14.11.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belgiya Qirolligi Hukumati oʻrtasida tuzilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transporti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belgiya Qirolligi Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Konvensiyasining qatnashchilari boʻlgani holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida muntazam havo qatnovini yoʻlga qoʻyish maqsadida yuqorida qayd etilgan Konvensiyaga qoʻshimcha qilib Bitim tuzish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro havo transportida xavfsizlikni yanada yuqori darajaga koʻtarish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning qoʻllanilishi va izohlari maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va oʻsha Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan har qanday Ilovani, har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchga egaligi va eʼtirof etilganligiga qarab, 90 va 94-moddalarga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Bitim” atamasi ushbu Bitimni, Bitimning tarkibiy qismi boʻlib hisoblangan uning Ilovalarini va unga kiritilgan barcha tuzatishlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Fuqaro Aviatsiyasining Bosh direktorini va Belgiyaga nisbatan — Aloqa vazirligini, yoki har ikkala holda yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan ishlarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “hudud”, “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Chikago Konvensiyasining 2 va 96-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning 3 va 4-moddalariga muvofiq tayinlangan va vakolat berilgan aviatsiya korxonasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “kelishilgan yoʻllar” atamasi yoʻlovchilar, yuk va pochtani ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha birga yoki alohida tashishda havo kemalari tomonidan amalga oshiriladigan havo qatnovini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “tariflar” atamasi agentlik shartlarni va boshqa qoʻshimcha qiymatlarni oʻz ichiga olgani holda yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki va yuk tashish uchun sarflangan qiymatni hamda bu qiymatlar qoʻllaniladigan qoidalarni anglatadi, biroq pochta tashish qiymati va shartlari bunga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “havo kemalarini almashtirish” atamasi tayinlangan aviakorxona tomonidan kelishilgan yoʻllarning biridan shunday foydalanishni anglatadiki, bunda mazkur yoʻnalishning bir qismida parvozni amalga oshirayotgan havo kemasining hajmi shu yoʻnalishning boshqa bir qismidan foydalanayotgan havo kemasining hajmidan farq qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “tayyora jihozlari”, “erda xizmat koʻrsatish moslamalari”, “tayyora zaxiralari”, “ehtiyot qismlar” atamalari Chikago Konvensiyasining 9-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Huquqlarni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga, agarda Ilovada boshqa narsa koʻzda tutilmagan boʻlsa, xalqaro havo qatnovlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagi huquqlarni beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuqorida aytib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda qoʻnish; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Ilovada belgilangan yoʻnalishlardan foydalanish chogʻida xalqaro havo qatnovlarda birgalikda yoki alohida tashilayotgan yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish va tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida qoʻnish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda 1-bandining hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi bir manzilga tashish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish huquqini beradi deb qaralmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Qatnovlarni amalga oshirish uchun tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon Ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik notalar orqali bu haqda xabardor qilgan holda bir aviakorxonani tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik yoʻllar orqali xabardor etgan holda tayinlangan aviakorxonani tayinlashni bekor etib, boshqasini tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Qatnovlarni amalga oshirish uchun vakolat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonani tayinlagani toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan soʻng, boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻzlarining qonun va qoidalariga binoan, shu tarzda tayinlangan aviakorxonaga kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ruxsatnoma olgan aviakorxona ushbu Bitimning qoʻllanilishi lozim boʻlgan talablarni bajarish sharti bilan kelishilgan yoʻllarda parvozlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin, basharti-ki, tariflar ushbu Bitim 13-moddasining shartlariga binoan belgilangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Parvozlarga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan parvozlarga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki ushbu Bitimning 4-moddasida keltirilgan huquqlardan foydalanishni vaqtincha yoki umuman toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb bilgan shartlarni vaqtincha yoki doimiy tarzda bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar bu aviakorxona Konvensiyaga muvofiq xalqaro havo qatnovlaridan foydalanish chogʻida odatdagi va maqbul qonun va qoidalarga boʻysunadigan talablarga rioya etmayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻsha aviakorxona kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish vaqtida ushbu Bitimda belgilangan talablarni bajara olmayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar bu aviakorxona oʻsha Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga kerakli darajada rioya qilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aviakorxona ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki oʻsha Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga qarashli ekanligiga ishonchi komil boʻlmagan har qanday holatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar huquqlarni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlarining bajarilishini talab qilish qonun va qoidalarning bundan buyon buzilishining oldini olish uchun zarur ogohlantirish deb topilmasa, ushbu Bitimning 17-moddasiga binoan har bir Ahdlashuvchi Tomon bunday huquqdan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvdan soʻnggina foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro navigatsiyada mashgʻul boʻlgan havo kemalarining oʻz hududiga uchib kelishi yoki undan joʻnab ketishini yoxud bunday havo kemasining oʻz hududida boʻlish vaqtidagi qatnovni tartibga soluvchi qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalari shu koʻrsatib oʻtilgan hududga kirib kelishida, undan chiqib ketishida va unda boʻlib turgan paytida ularga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga havo kemasida yoʻlovchilar, ekipaj, yuk hamda pochtaning kelishi, unda boʻlib turishi, tranzit hamda undan joʻnab ketishini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga, xususan, kirish, immigratsiya, pasport, bojxona, valyuta va sanitariyaga taalluqli boʻlgan qoidalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasi tomonidan uqtirib oʻtilgan hududga kirib kelishi, unda boʻlib turishi va undan joʻnab ketayotgan vaqtida amal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan tranzit orqali oʻtadigan yoʻlovchilar soddalashtirilgan nazoratdan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida belgilangan qoidalarga rioya qilishda yoki oʻz nazorati ostida boʻlgan tayyoragohlar, havo yoʻllari, havo tashuv xizmatlari va ashyo-anjomlardan foydalanish jarayonida hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon oʻzi tayinlagan aviakorxonasini yoki biron-bir boshqa aviakorxonani xuddi shunday xalqaro havo yoʻllarida parvozlarni amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan ustun qoʻymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Guvohnomalar va ruxsatnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan, yoki haqiqiy deb topgan, hamda amalda boʻlgan yaroqlik guvohnomalari, vakolatlar va ruxsatnomalarni Ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon ham ana shu hujjatlar amalda boʻlgan vaqtida haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti, bu guvohnoma va ruxsatnomalar berilishiga yoxud haqiqiy deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan talablar Konvensiyaga muvofiq belgilangan talablar darajasiga teng boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz fuqarolariga oʻzining hududidan parvozlar vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan vakolatlar va ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi guvohnomalarni eʼtirof qilishni rad etish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan guvohnomalar va ruxsatnomalar Konvensiya joriy etgan mezon talablaridan farqlansa, va, agar bu farq Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan inobatga olinsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ushbu Bitimning 17-moddasiga binoan oʻzlarini qoniqtiradigan talablarni taʼminlash nuqtai nazaridan maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligiga oid masalalar boʻyicha qoniqarli kelishuvga erishishga muvaffaq boʻlmagan holda, ushbu Bitim 5-moddasining qoʻllanilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismini tashkil qilishini tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimoslariga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning bu havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻduruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishining oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa baʼzi bir harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda tutqun qilib olishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan gʻayriqonuniy harakatlar haqidagi Konvensiyaga muvofiq harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maʼqul keladigan darajada Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Konvensiyaga kiritilgan Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq ish koʻradilar; ular roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarining foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻzining havo kemasi uchib kirishi uchun shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning talabiga koʻra aviatsiya xavfsizligini taʼminlaydi va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, tabel mulki, hamda yuklarni havo kemasi sahniga olish yoki ortish vaqtidan oldin tekshirish uchun samarali chora-tadbirlarni koʻradi. Bundan tashqari, har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, tayyora va yoʻlovchilarga aniq tahdid mavjud boʻlgan holda, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalaridan chekinyapti deb hisoblash uchun yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tezda maslahatlashuvlar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishi mumkin. Maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos tushgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kun ichida biron-bir qoniqarli kelishuvga kela olmasalar, bu hol ushbu Bitim 5-moddasining qoʻllanilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Foydalanish uchun belgilangan xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalariga xalqaro havo qatnovlarni amalga oshirish vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayyoragohlaridan va boshqa aviatsiya vositalaridan foydalanishi uchun olinadigan yigʻimlar, biron-bir Uchinchi Tomon Davlatining shunday xalqaro yoʻllarda parvozlarni amalga oshirayotgan milliy aviakorxonasiga solinadigan soliqdan yuqori boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon xarajatlar sohasida vakolatga ega boʻlgan oʻzlarining maʼmurlari va aviatsiya vositalaridan va havo yoʻllaridan foydalanuvchi tayinlangan aviakorxonalar, kezi kelganda esa, aviakorxonalar vakillik tashkilotlari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Yigʻimlarga moʻljallangan oʻzgartirishni kiritishdan avval bu oʻzgartirishlar amalda qoʻllanilishidan oldin oʻz fikrlarini izhor etish huquqi bilan xizmatlardan foydalanuvchilarga oqilona xabarnoma taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasini imkon qadar toʻlaqonli ravishda oʻzining davlat qonunlari doirasida yoqilgʻi, moylash vositalari, qoʻllaniladigan texnik zaxiralar va dvigatellarni oʻz ichiga olgan holda, ehtiyot qismlar, doimiy tayyora asbob-uskunalari, yerda xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan anjomlar, tayyora zaxiralari va boshqa ehtiyojlarni qoniqtirish uchun moʻljallangan va bu boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi kelishilgan yoʻllardan faqat foydalanish va xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan mahsulotlarga boʻlgan import cheklanishlari, bojxona bojlari, solinadigan soliqlar, nozirlik yigʻimlardan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalarini kelishilgan yoʻllardan foydalanayotgan vaqtida ozod qiladi, shuningdek, chop etilgan chipta zaxiralari, yuk tashishga oid qogʻozlar, bepul tarqatish uchun moʻljallangan, shu aviakompaniya nishonasiga ega boʻlgan chop etilgan har qanday material ham shunga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddada nazarda tutilgan ozod qilish ushbu moddaning 1-bandida zikr qilingan buyumlarga taalluqlidir, shu shart bilanki, Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida, ozod qilishga ruxsati boʻla turib butunlay yoki qisman ishlatilishidan qatʼi nazar, bu buyumlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasi tomonidan yoki uning nomidan olib kirilgan boʻlsa, biroq ushbu buyumlar aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzgalar tomonidan ishlatilishi uchun berilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelgan yoki undan joʻnab ketayotgan paytida havo kemasida saqlanib qolgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida tayyora sahniga olgan va kelishilgan yoʻllarda parvoz qilish vaqtida ishlatish uchun moʻljallangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayyoraning tabel mulki, yerda xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan moslamalar, shuningdek, har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalarida saqlanadigan ashyolar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻsha hudud bojxona maʼmuriyatining ruxsati bilan tushirilishi mumkin. Bu holda, ular orqaga qaytarib olingunga yoki bojxona qoidalariga binoan boshqa qarorini topgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostida joylashtirilishi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bevosita tranzit orqali oʻtadigan yoʻlovchilar yuki va yuklar bojxona soliqlari va boshqa chiqimlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddada keltirilgan soliqlar va chiqimlardan ozod qilish bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan xuddi shunday huquqlarga ega boʻlgan boshqa aviakorxona bilan oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan ashyolardan vaqtincha foydalanish yoki ularni berish yuzasidan shartnoma tuzgan holda ham oʻz kuchiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hajm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha ularga tegishli hududlar oʻrtasida va hududlardan tashqaridagi kelishilgan havo yoʻllaridan foydalanish uchun maqbul va teng imkoniyatlar yaratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida oʻzidan keyin shu yoʻnalishdan toʻla yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaning manfaatlariga noodil ziyon yetkazmaslikni nazarda tutgan holda ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan kelishilgan yoʻllarda amalga oshirilayotgan qatnovlar belgilangan yoʻnalishlarda umumiy havo tashuviga boʻlgan aholining ehtiyojlariga bogʻliq ravishda muvofiq kelishlari lozim va har bir tayinlangan aviakorxona tegishli hududlar oʻrtasida yoʻlovchilarni, yuk va pochtani tashishga boʻlgan mavjud va odil moʻljallangan ehtiyojlariga javob bera oladigan ish yuklashni maʼqul miqdorida hajmni taʼminlashni birinchi darajali masala deb bilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tayinlangan aviakorxonalar barcha kelishilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashdan 30 (oʻttiz) kun avval oʻzlari moʻljallayotgan parvoz dasturlarini tasdiqlash uchun har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga taqdim etadilar. Aytib oʻtilgan parvoz dasturlariga xizmat va foydalanadigan havo kema turlari, qatnovlarning takroriyligi va uchish jadvali toʻgʻrisida maʼlumotlar kiradi. Bu keyingi kiritiladigan oʻzgartirishlarga ham taalluqlidir. Ayrim hollarda bu muddat aytib oʻtilgan maʼmurlar bilan kelishilgan holda qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Havo kemalarini almashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlagan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida quyidagi shartlarga rioya qilgan holda havo kemalarni almashtirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bu harakat iqtisod jihatdan oʻzini oqlasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududidan uzoq masofadagi yoʻnalishlar qismida parvozni amalga oshirayotgan havo kemasi faqat yoʻnalishning yaqin qismida parvozni amalga oshirayotgan havo kemasi bilan bogʻlangan holda ish tutsa va bu masalalar uchish jadvalida aks ettirilgan boʻlsa; birinchi havo kema almashish manziliga havo yoʻli bilan tashilayotganlarni ikkinchi tayyoraga koʻchirib oʻtkazish yoki undan koʻchirib olish maqsadida almashish manziliga yetib kelganda, hajm dastlab koʻzlangan maqsadga asoslangan holda oʻzgarmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar ushbu Bitimning Ilovasida alohida aytib oʻtilganlardan tashqari aviakorxona yoʻlovchilarni eʼlon orqali yoki boshqa yoʻllar bilan havo kemasini almashtirgan manzilidan havo qatnovlarni bajarish haqida xabarnoma bermoqchi boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar Ahdlashuvchi Tomonlarning biri havo kemasi almashadigan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga parvozni bajarayotgan boʻlsa, u holda mana shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan faqatgina bitta qatnovni amalga oshirishi mumkin, agarda bu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan bir necha qatnovlarni bajarishga ruxsatnoma berilmagan boʻlsa ham.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Tariflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan jadvallar uchun berilgan tariflarni, iloji boricha, har ikkala tayinlangan aviakorxonalar bilan muvofiqlashtirilgandan soʻng belgilashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yoki hududiga kelishilgan yoʻllarda tashuvlar uchun olinadigan tariflarni barcha mavjud omillarni — foydalanish xarajatlarini, foydaning oqilona miqdorini, xizmat koʻrsatish tavsifini, foydalanuvchilarning manfaatlarini nazarga olib, agar joiz boʻlsa, boshqa aviakorxonalarning tariflarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kelishilgan tariflar ularni amalda joriy qilish taxmin qilingan kunga eng kamida 45 (qirq besh) kun qolganda har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim; maxsus hollarda, bu muddat nomlari zikr etilgan maʼmurlar tomonidan qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysi biri tariflar tasdiq uchun taqdim qilingan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kun ichida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga bu tariflar boʻyicha rozi emasliklari toʻgʻrisidagi bildirishni yubormasalar, bu tariflar oʻz-oʻzidan tasdiqlangan hisoblanib taklif qilingan tariflar tasdiq uchun berilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda tasdiqqa taqdim qilish muddati aviatsiya maʼmurlari tomonidan qisqartirilsa, ular oʻzaro kelishuvga muvofiq norozilikni bildirish toʻgʻrisidagi 30 (oʻttiz) kunlik muddat yanada qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agarda tariflar borasida norozilik ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq qabul qilingan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari ushbu Bitimning 17-moddasiga muvofiq maslahatlashuvlar oʻtkazadilar va tariflarni oʻzaro kelishuv orqali belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agarda aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 3-bandiga binoan olingan biron-bir tarif borasida kelisha olmasalar yoki ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq biron-bir tarifni belgilay olmagan taqdirlarida, ushbu Bitimning 18-moddasiga binoan bu masalalar boʻyicha bir-birlari bilan bahslashuvlar olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviatsiya maʼmurlari tasdiqlangan tariflarga rozilik bildirmasalar, bu holda ular boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga xabarnoma yuboradilar va tayinlangan aviakorxonalar bu masalani hal qilishga barcha kuch va gʻayratlarini qoʻllashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda norozilik toʻgʻrisida bildirish olingan kundan boshlab 90 (toʻqson) kun ichida yangi tarif belgilanmasa, ushbu moddaning 4 va 5-bandlaridagi qoidalar kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tariflar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan boʻlsa, bu tariflar ushbu moddaning yoki ushbu Bitim 18-moddasining qoidalariga binoan yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hech qanday tarif kuchga kira olmaydi, agar u Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanmagan boʻlsa, bundan tashqari hollarda esa, ular ushbu Bitim 18-moddasi 4-bandining qoidalariga boʻysunadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tasdiqlangan tariflarni kamaytirmasdan toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qilib turishni taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Vakolatxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonasi oʻzaro tenglik asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida kelishilgan yoʻllardan foydalanishni taʼminlab turadigan oʻzining vakillari boʻlgan tijoriy, texnik va idora xizmatchilarini ushlab turish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatxona xodimlari tayinlangan aviakorxona ixtiyoriga binoan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida va shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida parvozlarni amalga oshirishga vakolati boʻlib faoliyat koʻrsatayotgan istalgan mamlakatning fuqarosi boʻlgan yoki boshqa tashkilotlar, kompaniyalar yoki aviakorxonalarning xodimlaridan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakillar va xodimlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning joriy qonunlariga amal qiladilar. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonunlariga muvofiq oʻzaro tenglik asosida va darhol zaruriy ishlash uchun ruxsatnomalarni, ishlash huquqi bilan vizalarni va boshqa shuning singari hujjatlar bilan ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan vakillar va xodimlarni taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy qonun yoʻl qoʻygan darajada, har ikki Ahdlashuvchi Tomonlar ishlash uchun ruxsatnomalarsiz yoki ishlash huquqi bilan vizalarsiz yoki boshqa biron-bir vaqtinchalik xizmat va majburiyatlarni shaxsan bajarish uchun beriladigan shuning singari hujjatlarning yoʻqligi bilan qanoatlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Tijoriy faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir tayinlangan aviakorxona boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga bevosita, yoki oʻzining xohishiga qarab, agentlar orqali, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida avia tashuv xizmatlarini erkin sotishga huquqlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir tayinlangan aviakorxonaga oʻsha hududning valyutasida, yoki, oʻzining xohishiga qarab, boshqa davlatlarning erkin almashadigan valyutasida har ikki Ahdlashuvchi Tomon davlatlarining qonun va qoidalariga asosan sotuvlarni amalga oshirish huquqi beriladi. Xohlagan shaxs oʻsha aviakorxona sotuvlar uchun qabul qilgan valyutada bu avia tashuvlarni erkin sotib olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzining hududida tayinlangan aviakorxona tomonidan ishlab topilgan mablagʻlarning xarajatlardan ortgan foyda qismini erkin oʻtkazish huquqini beradi. Bunday oʻtkazishlar joriy xizmatlar uchun belgilangan almashtirishning rasmiy qiymati boʻyicha, yoki almashtirishning rasmiy qiymati boʻlmagan hollarda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining pul oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosi tushgan kundan boshlab qabul qilingan joriy muomalalar uchun ustunlik qilayotgan xorijiy birjada belgilangan bahoda amalga oshiriladi va bu mablagʻlar oʻtkazish jarayonida bank tomonidan olinadigan vositachilik haqidan tashqari barcha boshqa soliq va yigʻimlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, oʻzaro tenglik munosabatlariga asoslangan holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga birinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻsha aviakorxonaning xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirish natijasida ishlab topilgan mablagʻlarga solinadigan barcha soliq va yigʻimlarning turlaridan, shuningdek, muomaladan yoki mablagʻlardan olinadigan soliqlardan ham ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning oʻrtasida bunday soliqlardan ozod qilishni taʼminlaydigan ikki hissa soliq solishni bekor qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya kuchga ega boʻlsa, bu qoida qoʻllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Maʼlumotlar bilan almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari, mumkin qadar tezlik bilan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga, hududi orqali va hududidan xizmatni amalga oshirish uchun tegishli tayinlangan aviakorxonalarga beriladigan vakolatga oid maʼlumotlar bilan bir-birlarini taʼminlaydilar. Bular oʻz ichiga barcha oʻzgartirishlar koʻrsatilgan holda belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qatnovlarni amalga oshirishga joriy vakolat va ruxsatnomalarning nusxalarini, ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonlarni va xizmat koʻrsatish ruxsatnomalarining namunalarini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlangan aviakorxonasidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini, imkon qadar oldindan, tariflarning nusxasi, barcha oʻzgartirishlar kiritilgan holda uchish jadvallarini,har bir belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha taʼminlanayotgan hajm toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgani holda, kelishilgan yoʻllarda qatnovlarni amalga oshirishga oid barcha zarur maʼlumotlarni, hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari keyinchalik talab qilishlari mumkin boʻlgan barcha maʼlumot va xabarnomalar bilan taʼminlashlarini ushbu Bitim talablarining bajarilishini koʻzdan kechirib chiqish nuqtai-nazaridan talab qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlangan aviakorxonasidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini yukni ortish yoki tushirish manzillari koʻrsatilgan kelishilgan yoʻllarda amalga oshirilayotgan avia tashuvlariga taalluqli boʻlgan statistika maʼlumotlari bilan taʼminlashni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari yaqindan hamkorlik qilish ruhida ushbu Bitim va uning Ilovalari qoidalarining bajarilishini va qoniqarli darajada amalga oshirilishini taʼminlash nuqtai nazaridan vaqti-vaqti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar maslahatlashuvlar oʻtkazish muddati borasida biron bir kelishuvga erishaolmasalar, bunday hollarda maslahatlashuvlar talab tushgan kundan boshlab 60 (oltmish) kun ichida boshlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Nizolarga barham berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida kelib chiqqan har qanday nizo birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar orqali hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar orqali murosaga kela olmasalar ular bu bahsni hal etishni bir shaxsga yoki tashkilotga, agar bular ham biror murosaga kela olmaslar hal qilish uchun uch hakamdan tashkil topgan Arbitraj ixtiyoriga topshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hukm chiqaradigan Arbitraj quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bahsni hal qilish uchun hakamlar hayʼatini tayinlash toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali talab tushgan kundan boshlab Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri 60 (oltmish) kun ichida bittadan hakamni tayinlashi lozim. Bu ikki hakam 60 (oltmish) kunlik davr ichida uchinchi hakamni tayinlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi hakam uchinchi Davlat fuqarosi boʻlib, Prezident sifatida ish koʻradi va hakamlik qilish joyini oʻzi aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri belgilangan muddat ichida oʻz hakamini tayinlay olmasa yoki uchinchi hakam belgilangan muddatda tayinlanmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti Kengashining Prezidentiga Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri tomonidan zaruriyatga qarab hakamni yoki hakamlarni tayinlash toʻgʻrisidagi talab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tribunal chiqargan har qanday hukm va qarorni ushbu moddaning 2 va 3-bandlariga muvofiq bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, bir Ahdlashuvchi Tomon bunday qarorni bajara olmasa, bu boshqa Ahdlashuvchi Tomon uchun ushbu Bitimning 5-moddasini qoʻllashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tribunalga sarflanadigan barcha xarajatlar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida teng boʻlinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning ayrim qoidalarini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb hisoblasa u boshqa Ahdlashuvchi Tomonga maslahatlashuv oʻtkazish toʻgʻrisida talab qoʻyishi mumkin. Bunday maslahatlashuv muzokaralar yoki yozishmalar yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin va talab tushgan kundan boshlab 60 (oltmish) kun ichida boshlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan koʻp tomonlama Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa, ushbu Konvensiyaning qoidalari ustuvor hisoblanadi. Ushbu moddaning 1-bandiga binoan maslahatlashuvlar koʻp tomonlama Konvensiyaning qoidalari ushbu Bitimga koʻrsatadigan taʼsir koʻlamini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bunday maslahatlashuvlar orqali kelishib olingan oʻzgartirishlar diplomatik notalar almashish yoʻli bilan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Bitim amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon xohlagan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish istagida ekanligidan yozma ravishda xabardor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotiga ham yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bu holda oʻzaro kelishuvga asosan xabarnoma orqaga qaytarib olinmasa, ushbu Bitim oʻz amal muddatini bir Ahdlashuvchi Tomon olgan kundan boshlab 1 (bir) yillik muddat oʻtgandan soʻng yakunlaydi. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng 14 (oʻn toʻrt) kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim va unga kirgan har qanday oʻzgartirishlar Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitim kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan oʻzining tegishli ichki qonunchilik tartibotlarini amalga oshirib boʻlganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani diplomatik notalari orqali taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim oxirgi xabarnoma olingan kundan bir oy oʻtgach, birinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolatga ega boʻlgan muxtor vakillar mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yilning 14-noyabrida Toshkent shahrida ingliz tilida ikki nusxada imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)