24.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Erkin savdo toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida rivojlantirishga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qirgʻiziston Respublikasining tarkib topgan integratsion iqtisodiy aloqalarini va ikkala davlat iqtisodiyotlari bir-birini toʻldirishini eʼtiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona iqtisodiy makon barpo etish toʻgʻrisidagi Shartnoma qoidalariga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar va xizmatlarning erkin harakati oʻzaro kelishib olingan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo qilishini eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh Bitim (TSBB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) prinsiplariga sodiqligini tasdiqlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Tomonlar teng huquqlilik, oʻzaro foyda va manfaatdorlik prinsiplariga amal qilib, xoʻjalik faoliyati subyektlarining mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ular oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni Ahdlashuvchi davlatlarda amal qiluvchi qonun hujjatlariga rioya etgan holda toʻgʻridan toʻgʻri xoʻjalik aloqalari asosida rivojlantiradilar va kengaytirib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlardan har biri ikkinchi Tomonga iqtisodiy ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzini tiyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

1. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga erkin savdo rejimini yaratib beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar bab-baravar amal qiluvchi boj poshlinasi, soliqlar va yigʻimlarni, shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona hududidan chiquvchi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi uchun moʻljallangan tovarlar eksporti va/yoki importiga miqdor jihatdan cheklashlarni qoʻllamaydilar. Tovarlarning kelishib olingan turlari boʻyicha ushbu savdo rejimidan istisnolar mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlmish hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq har yili erkin savdo rejimidan istisnolarning umumiy roʻyxatini, shuningdek, bunday istisnolarni qoʻllanish usullarini ishlab chiqadilar va kelishib oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitim maqsadlari uchun va u amalda boʻladigan davrda Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlaridan kelib chiqadigan tovarlar deganda tovarlar chiqadigan mamlakatni aniqlashning 1993-yil 24-sentabrda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat Boshliqlari Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan Qoidalarda belgilangan tovarlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Har bir Ahdlashuvchi Tomon:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning mazkur Bitim taʼsiri ostiga tushadigan tovarlarini oʻzida ishlab chiqarilgan ayni bir xil tovarlar yoki uchinchi mamlakatlardan keltirilgan tovarlar tortiladigan tegishli soliqlar yoki yigʻimlardan oshib ketadigan ichki soliqlar yoki yigʻimlarga bevosita yoxud bilvosita tortmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Bitim taʼsiri ostiga tushuvchi tovarlar import yoki eksportiga nisbatan xuddi shunday vaziyatda oʻzida ishlab chiqarilgan aynan bir xil tovarlarga yoki uchinchi mamlakatlardan keltirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydigan biron-bir maxsus cheklashlar yoki talablarni joriy etmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidan keltirilgan tovarlarni omborlarga joylash, qaytadan yuklash, saqlash, tashishga nisbatan, shuningdek toʻlovlar hamda toʻlovlarni oʻtkazishga nisbatan xuddi shunday hollarda oʻz tovarlariga yoki uchinchi mamlakatlardan keltirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalardan boshqacha qoidalarni qoʻllamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdo-sotiqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan kamsituvchi choralar qoʻllashdan, mazkur Bitim doirasida tovarlar eksport va /yoki importiga miqdor cheklashlari yoxud ularga teng choralar joriy qilishdan tiyilib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar bir tomonlama tartibda miqdor jihatdan yoki oʻzgacha maxsus cheklashlarni belgilashlari mumkin, ammo bu faqat oqilona doiralarda va qatʼiy belgilangan muddatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday cheklashlar istisno hollardagina boʻlib, faqat TSBB/JST doirasidagi bitimlarda koʻzda tutilgan hollarda qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaga muvofiq cheklashlarni qoʻllovchi Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga mazkur cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va uning nazarda tutilayotgan muddatlari toʻgʻrisida imkon boricha barvaqt toʻliq axborot berishi lozim, shundan keyin maslahatlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Mazkur Bitim istalgan Ahdlashuvchi Tomonning oʻzining hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb hisoblaydigan yoki oʻzi ishtirok etayotgan, yoki ishtirok etish niyatida boʻlgan xalqaro shartnomalarni bajarish uchun soʻzsiz zarur deb hisoblaydigan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xalqaro amaliyotdagi hamma tomonidan eʼtirof etilgan davlat yoʻli bilan tartibga solish choralarini, agarda bu choralar quyidagilarga taalluqli boʻlsa, ularni bir tomonlama tartibda qabul qilish huquqiga toʻsqinlik qilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof muhitni qoʻriqlash, hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy xavfsizlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va harbiy texnika savdosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parchalanuvchi materiallar va radioaktiv moddalar manbalarini yetkazib berish, radiaktiv chiqitlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltin, kumush yoki boshqa qimmatbaho metallar va toshlar bilan savdo qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan tabiiy zaxiralarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov balansi buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida ichki narxlari jahon narxlaridan arzon boʻlgan mahsulotlar eksportini cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va intellektual mulkni himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy boyliklarni muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush davrida yoki boshqa favqulodda holatlarda xalqaro munosabatlarda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun BMT Ustavi asosida majburiyatlarni bajarish yoʻlidagi harakatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaga muvofiq shunday chora-tadbirlarni qoʻllovchi Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga mazkur cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va uning nazarda tutilayotgan muddatlari toʻgʻrisida imkon boricha barvaqt axborot berishi lozim, shundan keyin maslahatlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar alohida banklararo bitim bilan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar tashqi iqtisodiy aloqalarni ichki huquqiy jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi, shu jumladan savdo, sarmoyalar, soliqqa tortish, bank va sugʻurta faoliyati hamda boshqa xizmatlar masalalariga oid, transport va bojxona masalalari, shu jumladan Ahdlashuvchi Tomonlarga taalluqli bojxona statistikasi boʻyicha axborotni muntazam ravishda ayirboshlab turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning bajarilishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan milliy qonunchilikdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida darhol bir-birlariga maʼlum qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakil qilingan organlari shunday axborotni ayirboshlash tartibini kelishib oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istalgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari zimmasiga Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunchiligi boʻyicha yoki odatdagi maʼmuriy amaliyot davomida olish mumkin boʻlmagan axborotni berish majburiyatini yuklaydigan qoida deb talqin etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biron-bir savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb-korga oid sirni yoxud savdo jarayonini oshkor qilishi mumkin boʻlgan axborotni yoki oshkor etilishi Ahdlashuvchi Tomonning davlat manfaatlariga zid boʻladigan boshqa axborotni bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar nohalol amaliy faoliyatni mazkur Bitimning maqsadlariga xilof deb eʼtirof etadilar hamda uning quyidagi usullariga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish majburiyatini oladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlarida raqobatchilikka xalaqit berish yoki uni cheklash yo boʻlmasa buning uchun shart-sharoitlarni izdan chiqarish maqsadini koʻzlovchi korxonalar oʻrtasidagi shartnomalar, korxonalarning birlashmasi tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda amaliy faoliyatining umumiy usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yoki bir qancha korxonalar Ahdlashuvchi Tomonlarning butun hududida yoki uning talaygina qismida raqobatchilikni cheklab, oʻzining ustun mavqeyidan foydalanadigan xatti-harakatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni tarifli va tarifsiz asosda tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish chogʻida, statistika axborotini ayirboshlash, bojxona tartib-qoidalarini bajarish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga hamda Yevropa Iqtisodiy Ittifoqining Kombinatsiyalangan Tarif-statistika nomenklaturasiga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatning toʻqqizta raqamli yagona Tovar nomenklaturasidan foydalanadilar. Bunda Ahdlashuvchi Tomonlar zarur hollarda oʻz ehtiyojlari uchun Tovar nomenklaturasini toʻqqizta raqamdan tashqariga chiqarib rivojlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar nomenklaturasining etalon nusxasini joriy etish tegishli xalqaro tashkilotlardagi mavjud boʻlgan vakolatxonalar orqali oʻzaro kelishilgan asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar shunga qoʻshiladilarki, tranzit erkinligi prinsipiga rioya etish Mazkur Bitim maqsadlariga erishishning gʻoyat muhim sharti hamda ularni xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash tizimiga qoʻshishning jiddiy elementidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlat bojxona hududidan va /yoki uchinchi mamlakatlardan chiquvchi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi yoki istalgan uchinchi mamlakat uchun moʻljallangan tovarlarning oʻz davlati hududi orqali toʻsqinliksiz oʻtkazib yuborilishini taʼminlaydi va eksportchilar, importchilarga yoxud yukni olib oʻtkazuvchilarga oʻzining eksportchilari, importchilariga yoki yuk olib oʻtuvchilariga yoxud istalgan uchinchi davlatning eksportchilari, importchilari yoxud yuk olib oʻtuvchilariga qanday shartlar asosida vositalar va xizmatlar beriladigan boʻlsa shulardan yomon boʻlmagan shartlar asosida tranzitni taʼminlash uchun barcha mavjud hamda zarur vositalar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududi orqali yuklarni olib oʻtish tartibi va shartlari xalqaro yuk tashish Qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon tovarlarning beruxsat reeksport qilinishiga yoʻl qoʻymaydi, chunki mazkur tovarlar chiqadigan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ularni eksport qilishga nisbatan davlat yoʻli bilan tartibga solish choralarini qoʻllaydi va /yoki ularni oʻz bojxona hududidan olib chiqib ketish chogʻida tashqi iqtisodiy imtiyozlar beradi. Ahdlashuvchi Tomonlar beruxsat reeksport qilish taqiqlanadigan tovarlar roʻyxatini belgilaydilar, shuningdek davlat yoʻli bilan tartibga solish choralari qoʻllaniladigan tovarlarning roʻyxatlarini ayirboshlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tovarlarni uchinchi mamlakatlarga reeksport qilish mazkur tovarlar chiqarilgan mamlakat boʻlmish davlatning vakil qilingan organi faqat yozma ravishda rozilik bergan taqdirda va u belgilab beradigan shartlar asosidagina amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar uchinchi mamlakatlarga nisbatan eksport nazorati boʻyicha bahamjihat siyosat oʻtkazish maqsadida samarali eksport nazorati tizimini vujudga keltirish uchun muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazib, oʻzaro kelishilgan choralarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ilgari tuzilgan ikki tomonlama bitimlarning qoidalari oʻrnini avvalgi bitimning moddalari mazkur Bitim moddalariga toʻgʻri kelmay qolgan yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan darajada bosadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimda hech narsa Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar oʻrnatishiga, mazkur Ahdlashuvchi Tomon qatnashchisi boʻlgan yoki bunday munosabatlar va majburiyatlar mazkur Bitimning qoidalari va maqsadlariga zid boʻlmagan taqdirda qatnashchisi boʻlishi mumkin boʻlgan biron-bir boshqa xalqaro bitimga muvofiq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligiga va xalqaro majburiyatlariga muvofiq ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati xoʻjalik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari huquqiy jihatdan, shu jumladan sud yoʻli bilan bab-baravar himoya qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin etish yoki qoʻllash xususida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar muzokaralar yoʻli bilan yoki Ahdlashuvchi Tomonlar uchun maʼqul boʻlgan boshqacha usul bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdo-sotiqda mojaroli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka intiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning maqsadlarini amalga oshirish va ikkala davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish borasidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar Oʻzbekiston-Qirgʻiziston qoʻshma komissiyasini taʼsis etish haqida kelishib oldilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda mazkur Bitimga Tomonlarning yozma roziligi bilan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim buning uchun zarur ichki davlat tartib-qoidalarini Ahdlashuvchi Tomonlar bajarganligi toʻgʻrisida xabarnomalar ayirboshlangan kundan kuchga kiradi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning harakatini toʻxtatish niyatida ekanligi haqida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga yozma xabarnoma yuborgan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtganga qadar kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning amal qilishi toʻxtagandan keyin uning qoidalari ikkala mamlakat korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan, ammo u amalda boʻlgan davrda bajarilmay qolgan shartnomalarga nisbatan qoʻllaniladi, biroq u besh yildan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin etish maqsadlari uchun rus tilidagi matn ustunroq kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi 1996-yil 24-dekabrdagi Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protokol

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati (Quyida Ahdlashuvchi Tomonlar deb nomlanadi) Quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 1996-yil 24-dekabrdagi Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan istisnolar quyidagi tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining eksport tarifi toʻgʻrisidagi Qonunchiligi, shuningdek tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hamda importini litsenziyalash va meʼyorlash toʻgʻrisida tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasidan/ga Qirgʻiziston Respublikasiga/dan eksport/import qilish chogʻida ularni bojxonada rasmiylashtirish paytida amalda boʻlgan qonunchiligi taʼsiri ostiga tushuvchi tovarlar (ushbu Protokolni imzolash paytida eksport va importni notarif asosida tartibga solish sohasidagi eksport tariflari va cheklashlari amal qiladi. Bular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyun 219-son Qarori 1- va 2-ilovasi bilan, 1995-yil 25-iyuldagi 287-son Qarori, uning 3, 4, 5, 6, 8, 9-ilovalari bilan belgilab qoʻyilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qirgʻiziston Respublikasining eksport tarifi toʻgʻrisidagi Qonunchiligi, shuningdek tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hamda importini litsenziyalash va meyerlash toʻgʻrisida tovarlarni Qirgʻiziston Respublikasidan/ga Oʻzbekiston Respublikasiga/dan eksport/import qilish chogʻida ularni bojxonada rasmiylashtirish paytida amalda boʻlgan qonunchiligi taʼsiri ostiga tushuvchi tovarlar (ushbu Protokolni imzolash paytida Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining 1994-yil 13-iyundagi 408-son va 1995-yil 22-martdagi 97-son Qarorlari bilan belgilangan eksport va import notarif asosida tartibga solish sohasidagi eksport tariflari va cheklashlari amal qiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha oʻz ichki qonunlaridagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini darhol xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Protokolning 1-moddasiga muvofiq eksportda tarif va notarif cheklashlar qoʻllaniladigan tovarlarga nisbatan bir-birlariga eng qulay rejimini yaratib beradilar, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boj poshlinasi va yigʻimlar, shunday poshlina va yigʻimlarni undirish, tovarlarni shu jumladan ularning bojxonasi orqali rasmiylashtirishga, tranzit, omborlarga joylashtirish va qaytadan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklashga taalluqli tovarlar eksporti bilan bogʻliq boʻlgan tartib va qoidalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita yoki bilvosita eksport qilinadigan tovarlar bilan bogʻliq har qanday turdagi soliqlar va boshqa ichki yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorda tovarlarni sotish, xarid qilish, tashish, taqsimlash va ulardan foydalanish qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar berish sohasida bir-birlariga qulay rejim yaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Protokolning 2-moddasining qoidalari har bir Ahdlashuvchi Tomon:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona ittifoqi yoki erkin savdo zonasini vujudga keltirish maqsadida yoxud shunday ittifoq yoki zonani vujudga keltirish natijasida uchinchi mamlakatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro bitimlar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara atrofidagi savdo-sotiqni yengillashtirish maqsadida qoʻshni mamlakatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus Bitimlarga muvofiq bir-biriga beradigan afzalliklar va imtiyozlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Protokol Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo haqida 1996-yil 24-dekabrda imzolangan Bitimning ajralmas qismi boʻlib, mazkur Bitim bilan bir vaqtda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Protokol erkin savdo toʻgʻrisidagi Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan yangi Protokol tuzilgungacha boʻlgan davrda amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Protokol Toshkent shahrida 1996-yil 24-dekabrda oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Protokolning qoidalarini talqin etish maqsadlari uchun rus tilidagi matn ustunroq kuchga ega.