24.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston respublikasi oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb yuritiladilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy muhofaza qilishni taʼminlashga intilishdan kelib chiqib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Huquqiy muhofaza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek, uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlariga nisbatan ana shu Tomonning oʻz fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek, uning hududida yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar, adliya organlariga (keyingi oʻrinlarda “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalariga erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, mazkur Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi ana shunday shartlarda ularda qatnashishlari, iltimos qoʻzgʻatishlari, daʼvo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Shartnomaning 1-moddasi 1-bandining qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning qonunchiliklariga binoan taʼsis etilgan yuridik shaxslarga tegishli ravishda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Toʻlovlardan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida sud va notarial poshlinalari va xarajatlarini toʻlashdan va qoplashdan ozod qilinadilar, shuningdek, mazkur Ahdlashuvchi Tomonning oʻz fuqarolari uchun belgilangan shartlarda va hajmlarda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish boʻyicha, shu jumladan, qarorni ijro etish boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida beriladi. Ushbu hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash va turish joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar iltimosnoma taqdim etgan shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash va turish joyiga ega boʻlmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar unga u fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Imtiyozlar berish toʻgʻrisida iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarayotgan adliya muassasasi zarur boʻlganda hujjatlarni bergan muassasalardan qoʻshimcha maʼlumotlarni yoki zarur tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Huquqiy yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya muassasalari mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalar huquqiy yordam haqidagi iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Huquqiy yordam hajmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual, operativ-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish yoʻli bilan, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjatlarni tuzish va joʻnatish, tegishli hujjatlar va materiallarning, shu jumladan, bank, moliya, yuridik va ish hujjatlarining aslini yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tintuv oʻtkazish, predmetlar va hujjatlarni olish va olib qoʻyish, mulkni xatlash, ashyoviy dalillarni joʻnatish va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) koʻzdan kechirish va tekshirib koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ekspertiza oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tomonlarni, jabrlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni soʻroq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) huquqni buzishda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish, huquqni buzishda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek, hukmni ijro etish uchun berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) sud hujjatlarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik daʼvosi qismi boʻyicha hukmlarni, ijro yozuvlarini eʼtirof etish va ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
y) hujjatlarni topshirish yoʻli bilan bir-birlariga yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Munosabatlar tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan oʻzlarining vakolatli organlari orqali munosabatga kirishadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qirgʻiziston Respublikasi tomonidan — Qirgʻiziston Respublikasi Adliya vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qirgʻiziston Respublikasi Sud Departamenti va Qirgʻiziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrayotgan adliya muassasasining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi, iltimosnoma maqsadining bayoni va soʻralayotgan yordamning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tomonlarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning, shubha qilinayotganlarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning yoki hukm qilinganlarning ismi va familiyalari, ularning yashash yoki turgan joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti, yuridik shaxslar uchun — ularning nomi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “v” kichik bandda koʻrsatilgan shaxslarning vakillari boʻlganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bajarish talab qilinadigan aniq protseduraning qoʻllanish sabablari va mufassal tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jinoiy ishlar boʻyicha ham huquqni buzish faktlari tavsifi, tegishli qonunlarning bayoni yoki matni, shuningdek, agar xatti-harakat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa — moddiy zararning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zarurat boʻlganda iltimosnomaga kerakli tartibda iltimosni bajarishni osonlashtiruvchi yoki prokurorlar tomonidan sanksiyalanadigan protsessual harakatlar uchun zarur boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan koʻchirmalar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili va hujjatlarning nomi ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iltimosnoma soʻrayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Bajarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligini qoʻllaydi. Iltimos qilayotgan tomonning adliya muassasasi iltimosiga koʻra u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, agar faqat ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga zid boʻlmasa, qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar soʻralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishga vakolatli boʻlmasa, u iltimosni vakolatli muassasaga joʻnatadi va bu haqda soʻrayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan bunga yoʻl qoʻyiladigan boʻlsa, ularning iltimosni bajarish chogʻida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Iltimos bajarilgandan keyin adliya muassasasi zarurat boʻlganda soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, daʼvogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zarur boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida dastlabki tergovda yoki ish sudda koʻrilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi guvohlar, jabrlanuvchilar, daʼvogar fuqarolar, javobgar fuqarolar, ularning vakillari, ekspertlar chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan berilgan chaqiriqnoma boʻyicha soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga kelgan guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro va ularning vakillari, oʻzining fuqaroligidan qatʼi nazar, mazkur Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan oʻtgungacha sodir etilgan qandaydir kirdikor munosabati bilan jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar oʻzlarining koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha koʻrsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar, agar ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega boʻlishsada, ularni soʻroq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon ularning bu yerda boʻlishlariga zarurat yoʻqligini xabar qilgan kundan boshlab ikki hafta muddat oʻtgungacha ketishmasa,mazkur band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yoʻqotadilar. Ushbu shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻziga aloqador boʻlmagan ayb bilan ketolmagan vaqt mazkur muddatga qoʻshilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Guvohga, ekspertga, shuningdek, jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga yoʻlkira va soʻralgan davlatda boʻlish bilan bogʻliq xarajatlarni hamda ishda boʻlmagan kunlari uchun olinmagan ish haqini soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon toʻlaydi. Ekspert ekspertiza oʻtkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiriqnomada chaqirilgan shaxsning qanday toʻlovlarni olishga haqli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday shaxslarning iltimosnomalariga binoan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun (boʻnak) avans toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi jabrlanuvchini, daʼvogar fuqaroni va javobgar fuqaroni, guvoh va ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish, ular kelmagan taqdirda, majbur qilish vositalarini qoʻllash tahdid tusida boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi hujjatlarni topshirishni, agar topshirilayotgan hujjatlar mazkur davlat tilida tuzilgan yoki zarur tartibda tasdiqlangan tarjima bilan taʼminlangan boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga va uning hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Aks holda, u ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi boʻlsa, hujjatlarni u oluvchiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Topshirish uchun moʻljallangan. hujjatlarning tarjimasi toʻgʻriligini iltimos qilgan tomonning adliya muassasasi yoxud Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik yoki konsullik vakili tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar hujjatni iltimosnomada koʻrsatilgan manzil boʻyicha topshirish mumkin boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Manzilni aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlarni unga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini soʻroq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qoʻllana olmaydilar yoki ularni qoʻllashga tahdid qilolmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatli shaxs tomonidan oʻz vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlarning tasdiqlovchi kuchi bilan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Fuqarolik holati toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni joʻnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik holati hujjatlarini, qayd etish guvohnomalarini, maʼlumot, mehnat staji toʻgʻrisidagi hamda oʻz davlatlari fuqarolarining va Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarning shaxsiy yoki mulkiy manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-biriga iltimos boʻyicha tarjimasiz va bepul joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi bevosita manfaatdor shaxslarga ularning iltimoslariga koʻra tarjimasiz va bepul joʻnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Manzillarni va boshqa maʼlumotlarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari, oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, agar bu fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslar manzillarini aniqlashda, iltimosga koʻra, bir-birlariga yordam beradilar. Bunda soʻrayotgan adliya muassasasi iltimosnomada koʻrsatilgan shaxs manzilini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan oʻzidagi mavjud maʼlumotlarni xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashaydigan, soʻrayotgan Tomonning adliya muassasalarida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mulkiy talablar qoʻyilgan shaxslarning fuqarolik holatini, ish joyini yoki mashgʻuloti turini va daromadlarini aniqlashda bir-birlariga yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan ham oʻz markaziy organlari orqali, ham bevosita aloqada boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Huquqiy masalalar boʻyicha axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatli organlari iltimos boʻyicha bir-birlariga oʻz davlatlarida amaldagi va amalda boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida hamda uning adliya muassasalari tomonidan qoʻllanish amaliyoti toʻgʻrisida maʼlumotlarni, shuningdek, huquqiy masalalar boʻyicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Tillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda oʻzbek, qirgʻiz va rus tillaridan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida joʻnatilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar, zarur boʻlgan hollarda, oʻzbek va qirgʻiz tillariga yozma va ogʻzaki tarjimani ham taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hujjatlarning yozma tarjimasining toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni toʻlashni talab qilmaydi. Oʻz hududlarida huquqiy yordam koʻrsatishda paydo boʻlgan barcha xarajatlarni, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzlari amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga olib kelsa, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid boʻlsa, toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iltimosni qondirish rad etilgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda, rad etish sababi koʻrsatilgan holda, yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu bobning qismlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qatʼi nazar, daʼvolar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga esa daʼvolar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon sudlari uning hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) javobgar korxona (filial)ning savdo, sanoat yoki boshqa xoʻjalik faoliyati amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nizoga sabab boʻlgan shartnomadagi majburiyat bajarilganda yoki toʻliq yoxud qisman bajarilishi kerak boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shaʼni, qadr-qimmati va ishdagi obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha daʼvogar doimiy yashash yoki turish joyiga ega boʻlganda ham vakolatli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mulkiy huquq va koʻchmas mulkka boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha mulk joylashgan yerdagi sudlar mutlaq vakolatlidir. Yuklar, yoʻlovchilar va bagajlar tashish shartnomalari boʻyicha tashuvchilarga daʼvolar belgilangan tartibda eʼtirozlar bildirilgan transport tashkiloti boshqarmasi joylashgan joyga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Shartnoma boʻyicha sudga tegishlilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar tomonlarning nizoni ushbu sudlarga. oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma kelishuvi mavjud boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham koʻrib chiqishlari mumkin. Bunda 19-moddaning 3-bandidan va ushbu boʻlimning qismlari bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek, tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq vakolat Tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizoni oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvlar mavjud boʻlgan taqdirda sud javobgarning arizasiga binoan ish boʻyicha sudlov ishlarini toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Sud jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlarida xuddi oʻsha Tomonlar oʻrtasida, xuddi shu predmet toʻgʻrisida va xuddi shu asoslarda ish boʻyicha sudlov qoʻzgʻatilganda ishni keyinroq qoʻzgʻagan sud sudlovni toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aynan shu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qarshi daʼvo va chegirish toʻgʻrisidagi talab, xuddi asosiy daʼvodek, asosiy daʼvoni koʻrib chiqayotgan sudda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy shaxsning muomalaga layoqati ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning muomalaga layoqati u doimiy yashash joyiga ega boʻlgan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati u hududida taʼsis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsni muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudiga uning hududida doimiy yashovchi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlgan shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligini eʼtirof etish asoslari maʼlum boʻladigan holda, u mazkur shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudini bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish uchun asoslardan xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oy mobaynida ishni boshlamasa yoki oʻz fikrini xabar qilmasa, muomalaga cheklangan layoqatlilik yoki muomalaga layoqatsizlikni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ish hududida. mazkur fuqaro yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudida koʻrib chiqiladi. Shaxsni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror mazkur shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1 — 3-bandlari qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashga ham qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida mazkur shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar mazkur shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga joʻnatiladi. Agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqacha chora belgilagan boʻlsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish. Oʻlim faktini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hamda oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari, boshqa shaxslar boʻyicha esa shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosini va uning hududida yashagan boshqa shaxsni bedarak yoʻqolganligini yoki vafot etganligini eʼtirof etishi, shuningdek, huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida asoslangan uning hududida yashovchilarning iltimosnomasiga koʻra uning oʻlganlik faktini belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda Ahdlashuvchi Tomon sudlari oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Nikohdan oʻtish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan oʻtish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun esa ularning doimiy yashash joyi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, nikohdan oʻtishga toʻsiqlarga nisbatan hududida nikohdan oʻtilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Er-xotinlarning huquqiy munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa va shu bilan birga er-xotinning ikkalasi ham aynan bir fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi hisoblansa va ulardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlishmagan boʻlsa, muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Er-xotinlarning ularning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqiy munosabatlari, ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunchiligi ushbu moddaning 1 — 3, 5-bandlariga muvofiq qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Nikohni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar er-xotinlardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi boʻlsa, muassasasi nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatliligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 27-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 27-moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u xolda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha 25-moddaga muvofiq nikohdan oʻtishda qoʻllangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli muassasalar 28-moddaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tugʻilganidan fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar ota-onalar va bolalardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan boʻlsa, ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nikohsiz tugʻilgan bola va uning onasi hamda otasi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Balogʻat yoshiga yetgan bolalardan alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hududida aliment olishga daʼvogar shaxs yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddaning 1,2,3 va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qoʻllanadigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Vasiylik va homiylik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish oʻziga. nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vasiy va homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar vasiy yoki homiyni tayinlagan muassasaning Ahdlashuvchi Tomoni qonunchiligi bilan tartibga solib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vasiylikni yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan shaxsning vasiysi va homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Tomon hududida yashasa, tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu Shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda
Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar koʻrish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari yoʻlida, agar uning yashash joyi, turar joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlsa, vasiylik yoki homiylik boʻyicha choralar koʻrish zarur boʻlib qolgan hollarda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi 33-moddaga muvofiq zudlik bilan vakolatli organni xabardor qilib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan vaqtinchalik chora-tadbirlarni oʻzi koʻrishi mumkin. Bunda u 33-moddaga muvofiq vakolatli muassasani xabardor qilib qoʻyishga majburdir. Ushbu chora-tadbirlar 33-moddada koʻrsatib oʻtilgan muassasa tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda
Vasiylik va homiylikka berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga, turar joyiga yoki mulkka ega boʻlgan hollarda 33-moddaga muvofiq vakolatli organ vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish soʻrayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda soʻralgan muassasani xabardor qilib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa uni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar boʻyicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha zarur boʻlsa nikohdan oʻtishiga ruxsat berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda
Farzandlikka olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish farzandlikka oluvchi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtdan boshlab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, farzandlikka olishda yoki uni bekor qilishda qonuniy vakilning va vakolatli davlat organining, shuningdek, u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha, agar shuni talab etsa, bolaning ham roziligini olish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar bolaning biri Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi, boshqasi esa boshqa Ahdlashayotgan Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotinlar tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ikkala Ahdlashayotgan Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilgan paytda. farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari boʻyicha vakolatlidir, mazkur moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega boʻlgan yoki hozir ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi muassasa vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda
Mulkchilik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchmas mulkka egalik qilish huquqi hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qanday mulk koʻchmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu koʻchmas mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur boʻlgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kelishuv mavzusi hisoblangan mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq Tomonlar bitimlarida boshqacha koʻzda tutilgan boʻlmasa hududida kelishuv imzolangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda
Kelishuv shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kelishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻchmas mulkka oid va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda
Ishonch qogʻozi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonch qogʻozining shakli va amalda boʻlish muddati hududida ishonch qogʻozi berilgan Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda
Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari, agar tomonlarning bitimlari bilan boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, uni amalga oshirish joyidagi qonunchilik boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda
Zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shartnomalar va boshqa huquqiy meʼyordagi harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar zarar keltiruvchi va zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida eslatilgan ishlar boʻyicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar koʻrgan hududida javobgar yashash joyiga. ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham daʼvo arizasi berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati masalalari tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinishi uchun qoʻllaniladigan qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda
Meros qilib qoldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun boʻyicha. huquqni yoxud vasiyatnoma boʻyicha mulkni yoki huquqni tenglik shartlarida va mazkur Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi xuddi shunday hajmda meros qilib qoldirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mulkni meros qilib qoldirish huquqi, mazkur moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qilib qoldiruvchi hududida. oxirgi turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻchmas mulkni meros qilib qoldirish huquqi mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda
Merosning davlatga oʻtishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar merosga qoldirishda qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha merosxoʻr davlat boʻlsa, unda meros qilib qoldirilgan koʻchar mulk vafot etgan vaqtda meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk esa oʻzi joylashgan hududda Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda
Vasiyatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish qobiliyati, shuningdek, vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish dalolatnoma tuzish vaqtida vasiyat qiluvchi yashash joyiga ega boʻlgan oʻsha davlat huquqi boʻyicha belgilanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uni bekor qilish agar vasiyatnoma uni tuzish joyi huquqi talablarini qondirsa, vasiyatnoma shakliga rioya qilinmasa, oqibatda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda
Meros qilib olish ishlari vakolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchar mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda turar joyga ega boʻlgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib borishga vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻchmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni mulk joylashgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomon muassasasi koʻrib chiqishga vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar meros toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo boʻladigan nizolarni koʻrib chiqishda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda
Meros qilib olish ishlari boʻyicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros qilib olish ishlari boʻyicha, shu jumladan, meros qilib olish nizolari boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, oʻz davlatining fuqarolarini, agar ular boʻlmasalar yoki vakil tayinlamagan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muassasalarida maxsus ishonchnoma qogʻozisiz ifodalash uchun vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda
Merosni muhofaza qilish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalari oʻz qonunchiliklariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari tomonidan oʻz hududlarida qoldirilgan merosni muhofaza qilish yoki unga egalik qilish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq koʻrilgan choralar toʻgʻrisida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Koʻrsatilgan vakolatxona yoki muassasa ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq koʻrilgan chora-tadbirlar meros qilish toʻgʻrisidagi ishni amalga oshirishga vakolati boʻlgan adliya muassasasi, shuningdek, diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining iltimosiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda
Merosni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar koʻchar meros qolgan mulk yoki meros qolgan koʻchar yoki koʻchmas mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros qilib olishni koʻrib chiqish tugaganidan soʻng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxoʻrlarga berilishi zarur boʻlsa., unda merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Meros olish huquqi haqidagi ishlar boʻyicha vakolatli boʻlgan muassasa merosga qolgan mulkni diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasiga berish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bu mulk merosxoʻrlarga berilishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) meros qilib qoldirish bilan bogʻliq barcha yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar bu zarur boʻlsa, vakolatli muassasalar merosga qoldirilgan mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pul summalarini oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda. Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni eʼtirof etadi va bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) adliya muassasalarining fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlari, shuningdek, shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va pul majburiyatlariga nisbatan notarial dalolatnomalar (keyingi oʻrinlarda — qarorlar deyiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoyat sodir etish natijasida koʻrilgan zararni qoplashga oid jinoiy ishlar boʻyicha sudlarning hukmlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda
Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan, oʻz xususiyatiga koʻra bajarilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus ishlarni bajarmasdan quyidagi shartlarda eʼtirof etiladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ilgari bu ishlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlar chiqarmagan boʻlsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Shartnomaga koʻra ish, qaror hududida eʼtirof etilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra ular tomonidan nazarda tutilmagan hollarda ular Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining alohida vakolatlariga taalluqli boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddadagi 1-bandning qoidalari ham vasiylik va homiylik boʻyicha qarorlarga, shuningdek, fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish organlari tomonidan chiqarilgan qarorlarga ham tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda
Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijro etilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi pogʻonadagi ish boʻyicha qaror chiqargan sudga ham kiritilishi mumkin. Ushbu sud iltimosnomani iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarish vakolatiga ega boʻlgan sudga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan, agar bu qarorni oʻzidan kelib chiqmasa, hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jarayonda ishtirok etmagan tomonga qarshi qaror chiqarilganligini, belgilangan tartibda va oʻz vaqtida sudga chaqirtirilganligini, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollari esa belgilangan ravishda aytilganligini bildiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hujjat joʻnatilish vaqtida qarorlar qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shartnomada kelishilgan sudli ishlar boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinib tasdiqlangan tarjimasi bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda
Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 52-moddada nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma hududida majburiy bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiquvchi sud mazkur Shartnomada nazarda. tutilgan shartlarga rioya qilinganligini belgilash bilan chegaralanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda, sud majburiy bajarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Majburiy bajarish tartibi hududida bajarilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda
Qarorlarni eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuyidagi hollarda 50-moddada nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy ijro etish uchun ruxsatnoma berishni rad etish mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq u qonuniy kuchga kirmaganda yoki ijro etilishi kerak boʻlmaganda, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan hollar bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) javobgar oʻziga yoki uning vakiliga oʻz vaqtida va tegishli ravishda sudga kelish uchun chaqiriq qogʻozi berilmaganligi sababli jarayonda qatnashmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bahs boʻyicha shu qaror eʼtirof etilishi va ijro etilishi lozim boʻlgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining eʼtirof etilgan qarori boʻlgan yoxud ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish boʻyicha koʻrib chiqish qoʻzgʻatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mazkur Shartnoma qoidalariga asosan, mazkur Shartnomada koʻzda tutilmagan vaziyatlarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi zarur boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga asosan ish uning muassasalarining istisnoli vakolatiga taalluqli boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Shartnomada kelishilgan sudga tegishli ish boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sud koʻrib chiqayotgan qarorlarni eʼtirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy ijro etish muddati oʻtib ketganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda
Jinoyatchilarni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir-birlarining iltimoslariga koʻra oʻzlarining hududlaridagi huquqni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish sababli yoxud shunday huquqbuzarlik sababli hukmni ijro etish soʻralayotgan davlatda qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Shartnomaning maqsadi uchun jinoyatchilarni berishga sabab boʻlgan soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq huquq buzishlar hisoblanadigan huquq buzishlar bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki ogʻirroq jazo bilan jazolanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquq buzarliklarga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish, agar jazo muddati tamom boʻlgunga qadar kamida olti oy qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bir necha alohida huquq buzishlarga taalluqli boʻlsa, ulardan hammasi mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda. talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech boʻlmaganda huquq buzishlardan biri jinoyatchini berishga sabab boʻlsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda
Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyatchi quyidagi hollarda berilmaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) berish talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iltimosnoma olingan paytda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoiy taʼqib qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlmasa yoki hukm har qanday qonuniy asoslarga, shuningdek, muddati oʻtishi yoki umumiy afv boʻyicha ijro etilishi mumkin boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun berish talab etilayotgan shaxsga. nisbatan hukm yoki ish boʻyicha koʻrib chiqishni bekor qilish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jinoyatchini berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushishi munosabati bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida, shuningdek, jinoyat sodir etish vaqtida uning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan uning bayrogʻi ostidagi kemada yoki havo kemasida butunlay yoki qisman sodir etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jinoyatchini berish toʻgʻrisida tushadigan iltimosnoma munosabati bilan jinoyatchi uchun jinoiy taʼqib qilish soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning mutlaq kompetensiyasiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jinoyatchini berish toʻgʻrisida tushadigan iltimosnoma munosabati bilan jinoyat uchun jinoiy taʼqib soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq faqat jabrlanuvchining shikoyatiga koʻra qoʻzgʻatish mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda joʻnatiladi va unda berish talab etilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi zarur axborotlar, shuningdek, uning fuqaroligi va turar joyi yoki yashash joyi haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga barcha hollarda quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har qanday boshqa axborotlar bilan bir qatorda ushbu shaxsning shaxsini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan iloji boricha. aniq bayon — tasviri, shuningdek, foto rasmi yoki agar boʻlsa, boshqa tasviri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni yoki, zarur boʻlganda, mazkur jinoyat toʻgʻri keladigan tegishli qonundan koʻchirma va mazkur jinoyat sabab boʻlishi mumkin boʻlgan jazoning bayon-tasviri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar talab qilingan shaxs huquq buzarlikda ayblanayotgan boʻlsa., berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga jinoyatning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqt va joy, moddiy zarar haqidagi, agar shunday zarar koʻrilgan boʻlsa, maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar talab qilinayotgan shaxs huquq buzarlik uchun hukm qilingan boʻlsa, jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki tasdiqlangan undan koʻchirmaning ayblov qismi va chiqarilgan hukm hamda, agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini oʻtagan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi haqidagi maʼlumotlar bayon qilingan holda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 16-moddasiga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi talab qilinayotgan shaxsning turar joyi maʼlum boʻlgan hollarda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqadi va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni oʻz qarori haqida zudlik bilan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iltimosnomani qondirish haqida qaror qabul qilingan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni qamoqqa olish uchun tezlik bilan chora-tadbirlar koʻradi. Bu shaxsning qamoqqa olinganligi haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani qondirishdagi har qanday toʻliq yoki qisman rad etishlar tegishli sabablar bilan asoslab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda
Qoʻshimcha axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida taqdim etilgan iltimosnomani asoslashdagi axborotni yetarli emas deb hisoblasa, u oʻziga maʼqul muddatda qoʻshimcha axborot berishni talab qilishi mumkin. Ayni zamonda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilishi talab etilayotgan shaxsning oʻz hududidan chiqib ketishining oldini olish uchun uni kuzatishni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻrishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga iloji boricha qisqa muddatda qoʻshimcha axborot taqdim etish uchun zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Talab qilinayotgan shaxs qochmoqchi boʻlganligi haqidagi asoslarga ega boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Tomonga talab qilinayotgan shaxsni uni berish haqida iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma jinoiy politsiyaning Xalqaro tashkilotlari orqali yoki bevosita matnni berish texnika vositalari-telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtasidan foydalangan holda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday iltimosnoma talab qilinayotgan shaxsning bayon-tasviri, jinoyatchini berish haqida. iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza, qamoqda. saqlash toʻgʻrisida (qamoqqa olish uchun order)gi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi haqidagi xabar, ushbu huquq buzarlik uchun jazo tayinlanishi yoki tayinlanganligi haqidagi xabar, shuningdek, muddatning yana qanday qismini oʻtashi kerakligi haqidagi maʼlumot, ushbu ish boʻyicha faktlarning bayoni va soʻralayotgan shaxsning turgan joyi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bunday iltimosnoma yuzasidan oʻz qonunchiligiga muvofiq tezda qaror qabul qiladi va tezlik bilan bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bu kabi iltimosnoma asosida ushlangan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunida nazarda tutilgan muddat oʻtishi bilan , agar uni berish haqida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsni ozod qilish keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda
Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnomaning 60-moddasida nazarda tutilgan iltimosnoma asosida ushlangan shaxs alohida hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq faksimil aloqa orqali berilgan qamoqqa olish haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxalari, yoxud ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayon qilingan holdagi tasdiqlangan undan koʻchirma boʻlganda jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar qamoqqa olinishi mumkin. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish kerak boʻlgan vaqt davrini kelishib oladilar. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlar bilan kelishib olingan vaqtdagi davrda kelib tushmasa, qamoqqa olingan shaxsni ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda
Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishlari mumkinligi haqidagi asoslarga ega boʻlganlarida jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olgunga qadar, ushbu Shartnomaning 56-moddasiga muvofiq berishga sabab boʻlgan huquq buzarliklar sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni iltimosnomaga muvofiq qidirishni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qidirishni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma mazkur Shartnoma talablariga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaga muvofiq ushlangan shaxs, agar u ushlangan vaqtdan boshlab oʻttiz sutka mobaynida uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda
Shaxsni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qondirish haqida xabarnoma olinishi bilan Ahdlashuvchi Tomonlar talab qilinayotgan shaxsni berishning vaqtini, joyini va tadbirlarini belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan biri berilishi kerak boʻlgan shaxsni bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar berishning yangi muddatlarini birgalikda belgilaydilar va bunda 62-moddaning 3-bandidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda
Muddatni uzaytirish yoki vaqtinchaga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar berilishi talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida jinoiy javobgarlikka tortilsa yoki boshqa qilmishi uchun hukm qilingan boʻlsa, uni berish muddati jinoiy taʼqib qilish toʻxtatilguncha, hukm ijro etilgunga qadar yoki jazodan ozod qilingunga qadar uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan berish muddatini uzaytirish hukmni ijro etish muddatini oʻtkazib yuborishi yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, unda. soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsning muddatini uzaytirish oʻrniga soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi bir xil iltimosnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bir shaxsning oʻzini berish toʻgʻrisida bir vaqtning oʻzida boshqa Ahdlashuvchi Tomondan va qandaydir uchinchi davlatdan iltimosnoma olsa, u jinoyatchini berish haqidagi qaysi iltimosnoma qondirilishini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda
Berilgan shaxsni jinoiy taʼqib etishdagi cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning roziligisiz berilgan shaxsni u berilgunga qadar sodir etgan qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortish yoki jazolash mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda
Jinoyatchini takroriy berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilingunga qadar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga qaytarilsa, unda bu shaxsni takroriy berish mazkur Shartnomaning 57-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmay iltimosnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda
Mol-mulkni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan darajada va tegishli ravishda rioya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi tomonning huquqlarini hisobga olib, soʻralayotgan davlatda barcha aniqlangan, huquq buzarlik natijasida sotib olingan, shaxsni qaytarishga sabab boʻlgan yoki jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan mol-mulk, agar berish ruxsat etilgan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning iltimosnomalari boʻlganda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuqorida eslatilgan mol-mulk, agar bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan boʻlsa, hatto qandaydir sabablar boʻyicha shartlashishga erishilgan boʻlsa ham, shaxsni berishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa ham, shu Tomonga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar aytib oʻtilgan mulk jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zarur boʻlsa, unda uni berish ish boʻyicha ishlar tugaguncha muddati uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar aytib oʻtilgan mulk soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xatlanishi va yoki musodara etilishi kerak boʻlsa, unda bu Tomon mulkni ushlab yoki vaqtinchaga berib turishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi yoki uchinchi tomonning huquqlari himoya qilish manfaatlari shuni talab qilsa, bunday tartibda berilgan har qanday mulk, agar buni mazkur Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tamom boʻlishi bilan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga tekinga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda
Tranzit tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali berilishi kerak boʻlsa, unda bu shaxsni oluvchi Tomon boshqa Tomondan bu shaxsni uning hududi orqali tranzit olib oʻtish uchun ruxsatnoma soʻraydi. Mazkur qoida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qoʻnish rejalashtirilmaganda, havo transportidan foydalangan hollarda qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tranzit tashishlar vaqtida tranzit qilayotgan davlat qamoqdagi shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini taʼminlaydi va olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib oʻtayotgan havo kemasi bu yerda rejadan tashqari qoʻngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillarining iltimosnomasiga koʻra mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish toʻgʻrisida iltimosnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday iltimos matnni berishning texnik vositalari, shuningdek, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tranzit tashish bilan bogʻliq xarajatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hisobiga boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-modda
Jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida xabar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlariga berilgan shaxslarga qarshi jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilib turadilar. Iltimosnomaga koʻra qatʼiy qarorning nusxasi ham joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra oʻz fuqarosiga yoki oʻz hududida doimiy yashovchi shaxsga qarshi, agar bu shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotgan boʻlsa, agar shaxsni berishga imkon beruvchi shartlar boʻlmasa jinoiy taʼqibni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda yuboriladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻralayotgan adliya muassasalarining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoiy sudlov ishlarini berish toʻgʻrisida yuborilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmishning bayon-tasviri, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilgan joy va vaqt haqidagi aniq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyati, fuqaroligi va yashash joyi haqida yetarli boʻlgan aniq maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) huquqbuzarlik natijasida keltirilgan ziyonning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun-qoidalari matni, shu asosida qilmish huquqbuzarlik deb eʼtirof etiladi, shuningdek, zarur boʻlganda tergovni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan qonunchilik normalarining boshqa matnlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jabrlanuvchining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatiladigan jinoiy ishlar boʻyicha jabrlanuvchilarning arizalari va zararni qoplash toʻgʻrisidagi ariza.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iltimosnoma. va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur Shartnomaning 17-moddasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-modda
Rad etish uchun asos
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnomani rad etsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi qabul qilingan iltimosnomada, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shubha qilinayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi hisoblanmasa, yoki mazkur Tomon ushbu shaxs doimiy yashaydigan davlat boʻlib hisoblanmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) iltimosnoma yuborilishi bilan bogʻliq huquqbuzarlik berishga sabab boʻluvchi huquqbuzarlik hisoblanmasa, rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirishning mumkin emasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar taʼqib qilish talab qilinayotgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida qonuniy kuchga kiruvchi hukm yoki soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xabardor qilinadigan ish boʻyicha qatʼiy qaror chiqarilgan boʻlsa, bajarilmaydi. Bunday hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilishi emas, ular tomonidan qoʻzgʻatilgan ish esa toʻxtatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-modda
Shaxsni vaqtinchalik berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz qonunchiliklariga muvofiq va qamoqda. saqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan tegishli iltimoslar boʻlganda tergov ishlarini oʻtkazishda. koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish maqsadida ularni bir-birlariga vaqtinchalik berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslarni berish Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda kelishib olgan muddatda, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa ikki oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-modda
Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnomaning 62-moddasiga muvofiq berilishi talab etilayotgan shaxsni berish muddati Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birga, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan ruxsat etilgan qamoqda saqlash muddatlarini hisobga olgan holda, belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Shartnomaning 62-moddasida va mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda vaqtincha beriladigan shaxsni qamoqda saqlash muddatlari soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli qonunchiligiga koʻra har bir jinoiy ish boʻyicha alohida hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-modda
Huquqni buzishdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar huquqni buzishdan olingan daromadlarni aniqlashda, olib qoʻyishda va musodara qilishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Mazkur Shartnomaning maqsadlari uchun “huquqni buzishdan olingan daromadlar” tushunchasi huquqni buzish oqibatida toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita olingan yoki sotilgan istalgan shubha qilingan yoki sud tomonidan aniqlangan mulkni yoki oʻzida mulk qiymatini ifodalovchi mulkni, yoxud huquqni buzish natijasida olingan boshqa foydani ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-modda
Huquqni buzishdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordamni koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga huquqni buzishdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborar ekan, oʻzi bunday daromadlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlishi mumkin deb hisoblaydigan sabablar toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq yoʻllangan iltimosnomani olib, huquqni buzishdan olingan biron-bir daromad uning yurisdiksiyasi doirasida bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun zarur choralar koʻradi hamda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar huquqni buzishdan olingan biron-bir daromad soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlsa, u aktivlarni aniqlash, moliyaviy operatsiyalarni tekshirish va huquqni buzishdan olingan daromadlarni olib qoʻyishni taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa axborot yoki dalillarni olish uchun zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Huquqni buzishdan olingan moʻljallanayotgan daromadlar aniqlangan taqdirda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, tegishli iltimosnoma mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu daromadlarga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinayotgan huquqni buzishdan olingan ushbu daromadlar bilan biron-bir operatsiyalar oʻtkazishga, ularni berishga yoki ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻzining qonunchiligi bilan ruxsat berilgan choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida belgilangan doirada, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning huquqni buzishdan olingan daromadlarni olib qoʻyish yoki musodara qilish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorini ijro etadi yoki ijro etishga sanksiya beradi, yoki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomaga muvofiq ushbu daromadlarni olish uchun boshqa zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddani qoʻllashda halol uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydilar, huquqni buzishdan olingan daromadlarni berish esa mazkur Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-modda
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maqbul kelishuvlar, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon bilan tuzilgan kelishuvlar va ahdlashuvlar asosida muomalada taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning noqonuniy aylanishida qatnashuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib qilish maqsadida aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarni nazoratli yetkazib berish usulidan yetarli darajada foydalanishni nazarda tutuvchi zarur chora-tadbirlarni oʻz qonunchiligi doirasida va oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib koʻradilar. Nazoratli yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror har biri alohida holda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhit uchun xavfliligi darajasini, huquqlarni va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarni zarur darajada hisobga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi va, zarurat boʻlganda, Tomonlar erishgan yurisdiksiyaga nisbatan moliyaviy ahdlashuvlar va oʻzaro hamfikrlikni hisobga olishi mumkin. Nazoratli yetkazib berishlar erishilgan ahdlashuvlarga, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon ishtirokidagi ahdlashuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning gʻayriqonuniy partiyalari saqlangan yoki olib qoʻyilgan holda bundan buyongi tashish, yoxud bunday buyumlar, vositalar yoki moddalarning odamlar hayoti va sogʻligi hamda atrof muhit uchun ehtimol tutilgan xavfliligi darajasini hisobga olgan holda ularni toʻliq yoki qisman almashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-modda
Ayblov hukmlari va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida maʼlum qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar har yili boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga nisbatan ularning sudlari tomonidan chiqarilgan ayblov hukmlari qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlum qiladilar, ayni vaqtda hukm qilinganlarning mavjud fotosuratlari va barmoq izlarini yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar, agar ushbu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilsalar, ilgari ularning sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni iltimosnomaga koʻra bir-birlariga maʼlum qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli iltimosnoma mavjud boʻlgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, uning mazmunini va tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, bunday yordam koʻrsatilganlik hollarini sir saqlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Agar ushbu iltimosnomani maxfiylikni buzmagan holda qondirishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, u keyinchalik shunga qaramay ushbu iltimosnomani qondirish toʻgʻrisida iltimos qilish kerakligi yoki yoʻqligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan dalillar va axborotlarni sir saqlaydi, ushbu dalillar va axborotlar iltimosnomada koʻrsatilgan tergovni va sud tekshirishini oʻtkazish uchun talab qilingan hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda
Foydalanishga oid cheklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan berilgan axborot yoki dalillardan biron-bir tergov yoki tekshirish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz foydalanmaydi yoki bermaydi, yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomada koʻrsatilganlar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-modda
Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat boʻlganda ular birgalikda tergov oʻtkazayotgan ishlar boʻyicha huquqni buzishlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda bunday ishlarni sudda koʻrib chiqishda guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish yuzasidan oʻzlarining qonunchiliklarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-modda
Tashish bilan bogʻliq xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hibsdagi shaxslarni mazkur Shartnomaning 75-moddasida nazarda tutilgan koʻrsatma. berish yoki tergovni oʻtkazish uchun yordam berish uchun vaqtincha berish chogida olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar, ushbu shaxslarni uchinchi davlatlarning hududlari orqali tranzit olib oʻtish xarajatlari ham shu jumlaga kiradi, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-modda
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga koʻra, bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlishi mumkin deb hisoblash uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Shartnomaning 7 va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidirilayotgan shaxs turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday axborot bilan birgalikda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha toʻliqroq tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bedarak yoʻqolgan shaxsni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ular mavjud boʻlsa, qidirilayotgan shaxsning fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish kartasi, qoʻllari barmoqlarining izi, shuningdek, talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining adliya muassasalari vakillari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan mazkur Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini bajarishda qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-modda
Vaqtincha topshirilgan yoki berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar vaqtincha topshirish yoki berish ruxsat etilgan shaxslarni va tergov ishlarini oʻtkazishga yordam berish uchun berilayotgan shaxslarni ularning hududidan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bunday shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarining qurolli vakillari kuzatuvi ostida kuzatib borilishi mumkinligini kelishib oldilar. Bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonni ikkinchi tomon oldindan xabardor qilib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakillariga ular oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi joriy etiladi.Shunga muvofiq ravishda ular oʻzlari boʻlgan davlat va oʻz davlatlarining huquqiy himoyasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, hisobda turadigan oʻq otar qurolni va maxsus vositalarni saqlash, olib yurish va qoʻllash huquqiga ega boʻladilar hamda oʻz funksiyalarini oʻzlari boʻlgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 2-bandida eslatib oʻtilgan adliya muassasalari vakillari tomonidan sodir etilgan huquq buzishlar toʻgʻrisidagi ishlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur yordam va koʻmak beradi. Bunday hollarda huquq buzuvchilarni jinoiy taʼqib qilish iltimosnoma boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va mazkur Shartnoma qoidalariga binoan ular fuqarosi hisoblangan Tomonga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Adliya muassasalari vakillarining hisobda turadigan oʻq otar quroli, unga oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga maxsus roʻyxatlar (ruxsatnomalar) boʻyicha. qoʻyiladi, ularning shakli va mazmuni har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tomonidan kelishilishi kerak va albatta yana olib chiqib ketilishi kerak. Qurol-yarogʻ, oʻq-dori, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini olib chiqib ketish eslatib oʻtilgan roʻyxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi hamda adliya muassasalari vakillari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur modda qoidalari Tomonlar tomonidan uchinchi davlatlarga berilgan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib oʻtish hollariga ham joriy etiladi. Mazkur shartnomaning 66-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning olib oʻtilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari mavjud ekanligi toʻgʻrisida mazkur shartnomaning 66-moddasi 1 va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosnomada maʼlum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoyalanish vositalari saqlash uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalariga topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha yordam koʻrsatish masalalariga oid aloqalar tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshirish, jinoiy taʼqib qilish masalalari, shuningdek, prokuror sanksiyasini talab qiluvchi protsessual harakatlar boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning Bosh prokurorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-modda
Mazkur Shartnomani qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnomani qoʻllashda paydo boʻladigan masalalar oʻzaro kelishuvga koʻra adliya organlarining vakolatli muassasasi tomonidan hal etiladi. Zaruriyat boʻlganda kelib chiqqan anglashilmovchiliklarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli davlat organlari vakillaridan iborat qoʻshma Komissiya tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatli organlari tomonidan mazkur Shartnoma qoidalarini amalda qoʻllash masalalari boʻyicha idoralararo shartnomalar (bitimlar) tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-modda
Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning mazkur Shartnoma kuchga kirgunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha mazkur Shartnomaning 86-moddasida nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-modda
Shartnomani kuchga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliklari ayirboshlangan sanadan soʻng oʻttiz kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-modda
Shartnomaning amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uning amal qilishini toʻxtatish istagini bildirmasalar, keyingi besh yillik davrga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri navbatdagi besh yillik davr tamom boʻlishidan olti oy oldin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilib, mazkur Shartnomani rad etishi mumkin. Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi Tomondan bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtishi bilan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-modda
Vaqtga koʻra amal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomaning amal qilishi u kuchga kirgunga qadar paydo boʻlgan huquqiy munosabatlarga ham joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida, ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomani talqin etishda anglashilmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)