OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“Toshavtobustrans”aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1715-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-son “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son “Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2007-yil 18-iyundagi 01/10-18/09 va 52-son “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1715, 2007-yil 7-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 375-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror “Toshshahartransxizmat” AK bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 17-fevral,
01/10-26/05-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 17-fevral,
14-son
Kelishilgan:
“Toshshahartransxizmat” AK boshqaruvi raisi O. SODIQOV
2015-yil 17-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 89-modda)