04.07.1994 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida tuzilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transporti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati, quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Konvensiyasining tomonlari boʻlgani holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki mamlakat hamda ikki xalq oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro bir-birini tushunish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va himoya qilish borasida havo transportini muhim vosita sifatida tan olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasida havo transportini rivojlantirishga koʻmak berish va bu sohada yanada toʻlaroq xalqaro hamkorlikka erishish maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida Bitim tuzish istagida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning qoʻllanilishi va izohlari maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va oʻsha Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan har qanday Ilovani, har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchga egaligi va eʼtirof etilganligiga qarab 90 va 94-moddalarga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Fuqaro Aviatsiyasi Bosh direktorini, Isroil Davlatiga nisbatan Transport vazirini yoki har ikkala tomonga nisbatan yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan vazifani amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning III-moddasida va ushbu Bitim Ilovasida koʻrsatib oʻtilganidek, kelishilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan va vakolat berilgan aviakorxonasini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “hudud”, “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona”, “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Chikago Konvensiyasining 2 va 96-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Bitim” atamasi ushbu Bitimni, Bitimning tarkibiy qismi boʻlib hisoblangan uning Ilovalarini va unga kiritilgan tuzatishlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “Ilova” atamasi ushbu Bitimga kiritilgan Ilovani yoki ushbu Bitimning XVII-moddasi 2-bandi qoidalariga muvofiq kiritilgan qoʻshimchani anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “belgilangan yoʻnalishlar” atamasi ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan yoki belgilangan yoʻnalishlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “kelishilgan yoʻllar” atamasi ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchi, yuk va pochta tashishda havo kemalari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro havo qatnovini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “tarif” atamasi yoʻlovchi, agentlik shartlari va qiymatlarini oʻz ichiga olgani holda yoʻlovchi yuki, yuk va pochta tashish uchun sarflangan qiymatni hamda bu qiymatlar qoʻllaniladigan talablarni anglatadi, biroq pochta tashish qiymati va talablari bunga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “hajm” atamasi “kelishilgan yoʻllarga” nisbatan bunday qatnovlarda foydalanilgan, bu havo kemalari tomonidan qatnovlarning takroriyligiga qarab belgilangan vaqt ichida va yoʻnalish yoki uning bir qismida qatnovlarning takroriyligiga muvofiq ravishda koʻp marotalab parvoz qilish natijasida hosil boʻlgan hajmni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Huquqlarning berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonga Ilovada belgilangan xalqaro havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatilgan huquqlarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agarda ushbu Bitimda yoki uning Ilovasida boshqa narsa koʻzda tutilmagan boʻlsa har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi quyida keltirilgan huquqlardan foydalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) koʻrsatib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda qoʻnish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududidan kelayotgan yoki unga ketayotgan yoʻlovchi, yuk va pochtani alohida yoki birgalikda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitim Ilovasida keltirilgan manzillarda tushirish yoki olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimning hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi bir manzilga olib borish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Aviakorxonani tayinlash va unga vakolat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma tarzda xabardor etgan holda bir aviakorxonani tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday tayinlash toʻgʻrisidagi xabarni olganidan soʻng boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxona yoki aviakorxonalarga parvozlarni amalga oshirish uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan u xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Chikago Konvensiyasining qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonunlar va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning II-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanish chogʻida bajarilishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tayinlangan va ruxsatnoma olgan aviakorxona ushbu Bitimning qoʻllanilishi lozim boʻlgan talablarini bajarish sharti bilan shartlashilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin, basharti-ki, ushbu Bitim VI-moddasida koʻrsatib oʻtilgan tarif oʻsha qatnovlarga nisbatan kuchga ega boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Parvozga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki amalda toʻxtatib qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ushbu Bitimning 3-modda 2-bandida keltirilgan huquqlardan foydalanishini bekor qilish yoki amalda toʻxtatib qoʻyish yoki oʻsha huquqlardan foydalanish chogʻida quyida keltirilgan hollarda oʻzi zarur deb bilgan shartlar bajarilishini talab qilish huquqiga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligiga komil ishonchda boʻlmagan har qanday holda; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tayinlangan aviakorxona oʻsha huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonun va qoidalariga rioya etmasa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) agar tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan parvozlarni qaysidir sabablarga koʻra amalga oshirmayotgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar huquqlarni bekor qilish, amalda toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlari bajarilishini talab qilish qonun-qoidalarning bundan buyon yana buzilishiga zaruriy ogohlantirish deb topilmasa, bunday huquqlardan Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻng foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Boj va soliqlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzaro tenglik prinsiplariga asoslangan holda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasini imkon qadar toʻlaqonli ravishda oʻzining davlat qonunlari doirasida zaxiralar, dvigatelni oʻz ichiga olgani holda ehtiyot qismlar, tayyora doimiy ehtiyojlari, tayyora zaxiralari va oziq-ovqat mahsulotlari (tamaki, likyor, ichimliklar va parvoz davomida yoʻlovchilarga sotish uchun moʻljallangan cheklangan miqdordagi mahsulotlar)ga boʻlgan import cheklanishlari, bojxona bojlari, solinadigan soliqlardan, nozirlik yigʻimlaridan va boshqa davlat bojlari va xarajatlardan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalarini kelishilgan yoʻllardan foydalanayotgan vaqtida ozod qiladi, shuningdek, chop etilgan chipta zaxiralari, yuk tashishga oid qogʻozlar, bepul tarqatish uchun moʻljallangan, shu aviakompaniya nishonasiga ega boʻlgan chop etilgan har qanday material ham shunga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddada keltirilgan ozod qilish ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan buyumlarga nisbatan qoʻllaniladi, basharti-ki,:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan yoki nomidan olib kirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining havo kemasida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelgan yoki undan joʻnab ketayotgan paytida havo kemasida saqlanib qolgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida bortga olgan va shartlashilgan yoʻllarda parvoz qilish vaqtida ishlatish uchun moʻljallangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu buyumlar oʻsha ozod qilish toʻgʻrisidagi huquqlarni bergan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida qisman yoki butunlay ishlatilgan taqdirda, biroq ushbu buyumlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzgalar tomonidan ishlatilishi uchun berilmaslik sharti bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi a, b, s-bandlarda koʻrsatilgan ashyolar bojxona maʼmuriyatining nazorati yoki kuzatuvi ostida saqlanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayyoraning tabel mulki, shuningdek har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining havo kemalarida saqlanadigan ashyolari va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻsha hudud bojxona maʼmuriyatining ruxsati bilan tushirilishi mumkin. Bu holda, ular orqaga qaytarib olingunga yoki bojxona qoidalariga binoan boshqa qarorini topgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostida joylashtirilishi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan ozod qilish bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan xuddi shunday huquqlarga ega boʻlgan boshqa aviakorxona bilan ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan ashyolarni qarzga berish yoki almashish yuzasidan muloqotga kirgan holda ham oʻz kuchiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Tariflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yoki hududiga tashish uchun olinadigan tariflar barcha tegishli omillarga muvofiq parvozni amalga oshirish qiymatini oʻz ichiga olgan holda, foydaning oqilona miqdoriga va boshqa aviakorxonalar oʻrnatgan tarif mezonlariga asoslangan holda oqilona meʼyorda belgilanishi lozim. Ahdlashuvchi Tomonlar talonchilarcha yoki diskriminatsion darajada baland ustun vaziyatga ega boʻlgan yoki bavosita yoxud bevosita davlat subsidiyasi yoki qoʻllovi oqibatida sunʼiy darajada pastlatilgan tariflarni nomaqbul tariflar deb hisoblaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan tariflar boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida yoʻnalishdan toʻla yoki qisman foydalanuvchi boshqa aviakorxonalar bilan maslahatlashuvlardan soʻng kelishuvga kelinishi lozim va bunday kelishuv imkoniyat darajasida Xalqaro Havo Transporti Birlashmasi jarayonlarini tatbiq qilgan holda yoki qiymatlarni ishlab chiqaruvchi tegishli xalqaro mexanizmni qoʻllash orqali amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday qilib kelishilgan tariflar ularni amalda joriy qilish taxmin qilingan kunga eng kamida 45 (qirq besh) kun qolganda har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim. Ayrim hollarda bu muddat nomlari zikr etilgan maʼmurlar tomonidan erishilgan kelishuvga muvofiq qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bu tasdiq soddaroq usulda ham berilishi mumkin. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysi biri tasdiqqa tarif taqdimi toʻgʻrisidagi ushbu qonunlariga amal qilishlari va har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonunlariga muvofiq oʻzaro tenglik asosida va darhol zaruriy ishlash uchun ruxsatnomalarni, ishlash huquqi bilan vizalarni va boshqa shuning singari hujjatlar bilan ushbu moddaning 1-6andida keltirilgan vakillar va xodimlarni taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tegishli tayinlangan aviakorxonasini uning parvozlarini kechiktirmasdan amalga oshirish maqsadida zaruriy koʻngilga yoqadigan idora va sharoitlar bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Qonun-qoidalarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro navigatsiyada mashgʻul boʻlgan havo kemalarining oʻz hududiga uchib kelishi yoki undan joʻnab ketishini yoxud bunday havo kemasining oʻz hududida boʻlish vaqtidagi qatnovini tartibga soluvchi qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalari shu koʻrsatib oʻtilgan hududga kirib kelishida, undan chiqib ketishida va unda boʻlib turgan paytida ularga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga havo kemasida yoʻlovchilar, ekipaj, yuk hamda pochtaning kelishi, unda boʻlib turishi, tranzit hamda undan joʻnab ketishini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga, xususan, immigratsiya, emigratsiya, pasport, bojxona, valyuta va sanitariyaga taalluqli boʻlgan qoidalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasi tomonidan uqtirib oʻtilgan hududga kirib kelishi, unda boʻlib turishi va undan joʻnab ketayotgan vaqtida amal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Guvohnoma va ruxsatnomalarni eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan yoki haqiqiy deb topgan hamda amalda boʻlgan foydalanuvchi guvohnomalari, vakolatlar va ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi guvohnomalarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon ham ana shu hujjatlar amalda boʻlgan vaqtida haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti, sertifikatlar yoki ruxsatnomalar berilishiga yoxud haqiqiy deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan talablar Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kam darajaga teng yoki undan yuqori boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz fuqarolariga oʻzining hududidan parvozlar vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan vakolatlar va ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi guvohnomalarni eʼtirof qilishni rad etish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlarini bir-birlariga tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi kurash haqidagi Konvensiya va 1988-yil 24-fevralda imzolangan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Tayyoragohlarida sodir etiladigan noqonuniy zoʻravonlik harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Protokol qoidalariga muvofiq harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning bu havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga koʻmak beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Konvensiyaga kiritilgan Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi tartiblariga muvofiq ish koʻradilar; ular asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri havo kemasidan foydalanuvchilarga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida ushbu moddaning 3-bandida uqtirilgan qoidalarga rioya etilishi maqsadida zarur talablarni qoʻyishi mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklar va tabel mulkini yuk ortish vaqtidan oldin, yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham hayrihohlik bilan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish orqali bir-birlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu modda qoidalariga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya xavfsizligi qoidalaridan chekinganligi toʻgʻrisida komil ishonchda boʻlsa shu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tezda maslahatlashuvlar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Ishlab topilgan mablagʻlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzaro tenglik prinsipiga asoslangan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida xoh agentlar orqali yoki bevosita mahalliy yoki har qanday erkin almashlanadigan valyutaga oʻzining aviaxizmatlarini erkin sotish huquqiga egadir, basharti-ki, tegishli maʼmurlardan vakolatlar olingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari ishlab topilgan mablagʻlarning xarajatlardan ortgan foyda qismini erkin almashlanadigan valyutaga oʻtkazish va bu mablagʻlarni ishlab topilgan hududdan oʻzining hududiga oʻtkazish huquqiga egadir. Oʻtkaziladigan pullarning bunday miqdori aviatransport tashuv ishlari va qoʻshimcha xizmatlarni amalga oshirish natijasida sotuvdan tushgan daromadni oʻz ichiga olishi lozim va mablagʻlarni bunday oʻtkazish ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi, agarda bunday ahdnomaga erishilgan boʻlsa, amalda boʻlgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi ahdnoma va valyuta qoidalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari bunday oʻtkazishlarga soʻrov kiritilgandan soʻng koʻpi bilan 30 kun ichida tasdiq javobini olishlari lozim. Bu oʻtkazish jarayoni oʻsha mablagʻlar ishlab topilgan mamlakat valyuta almashtirish qonunlari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi oʻtkazishga doir tasdiqni qoʻlga kiritganidan soʻng bu ishni amalga oshirishi mumkin. Oʻtkazishni darhol amalga oshirishning texnik sabablarga koʻra imkoni boʻlmagan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviakorxonalari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning importlari koʻrinishida oʻz mablagʻlarini oʻtkazish imtiyoziga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga havo qatnovini amalga oshirishdan tushgan mablagʻlar va daromadga solinadigan barcha soliq va yigʻimlardan ozod boʻlish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hajm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ushbu Bitimning Ilovasida keltirilgan kelishilgan yoʻllardan foydalanish uchun maqbul va teng imkoniyatlar yaratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida oʻzidan keyin shu yoʻldan foydalanadigan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaning manfaatlariga noodil ziyon yetkazmaslikni nazarda tutgan holda ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayinlangan aviakorxonalar tomonidan kelishilgan yoʻllardan foydalanishda belgilangan tashuv hajmi Ahdlashuvchi Tomonlar hududlari oʻrtasidagi havo transporti tashuviga boʻlgan ehtiyojlarga muvofiq kelishi lozim. Agarda boshqa holat koʻzda tutilmagan boʻlsa, u holda bu hajm tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida prinsipial teng boʻlinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kelishilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirish uchun jadvallar va safar tezliklari ikkala tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida amalga oshirilishi va kelishilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirish maqsadida amalda qoʻllanilishidan 30 kun oldin aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim qilinishi lozim. Tayinlangan aviakorxonalar bunday kelishuvga erisha olmagan taqdirda bu masala hal qilish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmurlariga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻshimcha hajmning zarurati tugʻilgan taqdirda ular kiritilishidan avval tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida boʻlinib olinishi va amalda qoʻllanilishidan oldin tegishli aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kelishilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirish vaqtida ikkala tayinlangan aviakorxona oʻrtasida tijoriy shartnoma tuzilishi lozim. Bu tijoriy shartnoma tasdiq uchun tegishli aviatsiya maʼmurlariga taqdim qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayyoragoh va boshqa aviatsiya xizmat koʻrsatish moslamalaridan foydalanganlik uchun xarajatlar shartli ravishda sobiq SSSR aviakorxonalarini inobatga olmaganda shuning singari xalqaro havo qatnovini amalga oshirish vaqtida boshqa aviakorxonalar tomonidan toʻlanadigan yigʻimlardan yuqori boʻlmagan oqil yigʻimni olishi yoki olinishiga ruxsat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining yigʻimlarni belgilovchi tegishli tashkilotlari va tayyoragoh va uning xizmat koʻrsatish vositalaridan foydalanuvchi tayinlangan aviakorxonalar, kezi kelganda esa, aviakorxonalar vakillik tashkilotlari oʻrtasida maslahatlashuvlarni oʻtkazib turadi. Yigʻimlarga moʻljallangan oʻzgartirishni kiritishdan avval bu oʻzgarishlar amalda qoʻllanilishidan oldin oʻz fikrlarini izhor etish huquqi bilan xizmatlardan foydalanuvchilarga oqilona xabarnoma yetkazilishi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hech qaysi bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlangan aviakorxonasi yoki boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning xuddi shunday xalqaro havo qatnovida mashgʻul boʻlgan aviakorxonasiga bojxona, immigratsiya, karantin qoidalarini qoʻllashda yoki tayyoragohlardan, havo yoʻllaridan, havo yoʻlida tashish xizmatlari va uning qoʻl ostida boʻlgan majmuaviy xizmat vositalaridan foydalanishda hech qanday imtiyoz bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Maʼlumot va statistika xabarlari bilan almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga ularning iltimosiga binoan tayinlangan aviakorxona tomonidan shartlashilgan yoʻllarda belgilangan tashuvlar hajmini aniqlash maqsadida amalga oshirish, chunonchi, yoʻlovchilarning borish-kelish joylari, istisno holatlarda esa, uchinchi mamlakatlardan yoki uchinchi mamlakatlarga tashiladigan yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi davriy va statistik maʼlumotlar bilan taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Bevosita tranzit
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan bevosita tranzit orqali oʻtadigan va bu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joydan chetga chiqmaydigan yoʻlovchilar soddalashtirilgan nazoratdan oʻtadilar. Tranzit yoʻlovchilarning yuklari va yuklar bojxona soliqlari va boshqa chiqimlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yaqindan hamkorlik qilish istagida Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida vaqti-vaqti bilan ushbu Bitim va uning Ilovalarida keltirilgan qoidalarga amal qilishni taʼminlash nuqtainazaridan maslahatlashuvlar oʻtkazilib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida boshqa holat toʻgʻrisida kelishuv boʻlmasa bunday maslahatlashuvlar talab tushgan kundan boshlab 60 kun ichida boshlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Oʻzgartishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning ayrim qoidalarini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb hisoblasa u boshqa Ahdlashuvchi Tomonga maslahatlashuv oʻtkazish toʻgʻrisida talab qoʻyishi mumkin. Bunday maslahatlashuv muzokaralar va yozishmalar yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin va talab tushgan kundan boshlab 60 kun ichida boshlanishi lozim. Shunday kelishilgan oʻzgarishlar diplomatiya vositalari orqali notalar almashish yoʻli bilan tasdiqlanganidan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning Ilovasiga oʻzgarishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita kelishuv orqali kiritilishi mumkin va diplomatiya notalari almashish yoʻli bilan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokchilari boʻlgan koʻp tomonlama Konvensiya qabul qilingan taqdirda unga moslab oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Nizolarga barham berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelib chiqqan har qanday nizo birinchi navbatda bevosita muzokaralar orqali hal etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar orqali murosaga kela olmasalar ular bu bahsni hal etishni uch hakamdan tashkil topgan Tribunal ixtiyoriga topshirishlari mumkin, bittadan hakamni Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlaydilar va uchinchi hakamni ikki hakam tayinlashi darkor. Bahsni hal qilish uchun hakamlar hayʼatini tayinlash toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali talab tushgan kundan boshlab Ahdlashuvi Tomonlardan har biri 60 kun ichida bittadan hakamni tayinlashi lozim va uchinchi hakam bundan keyingi 60 kunlik davr ichida tayinlanishi lozim. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri belgilangan muddat ichida oʻz hakamini tayinlay olmasa yoki uchinchi hakam belgilangan muddatda tayinlanmasa Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti Kengashining Prezidentiga Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri tomonidan zaruriyatga qarab hakamni yoki hakamlarni tayinlash toʻgʻrisidagi talab qoʻyilishi mumkin. Har qanday holatda ham uchinchi hakam uchinchi mamlakat fuqarosi boʻlib Hakamlar Hayʼatining Raisi sifatida ish tutishi va ish koʻrib chiqiladigan joyni belgilashi lozim. Tribunal oʻz jarayonini belgilashi va lozim boʻlsa qoʻllaniladigan qonunni belgilashi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti, bahsni hakamlar hayʼatiga oshirilishi vaqtida boshqa biror qarorga kelinmagan boʻlsa, Tribunal chiqargan har qanday hukm har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tribunalga sarflanadigan barcha xarajatlar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida teng boʻlinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Basharti-ki, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu moddaning 3-bandi qoidalariga rioya qilmasa boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimga binoan bergan huquqlarini qoidalarni bajarmayotganligi munosabati bilan Ahdlashuvchi Tomonga yoki tayinlangan aviakorxonaga cheklab qoʻyishi, undan foydalanishni toʻxtatib qoʻyishi yoki bu huquqlarni bekor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim va unga kiritilgan har qanday oʻzgarishlar, shuningdek almashilgan har qanday Diplomatiya Notalari Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Bitim amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning amal qilish muddati cheklanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri xohlagan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish istagida ekanligidan yozma ravishda xabardor qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotiga ham yuborilishi lozim. Bu holda oʻzaro kelishuvga asosan xabarnoma orqaga qaytarib olinmasa ushbu Bitim oʻz amal muddatini bir Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini boshqa Ahdlashuvchi Tomon olgan kunidan boshlab 12 oylik muddat oʻtganidan soʻng yakunlaydi. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan keyin oʻn toʻrt kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim ikkala Ahdlashuvchi Tomon uning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan oʻzining tegishli ichki qonunchilik tartibotlarini amalga oshirib boʻlganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani Diplomatiya Notalari almashish yoʻli bilan bir-biriga taqdim etgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, oʻz Hukumatlarining tegishli vakolatiga ega boʻlganlar mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 1994-yilning 4-iyulida, oʻzbek, ivrit va ingliz tillarida ikki nusxada imzolandi va hamma matn bir xil kuchga egadir. Talqin qilishda va qoʻllashda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda ingliz tilidagi matn ustuvor deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida tuzilgan havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga ularning tegishli hududlari oʻrtasida muntazam havo transporti qatnovi boʻyicha
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi tayinlangan aviakorxonasi tomonidan havo qatnovi paytida amalga oshiriladigan parvozlar yoʻnalishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlanish manzili:‎

Toshkent‎

Oraliq manzil:‎ Istalgan manzil‎
Isroildagi manzil:‎ Tel-Aviv‎
Tashqaridagi manzil:‎ Istalgan manzil‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Isroil Davlati tayinlangan aviakorxonasi tomonidan havo qatnovi paytida amalga oshiriladigan parvozlar yoʻnalishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boshlanish manzili:‎

Tel-Aviv‎

Oraliq manzil:‎

Istalgan manzil‎

Oʻzbekistondagi manzil:‎

Toshkent‎

Tashqaridagi manzil:‎

Istalgan manzil‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayinlangan tashuvchilar oʻrtasida oʻzaro boshqa holat kelishilmagan boʻlsa uchinchi mamlakatlarga/dan havo erkinligi beshinchi huquqidan foydalanilmagan xolda yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar amalga oshirilishi lozim. Bunday kelishuv kuchga kirishidan avval Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqoridagi jadvallarda belgilangan yoʻnalishlarda har qanday yoki barcha oraliq yoki tashqaridagi manzillar har qanday yoki barcha parvozlarda Ahdlashuvchi Tomonlar istalgan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan tushirib qoldirilishi mumkin, basharti, parvozlar aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududida boshlansa yoki tugasa.