11.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Baxreyn Davlati Hukumati oʻrtasida tuzilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo qatnovlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Baxreyn Davlati Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar, 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Konvensiyasining qatnashchilari boʻlgani holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida muntazam havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida Bitim tuzish istagida va xalqaro havo transportida xavfsizlikni yanada yuqori darajaga koʻtarish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning qoʻllanilishi va izohlari maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va oʻsha Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan har qanday Ilovani, har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchga egaligi va eʼtirof etilganligiga qarab, 90 va 94-moddalarga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasining Hukumatiga nisbatan — Fuqaro Aviatsiyasining Bosh Direktorini, Baxreyn Davlati Hukumatiga nisbatan — Transport vazirini yoki u tayinlagan masʼul shaxs, Fuqaro Aviatsiyasining ishlarini olib boruvchi vazir muovining yordamchisini, yoki har ikkala holda yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan ishlarni amalga oshirish vakolati berilgan boshqa bir shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning 4-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakolat berilgan aviatsiya korxonasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “tariflar” atamasi agentlik shartlarni va boshqa qoʻshimcha qiymatlarni oʻz ichiga olgani holda yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki va yuk tashish uchun sarflangan qiymatni hamda bu qiymatlar qoʻllaniladigan qoidalarni anglatadi, biroq pochta tashish qiymati va shartlari bunga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “hudud” atamasi davlatga nisbatan Konvensiyaning 2-moddasida koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Chikago Konvensiyasining 96-moddasida koʻrsatib oʻtilgan tegishli maʼnolarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Bitim” atamasi ushbu Bitimni, uning Ilovalarini va unga kiritilgan tuzatishlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning moddalariga berilgan nomlar ushbu modda qoidalarining maʼnosini hech bir holda chegaralamaydi yoki kengaytirmaydi ham.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Chikago konvensiyasining qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning qoidalari Chikago Konvensiyasining xalqaro havo qatnovlariga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Huquqlarning berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yoʻnalishlar jadvalida belgilangan qatnovlar boʻyicha xalqaro havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatilgan huquqlarni beradi. Mazkur qatnovlar va yoʻnalishlar bundan buyon tegishli ravishda “kelishilgan yoʻllar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga belgilangan yoʻnalishlarda kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanish uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuqorida aytib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda qoʻnish; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) xalqaro havo yoʻllarida tashilayotgan yoʻlovchilarni, yuk va pochtani olish yoki tushirish maqsadida yuqorida aytib oʻtilgan hududda ushbu Bitim Ilovasida koʻrsatilgan manzillarda qoʻnish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi bir manzilga tashish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish huquqini beradi deb qaralmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Aviakorxonalarni tayinlash va parvozlar uchun vakolat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yoʻnalishlardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma tarzda xabardor qilgan holda bir yoki bir nechta aviakorxonani tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday tayinlash toʻgʻrisidagi xabarnomani olganidan soʻng, Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 3-bandi va 5-moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonaga parvozlarni amalga oshirish uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonadan u xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Konvensiyaning qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonun va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustunlik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida qayd etilgan ruxsatnomalarni berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 3-moddasida belgilangan huquqlardan foydalanish chogʻida bajarilishi zarur deb topilgan shartlarni bajarilishini talab qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shu tarzda tayinlangan va vakolat olgan aviakorxona istagan vaqtda kelishilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashi mumkin, basharti, ushbu Bitim 9 va 15-moddalarining shartlariga binoan qabul qilingan parvoz jadvallari va belgilangan tariflar shu qatnovlarga nisbatan kuchga kirgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Parvozlarga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan parvozlarga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki ushbu Bitim 3-moddasining 2-bandida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib quyish yoki bunday huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb bilgan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligiga komil ishonchda boʻlmagan har qanday holda; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar bu aviakorxona oʻsha huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga kerakli darajada rioya qilmasa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar aviakorxona ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan shartlarni qandaydir sabablarga koʻra bajara olmayotgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar huquqlarni darhol bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlarining bajarilishini talab qilish qonun va/yoki qoidalarni bundan buyon buzilishga zaruriy ogohlantirish deb topilmasa bunday huquqlardan Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻnggina foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning shartlariga binoan harakat qilayotgan taqdirda, ushbu Bitimning 17-moddasiga asosan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning huquqlariga ziyon yetkazmaslikni inobatga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Foydalanish uchun belgilangan qiymatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga tayyoragohlar va aviatsiya vositalaridan foydalanish uchun odil va maʼqul miqdorda soliq solishi yoki solishga ruxsat berishi mumkin, basharti, bu soliqlar shunday xalqaro havo qatnovlarida mashgʻul boʻlgan boshqa milliy aviakorxonalarga solinadigan yigʻimlardan yuqori boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon xarajatlar sohasida vakolatga ega boʻlgan oʻzlarining maʼmurlari va aviatsiya vositalaridan va havo yoʻllaridan foydalanuvchi tayinlangan aviakorxonalar, kezi kelganda esa, aviakorxonalar vakillik tashkilotlari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Yigʻimlarga moʻljallangan oʻzgartirishni kiritishdan avval bu oʻzgartirishlar amalda qoʻllanilishidan oldin oʻz fikrlarini izhor etish huquqi bilan xizmatlardan foydalanuvchilarga oqilona xabarnoma taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan havo kemasi yoqilgʻi, moylash vositalari hamda texnik anjomlarining zaxiralari, ehtiyot qismlar, tabel asbob-uskunalari va tayyora zaxiralari (oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari) bojxona bojlaridan, solinadigan soliqlardan, nozirlik yigʻimlardan va boshqa soliqlardan shu havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirayotgan yoki u yerdan joʻnab ketayotgan vaqtida oʻzaro tenglik munosabatlariga asoslangan holda ozod qilinadi, basharti, bu ashyolar va zaxiralar qaytarib olib ketilgunga qadar yoki oʻsha hududning ustidan parvoz qilish vaqtida shu havo kemasi tomonidan ishlatib yoki isteʼmol qilingunga qadar havo kemasida saqlanib turgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shuningdek, chop etilgan chipta zaxiralari, kema hujjatlari, reklama materiallari, aviakorxonaning hujjatlari va yoʻlovchilarning yuklariga biriktiriladigan yorliqlar va shu aviakorxonaning nomi yoki nishonasiga ega boʻlib chop etilgan har qanday material ham barcha import cheklanishlaridan va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tabel asbob-uskunalari, shuningdek, har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasida saqlanadigan ashyolar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻsha hudud bojxona maʼmuriyatining ruxsati bilan tushirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqorida zikr etilgan bojlardan, soliq va yigʻimlardan ozod qilish quyidagi buyumlarga nisbatan ham qoʻllaniladi, biroq koʻrsatilgan xizmat uchun olinadigan yigʻimlar bunga kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli maʼmurlari tomonidan cheklangan miqdorda havo kemasining sahniga olingan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro havo yoʻllarida qatnovlarni amalga oshirish chogʻida havo kemasining sahnida ishlatish uchun moʻljallangan tayyora zaxiralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining xalqaro havo yoʻllarida mashgʻul boʻlgan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash uchun olib kirilgan tayyora ehtiyot qismlari va tabel jihozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan havo kemasi tomonidan olingan yoqilgʻi va moylash ashyolari, garchand bu zaxiralar havo kema sahniga biron-bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida olingan boʻlib, shu hududning ustidan amalga oshirilayotgan parvozning bir qismida ishlatilishi uchun moʻljallangan boʻlsa ham.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida qayd etilgan buyumlar orqaga qaytarib olingunga yoki bojxona qoidalariga binoan boshqa qarorini topgunga qadar bojxona maʼmuriyatining nazorati yoki kuzatuvi ostida joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddaning qoidalari har ikki Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida tayinlangan aviakorxona havo tashuvlarini amalga oshirish natijasida olgan daromadlariga ikki hissa soliq solishni bekor qilish toʻgʻrisida maxsus bitim qabul qilingunga qadar kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Kelishilgan yoʻllardan foydalanish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo yoʻllaridan foydalanish uchun maqbul va teng imkoniyatlar yaratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviokorxonasi kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida oʻzidan keyin shu yoʻnalishdan toʻla yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasining manfaatiga asossiz ziyon yetkazmaslikni nazarda tutgan holda ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalariga nisbatan hajmga, qatnovlarning takroriyligiga va ushbu Bitimning Ilovalarida belgilangan biron-bir yoʻnalishda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirayotgan havo kemasining turiga taalluqli boʻlgan hech qanday bir tomonlama cheklashlarni kiritolmaydi. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi taklif qilayotgan va yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan qatnovlarni oʻzi tayinlagan aviakorxonaning kelishilgan havo qatnovlariga noodil ziyon yetkazadi deb topsa, bu holda birinchi Tomon ushbu Bitimning 16-moddasiga binoan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari hududga kirish, unda yashashi va u yerda ishga olishni tartibga soluvchi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga muvofiq oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida kelishilgan yoʻllardan foydalanishni taʼminlab turish uchun zarur boʻlgan oʻzlarining boshqaruv, texnik, boshqa xodimlardan tashkil topgan vakolatxonasini ushlab turish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida havo tashuv xizmatlarini bevosita yoki agentlar orqali sotish huquqiga egadir. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari bunday tashuvlarni sotishni, va istagan shaxs bunday xizmatlarni milliy valyutada yoki boshqa erkin almashadigan valyutada sotib olishni Ahdlashuvchi Tomonlarning valyuta ayirboshlovini tartibga soluvchi milliy qonun va qoidalariga muvofiq erkin amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Jadvallarni tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Adlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi biron-bir kelishilgan yoʻldan foydalanishni boshlashidan 30 (oʻttiz) kun avval oʻzlari taklif qilyotgan uchish jadvallarini boshqa Ahdlashuvchi tomonning aviatsiya maʼmurlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Bunday jadvallar oʻz ichiga xizmat va foydalanadigan havo kemasining turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, uchish jadvalini va boshqa zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Bu qoida keyinchalik boʻladigan oʻzgartirishlarga ham taalluqlidir. Mahsus hollarda esa, bu muddat aviatsiya maʼmurlarining ruxsati bilan qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini, ularning iltimoslariga binoan shartlashilgan yoʻllarda tashuvlar hajmini aniqlash maqsadida oqilona miqdorda soʻraladigan davriy va statistik maʼlumotlar bilan taʼminlab turishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaning xalqaro navigatsiyada mashgʻul boʻlgan havo kemasiga nisbatan shu havosi kema boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirish, uning ustidan uchib oʻtish, u yerda toʻxtab turish va u yerdan joʻnab ketish chogʻida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga havo kemasida yoʻlovchilar, ekipaj, yuk hamda pochtaning kelishi yoki undan joʻnab ketishini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga, xususan, kirish, emigratsiya, immigratsiya, bojxona va sanitariyaga taalluqli boʻlgan qoidalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasi uqtirib oʻtilgan hududga kirib kelganida, unda boʻlib turganida va undan joʻnab ketayotganida amal qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon bojxona, immigratsiya, karantin va boshqa masalalarga doir qoidalarni qoʻllashda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan shu xalqaro yoʻllarda qatnovlarni amalga oshirayotgan oʻzining aviakorxonasini yoki biron-bir boshqa aviakorxonani ustun qoʻymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan bevosita tranzit orqali oʻtadigan va bu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joydan chetga chiqmaydigan yoʻlovchilar soddalashtirilgan nazoratdan oʻtadilar. Tranzit yoʻlovchilarning yuki va yuklar bojxona soliqlari va boshqa shu singari chiqimlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Daromadlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga birinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida yoʻlovchilar, pochta va yuklarni tashish orqali ishlab topilgan mablagʻlarining xarajatlaridan ortgan foyda qismini birinchi Ahdlashuvchi Tomonning amaldagi chet el valyutasining almashtirish qoidalariga muvofiq oʻtkazish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Guvohnoma va ruxsatnomalarni eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan, yoki haqiqiy deb topgan, hamda amalda boʻlgan yaroqlik guvohnomalari, vakolatlar va ruxsatnomalarni ushbu Bitimda koʻrsatilgan yoʻnalishlar va kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon ham ana shu hujjatlar amalda boʻlgan vaqtida haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti, bu guvohnoma va ruxsatnomalar berilishiga yoki haqiqiy deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan talablar Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kam darajaga teng yoki undan yuqori boʻlsa ham har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz fuqarolariga oʻzining hududidan parvozlar vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan vakolatlar va ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi guvohnomalarni eʼtirof qilishni rad etish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya vositalari, aviaekipaj, havo kemasi va tayinlangan aviakorxonaning foydalanishiga oid boshqa Ahdlashuvchi Tomon belgilagan xavfsizlik talablari borasida maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Agarda bunday maslahatlashuvlardan soʻng bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon shu sohadagi xavfsizlik qoida va talablarga kerakli darajada rioya etmayotganligi, Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kam darajalarga javob beraolmayotganligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon shu toʻgʻrida hamda shu eng kam darajaga muvofiqlashtirish zarurligi toʻgʻrisida xabardor boʻladi. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bu holni oʻzgartirish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaga yoki aviakorxonalarga foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalarni va texnik guvohnomalarni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish va ularni cheklash huquqlarini saqlab qoladi, basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon maʼlum vaqt ichida zarur chora-tadbirlarni koʻrmasalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro qonundan kelib chiqadigan oʻzlarining huquqlari va majburiyatlariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismini tashkil qilishini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonundan kelib chiqadigan oʻz huquqlarining va majburiyatlarining qoʻllanishini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa baʼzi bir harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda tutqun qilib olishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan gʻayriqonuniy harakatlar haqidagi Konvensiyaga muvofiq harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimoslariga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning bu havo kemasi, undan yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maʼqul keladigan darajada Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Konvensiyaga kiritilgan Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq ish koʻradilar; ular roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarining foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemasidan foydalanuvchilarga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida ushbu moddaning 3-bandida uqtirilgan aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalarga amal qilishi maqsadida zarur talablarni qoʻyishi mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklarni va tayyora zaxiralarini havo kemasi sahniga olish yoki ortish vaqtidan oldin yoki vaqtida tekshirish uchun samarali chora-tadbirlarni koʻradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlgan holda, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa, yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa, yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillashtirish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalari bilan kelisha olmasa, har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan tezda maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Tariflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan olinadigan tariflar ularni amalda joriy qilish taxmin qilingan kunga kamida 30 (oʻttiz) kun qolganda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim. Ayrim hollarda bu muddat nomlari zikr etilgan maʼmurlar tomonidan qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan tariflarni har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari bozor shart-sharoitlarini nazarga olgan holda, quyidagi talablarga javob bera olish maqsadida belgilaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuqori yoki kamsitadigan tariflarni belgilashning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ustunlik vaziyatidan foydalanib tariflarni asossiz tushirish yoki oʻrinsiz oshirishdan xaridorlarni himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) hukumatning bevosita yoki bilvosita bergan subsidiyalari yoki yordami natijasida tariflarni sunʼiy ravishda tushirishdan aviakorxonalarni himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agarda bironta tarifni qoʻllash borasida bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari norozi boʻlsalar, ular boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga norozilik sabablarini koʻrsatgan holda xabar beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 1-bandiga binoan taqdim qilingan biron-bir tariflar borasida kelisha olmagan taqdirlarida bu haqdagi muzokaralar ushbu Bitim 17-moddasining qoidalariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning qoidalariga binoan belgilangan tariflar yangi tarif belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Maslahatlashuv va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tumanlar yoki ularning aviatsiya maʼmurlari yaqindan hamkorlik qilish ruhida ushbu Bitim va uning Ilovalari qoidalarining toʻgʻri bajarilishini va qoniqarli darajada amalga oshirilishini taʼminlash nuqtai nazaridan vaqti-vaqti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning yoki Ilovalarining ayrim qoidalarini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb hisoblasa, u boshqa Ahdlashuvchi Tomonga maslahatlashuv oʻtkazish toʻgʻrisida talabni qoʻyishi mumkin. Bunday maslahatlashuv talab tushgan kundan boshlab 60 (oltmish) kun ichida boshlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ilova qilingan jadvallarga kiritiladigandan tashqari ushbu Bitimning qoidalariga kiritilishi lozim deb topilgan barcha oʻzgartirishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning ichki qonunchilik tartibotlariga muvofiq tasdiqlanadi va shu tarzda kelishib olingan oʻzgartirishlar tasdiqlangani toʻgʻrisida diplomatik notalar bilan almashilgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitimning faqatgina Ilovasiga tegishli oʻzgartirishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Bahslashuvlarni hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimni va uning Ilovalarini talqin qilish va qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida kelib chiqqan har qanday nizo birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar orqali hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar orqali murosaga kela olmasalar ular bu bahsni hal etishni bir shaxsga yoki tashkilotga, agar bular ham biror murosaga kela olmaslar hal qilish uchun uch hakamdan tashkil topgan Arbitraj ixtiyoriga topshirishlari mumkin, bittadan hakamni Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlaydilar va uchinchi hakamni ikki hakam tayinlashi lozim. Bahsni hal qilish uchun hakamlar hayʼatini tayinlash toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yozma talab tushgan kundan boshlab Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri 60 (oltmish) kun ichida bittadan hakamni tayinlashi lozim va uchinchi hakam 60 (oltmish) kunlik davr ichida tayinlanishi lozim. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar belgilangan muddat ichida oʻz hakamini tayinlay olmasalar yoki uchinchi hakam belgilangan muddatda tayinlanmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti Kengashining Prezidentiga Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri tomonidan, zaruriyatga qarab, hakamni yoki hakamlarni tayinlash toʻgʻrisidagi talab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda uchinchi hakam uchinchi davlat fuqarosi boʻlib, u Arbitraj tribunalining Prezidenti sifatida ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq qabul qilingan barcha qarorlarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Bitim amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish istagida ekanligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborishi lozim. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotiga ham yuboriladi. Bu holda ushbu Bitim oʻz amal muddatini bir Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini boshqa Ahdlashuvchi Tomon olgan kundan boshlab 12 (oʻn ikki) oylik muddat oʻtgandan soʻng yakunlaydi, agarda oʻzaro kelishuvga asosan xabarnoma shu muddat tugagunga qadar orqaga qaytarib olinmasa. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng 14 (oʻn toʻrt) kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Koʻp tomonlama shartnomalar bilan muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokida biron-bir koʻp tomonlama shartnoma tuzilmoqchi boʻlsa, ushbu Bitim va uning Ilovasi bunday shartnomaning qoidalariga muvofiq oʻzgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
IKAOda roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim va unga kirgan har qanday oʻzgartirishlar Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti (IKAO)da roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan oʻzlarining tegishli ichki qonunchilik tartibotlarini amalga oshirib boʻlganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani diplomatik notalar almashish yoʻli bilan bir-birlariga taqdim etgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, oʻz Hukumatlarining tegishli vakolatiga ega boʻlganlar mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yilning 11-dekabrida Toshkent shahrida oʻzbek, arab va ingliz tillarida ikki nusxada imzolandi. Hamma matn bir xil kuchga egadir. Talqin qilishda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda ingliz tilidagi matn ustuvor deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻNALIShLAR JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 JADVAL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi foydalanadigan yoʻnalishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Joʻnab ketish manzillari

Belgilangan manzillari

Oraliq manzillari

Tashqaridagi manzillari

1

2

3

4

Oʻzbekiston

Baxreyn

Istalgan manzillari

Istalgan manzillari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 JADVAL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baxreyn Davlatining tayinlangan aviakorxonasi foydalanadigan yoʻnalishlari: