Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ruminiya Hukumati oʻrtasida
Bitim
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ruminiya Hukumati, bundan buyon matnda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning aʼzolari boʻlgani holda,
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Konvensiyaga qoʻshimcha ravishda, oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida muntazam havo qatnovini yoʻlga qoʻyish va undan toʻla foydalanish maqsadida Bitim tuzish istagida,
Quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
1-modda
Atamalar
Atamalar
1. Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitim maqsadlari yoʻlida:
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va tuzatish va Ilovalar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun qay darajada kuchga ega ekanligini eʼtiborga olib, ushbu Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq kiritilgan har qanday Ilovani hamda Konvensiyaning 90 va 94-moddalariga muvofiq Ilovalarga va Konvensiyaga kiritilgan har qanday tuzatishlarni oʻz ichiga oladi;
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Milliy aviakompaniyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni Ruminiyaga nisbatan esa Transport vazirligini yoki har qanday holda yuqorida uqtirib oʻtilgan maʼmurlar bajaradigan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
c) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakolat berilgan aviatsiya korxonasini anglatadi;
d) “Ahdlashuvchi Tomonning hududi” va “Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari” atamalari Oʻzbekiston va Ruminiyaga nisbatan ishlatilganda, ularning hududi va fuqarolarini anglatadi; “hudud” atamasi Oʻzbekiston va Ruminiyaga nisbatan ishlatilganda, mazkur atamaga Chikago Konvensiyasining 2-moddasida belgilangan mazmunni anglatadi;
e) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari ularga Konvensiyaning 96-moddasida tegishli ravishda belgilangan maʼnolarni anglatadi;
f) “hajm” atamasi havo kemasiga nisbatan ishlatilganda, mazkur havo kemasining yoʻnalish yoki yoʻnalishning maʼlum bir qismida uning yuk koʻtarish qobiliyatini anglatadi;
g) “hajm” atamasi kelishilgan havo qatnoviga nisbatan ishlatilganda, foydalanilayotgan havo kemasining yoʻnalish yoki yoʻnalishning maʼlum bir qismida uning yuk koʻtarish qobiliyatini berilgan davr mobaynidagi parvozlar takroriyligiga koʻpaytmasini anglatadi;
h) “yoʻlovchilarni tashish” atamasi yoʻlovchilar, yuk va pochta tashuvini birgalikda yoki alohida qilib amalga oshirilgan tashuvini anglatadi;
i) “tarif” atamasi xalqaro yoʻnalishdagi yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki va yuk tashish uchun toʻlanadigan qiymatni va oʻsha qiymatlar qoʻllaniladigan qoidalarni anglatib, u oʻz ichiga vakillik va boshqa qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlanadigan vositachilik haqini oladi, biroq pochtani tashish uchun toʻlanadigan xizmat haqi va qoidalari bundan mustasnodir.
j) “belgilangan yoʻnalishlar” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari muntazam xalqaro havo qatnovini amalga oshirishi mumkin boʻlgan, ushbu Bitim Ilovasida belgilangan yoʻnalishlarni anglatadi;
k) “kelishilgan qatnovlar” atamasi ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlarda oʻrnatiladigan yoki oʻrnatilishi lozim boʻlgan xalqaro havo qatnovini anglatadi;
l) “mazkur Bitim” atamasi unga kiritilgan Ilovani va mazkur Bitimning 19-moddasiga muvofiq kiritilgan har qanday tuzatishlarni oʻz ichiga oladi.
2. Mazkur Bitim moddalariga berilgan sarlavhalar izohot va qulaylik maqsadida boʻlib, mazkur Bitimning maqsadi yoki unda ixtiyor qilingan mazmunni aniqlash, cheklash yoki belgilab berish degani emasdir.
2-modda
Tashish huquqlarining berilishi
Tashish huquqlarining berilishi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha muntazam xalqaro havo qatnovini oʻrnatish va parvozlarni amalga oshirishi uchun ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi.
2. Mazkur Bitimning qoidalariga muvofiq ravishda har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirish davrida quyidagi huquqlardan foydalanadi:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish huquqi;
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida notijoriy maqsadlarda qoʻnish huquqi; va
c) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida Ilovada belgilangan manzillarda xalqaro qatnovdagi yoʻlovchilar, yuk va pochtani birgalikda yoki alohida olish yoki tushirish huquqi.
3. Ushbu modda 2-bandining hech qaysi qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun moʻljallangan yoʻlovchilar, yoʻlovchi yuki, yuk yoki pochta olish (kabotaj) huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
3-modda
Aviakorxonalarni tayinlash
Aviakorxonalarni tayinlash
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor etgan holda bir yoki bir necha aviakorxonani tayinlash huquqiga ega boʻladi. Bunday tayinlash Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida yozma xabarnoma berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
2. Tayinlash toʻgʻrisidagi bunday xabarni olgandan keyin boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonaga parvozlarni amalga oshirish uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
3. Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan mazkur Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Konvensiyaning qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonunlar va qoidalar orqali belgilangan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy, nazorat qilish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlar uchun berilgan ruxsatni rad etish yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanayotganda bajarilishi zarur, deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
5. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalariga muvofiq ravishda tayinlangan aviakorxona istalgan vaqtda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin, basharti-ki, ushbu Bitimning 5-moddasi qoidalariga asosan hajm muvofiqlashtirilgan, ushbu Bitimning 7-moddasi qoidalariga muvofiq parvozlar jadvali tasdiqlangan va ushbu Bitim 8-moddasi qoidalariga asosan tegishli qatnovlarga nisbatan belgilangan tariflar kuchga ega boʻlsa.
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini yozma tarzda xabardor etgan holda tayinlangan aviakorxonani tayinlashni bekor etib, boshqasini tayinlash huquqiga ega boʻladi. Yangi tayinlangan aviakorxona undan oldingi, oʻrni almashgan aviakorxona ega boʻlgan barcha ayniy huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
4-modda
Parvozlarni bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish
Parvozlarni bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan parvozga doir ruxsatnomalarni bekor qilish yoki ushbu Bitimning 2-moddasida uqtirib oʻtilgan huquqlardan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb bilgan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi, chunonchi:
a) aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki oʻsha Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga qarashli ekanligiga komil ishonchda boʻlmagan har qanday holda; yoki
b) oʻsha aviakorxona huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga rioya etmayotgan holda; yoxud
(c) aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan qoidalarga rioya qilmayotgan holda.
2. Agar huquqlarni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandi shartlari bajarilishini talab qilish qonun va qoidalarning bundan buyon yana buzilishi oldini olish uchun zaruriy ogohlantirish deb topilmasa, har bir Ahdlashuvchi Tomon bunday huquqdan ikkinchi Tomon bilan mazkur Bitimning 16-moddasi qoidalariga muvofiq, maslahatlashuvdan soʻnggina foydalanishi mumkin.
5-modda
Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni boshqarish qoidalari
Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni boshqarish qoidalari
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga belgilangan yoʻnalish boʻyicha kelishilgan qatnovlarini amalga oshirishda haqqoniy va teng imkoniyatlar berilishi lozim.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan qatnovlarini amalga oshirayotganda aynan bir yoʻnalish yoki uning bir qismida undan keyin parvozlarni amalga oshirayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari parvozlariga ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini ham nazarda tutishi lozim.
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi bilan birgalikda belgilangan har qanday yoʻnalish boʻyicha taʼminlaydigan hajm oʻsha yoʻnalishning ehtiyojlaridan kelib chiqishi lozim.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonalarining amalga oshirayotgan kelishilgan qatnovlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan kelayotgan yoki unga borish uchun moʻljallangan mavjud yoʻlovchilarni tashishga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun qoniqarli hajmni taʼminlash faktorini oʻz oldiga birinchi darajali oqilona vazifa qilib qoʻyishi lozim.
5. Tayinlangan aviakorxona belgilangan yoʻnalishdagi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida joylashgan manzillari va uchinchi davlatlar hududida joylashgan manzillar oʻrtasida yoʻlovchilar tashishga boʻlgan huquqidan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda foydalanish lozimki, bunda hajm:
a) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon hududiga va uning hududidan boʻlgan tashuv ehtiyojlariga,
b) kelishilgan qatnovlar kesib oʻtadigan oʻlkaning tashuvga boʻlgan ehtiyojlariga, bunda mahalliy va mintaqaviy havo qatnovlari ham inobatga olinadi, shuningdek,
c) aviakorxonaning toʻgʻri parvozlari ehtiyojlariga muvofiq kelishi lozim.
6. Belgilangan yoʻnalishlarda taʼminlanishi lozim boʻlgan hajm masalasida har ikki Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida kelishilishi lozim va u Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Hajmni har qanday oshirish Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasidagi kelishuvga va aviatsiya maʼmurlarining tasdigʻiga asos boʻladi.
Bunday tasdiq olingunga qadar, shu vaqtgacha mavjud boʻlgan hajm kuchga ega boʻladi.
6-modda
Davriy maʼlumotlar almashuvi
Davriy maʼlumotlar almashuvi
Har qanday Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlangan aviakorxonasiga boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini, ularning talabiga binoan, har ikki Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirgan kelishilgan qatnovlari hajmini qaytadan koʻzdan kechirib chiqish nuqtai-nazaridan oqilona talab qilgan maʼlumot yoki hisobotlar bilan taʼminlashi uchun topshiriq berishi lozim.
7-modda
Parvozlar jadvallarining tasdiqlanishi
Parvozlar jadvallarining tasdiqlanishi
1. Parvozlar jadvallari parvozlarning takroriyligi, parvozlar amalga oshiriladigan kunlar, koʻrsatiladigan xizmat va foydalaniladigan havo kemalarining turlarini oʻz ichiga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida kelishilishi lozim. Mazkur masalalar shu tariqa kelishilganidan soʻng, kelishilgan havo qatnovlarida parvozlar boshlanishiga eng kamida oltmish (60) kun qolganida Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim qilinishi lozim. Bundan keyin roʻy beradigan har qanday oʻzgarish uchun ham mazkur jarayon qoʻllaniladi va oltmish (60) kunlik muddat tegishli aviatsiya maʼmurlari tomonidan kelishuv asosida oʻzgartirilishi mumkin.
2. Basharti-ki, tayinlangan aviakorxonalar parvozlar jadvali borasida kelishuvga erisha olmasalar, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari uni belgilab beradilar. Kuchga ega boʻlgan parvozlar jadvalida roʻy beradigan bundan keyingi har qanday oʻzgarish borasida tayinlangan aviakorxonalar oʻzaro kelishuvga erisha olmagan hollarda ham mazkur jarayon qoʻllaniladi. Bu holda, mavjud boʻlgan parvozlar jadvallari aviatsiya maʼmurlari parvozlarning yangi jadvallarini oʻrnatishga harakat qilayotgan olti (6) oy mobaynida kuchga ega boʻladi.
8-modda
Tariflar
Tariflar
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga va uning hududidan tashishda qoʻllaydigan tariflar barcha tegishli omillarni hisobga olgan holda, jumladan tashuvchilarning manfaatlari, foydalanishga ketadigan xarajatlarga, xizmat tavsiflari, vositachilik qiymatlari, foydaning oqilona miqdoriga, boshqa aviakorxonalarning belgilangan tariflariga asoslanib, shuningdek, bozorning tijoriy tomonlarini hisobga olgan holda, oqilona meʼyorlarda belgilanadi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida uqtirib oʻtilgan tariflar, mumkin boʻlgan taqdirda, tayinlangan aviakorxonalarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilanishi lozim va bunday kelishuvga imkon qadar tegishli xalqaro tashkilotlar yoki muassasalarning tariflarni belgilash jarayonlarini qoʻllash asosida erishilishi lozim.
3. Bunday tarzda oʻzaro muvofiqlashtirilgan tariflar ular joriy etilishi taxminlangan kunga kamida oltmish (60) kun qolganida har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlarining tasdigʻiga taqdim etilishi shart. Maxsus hollarda, uqtirib oʻtilgan maʼmurlar mazkur muddatni kelishuv asosida qisqartirishlari mumkin.
4. Tariflarni soddaroq usulda ham tasdiqlash mumkin. Tariflar tasdiq uchun taqdim qilingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida aviatsiya maʼmurlaridan hech qaysi biri ushbu moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq oʻz noroziligini bildirmasa, bu tariflar tasdiqlangan deb hisoblanadi. 3-bandda koʻrsatib oʻtilganidek, taqdim etish muddati qisqartirilgan taqdirda aviatsiya maʼmurlari norozilikni bildirish muddatini ham tegishli ravishda oʻttiz (30) kundan kam boʻlgan muddatga qisqartirish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin.
5. Agarda, tarif borasida ushbu modda 2-bandiga muvofiq bir qarorga kelinmasa yoki ushbu modda 4-bandiga muvofiq qoʻllaniladigan muddat ichida aviatsiya maʼmurlaridan biri boshqa aviatsiya maʼmurlarini ushbu modda 2-bandiga muvofiq kelishilgan taʼriflar borasida oʻz noroziligi toʻgʻrisida ogoh etgan taqdirda, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga muvofiq tarifni belgilashga harakat qilishlari lozim.
6. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu modda 3-bandi qoidalariga muvofiq taqdim etilgan tariflar borasida yoki ushbu modda 5-bandi qoidalariga muvofiq tarif belgilash yuzasidan bir qarorga kelaolmasalar, ushbu bahs mazkur Bitimning 17-moddasi qoidalariga muvofiq hal etilishi lozim.
7. Ushbu moddaning qoidalariga binoan belgilangan tariflar yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchida qoladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tegishli tarifning amal muddatini oʻzaro kelishuvga muvofiq uzaytirishlari mumkin. Har qanday holda ham, biron-bir yoʻl bilan muddati uzaytirilgan tarifning muddati ushbu bandga binoan oʻn ikki (12) oydan oshiq muhlatga choʻzilmaydi.
9-modda
Bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod qilish
Bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod qilish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga qarashli xalqaro havo qatnovlarida foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek, shu kemadagi roʻyxatdagi mulk, yoqilgʻi zaxiralari va moylash ashyolari, ehtiyot qismlar va bort zaxiralari, parvoz vaqtida yoʻlovchilarga sotish uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelgan vaqtda barcha bojxona bojlari, nazorat yigʻimlari va boshqa shuning singari davlat va mahalliy soliqlardan ozod qilinadi, basharti-ki, shu moslamalar, zaxiralar va mollar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelgan vaqtdan toki qaytib olib chiqib ketilgunga qadar havo kemasi ichida qolsa.
2. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haqlarni mustasno etganda, xuddi shunday bojlar va soliqlardan quyidagilar ham ozod qilinadi:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemasini taʼminlash uchun moʻljallangan yoqilgʻi va moylash mahsulotlari, garchi, bu zaxiralar ularni olingan Ahdlashuvchi Tomonning hududida amalga oshirilgan parvozlar jarayonida ishlatilgan taqdirda ham;
b) istalgan bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan olib kirilgan, belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan havo kemalari holatini saqlab turish yoki tuzatish uchun keltirilgan ehtiyot qismlar;
c) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida shu uqtirib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomonning maʼmurlari belgilagan eng kam miqdorda olingan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning belgilangan yoʻnalishda parvozlarni amalga oshirishda mashgʻul boʻlgan havo kemalarida ishlatish uchun moʻljallangan havo kemalari zaxiralari;
d) xalqaro havo qatnovini amalga oshirayotgan tayinlangan aviakorxona havo kemalari tomonidan tashilayotgan yoʻl-yoʻlakay oʻtadigan yoʻlovchilar yuki va yuklar;
e) bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi vakillik idoralarida ishlarni olgʻa siljitish va reklama qilish maqsadida olib kirilgan buyumlar va ashyolar, basharti, ularga tegishli aviakorxonaning nomi bitilgan boʻlsa va avvaldan taqsimlangan boʻlsa.
Yuqorida, mazkur moddaning a, b va s-bandlarida uqtirib oʻtilgan ashyolarni bojxona nazorati va kuzatuvi ostida ushlab turish talab qilinishi mumkin.
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi havo kemasi sahnida saqlanadigan roʻyxatdagi mulk, shuningdek, mahsulotlar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida faqatgina shu hududdagi bojxona maʼmurlarining roziligi bilan havo kemasidan tushirilishi mumkin. Bunday holda, ushbu buyumlar qaytib olib chiqib ketilgunga yoki bojxona qoidalariga muvofiq boshqa joyga koʻchirilgunga qadar ular shu uqtirib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostida ushlab turilishi talab qilinishi mumkin.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzining aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida mazkur Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga muvofiq ravishda foydalanayotgan umumiy oshiqcha soliqqa qoʻshilgan qoʻshimcha qiymat uchun solingan soliq yoki shuning singari bevosita soliqqa tegishli boʻlgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beradi.
10-modda
Tijoriy faoliyatlar
Tijoriy faoliyatlar
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon teng huquqli asosda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzining hududida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirish uchun zaruriy boʻlgan vakillik idoralari, shuningdek, oʻzining yoki mahalliy tijoriy, texnik, ishchi va boshqaruvchi xodimlarini ushlab turish huquqini beradi. Bunday vakillik idoralarini ochish va yuqorida qayd etilgan xodimlarning bandlik masalasi mazkur huquqlarni beruvchi Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga asoslangan holda olib boriladi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirishi uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzining hujjatlarini rasmiylashtirish, reklama qilish va sotish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Sotuv ishlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning kuchda boʻlgan qonun va qoidalariga muvofiq ravishda oʻz vakillik idoralari orqali bevosita yoki sotuv va/yoki sayyohlik agentlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
3. 2-bandda uqtirib oʻtilgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida tashuv ishlarini amalga oshirish uchun oʻz hujjatlarini sotish ishlari mahalliy yoki istalgan erkin almashlanadigan pul birligida amalga oshirilishi mumkin.
11-modda
Daromadlarni oʻtkazish
Daromadlarni oʻtkazish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi birinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuk va pochta tashish ishlarida ishlab topgan mablagʻlarning xarajatlardan ortgan daromad qismini zudlik bilan hamda erkin oʻtkazish huquqini beradi.
Bunday oʻtkazish erkin almashlanadigan pul birligida, oʻtkazish amalga oshiriladigan kun mavjud boʻlgan valyuta ayirboshlash rasmiy qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida maxsus bitim mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkazish shu bitim qoidalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
3. Xalqaro havo qatnovida mashgʻul boʻlgan havo kemasining parvozlarini amalga oshirish natijasida topilgan daromadga faqat tayinlangan aviakorxonaning amaldagi boshqarmasi joylashgan davlatdagina soliq solinadi.
4. Basharti-ki, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida Ikki tomonlama soliq solishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Bitim mavjud boʻlsa, uning qoidalari ustuvor hisoblanadi.
12-modda
Tayyoragoh tariflari va shuning singari tariflar
Tayyoragoh tariflari va shuning singari tariflar
Tayyoragohlar va havo navigatsiyasidan foydalanish uchun belgilanadigan qiymatlar tegishli ravishda Oʻzbekiston va Ruminiya hududlarida mazkur davlatlarda kuchda boʻlgan qonun va qoidalar asosida joriy etiladigan tariflarning rasmiy darajasida olinadi va ular shuning singari xalqaro havo qatnovlarini amalga oshiradigan barcha havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladi.
13-modda
Guvohnomalar va ruxsatnomalarni tan olish
Guvohnomalar va ruxsatnomalarni tan olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon joriy etgan yoki tan olgan uchishga yaroqlilik, vakolati toʻgʻrisidagi guvohnomalar va ruxsatnomalarni ular kuchda boʻlgan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimda belgilangan havo qatnovlarini amalga oshirish va xizmat koʻrsatish maqsadida haqiqiy deb tan oladi, basharti,. oʻsha guvohnomalar va ruxsatnomalar Konvensiyada belgilangan ularni joriy etish yoki tan olishning eng kam mezoniga teng yoki undan balandroq talablar asosida berilgan yoki tan olingan boʻlsa.
2. Yuqoridagi band qoidalariga qaramasdan, har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududi ustidan parvozlar amalga oshirilayotgan vaqtda oʻzining fuqarolariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon yoki boshqa bir davlat bergan yoki haqiqiy deb tan olgan guvohnomalar yoki ruxsatnomalarni tan olishni inkor etish huquqini saqlab qoladi.
14-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan havo kemasining oʻz hududiga uchib kelishi, unda boʻlib turishi yoki undan joʻnab ketishini yoxud bu havo kemasining oʻsha hudud doirasidagi parvozlarini va havo navigatsiyasini tartibga soluvchi qonun va qoidalari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining havo kemasiga nisbatan qoʻllanadi va oʻsha havo kemasi mazkur qonunlarga shu uqtirib oʻtilgan birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirib kelishda, unda boʻlib turish va undan joʻnab ketish vaqtida ularga amal qilishi lozim.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilar yuklari, pochta yoki yuklarning kelish, boʻlib turish, yoʻl-yoʻlakay oʻtish va joʻnab ketishga doir qonun va qoidalari, ular oʻz ichiga mamlakatga kirish, rasmiylashtirish, immigratsiya, emigratsiya, pasport, bojxona, valyuta va karantinga taalluqli boʻlgan qoidalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonalari shu Ahdlashuvchi Tomon hudud doirasiga kirish, chiqish yoki unda boʻlib turish davrida rioya qilishlari shart.
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududi doirasida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga faqat zaruriy tashuv hujjatlari boʻlgan yoʻlovchilarni oʻz hududiga kelish yoki hududi orqali yoʻl-yoʻlakay oʻtish uchun tashishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishiga ruxsat beradi.
Tayinlangan aviakorxona tomonidan tashilayotgan yoʻlovchi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning uning hududiga kirish uchun amalda kuchga ega boʻlgan qonuniy tartibotlarini bajarmagan holda, tegishli tayinlangan aviakorxona oʻsha yoʻlovchini uni olgan joyiga oʻzining xarajatlari hisobiga qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi.
4. Istalgan bir Ahdlashuvchi Tomon yoʻlovchi kelib tushishi lozim boʻlgan joyda uni mamlakat hududiga kirishi noloyiq deb topilgan vaqtda, basharti-ki, oʻsha yoʻlovchi uni tashib keltirgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida uni oʻsha manzildan olishdan avval istiqomat qilgan boʻlsa mazkur yoʻlovchini tekshirish uchun qabul qiladi, biroq uni tashib keltirgan Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yoʻl-yoʻlakay oʻtish hollari bundan mustasnodir. Mamlakat hududiga kirish uchun noloyiq deb topilgan bunday yoʻlovchini Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi marta mazkur mamlakat hududiga qaytarib tashib keltirmaydi.
15-modda
Koʻp tomonlama bitimlar va konvensiyalar qoidalarini bajarish
Koʻp tomonlama bitimlar va konvensiyalar qoidalarini bajarish
Basharti-ki, har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun tegishli boʻlgan havo transportiga taalluqli bitim yoki konvensiya kuchga kirsa, mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻtkaziladigan muzokaralar yoʻli bilan oʻsha bitimlar yoki konvensiyaning qoidalariga tasdiq maʼnosida unga qoʻshimcha qilib kiritiladi.
16-modda
Maslahatlashuvlar
Maslahatlashuvlar
1. Yaqindan hamkorlik qilish nuqtai nazaridan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari mazkur bitim qoidalariga amal qilish va qoniqarli darajada bajarilishini taʼminlash uchun vaqt-vaqti bilan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
2. Istalgan bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan mazkur Bitimni talqin qilish, qoʻllash yoki unga oʻzgartirish kiritishni taʼminlash uchun maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin.
Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida muzokaralar yoki yozishmalar yoʻli bilan oʻtkaziladigan bunday maslahatlashuvlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma talabnomani olgan kunidan boshlab, basharti-ki, Ahdlashuvchi Tomonlar muddatni uzaytirish toʻgʻrisida kelishuvga erishmasalar, oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
17-modda
Bahslarga barham berish
Bahslarga barham berish
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash borasida kelib chiqqan biron-bir bahs Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar yordamida hal etilishi lozim. Aviatsiya maʼmurlari kelishuvga erisholmagan taqdirda Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur bahsni diplomatik vositalar orqali hal etishlari lozim.
18-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Aviatsiya xavfsizligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonunlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq gʻayriqonuniy aralashuv xatti- harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir bir-birlariga nisbatan zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonunga doir oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy yoʻnalishlarini cheklamagan holda, har ikki Ahdlashuvchi Tomon aʼzo boʻlgan 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasiga qarshi qonunga xilof harakatlar bilan kurash haqidagi Konvensiya qoidalariga va Ahdlashuvchi Tomonlar aʼzo boʻladigan aviatsiya xavfsizligi boʻyicha konvensiyalarga muvofiq harakat qiladilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy koʻmakni beradilar.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi tartiblariga muvofiq ish koʻradilar; ular oʻzlari qayd etgan havo kemalarining boshqaruvchilaridan yoki asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining boshqaruvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri havo kemasining bunday foydalanuvchilaridan boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududiga kirish, undan chiqish yoki unda boʻlib turishi uchun 3-bandda uqtirilgan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini talab qilinishiga rozilik beradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, tashilayotgan buyumlarni, yoʻlovchi yuki, yuklar va havo kemasi zaxiralarini ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
5. Basharti, fuqaro kemasini tutqun qilish voqeasi sodir boʻlsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalari xavfsizligiga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillashtirish orqali bir-birlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik va tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha chora-tadbirlarini koʻradilar.
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tegishli davlat hududida qoʻngan, noqonuniy tutqun qilish yoki noqonuniy daxldorlik harakatlariga asos boʻlgan havo kemasini, basharti-ki, havo kemasini joʻnatish insonlar hayotini himoya qilish majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan zaruriyatdan kelib chiqmasa, uni yerda ushlab turish bilan bogʻliq boʻlgan, amalda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan chora-tadbirlar koʻrishi lozim. Amalda qoʻllanilishiga qarab, bunday chora-tadbirlar oʻzaro maslahatlashuvlar asosida oʻtkazilishi lozim.
7. Bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga tegishli boʻlgan muammolarga ega boʻlsa, istalgan bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlaridan zudlikda maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishi mumkin.
19-modda
Oʻzgartirishlar kiritish
Oʻzgartirishlar kiritish
1. Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon bu maqsadda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan takliflarni chuqur oʻrganib chiqishi lozim. Qabul qilingan har qanday oʻzgarish Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro bitimlarni kuchga kiritish uchun zaruriy boʻlgan barcha yuridik tartibotlarni bajarganligi toʻgʻrisida bir-birini diplomatik vositalar orqali oʻzaro xabardor etganidan soʻng kuchga kiradi.
2. Ilova Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmurlarining toʻgʻridan toʻgʻri kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin va u xat almashish vositasi bilan tasdiqlanishi lozim.
3. Mazkur Bitim yoki uning Ilovasiga oʻzgartirish kiritish uchun muzokaralar, basharti, har ikki Ahdlashuvchi Tomon mazkur muddatni uzaytirish toʻgʻrisida kelishuvga erishmasalar, talab tushgan kundan eʼtiboran oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
20-modda
Roʻyxatga olish
Roʻyxatga olish
Ushbu Bitim va unga kiritilgan har qanday oʻzgartirish Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotida roʻyxatga olinishi lozim.
21-modda
Bitimning kuchga kirishi
Bitimning kuchga kirishi
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro bitimlarni kuchga kiritish uchun zaruriy boʻlgan barcha yuridik tartibotlarni bajarganligi toʻgʻrisida bir-birini diplomatik vositalar orqali oʻzaro xabardor etgan kundan boshlab kuchga kiradi.
22-modda
Bitimning amaliy faoliyatini toʻxtatish
Bitimning amaliy faoliyatini toʻxtatish
1. Mazkur Bitimning amal qilish muddati cheklanmagandir.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorini boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonga yozma ravishda diplomatik vositalar orqali xabar qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotiga ham yuborilishi lozim. Bu holatda, xabarnoma yuborilgandan keyin boshqa Ahdlashuvchi Tomon uni olgach, ushbu Bitim oʻn ikki (12) oydan soʻng amal qilishdan toʻxtaydi, basharti, muddati oʻtgunga qadar mazkur bildirish oʻzaro kelishuv asosida orqaga qaytarib olinmasa. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan keyin oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Ushbuni tasdiqlab, har ikkala Ahdlashuvchi Tomon Hukumatlarining quyida imzo chekuvchi muxtor vakillari mazkur Bitimni imzoladilar.
Buxarest shahrida 1996-yil 6-iyunda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, rumin va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor darajada qoʻllaniladi.
(imzolar)
ILOVA
A Boʻlim
1. Oʻzbekiston Respublikasi tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga xalqaro havo qatnovlarini bajarishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
|
Oʻzbekistondagi manzillar: |
Toshkent va boshqa manzillar |
|
Oraliq manzillar: |
Keyinchalik kelishib olinadi |
|
Ruminiyadagi manzillar: |
Buxarest |
|
Tashqaridagi manzillar: |
Keyinchalik kelishib olinadi |
II. Ruminiyaning tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga xalqaro havo qatnovlarini bajarishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
|
Ruminiyadagi manzillar: |
Biron-bir manzil |
|
Oraliq manzillar: |
Keyinchalik kelishib olinadi |
|
Oʻzbekistondagi manzillar: |
Toshkent |
|
Tashqaridagi manzillar: |
Pekin va boshqa manzillar |
V Boʻlim
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalarining manfaatlarini eʼtiborga olib, barcha yoki ayrim havo qatnovlarida belgilangan yoʻnalishlardagi biron-bir yoki bir nechta manzillardan foydalanish mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari, agarda tayinlangan aviakorxona yoʻlovchilar, yuk va pochtani joʻnash yoki tegishli ravishda Oʻzbekiston va Ruminiya hududida joylashgan belgilangan manzilda tushirishga qobil boʻlsa, uchinchi davlatlar hududida joylashgan manzillarda qoʻnish uchun kelishuvga erishishlari mumkin.
A Boʻlimdagi I va II-yoʻnalishlardagi oraliq va tashqaridagi manzillardan har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalarining foydalanishi, shuningdek ularning havo tashuvida beshinchi erkinlik huquqlari Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida kelishib olinadi va ular tegishli aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanadi.
3. Qoʻshimcha parvozlar har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda, har bir tayinlangan aviakorxona tomonidan beriladigan buyurtma asosida amalga oshirilishi lozim.