15.04.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni istab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Bitim asosida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish sarmoyalar kirib kelishiga turtki boʻlishi hamda oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning rivojlanishiga koʻmak berishini anglagan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim maqsadlari uchun keyingi oʻrinlarda keltirilgan tushunchalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “investor” — bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs — Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq uning fuqarosi boʻlgan har qanday jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs — Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yoki taʼsis etilgan har qanday yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “investitsiyalar” — bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori tarafidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga mazkur davlat qonunchiligiga muvofiq kiritilgan mulkiy qimmatliklarning barcha turlari, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchar va koʻchmas mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar, ulushlar va tijorat tashkilotlari kapitalida ishtirok etishning boshqa shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy qimmatliklar yaratish uchun sarflangan pul mablagʻlari boʻyicha yoki iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan va investitsiyalar bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha talab qilish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlariga (mualliflik huquqlari, patentlar, sanoat namunalari, modellar, tovar belgilari yoki xizmat koʻrsatish belgilari, texnologiyalar, tijorat qiymatiga ega boʻlgan maʼlumotlar va nou-xau) nisbatan mutlaq huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligi asosida yoki har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq tuzilgan shartnomalar asosida beriladigan huquq, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq huquqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar shaklining har qanday oʻzgarishi, basharti bunday oʻzgarish oʻz hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligiga zid boʻlmasa, ularni investitsiyalar sifatida kvalifikatsiya qilishga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “daromadlar” — Ahdlashuvchi Tomonlar davlati hududida investitsiyalardan olingan har qanday mablagʻlar, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya, vositachilik va boshqa mukofotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Ahdlashuvchi Tomon davlati hududi” — tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki Rossiya Federatsiyasi hududi, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qoʻllanilganda, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1982-yil 10-dekabrdagi Dengiz huquqi boʻyicha Konvensiyasiga muvofiq belgilanadigan alohida iqtisodiy zona va kontinental shelf;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligi” — tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari yoki Rossiya Federatsiyasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga oʻz davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intiladi hamda oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq bunday investitsiyalarning olib kirilishiga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlariga tegishli investitsiyalarning toʻliq himoyasini oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Investitsiyalar rejimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalariga nisbatan ularni boshqarish va tasarruf etish uchun adolatli va teng huquqli rejimni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan rejim oʻz davlati investorlarining yoki har qanday uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga taqdim qilingan, investorning fikriga koʻra, eng qulay deb hisoblangan rejimdan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon xorijiy investorlar va ularning investitsiyalariga, shu jumladan reinvestitsiya qilingan investitsiyalarga nisbatan milliy rejimdan istisnolar qilishni qoʻllash va joriy etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning 2-bandiga muvofiq taqdim etiladigan rejim quyidagi hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar taqdim etayotgan yoki kelajakda taqdim etadigan afzalliklarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin savdo zonasida, bojxona ittifoqida yoki har qanday shunga oʻxshash iqtisodiy integratsion tuzilmalarda ishtirok etish munosabati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkiyoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar yoki soliqqa tortish masalalari boʻyicha boshqa kelishuvlar asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Bitimning 4, 5 va 8-moddalari qoidalariga daxl qilmagan holda, Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalariga va ularning ushbu investitsiyalar bilan bogʻliq faoliyatiga 1994-yil 15-apreldagi Jahon savdo tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisida Marrakesh Bitimining 1V-ilovasiga muvofiq beradigan rejimga nisbatan qulayroq rejim taqdim etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Ekspropriatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻz oqibatlari boʻyicha ekspropriatsiya yoki natsionalizatsiyaga teng boʻlgan, bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalariga nisbatan majburiy olib qoʻyish choralarini (keyingi oʻrinlarda — ekspropriatsiya) qoʻllash mumkin emas, bunday choralarni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib, mazkur boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligida belgilangan tartibga rioya etgan holda, kamsitish xususiyatidan holi ravishda, tez, yetkazilgan zararga monand va samarali tovon toʻlashni nazarda tutgan holda amalga oshirish holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovon investitsiyalarning haqiqatdan ekspropriatsiya qilingani yoki kelgusida ekspropriatsiya qilinishi haqida rasman maʼlum boʻlgan sanada hisoblangan mazkur investitsiyalarning bozor qiymatiga mos boʻlishi lozim. Tovon kechiktirmasdan erkin muomaladagi valyutada toʻlanadi va mazkur Bitimning 6-moddasiga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga oʻtkaziladi. Tovon summasiga bozor asosida belgilanadigan tijorat stavkasida, ammo olti oylik dollar kreditlari boʻyicha London banklararo taklif stavkasidan (LIBOR) kam boʻlmagan stavkada, ekspropriatsiya qilingan sanadan boshlab toʻlangan sanaga qadar foizlar hisoblanib, qoʻshilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi urush, fuqarolik tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash boshqa holatlar oqibatida investitsiyalariga zarar yetkazilgan investorlariga restitutsiya, zararni qoplash, tovon toʻlash yoki tartibga solishning boshqa turlariga nisbatan, mazkur boshqa Ahdlashuvchi Tomonning uchinchi davlat investorlariga yoki oʻz davlati investorlariga bunday zarar munosabati bilan choralar koʻrishda qoʻllaydigan rejimlar ichidagi eng qulay boʻlgan rejim taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Toʻlovlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligida belgilangan barcha soliq va shunga oʻxshash majburiyatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari tarafidan bajarilgandan soʻng, oʻz davlati hududidan investitsiyalar bilan bogʻliq toʻlovlarning, xususan quyidagilarning hech qanday cheklovlarsiz oʻtkazilishini kafolatlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshlangʻich kapital yoki investitsiyalarni taʼminlab turish yoxud kengaytirish uchun foydalaniladigan har qanday qoʻshimcha mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur Bitimning 4 va 5-moddalarida nazarda tutilgan tovon toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) investitsiyalarning qisman yoki toʻla tugatilishdan yoxud sotilishidan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan investitsiyalar sifatida tan olingan kreditlar va qarzlarni qaytarish hisobiga toʻlanadigan mablagʻlar, shuningdek hisoblangan foizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalarni amalga oshirish munosabati bilan mehnat qilishga ruxsat etilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari va jismoniy shaxslari oladigan ish haqi va boshqa mukofotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mazkur Bitimning 8-moddasiga muvofiq nizolarni hal etish oqibatida vujudga keladigan toʻlovlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toʻlovlarni oʻtkazish kechiktirilmasdan, oʻz hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining valyutaga oid qonunchiligiga muvofiq, erkin muomaladagi valyutada oʻtkazma sanasida qoʻllaniladigan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Subrogatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomon yoki u vakolat bergan organ investorga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida investitsiyalar bilan bogʻliq notijorat xavflardan himoya qilish kafolati asosida toʻlovni amalga oshirgandan soʻng, investorga tegishli huquqlarni mazkur investor bilan bir xil hajmda, subrogatsiya tartibida amalga oshirishi mumkin. Bunday huquqlar mazkur boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Ahdlashuvchi Tomon bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori oʻrtasida ushbu investorning birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi investitsiyalari yuzasidan vujudga keladigan nizolar, shu jumladan mazkur Bitimning 4 va 5-moddalariga muvofiq tovon miqdori, tovon toʻlash shartlari yoki tartibiga yoxud mazkur Bitimning 6-moddasida nazarda tutilgan toʻlovlarni oʻtkazish tartibiga oid nizolar imkon qadar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti nizo tomonlaridan istalgan birining nizoni muzokaralar yoʻli bilan hal etish toʻgʻrisidagi iltimosi sanasidan boshlab olti oy davomida muzokaralar yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmasa, nizo investorning tanlovi boʻyicha oʻz hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining vakolatli sudi yoki arbitrajiga yoxud Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasining Arbitraj reglamentiga (YuNSITRAL) muvofiq “ad hoc” arbitraj sudiga yoki 1965-yil 18-martda Vashington shahrida imzolangan Davlatlar bilan boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari oʻrtasidagi investitsiyaga doir nizolarni hal qilish boʻyicha Konvensiyaga muvofiq taʼsis etilgan Investitsiyaga oid nizolarni hal qilish boʻyicha xalqaro markazga nizoni ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq (Konvensiya ikkala Ahdlashuvchi Tomon davlatlari uchun kuchga kirgan boʻlsa) yoki Investitsiyaga oid nizolarni hal qilish boʻyicha xalqaro markazning Qoʻshimcha qoidalariga muvofiq (agar Konvensiya Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining biri yoki har ikkalasi uchun kuchga kirmagan boʻlsa) koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Arbitraj qarori yakuniy va nizodagi har ikkala tomon uchun ham majburiy hisoblanadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq bunday qarorning bajarilishini taʼminlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashga doir nizolar ular oʻrtasida muzokaralar orqali hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti muzokaralar boshlangandan eʼtiboran olti oy davomida nizo bunday yoʻl bilan hal etilmasa, u holda nizo har qanday Ahdlashuvchi Tomonning talabi boʻyicha “ad hoc” hakamlik sudiga koʻrib chiqish uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hakamlik sudi har bir alohida holat uchun tuziladi, buning uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon hakamlik sudida ish koʻrish toʻgʻrisida xabarnoma olingan sanadan boshlab ikki oy davomida bittadan hakamlik sudi aʼzosini tayinlaydi. Soʻngra sudning ushbu ikki aʼzosi uchinchi davlat fuqarosini tanlaydi va u boshqa ikki aʼzolarning oxirgisi tayinlangan sanadan boshlab bir oy ichida har ikki Ahdlashuvchi Tomonning maʼqullashi bilan hakamlik sudining raisi etib tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan muddatda zaruriy tayinlashlar amalga oshirilmagan boʻlsa, boshqa kelishuvlar mavjud boʻlmagan hollarda, har bir Ahdlashuvchi Tomon Xalqaro sud raisiga bunday tayinlashlarni amalga oshirish boʻyicha iltimos bilan murojaat qilishi mumkin. Agar Xalqaro sud raisi Ahdlashuvchi Tomonlardan biri davlatining fuqarosi boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra ushbu iltimosni bajara olmasa, Xalqaro sud raisining oʻrinbosariga zaruriy tayinlashlarni amalga oshirish taklif etiladi. Agar Xalqaro sud raisining oʻrinbosari ham Ahdlashuvchi Tomonlardan biri davlatining fuqarosi boʻlsa yoki boshqa sabablar boʻyicha ushbu iltimosni bajara olmasa, Xalqaro sudning martabasi boʻyicha undan keyin turuvchi, biror Ahdlashuvchi Tomon davlatining fuqarosi boʻlmagan aʼzosiga zaruriy tayinlashlarni amalga oshirish taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hakamlik sudining qarori koʻpchilik ovoz bilan chiqariladi. Bunday qaror Ahdlashuvchi Tomonlar uchun yakuniy va majburiy hisoblanadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi tayinlagan sud aʼzosining faoliyati hamda hakamlik sudidagi oʻz vakilligi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi. Ahdlashuvchi Tomonlar hakamlik sudi raisining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek boshqa xarajatlarni teng ulushlarda qoplaydilar. Ammo hakamlik sudi oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri xarajatlarning koʻproq qismini qoplashini nazarda tutishi mumkin va bunday qaror har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy hisoblanadi. Hakamlik sudi oʻz ish tartibini mustaqil belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ulardan birining iltimosiga koʻra, mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashga doir masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Bitimning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari tarafidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida 1992-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshirilgan barcha investitsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi, ammo mazkur Bitim kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan faktlar va harakatlar boʻyicha nizolarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Bitimning kuchga kirishi va amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur Bitim ikki xabarnomaning oxirgisi olingan sanadan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim oʻn besh yil davomida oʻz kuchida boʻladi. Ushbu muddat tugagandan soʻng, basharti hech bir Ahdlashuvchi Tomon tegishli muddat tugashidan kamida oʻn ikki oy oldin oʻzining mazkur Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilishi navbatdagi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartishlar kiritilishi mumkin. Har qanday oʻzgartishlar har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni bunday oʻzgartishlarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Bitimning amal qilish muddati tugatilgan sanaga qadar amalga oshirilgan va uning taʼsir doirasida boʻlgan investitsiyalarga nisbatan mazkur Bitimning barcha boshqa moddalari qoidalari uning amal qilish muddati tugatilgan sanadan boshlab keyingi oʻn besh yil mobaynida oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moskva shahrida 2013-yil 15-aprelda har biri oʻzbek va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelganda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)