ustidan;
b) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzishda foydalanilgani maʼlum boʻlgan yoki gumon qilinayotgan har qanday transport vositalari ustidan;
z) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasining maʼlumotlariga koʻra uning hududiga yoki undan gʻayriqonuniy tovar aylanishini jiddiy kengaytirayotgan yoki bunda gumon qilinayotgan tovarlarning olib ketilishi ustidan nazorat olib boradi.
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
9-modda
9-modda
1. Agar bu ularning ichki huquq tizimlariga muvofiq asosiy prinsiplariga zid boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlar narkotik vositalar va psixotrop moddalarning gʻayriqonuniy aylanishida ishtirokchi boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar qoʻllash maqsadida oʻzaro kelishilgan bitimlar va shartnomalar asosida oʻz imkoniyatlari doirasida nazorat qilinadigan yetkazib berishlardan xalqaro darajada tegishlicha foydalanishga yoʻl qoʻyish uchun zarur choralarni koʻradilar.
2. Nazorat qilinadigan yetkazib berishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror har bir konkret holatda qabul qilinadi. Ular zarur boʻlganda va bu Ahdlashuvchi Tomonlarning milliy qonunchiligiga zid boʻlmasa moliyaviy masalalarni va erishilgan kelishuvlarni eʼtiborga olishlari mumkin.
3. Nazorat qilinadigan yetkazib berish sifatida olib oʻtishga kelishilgan gʻayriqonuniy partiyalar vakolatli idoralarning oʻzaro kelishuviga muvofiq ushlab qolinishi va narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni chiqarib tashlamasdan yoki ularni toʻla va qisman chiqarish bilan yana harakat qilishiga yoʻl berilishi mumkin.
Surishtiruv
10-modda
10-modda
1. Murojaat qilinganda soʻralgan bojxona idorasi soʻrovchi Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligiga zid ekanligi maʼlum boʻlgan yoki gumon qilinayotgan kelishuvlar boʻyicha rasmiy soʻrovlar yuboradi. Bunday soʻrovlar natijasi soʻrovchi bojxona idorasiga yuboriladi.
2. Bunday soʻrovlar soʻralgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq oʻtkaziladi. Soʻralgan bojxona idorasi oʻz manfaati uchun qilgani kabi harakat qiladi.
3. Soʻralgan bir Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasi soʻrovchi Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasiga bunday surishtiruvda qatnashish uchun ruxsat berish mumkin.
Ekspertlar va guvohlar
11-modda
11-modda
Agar bir Ahdlashuvchi Tomonning sudlari yoki hokimiyat idoralari oʻzlari koʻrayotgan bojxona qonunchiligining buzilishi munosabati bilan soʻrov qilsalar, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona idorasi oʻzining mansabdor shaxslariga bu sudlarda va boshqa hokimiyat idoralari oldida guvoh yoki ekspert sifatida qatnashish huquqini berishi mumkin.
Bunday rasmiy shaxslar oʻzlari surishtiruv vaqtida aniqlagan faktlar boʻyicha va oʻz vakolatlari doirasida koʻrsatma beradilar.
Ekspert va guvoh sifatida kelish toʻgʻrisidagi soʻrovda masalaning mohiyati va chaqirilayotgan mansabdor shaxslarning vakolatliligi aniq belgilanadi.
Bojxona mansabdor shaxslarini ekspert va guvoh sifatida kelishiga taklifnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning amaldagi qonunchiligiga muvofiq tuziladi.
Axborot va hujjatlardan foydalanish
12-modda
12-modda
1. Ushbu Bitim doirasida olingan axborot, hujjatlar va boshqa xabarlardan ularni bergan bojxona idorasining yozma roziligisiz ushbu Bitimda belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi. Ushbu qoidalar narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan bogʻliq buzishlarga taalluqli axborot, hujjat va boshqa xabarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2. Ushbu Bitimga muvofiq berilgan har qanday shakldagi har bir axborot maxfiy xaraktyerga ega. Unga nisbatan majburiy tartibda rasmiy maxfiylik rejimi qoʻllanadi va ularni olayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq shu turdagi axborot va hujjatlarga nisbatan qoʻllaniladigan himoya tatbiq qilinadi.
3. Biroq ushbu Ahdlashuvchi Tomon bojxona idorasi ushbu Bitimning maqsadlari va qoʻllanish doirasiga muvofiq oʻzining yozma koʻrsatmalarida, hisobotlarida, guvohliklarida, shuningdek sud jarayoni vaqtida ushbu Bitimga muvofiq olingan axborot va hujjatlardan dalil sifatida foydalanishi mumkin.
Bunday axborot va hujjatlardan sudda dalil sifatida foydalanish va ularning ahamiyati milliy qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Berish/bildirish
13-modda
13-modda
Talabnomaga binoan soʻralgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq soʻralgan bojxona idorasi talabnoma bergan bojxona idorasidan kelgan ushbu Bitim qoʻllanish doirasiga kiradigan barcha hujjat va qarorlar toʻgʻrisida uning hududida doimiy yashovchi yoki unda boʻlib turgan tegishli jismoniy va huquqiy shaxslarga beradi/bildiradi.
Yordam koʻrsatish boʻyicha soʻrovning shakli va mazmuni
14-modda
14-modda
1. Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan soʻrov darhol yozma shaklda bajariladi. Bu soʻrovni bajarish uchun zarur hujjatlar unga ilova qilinadi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda ogʻzaki soʻrov olinishi mumkin, lekin u darhol yozma ravishda tasdiqlanishi kerak.
2. Ushbu modda 1-bandida koʻzda tutilgan soʻrov oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
a) soʻrov bergan bojxona idorasi;
b) soʻralayotgan choralar;
v) soʻrovning predmeti va sababi;
g) meʼyorlar, qonunlar, qoidalar va boshqa zarur huquqiy elementlar;
d) surishtiruvning obyekti boʻlgan jismoniy va huquqiy shaxslar toʻgʻrisida eng toʻliq va aniq axborot;
e) 12-moddada koʻzda tutilgan hollardan tashqari tegishli faktlarning taʼrifi.
3. Soʻrov, soʻralgan Ahdlashuvchi Tomon davlat tilida, ingliz tilida yoki soʻralgan bojxona idorasiga maʼqul boʻlgan har qanday boshqa tilda beriladi.
4. Agar soʻrov rasmiy talablarga javob bermasa, uning tuzatilishi yoki toʻliq bajarilishi talab qilinishi mumkin, bunda u vaqtgacha tadbirlarning bajarilishi amalga oshirilmaydi.
Yordam koʻrsatish boʻyicha majburiyatlardan istisnolar
15-modda
15-modda
1. Agar soʻrovning bajarilishi soʻralgan Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi va boshqa muhim manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud sanoat yoki tijorat yoki kasb sirining ochilishiga olib kelsa, bunday yordam koʻrsatilmasligi mumkin, qisman koʻrsatilishi yoki u maʼlum shartlar va talablarga amal qilingan holda koʻrsatilishi mumkin.
2. Agar yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov bajarilishi mumkin boʻlmasa, soʻrovchi bojxona idorasiga rad qilishning sabablari toʻgʻrisida darhol bildiriladi.
Xarajatlar
16-modda
16-modda
Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona idoralari ushbu Bitim qoidalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha talablardan voz kechadilar, ekspertlar, guvohlar, yozma va ogʻzaki tarjimonlar bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno.
Oʻzaro yordam
17-modda
17-modda
1. Ushbu Bitimda Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona idoralari oʻrtasida bevosita yordam bilan almashuv koʻzda tutiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona idoralari oʻzlarining surishtiruv (tergov) bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalari oʻrtasida bevosita hamkorlikni tashkil qilishlari mumkin.
Kuchga kirishi va amalining toʻxtatilishi
18-modda
18-modda
1. Ushbu Bitim muddatsizdir.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga diplomatik yoʻllar orqali Bitimning kuchga kirishi uchun zarur milliy huquqiy talablarning bajarilgani toʻgʻrisida bildiradi. Ushbu Bitim oxirgi bildirishnoma olingan kundan 60 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu Bitimning amali diplomatik yoʻllar orqali yozma bildirishnoma yuborish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon shunday bildirishnomani olgan vaqtdan 6 oy oʻtgandan soʻng u oʻz kuchini yoʻqotadi.
Toshkent shahrida 1996-yil 23-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, latish va ingliz tillarida tuzildi, bunda hamma matnlar teng autentikdir. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchilik yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)