06.11.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Maldiv Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlarining tegishli hududlariaro va hududlaridan tashqarida havo qatnovlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Maldiv Respublikasi Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Konvensiyasining qatnashchilari boʻlgani holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va hududlaridan tashqarida muntazam havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida Bitim tuzish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning qoʻllanilishi va izohlari maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va oʻsha Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan har qanday Ilovani va 90 va 94-moddalarga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har qanday tuzatishni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasining Bosh direktorini yoki hozirgi vaqtda yuqorida aytib oʻtilgan Bosh direktor bajaradigan yoki shunga oʻxshash ishlarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi va Maldiv Respublikasi Hukumatiga nisbatan — Transport va Aloqa vazirligining Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasini yoki hozirgi vaqtda yuqorida aytib oʻtilgan boshqarma bajaradigan yoki shunga oʻxshash ishlarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) “tayinlangan aviakorxona” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon Jadvalda koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida ushbu Bitimning 3-moddasi (Tayinlash va parvozlarga ruxsat berish)ga muvofiq tayinlangan bir yoki bir nechta aviatsiya korxonasini anglatadi va bunday tayinlash toʻgʻrisida birinchi Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “hudud” atamasi Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan ushbu Ahdlashuvchi Tomonning mustaqilligi, suvereniteti, himoyasi va mandati ostidagi yer maydonlarini va ichki suvlarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “tarif” atamasi agentlik shartlarni va boshqa yordamchi qiymatlarni oʻz ichiga olgani holda yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki va yuklarni tashish uchun sarflangan qiymatni hamda bu qiymatlar qoʻllaniladigan qoidalarni anglatadi, biroq pochta tashish qiymati va shartlari bunga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Konvensiyaning 96-moddasida ular uchun koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “kelishilgan yoʻllar” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimda belgilangan huquqlarni berishi orqali yoʻlga qoʻyilgan f-bandida koʻrsatilgan har qanday havo qatnovlarini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “belgilangan yoʻnalishlar” atamasi ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan har qanday yoʻnalishlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “hajm” atamasi havo kemasiga nisbatan biror yoʻnalishda yoki yoʻnalishning bir qismida havo kemasi qabul qilib olishi mumkin boʻlgan tijoriy yuklashni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “hajm” atamasi kelishilgan yoʻllarga nisbatan ushbu havo yoʻlidan foydalanilayotgan havo kemasining hajmi maʼlum vaqt ichida belgilangan yoʻnalish yoki yoʻnalishning bir qismida shunday havo kemasi tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarning takroriyligiga koʻpaytirilganini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) “tayyoragoh yigʻimlari” aviakorxonalardan havo kemalari, undagi ekipaj va yoʻlovchilar tayyoragoh va aeronavigatsiya vositalari va shu singari boshqa xizmatlar va vositalar bilan taʼminlanishi uchun undiriladigan toʻlovlarni anglatadi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) “ushbu Bitimga Ilova” atamasi ushbu Bitimga ilova qilingan yoʻnalishlar jadvalini yoki ushbu Bitim 17-moddasi (Bitimni oʻzgartirish)ning qoidalariga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni anglatadi. Ilova ushbu Bitimning ajralmas qismini tashkil qiladi va ushbu Bitimning barcha izohlari Ilovaga qilingan izohlarni oʻz ichiga oladi, agarda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Huquqlarni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlarda xalqaro havo qatnovlarni yoʻlga qoʻyish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatilgan huquqlarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning qoidalariga binoan har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxona havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida notijoriy maqsadlarda qoʻnish; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha kelayotgan yoki ketayotgan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuk va pochtani olish yoki tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida qoʻnish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim 3-moddasining (Tayinlash va parvozga ruxsat berish) qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonalardan tashqari, har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonalari ushbu moddaning a va b-6andlarida aytib oʻtilgan huquqlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu modda 2-bandining hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi bir manzilga tashish uchun yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuk va pochtani olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Biror bir harbiy mojaro, siyosiy gʻalayon yoki favqulodda va odatdan tashqari holatlar natijasida bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi oʻzining odatdagi yoʻnalishlari boʻyicha parvozni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bu yoʻnalishlarni vaqtincha oʻzgartirish yoʻli bilan, shu jumladan Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida oʻzaro kelishib olingan biron-bir alternativ huquqlarni vaqtincha berish orqali parvozlarni davom ettirish uchun harakat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Tayinlash va parvozlarga ruxsat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon Ilovada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini yozma tarzda xabardor qilgan holda bir yoki bir nechta aviakorxonani tayinlash hamda shu tayinlashlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kelishilgan yoʻllardan toʻla yoki qisman foydalanish istalgan vaqtda boshlanishi mumkin, shu shart bilan-ki, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) huquqlar berilgan Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalish boʻyicha qatnovlarni amalga oshirish maqsadida 1-bandga muvofiq aviakorxonani tayinlagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomon foydalanish uchun zarur boʻlgan ruxsatnomani yangi tayinlangan aviakorxonaga kechiktirmasdan va 4-modda (Parvozlar uchun ruxsatnomani bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish)ning shartlariga boʻysungan holda bergan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) tariflar 10-modda (Tariflar)ning qoidalariga muvofiq kuchga kirgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) parvozlar jadvali 11-modda (Jadval)ning qoidalariga binoan taqdim qilingan va tasdiqlangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-bandga binoan foydalanish uchun zarur boʻlgan ruxsatnomani berish maqsadida bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonadan u xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Konvensiyaning qoidalariga muvofiq odatda va oqilona tatbiq etiladigan qonun va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustunlik qilish va uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida qayd etilgan ruxsatnomalarni berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasida belgilangan huquqlardan foydalanish chogʻida bajarilishi zarur deb topilgan shartlarni bajarilishini talab qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Parvozlar uchun ruxsatnomalarni bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga 3-modda (Tayinlash va parvozlarga ruxsat berish)ga muvofiq berilgan ruxsatnomalarni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanishda quyida keltirilgan hollarda oʻzi zarur deb bilgan shartlarni doimiy tarzda yoki vaqtincha bajarilishini istagan vaqtda talab qilish huquqiga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar bu aviakorxona oʻsha huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan odatda qoʻllaniladigan va Konvensiyaning talablariga javob beradigan qonun va qoidalarga boʻysunmasa va kerakli darajada rioya qilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar aviakorxona ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligiga komil ishonchda boʻlmagan har qanday holda; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan talablarni bajaraolmayotgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar yuqoridagi qonun va qoidalarning bundan buyon buzilishini oldini olish uchun zaruriy ogohlantirish deb topilmasa, 1-bandda aytib oʻtilgan huquqlardan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan 16-modda (Maslahatlashuvlar)ga muvofiq maslahatlashuvlardan soʻng foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining oʻz hududiga uchib kirishini, u yerda boʻlib turishini, u yerdan joʻnab ketishini yoxud bunday havo kemalaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonun, qoidalar va rasmiyatchiliklar boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaning havo kemalari birinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirishida, undan joʻnab ketishida va unda boʻlib turgan vaqtida ularga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning oʻz hududiga havo kemasida yoʻlovchilar, ularni yuki, ekipaj, yuk hamda pochtaning kelishi, u yerda boʻlib turishi yoki undan joʻnab ketishini tartibga soluvchi qonun, qoida va rasmiyatchiliklar, shuningdek, kirish, aviatsiya xavfsizligi, immigratsiya, pasport, bojxona, karantin va sanitariyaga taalluqli boʻlgan qonun va qoidalarga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemasi birinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirish, joʻnab ketish yoki u yerda toʻxtab turish vaqtida shu havo kemasidagi yoʻlovchilarga, ularning yukiga, ekipajga yoki undagi pochtaga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududidan bevosita tranzit orqali oʻtadigan va bu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joydan chetga chiqmaydigan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuklar va pochta soddalashtirilgan nazoratdan oʻtadilar, biroq aviatsiya xavfsizligini taʼminlash uchun nazorat, narkotik moddalarni nazorat qilish va maxsus sharoitlarga koʻra amalga oshiriladigan nazorat bunga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddada qayd etilgan qonun va qoidalarni qoʻllashda hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon oʻzining aviakorxonasini yoki biron-bir boshqa aviakorxonani ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan ustun qoʻymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Guvohnomalar va ruxsatnomalarni eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan, yoki haqiqiy deb topgan, hamda amalda boʻlgan yaroqlik guvohnomalari, vakolatlar va ruxsatnomalarni kelishilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon ham ana shu hujjatlar amalda boʻlgan vaqtida haqiqiy deb eʼtirof etadi, basharti, bu guvohnoma yoki ruxsatnomalar berilishiga asos boʻlgan talablar Konvensiyaga muvofiq belgilangan talablar darajasiga teng boʻlsa. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz fuqarolariga 2-modda (Huquqlarni berish) ning 2-6andida koʻrsatilgan huquqlarga muvofiq parvozlar uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan vakolatlar va ruxsatnomalar toʻgʻrisidagi guvohnomalarni eʼtirof qilishni rad etish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bergan yoki haqiqiy deb topilgan guvohnoma va ruxsatnomalar Konvensiya joriy etgan mezon talablaridan farqlansa, bu farq Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan inobatga olingan yoki olinmaganligidan qatʼiy nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bu farqlar oʻzlari uchun qay darajada toʻgʻri kelishini aniqlash maqsadida birinchi Ahdlashuvchi Tomonning huquqlarini kamsitmagan holda, birinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan 16-modda (Maslahatlashuvlar)ga muvofiq maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Bojxona bojlari va boshqa soliqlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining kelishil-gan yoʻllarda mashgʻul boʻlgan havo kemasi, shuningdek bunday havo kemalar ichidagi ularning roʻyxatdagi mol-mulki, (gidravlik suyuqliklarni oʻz ichiga olgani holda) yoqilgʻi, moylash vositalarining zaxiralari, qoʻllaniladigan texnik ehtiyojlar, (dvigatellarni oʻz ichiga olgani holda) ehtiyot qismlar, tayyora zaxiralari (oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki va parvoz davomida yoʻlovchilarga sotish uchun yoki yoʻlovchilar tomonidan ishlatish uchun moʻljallangan cheklangan miqdordagi boshqa mahsulotlar) va parvoz davomida ishlatish uchun moʻljallangan va shu havo kemasida saqlanib qolgan boshqa buyumlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga uchib kirish chogʻida bojxona bojlaridan, aksiz yigʻimlardan va boshqa soliqlardan ozod qilinadi, basharti, bu buyumlar va zaxiralar olib chiqib ketilgunga qadar yoki kelishilgan yoʻllarda parvoz qilish mobaynida ishlatilib boʻlgunga qadar shu havo kemasining sahnida saqlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shuningdek, bunday milliy va mahalliy yigʻimlar, toʻlovlar va soliqlardan, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yigʻimlarni istisno etganda, quyidagilar ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari belgilagan miqdorda havo kemasining sahniga olingan va xalqaro havo yoʻllarida parvoz qilayotgan boshqa Ahdlashuvi Tomonning tayinlangan aviakorxonasining havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan tayyora zaxiralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kelishilgan yoʻllardan foydalanayotgan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga olib kirilgan ehtiyot qismlar (dvigatellarni oʻz ichiga olgani holda) va roʻyxatdagi mulklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan yoʻllardan foydalanayotgan havo kemasini taʼminlash uchun moʻljallangan yoqilgʻi va moylash ashyolari (shu jumladan gidravlik suyuqliklar), garchan bu zaxiralar havo kema sahniga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida olingan boʻlib, shu hududning ustidan amalga oshiriladigan parvozning biron-bir qismida ishlatilgan taqdirda ham.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bevosita tranzit orqali oʻtadigan yoʻlovchilar yuki va yuklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuqoridagi a, b, c va d-bandlarida koʻrsatilgan ashyolar bojxona maʼmuriyatining nazorati yoki kuzatuvi ostida saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Roʻyxatdagi mol-mulk, shuningdek, dvigatellarni oʻz ichiga olgani holda ehtiyot qismlar, tayyora zaxiralari, yoqilgʻi va moylash ashyolarining zaxiralari (shu jumladan gidravlik suyuqliklar) va Ahdlashuvchi Tomonlarning biri tayinlagan aviakorxonasining havo kemalarida odatda saqlanadigan yuqoridagi 1-bandda aytib oʻtilgan boshqa ashyolar va zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻsha hudud bojxona maʼmuriyatining ruxsati bilan tushirilishi mumkin. Bu holda, ular orqaga qaytarib olingunga yoki bojxona qoidalariga va tartiblariga binoan boshqa qarorini topgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan maʼmurlarning nazorati ostida joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzaro tenglik munosabatlariga asoslangan holda har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga boʻysungan holda har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yoki uning agentlari tomonidan faqat oʻzining havo kemasiga va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun olib kirilgan chipta zaxiralari, yuk tashishga oid qogʻozlar, reklama materiallari, aviakorxona hujjatlari, yoʻlovchilarning yuklariga biriktiriladigan yorliqlar va shu aviakompaniya nomiga yoki nishonasiga ega boʻlib chop etilgan har qanday materiallar ham barcha bojxona bojlaridan va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddaga koʻra toʻlov va yigʻimlardan ozod qilish bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi yuqoridagi 1 va 2-bandlarda koʻrsatilgan buyumlarni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida vaqtincha foydalanish yoki berish toʻgʻrisida boshqa bir aviakorxona yoki aviakorxonalar bilan shartnoma tuzilgan taqdirda ham qoʻllaniladi, shu shart bilan-ki( bu boshqa aviakorxona yoki aviakorxonalar ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon bergan yigʻimlardan ozod boʻlish huquqidan foydalansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Kelishilgan yoʻllardan foydalanish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga kelishilgan havo yoʻllaridan foydalanish uchun maqbul va teng imkoniyatlar yaratib beriladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining vazifalari doirasida ushbu Bitimda koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasining raqobatlashish imkoniyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamsitish va nohaq raqobatchilikning barcha koʻrinishlariga barham berish borasida hamma zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan yoʻllardan foydalanish chogʻida oʻzidan keyin shu yoʻnalishdan toʻla yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaning manfaatlariga noodil ziyon yetkazmaslikni nazarda tutgan holda ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan kelishilgan yoʻllarda amalga oshirilayotgan qatnovlar belgilangan yoʻnalishlarda umumiy havo tashuviga boʻlgan aholining ehtiyojlariga bogʻliq ravishda muvofiq kelishlari lozim va har bir aviakorxona uni tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yoki hududiga yoʻlovchilarni, yoʻlovchilarning yukini, yuklarni va pochtani tashishga boʻlgan mavjud va odil moʻljallangan ehtiyojlariga javob bera oladigan ish yuklashni maʼqul miqdorida hajmni taʼminlashni birinchi darajali masala deb bilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga kelishilgan yoʻllarda ushbu moddaga binoan taʼminlaydigan hajmi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashdan oldin va tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarga muvofiq belgilab olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Tijoriy faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzaro tenglik munosabatlariga asoslangan holda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida aviatashuvlarni reklama qilish va ularni sotish maqsadida oʻzlarining vakolatxonalarini ushlab turish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga yoki aviakorxonalariga oʻzaro tenglik munosabatlari asosida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida kelishilgan yoʻllardan foydalanishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan oʻzlarining maʼmuriy, tijoriy va texnik xizmatchilari boʻlgan vakolatxona ochish va ularni ushlab turish huquqi beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan xodimlarga boʻlgan ehtiyoj tayinlangan aviakorxonaning ixtiyoriga koʻra oʻzlarining xodimlari bilan kifoyatlanishi yoki shu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida amaliy faoliyatini olib borayotgan va shuning singari xizmatlarni amalga oshirishga vakolati boʻlgan boshqa tashkilotlar, kompaniyalar, aviakorxonalar xizmatidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlan-gan aviakorxonasiga oʻzining hududida bevosita yoki aviakorxonaning ixtiyoriga koʻra agentlar orqali havo tashuvlarini sotish huquqini beradi. Har bir tayinlangan aviakorxona bunday tashuvlarni sotish huquqiga egadir va istagan shaxs bunday tashuvlarni shu hududning valyutasida yoki boshqa davlatlarning erkin almashadigan valyutasida erkin sotib olish imkoniyatiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzining xarajatlarini milliy valyutada toʻlashi mumkin yoki, mahalliy valyuta qoidalariga zid kelmagan hollarda, erkin almashadigan valyutada toʻlash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yuqorida aytib oʻtilgan faoliyatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Tariflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan yoki hududiga kelishilgan yoʻllarda tashuvlar uchun olinadigan tariflar barcha mavjud omillarni — foydalanish xarajatlarini, foydaning oqilona miqdorini hisobga olgan holda va boshqa aviakorxonalar belgilagan tarif mezonlariga asoslangan holda oqilona meʼyorda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan tariflar borasida har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari imkon boricha bir-birlari bilan kelishib olishlari lozim va bunday kelishuvga, imkoniyat boricha, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) tariflarni belgilash qoidalarini qoʻllash yoki tariflarni belgilash boʻyicha har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida kelishib olinishi mumkin boʻlgan biron-bir boshqa hujjatlarga asoslangan holda erishishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari raqobat qilish imkoniyatlarini yuqori koʻtarish va himoya qilish maqsadida bir Ahdlashuvchi Tomonning manzilidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning manziliga har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari amalga oshiradigan tashuvlarga olinadigan tariflarni tasdiqlash uchun quyidagi shartlarni qoʻllaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki mamlakat oʻrtasida tashuvlarni amalga oshirish uchun taklif qilingan tariflar, ularni amalda joriy qilish taxmin qilingan kunga kamida 30 (oʻttiz) kun qolganda tayinlangan aviakorxona tomonidan yoki nomidan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim, agarda bu muddatni qisqartirish borasida aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishib olmagan boʻlsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ushbu moddaning s va d-bandlariga binoan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari bir-birlariga taklif qilingan tariflar borasida rozi emasliklari toʻgʻrisidagi bildirishni 15 (oʻn besh) kun (yoki har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida oʻzaro kelishib olingan qisqaroq muddat) ichida yubormasalar yoki quyidagi s-bandiga muvofiq maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilmasalar bunday tariflar tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Agar bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ularga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan taklif qilingan tariflar haddan tashqari baland deb bilsalar yoki bu tariflarni tasdiqlanishi raqobatchilikka zid keladi va boshqa tayinlangan aviakorxonaga katta zarar yetkazishi mumkin degan fikrga kelsalar, ular tariflar tasdiq uchun taklif qilingandan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashlari mumkin. Yozishmalar orqali oʻtkazilishi mumkin boʻlgan maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisida taklif tushgan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida tugashi lozim va tariflar shu muddat tugagach kuchga kiradi, agarda har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari boshqa biron-bir qarorga kelmasalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Ushbu moddaning qoidalariga binoan belgilangan tariflar yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi. Biroq, har bir tarifning amal qilish muddati shu muddat tugagach 12 (oʻn ikki) oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) har ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflardan farq qiladigan tariflarni qoʻllashlari yoki ularni tarqatishlari lozim emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Jadvallar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishdan 30 (oʻttiz) kun oldin parvozlar takroriyligini, havo kemasining turini, sotish uchun moʻljallangan oʻrinlarning joylanishini va miqdorini koʻrsatib, taxminiy jadvalni tasdiqlash uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tasdiqlangan jadvaliga kiritiladigan har qanday keyingi oʻzgartirishlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayinlangan aviakorxona jadvalda tasdiqlanganlardan tashqari qoʻshimcha parvozlarni amalga oshirish istagida boʻlsa, u tegishli Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlaridan oldindan bunga ruxsatnoma olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Maʼlumotlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlarini ularning iltimoslariga binoan kelishilgan yoʻllardan foydalanishni koʻrib chiqish maqsadida oqilona miqdorda talab qilinadigan davriy va boshqa statistik maʼlumotlar bilan taʼminlaydilar yoki oʻzlarining tayinlangan aviakorxonalaridan taʼminlashni talab qiladilar va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillar va belgilangan yoʻnalishlardagi boshqa manzillar oʻrtasida oʻzlarining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan kelishuvlarga oid statistik maʼlumotlar bilan cheklanibgina qolmay boshqa davriy va statistik maʼlumotlarni ham taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Daromadlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga oʻzining hududida shu tayinlangan aviakorxona tomonidan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuki, yuklar va pochta tashuvlarini amalga oshirishdan hamda milliy qonunlar ruxsat beradigan doirada havo tashuvlariga bogʻliq boʻlgan boshqa faoliyatlar orqali ishlab topilgan mablagʻlarning xarajatlardan ortgan foyda qismini erkin oʻtkazish huquqini beradi. Bunday oʻtkazish joriy toʻlovlarni tartibga soluvchi milliy qonun va qoidalarga muvofiq rasmiy almashtirish qiymatiga binoan amalga oshirilishi lozim. Almashtirishning rasmiy qiymati boʻlmagan hollarda, bunday oʻtkazish joriy toʻlovlar uchun mavjud boʻlgan shu kundagi bozor qiymati boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida hisob-kitoblar maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladigan hollarda, shu shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Tayyoragoh yigʻimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan aeroport va avianaviagatsiya vositalaridan foydalangani uchun vakolati boʻlgan tashkilotlar tomonidan undiriladigan yoki undirishga ruxsat berilgan toʻlovlari odil va maqbul boʻlishini taʼminlashga astoydil harakat qiladilar. Bunday toʻlovlar faqat iqtisodiy nuqtai-nazardan belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan undiradigan yoki undirishga ruxsat beradigan tayyoragoh yigʻimlari xalqaro xuddi shunday xalqaro havo yoʻllarida mashgʻul boʻlib havo kemasidan, aviatsiya vositalari va xizmatlaridan foydalanayotgan oʻzining tayinlangan aviakorxonasi toʻlaydigan tayyoragoh yigʻimlaridan yuqori boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro qonundan kelib chiqadigan oʻzlarining huquqlari va majburiyatlariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismini tashkil qilishini tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro qonundan kelib chiqadigan oʻz huquqlarining va majburiyatlarining umumiy qoʻllanishini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa baʼzi bir harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda tutqun qilib olishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan gʻayriqonuniy harakatlar haqidagi Konvensiyaga va keyinchalik fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga oid ikki Ahdlashuvchi Tomonlar imzolashlari mumkin boʻlgan barcha boshqa koʻptomonlama shartnomalarga muvofiq harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimoslariga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning bu havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maʼqul keladigan darajada Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga kiritilgan Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq va Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan qay darajada qoʻllanilishiga qarab ish koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bunga qoʻshimcha qilib, Ahdlashuvchi Tomonlar roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarining foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan qay darajada qoʻllanilishiga qarab ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning havo kemasi foydalanuvchilaridan oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida yuqoridagi 4-bandda uqtirib oʻtilgan aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalarga amal qilishni talab qilishi mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchilarning yukini, yuklarni va tayyora zaxiralarini havo kemasi sahniga olish yoki ortish vaqtidan oldin yoki vaqtida tekshirish uchun samarali chora-tadbirlarni koʻradi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlgan holda, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Har bir Ahdlashuvchi Tomon noqonuniy tutqunlik yoki noqonuniy aralashuv xatti-harakatlari sodir boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning havo kemasi birinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida qoʻngach shu havo kemani oʻsha yerda qolishiga imkon berish uchun oʻzi zarur deb hisoblagan hamma choralarni koʻradi, agar uning uchib ketishi shu havo kemasidagi ekipaj va yoʻlovchilarni hayotini saqlab qolish uchun zarur tadbir boʻlmasa. Bu tadbirlar qay yoʻsinda amalga oshirilishidan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlardan soʻng amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalaridan chekinyapti deb hisoblash uchun yetarli asosga ega boʻlsa, birinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan tezda maslahatlashuvlar oʻtkazilish toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishlari mumkin. Talab tushgan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida zarur boʻlgan kelishuvga erisha olinmagan hollarda 4-modda (Parvozlar uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish)ning 1-bandini qoʻllashga asos tugʻiladi. Nihoyatda zarur boʻlgan hollarda 15 (oʻn besh) kunlik muddat tugashiga qadar Ahdlashuvchi Tomon 4-modda 1-bandiga binoan harakat qilishi mumkin. Ushbu bandning shartlariga muvofiq amalga oshirilayotgan har qanday xatti-harakatlar ushbu moddaning xavfsizlik qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimda keltirilgan qoidalarni bajarish, izohlash, qoʻllash yoki oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida istagan vaqtda maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim 15-modda (Aviatsiya xavfsizligi)ning qoidalariga binoan muzokaralar yoki yozishmalar orqali oʻtkaziladigan bunday maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos tushgan kundan boshlab 60 (oltmish) kun ichida boshlanishi lozim, agarda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Bitimni oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning ayrim qoidalarini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb hisoblasa, bunday oʻzgartirishlar 16-modda (Maslahatlashuvlar)ning qoidalariga muvofiq kelishib olinadi. Bunday oʻzgartirishlar Ahdlashuvchi Tomonlar tegishli ichki qonunchilik tartibotlarini bajarib boʻlganliklari toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali notalar almashilgandan soʻng ular belgilagan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda 1-bandining shartlaridan qatʼi nazar, ushbu Bitimning Ilovasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar bevosita Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishib olinadi. Bunday oʻzgartirishlar kelishib olingan kundan boshlab qoʻllaniladi va diplomatik yoʻllar orqali tegishli tasdiq olingandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Basharti, har ikkala Ahdlashuvchi Tomon ishtirokida biron-bir xalqaro konvensiya yoki koʻp tomonlama shartnoma tuzilgan boʻlsa, ushbu Bitim bunday shartnomalarning qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida oʻzgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Nizolarga barham berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida kelib chiqqan har qanday nizoni Ahdlashuvchi Tomonlar birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar orqali hal qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar orqali murosaga kela olmasalar ular 6u bahsni hal etishni bir masʼul shaxsga yoki tashkilotga topshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agarda bahslashuvlar yuqoridagi 1 va 2-bandlarga muvofiq hal qilaolinmasa, har bir Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra bu masalani hal qilishni uch hakamdan tashkil topgan Arbitraj ixtiyoriga topshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan hakamni tayinlaydi va Arbitraj sudining raisi sifatida ish yuritadigan uchinchi hakamni birgalikda ikki hakam tayinlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) Arbitraj sudi tomonidan bahslashuvlarni hal qilish toʻgʻri- sida diplomatik yoʻllar orqali yozma talab tushgan kundan boshlab Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri 60 (oltmish) kun ichida bittadan hakamni tayinlashi lozim. Uchinchi hakam uchinchi davlatning fuqarosi boʻlib 60 (oltmish) kunlik davr ichida tayinlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar belgilangan muddat ichida oʻz hakamini tayinlay olmasalar yoki uchinchi hakam belgilangan muddatda tayinlanmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti kengashining Prezidentiga Ahdlashuvchi Tomonlardan istagan biri tomonidan zaruriyatga qarab hakamni yoki hakamlarni tayinlash toʻgʻrisidagi talab qoʻyilishi mumkin, shu shart bilan-ki Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysi birining fuqarosi boʻlmasligi lozim, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti kengashining Prezidenti Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan hollarda uning muovini bu tayinlashlarni amalga oshirishi lozim. Bunday hollarda, Prezident va uning muovini tayinlagan hakam va hakamlar ushbu Bitimni imzolaydigan Ahdlashuvchi Tomonlarning fuqarosi yoki doimiy aholisi boʻlmasligi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Arbitraj sudi ushbu Bitimga muvofiq oʻzining yuridik vazifalari doirasini va oʻzining qoidalarini belgilab olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Arbitraj sudining soʻnggi qaroriga binoan arbitrajning barcha xarajatlari Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida teng boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Tomon arbitiraj sudi chiqargan har qanday hukm va qarorni oʻzlarining milliy qonun va qoidalariga muvofiq bajarishga astoydil harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Basharti, bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 6-bandiga muvofiq chiqarilgan qarorni bajarishdan bosh tortsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimda belgilangan huquq va imtiyozlarni oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajaraolmayotgan birinchi Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan cheklashi, toʻxtatib qoʻyishi va bekor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Bitimni va oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimni va unga keyinchalik kiritilgan har qanday oʻzgartirishlarni Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Bitim amal qilishini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilish muddatini toʻxtatish istagida ekanligi toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali xabarnoma yuborishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga ham yuboriladi. Ushbu Bitim oʻz amal muddatini bir Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini boshqa Ahdlashuvchi Tomon olgan kundan boshlab 1 (bir) yillik muddat oʻtgandan soʻng yakunlaydi, agarda oʻzaro kelishuvga asosan xabarnoma shu muddat tugagunga qadar orqaga qaytarib olinmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) xabarnoma olganidan soʻng 14 (oʻn toʻrt) kun oʻtgach shu kundan boshlab boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitim kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan oʻzining tegishli tartibotlarini amalga oshirib boʻlganligi toʻgʻrisida diplomatik yozishmalar orqali xabardor qiladilar. Ushbu Bitim har ikkala Hukumat uni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha ichki qonunchilik tartibotlarini bajarib boʻlganliklari toʻgʻrisida bir birlarini ogohlantirganlaridan soʻng bir oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, oʻz Hukumatlarining tegishli vakolatiga ega boʻlganlar mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yilning 6-noyabrida Toshkent shahrida oʻzbek va ingliz tillarida ikki nusxada imzolandi, har ikkala matn bir xil kuchga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVAL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Maldiv Respublikasi Hukumati oʻrtasida oʻzlarining tegishli hududlariaro va ularning tashqarisida havo qatnovlari toʻgʻrisida tuzilgan ushbu Bitimga Jadval.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari havo qatnovlarini har ikki tomonga amalga oshirish paytida foydalanadigan yoʻnalishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joʻnab ketish manzillari‎ Oraliq manzillar‎ Maldivdagi manzillar‎ Tashqaridagi manzillar‎
Oʻzbekistondagi manzillar‎ istalgan manzillar‎ Maldivdagi manzillar‎ istalgan manzillar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maldiv Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi yoki aviakorxonalari havo qatnovlarini amalga oshirish paytida foydalanadigan yoʻnalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joʻnab ketish manzillari‎ Oraliq manzillar‎ Oʻzbekistondagi manzillar‎ Tashqaridagi manzillar‎
Maldivdagi manzillar‎ istalgan manzillar‎ Oʻzbekistondagi manzillar‎ istalgan manzillar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi bir yoki bir nechta parvozlarni amalga oshirayotgan vaqtida oʻz ixtiyoriga koʻra bir yoki bir nechta oraliq manzillarni tushirib qoldirishi mumkin, shu shart bilan-ki, bu yoʻnalishdagi kelishilgan qatnovlar shu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boshlansa yoki tugasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) Natijani foydalanish, parvozlar takroriyligi va har ikki Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga berilgan tijoriy huquqlardan foydalanish masalalari Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida kelishib olinishi lozim.