06.06.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ruminiya Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb yuritiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ruminiya Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkala davlatning oʻzaro manfaatlari uchun iqtisodiy kooperatsiyalashtirishga koʻmaklashishni istagan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi investitsiyalari uchun qulay sharoitlar yaratish va ularni quvvatlash maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikkala davlatning iqtisodiy ravnaqini yuksaltirish maqsadida chet el investitsiyalarini ragʻbatlantirish va himoyalash zaruratini eʼtirof etgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar xususida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim maqsadlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Investor” atamasi har ikkala Ahdlashuvchi Tomon davlatlariga nisbatan quyidagilarga taalluqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq ravishda tuzilgan va oʻzi iqtisodiy faoliyat koʻrsatayotgan ana shu Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida joylashgan yuridik shaxslar, shu jumladan kompaniyalar, korporatsiyalar, ishchan jamiyatlar, boshqa tashkilotlar va birlashmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) jismoniy shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga daxldor — oʻz qonunchiligiga muvofiq uning fuqarolari hisoblanuvchi jismoniy shaxslar, yoxud fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar maqomini olganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruminiyaga daxldor — oʻz qonunchiligiga muvofiq uning fuqarolari hisoblanuvchi jismoniy shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Investitsiya” atamasi investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq har qanday huquqlarni, ayniqsa quyidagilarni, ammo nafaqat ularni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) mol-mulk yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek ipotekalar, kafolatlar, garov singari boshqa mulkiy huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) aksiyalar, pay badallari yoki kompaniyalarda ishtirok etishning har qanday boshqa shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III) talabnoma huquqi yoki xizmat koʻrsatish boʻyicha iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan boshqa huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV) mualliflik huquqlari, patentlar, dizayn yoki sanoat andozalari, savdo belgilari yoki xizmat belgilari, tijorat nomlari, ishlab chiqarish va tijorat sirlari, “gud vil” va “nou-xau” texnologiyasi, shuningdek Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq eʼtirof etilgan shu singari intellektual mulk, savdo va sanoat mulkiga boʻlgan oʻzga huquqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V) konsessiya huquqlari, shu jumladan tabiat resurslarni izlash, qazib olish va ulardan foydalanish boʻyicha konsessiyalar, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq boʻlgan boshqa huquqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlab yoki takroriy ravishda boyliklar kiritilgan shaklning hech qanday oʻzgarishi ularning investitsiyalar sifatidagi kvalifikatsiyasining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Daromadlar” atamasi investitsiyalarni amalga oshirish natijasida olingan pul summalarini va ayniqsa quyidagilarni, ammo nafaqat ularni anglatadi: foyda, dividendlar, foizlar, sarmoyalarning oʻsishi, royalti, litsenzion ragʻbatlantirishlar, menejment, texnik yordam evaziga kelgan gonorarlar yoki daromadlarning toʻlanishi shaklidan qatʼi nazar, boshqa tarzda olingan gonorarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Hudud” atamasi har bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining tegishli hududini, shu jumladan hududiy suvlarni, shuningdek har bir davlat oʻz qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq oʻz suverenitet, suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshiradigan dengizli faqat iqtisodiy zonani anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va ruxsat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalariga ruxsat beradi va ularni ragʻbatlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar ushbu Bitim doirasida Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida investitsiyalarga ruxsat bergan boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga shunday investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan zaruriy ruxsatnomalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlar shunday investitsiyalarni amalga oshirish va ishlatishda Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining investorlari tomonidan investitsiyalangan korxonalarga koʻmaklashish zaruratidan kelib chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Investitsiyalarni himoyalash, milliy rejim va eng qulay rejim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlari amalga oshiradigan investitsiyalarni himoya qiladi va shunday investitsiyalarni boshqarish, ulardan foydalanish, daromadlarini tasarruf etish, kengaytirish, sotish yoki tugatish borasida nomaʼqul yoki diskriminatsion choralar bilan toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun oʻz investorlarining investitsiyalari va daromadlari va/yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari va daromadlariga yaratilgan qulay rejimdan kam boʻlmagan adolatli va teng huquqli rejim yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimning eng yuqori qulaylik prinsiplariga oid qoidalari bir Ahdlashuvchi Tomonni quyidagilardan kelib chiquvchi imtiyozlarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalariga tatbiq qilishga majburlovchi vosita sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) mavjud boʻlgan yoki kelgusida boʻlajak bojxona, valyuta va toʻlov uyushmalari, erkin savdo va yagona tarif zonalari yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan biri qatnashchisi boʻlgan yoki qatnashchisi boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday mintaqaviy iqtisodiy integratsiya toʻgʻrisidagi bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar yoki soliq solish masalalariga oid boshqa xalqaro bitimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Pul oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻz davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari amalga oshirilgan har bir Ahdlashuvchi Tomon tegishli soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan soʻng oʻsha investorlarga ana shu investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlarning, ayniqsa, ammo nafaqat ularning, xususan quyidagilarning erkin ravishda oʻtkazilishini kafolatlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) mazkur Bitimning 1-moddasi, 3-bandida taʼriflangan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) zayomlarning pulini qaytarish summalari yoki investitsiyalar uchun olingan boshqa moliyaviy shartnoma majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III) investitsiyalarni butunlay yoki qisman sotish, musodara qilish yoki tugatishdan kelgan tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Basharti, investor bilan oʻzga tarzda kelishilmagan boʻlsa, toʻlovlar ortiqcha kechiktirishlarsiz, hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining valyuta operatsiyalarini tartibga solishga oid amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda, toʻlovlar amalga oshirilayotgan kundagi valyuta kursi boʻyicha erkin muomaladagi valyutada oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Daromadlar hamda ushbu moddada qayd etilgan va bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalga oshirgan investitsiyalari natijasida investitsiyalangan joydagi manbalardan olingan istalgan valyutadagi boshqa summalar investorning ixtiyoriga koʻra oʻtkazilishi, reinvestitsiyalanishi va/yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq oʻzga maqsadlar uchun sarflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Investitsiyalar ekspropriatsiyasi va kompensatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga qarashli boʻlgan investitsiyalarga nisbatan ekspropriatsiya qilish, natsionalizatsiya qilish yoki mohiyati shunga oʻxshash (quyida “ekspropriatsiya deb yuritiluvchi”) boshqa tadbirlarni, yoxud natijasi shunday oqibatlarga olib keluvchi bevosita yoki bilvosita xatti-harakatlarni qoʻllamaydilar, agar ular quyidagilar bilan bogʻliq boʻlmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) qonuniy tartibda amalga oshirilib, jamoatchilik manfaatlari yoʻlida qoʻllaniladigan choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) nodiskriminatsion tarzda qabul qilingan choralar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-I, II bandlarida qayd etilgan holatlar oqibatida investitsiyalarni ekspropriatsiya qilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investorlariga oʻz vaqtida, adolatli va foydali tovon toʻlovlari toʻlanishini taʼminlaydi. Bunday toʻlovlar investitsiyalarni ekspropriatsiya qilingunga qadar yoki ekspropriatsiya qilish xususidagi qaror barchaga ovoza qilingan vaqtgacha (bundan avval qanday hol yuz berganligiga bogʻliq ravishda) belgilangan bozor narxiga muvofiq boʻladi va investitsiyalar ekspropriatsiya qilingan kundan boshlab “Libor” stavkasi boʻyicha hisoblanuvchi investitsiyalar qiymatining foizlarini qamrab oladi hamda erkin ravishda istalgan joyga oʻtkaziladi. Tovon toʻlovlari investitsiyalar amalga oshirilgan valyutada, yoki boshqa erkin valyutada belgilanishi hamda investorga hech qanday kechikishsiz oʻz vaqtida toʻlanishi lozim. Pul oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan rasmiy tadbirlarni amalga oshirish uchun taqozo etiladigan meʼyor talabidagi zaruriy vaqt mobaynida pul oʻtkazish “ortiqcha kechikishsiz” oʻtkazilgan pul hisoblanadi. Bu davr boʻyicha hisob buyurtma berilgan sanadan boshlanadi va u uch oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining Davlati investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida sodir boʻlgan urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, inqilob, favqulodda holat, davlat toʻntarishi, fuqarolik tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash boshqa voqealar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ushbu Bitimning 3, 4 va 5-moddalari, 2-bandiga muvofiq shartlarda kompensatsiya, restitutsiya, ziyonni qoplash yoki boshqa talofot qiymati toʻlovlari toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Bitimni qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim, u qonuniy kuchga kirishidan avval yoki undan soʻng amalga oshirilganligidan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida uning qonunchiligiga muvofiq ravishda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari amalga oshirgan investitsiyalarga nisbatan qoʻllanadi. Shu bilan birga Bitim u qonuniy kuchga kirgunga qadar bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investori va boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida yuzaga kelgan nizolarga nisbatan qoʻllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Boshqa qoidalar va maxsus majburiyatlarning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunchiligidagi qoidalar yoxud hozirda mavjud boʻlgan yoki ushbu Bitimga qoʻshimcha tarzida tuzilgan, xalqaro huquq bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar, mazkur Bitimga binoan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari uchun yaratiladigan rejimdan koʻra yanada yaxshiroq rejim yaratish toʻgʻrisidagi umumiy va maxsus qoidalarni oʻz ichiga olsa, bunday qoidalar yanada qulayroq boʻlgan hajmda ushbu Bitimga nisbatan ustun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon davlati oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlari amalga oshirgan investitsiyalar yuzasidan oʻz zimmasiga olgan boshqa har qanday majburiyatlarga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Subrogatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoxud u vakolatli etib tayinlagan institutlar oʻz investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlati hududida amalga oshirilgan investitsiyalariga nisbatan notijorat xavfidan biror-bir moliyaviy kafolat bergan boʻlsa va ana shu kafolatga koʻra toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon subrogatsiya prinsiplari asosida, bu investorlarning huquqlari, shu jumladan talab huquqlari butunlay birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakolatli institutlariga oʻtishini tan olishi lozim. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarga toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar va boshqa majburiyatlarni subrogatsiya prinsipi asosida oʻtkaziladigan summadan istisno qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar investor Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakolatli instituti tomonidan vakolatli etib tayinlanmagan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandida taʼriflangan subrogatsiya holatida talabnoma bilan chiqishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Konsultatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday sababga koʻra konsultatsiyalar oʻtkazishni taklif etishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon esa bunday taklifga xayrixoh munosabatda boʻladi va shunday konsultatsiyalar uchun zaruriy imkoniyatlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investori bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati investori bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi nizolarni hal etish maqsadida, nizoni imkon qadar doʻstona tarzda hal etish maqsadida undagi manfaatdor tomonlar oʻrtasida konsultatsiyalar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bunday konsultatsiyalar nizoni hal etish xususidagi yozma talabnoma taqdim etilgandan soʻng olti oy mobaynida ijobiy samara bermasa, investor nizoni koʻrib chiqish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I) hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining vakolatli sudiga; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II) Vashingtonda 1965-yil 18-martda tuzilgan Davlatlar va boshqa davlatlarning shaxslari oʻrtasidagi investitsion nizolarni hal etuvchi Konvensiyaga muvofiq Investitsion nizolarni hal etuvchi Xalqaro markaz (ICSID)ga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III) agar nizodagi tomonlar oʻzga tarzda kelishmagan boʻlsalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi boʻyicha Komissiyasining arbitraj qoidalari (YuNSITRAL) asosida chaqiriladigan “ad-hoc” hakamlik sudiga topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining investori bilan nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomon, nizoni hal etish tartibotining istalgan bosqichida uni yoki qarorning bajarilishini toʻxtatish uchun himoya sifatida oʻz immuniteti yoki sugʻurta shartnomasiga muvofiq investorning yetkazilgan zarar yoki talofotning toʻla hajmi yoki ularning bir qismini qoplovchi tovon toʻlovi olishi faktiga asoslanmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11 -modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllashga taalluqli boʻlgan nizolar imkon qadar diplomatik vositalar orqali hal etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar nizo paydo boʻlgan vaqtdan boshlab olti oy mobaynida murosaga kelolmasalar, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga koʻra, nizo, koʻrib chiqish uchun uch aʼzodan iborat tarkibdagi arbitraj Sudiga topshiriladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri bittadan arbitr tayinlaydi, tayinlangan arbitrlar esa uchinchi davlat fuqarosi boʻlgan, har ikkala Ahdlashuvchi Tomon bilan ham diplomatik munosabatda boʻluvchi Rais saylaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri arbitr tayinlamasa va ikki oy muddat mobaynida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning arbitr tayinlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozi boʻlmasa, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlovni amalga oshirish xususida xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Basharti, har ikkala arbitr tayinlangan kundan boshlab ikki oy muddat mobaynida Rais saylashda murosaga kelolmasa, istalgan Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlovni oʻtkazish xususida Xalqaro Sud Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar mazkur moddaning 3, 4-bandlarida koʻzda tutilgan holatlarda Xalqaro Sud Prezidenti qayd etilgan vazifani bajarolmasa yoki basharti, u Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, zaruriy tayinlov Prezident Muovini tomonidan amalga oshiriladi, bordi-yu u ham tegishli vazifani bajarolmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlov Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan, Xalqaro Sudning lavozimi yuqoriroq boʻlgan aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzga tarzdagi kelishuvlar mavjud boʻlmagan holda, Sud oʻz tartib-qoidalarini belgilaydi. Sud qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz sud aʼzosining xarajatlari va uning arbitraj ishidagi ishtiroki uchun sarflanadigan chiqimlarni toʻlaydi. Arbitraj sudining Raisi uchun sarflanadigan xarajatlar va oʻzga chiqimlarni esa Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudning qarorlari har bir Ahdlashuvchi Tomon uchun tugal va majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma tarzdagi kelishuviga binoan ushbu Bitimning 13-moddasi, 1-bandida koʻzda tutilgan tartibotlarga muvofiq ravishda kuchga kiruvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Bitimning qonuniy kuchga kirishi, amalda joriy boʻlishi va harakatdan toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning qonuniy kuchga kirganligi xususida har bir Axdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligida koʻzda tutilgan huquqiy tartibotlarning bajarilganligi toʻgʻrisida nota almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi nota olingan kun ushbu Bitim qonuniy kuchga kirgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim oʻn yil mobaynida amalda joriy boʻladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni belgilangan muddat tugashidan oʻn ikki oy avval oʻzining ushbu Bitimni harakatdan toʻxtatish xususidagi qaroridan yozma ravishda xabardor qilmasa, Bitimning amalda joriy boʻlish muddati avtomatik tarzda navbatdagi besh yillik davrlarga uzaytirilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitim bekor qilingan taqdirda, uning qoidalari, 1 — 11-moddalari ushbu Bitim harakatdan toʻxtatilgunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan keyingi oʻn yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilganlarni tasdiqlagan holda, biz, har ikkala Hukumat tomonidan lozim tarzda vakolatli etib tayinlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim 1996-yil 6-iyunda, Buxarest shahrida, ikki nusxada, oʻzbek, rumin va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimni talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)