24.12.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foyda va daromadlarga ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda va daromadlarga ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagini bildirib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Bitim qoʻllaniladigan soliqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatning har birining qonunchiligiga muvofiq undiriladigan foyda va daromadlar soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Foyda va daromadlarning umumiy summasidan yoxud foyda va daromadlarning ayrim elementlaridan, jumladan koʻchar va koʻchmas mol-mulkning sotilishidan olinadigan daromad summalaridan, korxonalar toʻlaydigan ish haqi toʻlovlarining umumiy summalaridan, shuningdek mol-mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlardan undiriladigan hamma soliqlar foyda va daromadlarga solinadigan soliqlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi soliqlar ushbu Bitim qoʻllaniladigan soliqlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar foydasi va daromadidan olinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qirgʻiziston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) yuridik shaxslarning foydasi va daromadidan olinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bundan keyin “ Qirgʻiziston soliqlari” deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitim imzolangan sanadan soʻng mavjud soliqlarga qoʻshimcha yoki ular oʻrniga kiritilgan soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ularning tegishli soliq qonunlariga kiritiladigan har qanday jiddiy oʻzgartishlar haqida bir-birlarini xabardor qilib turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Umumiy taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimda, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno qilmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi atamalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston” — Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi. “Oʻzbekiston” atamasi jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil huquq va yurisdiksiyalarni, shu jumladan xalqaro huquq meʼyorlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq yer osti boyliklari va tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha huquqlarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududini, ichki suv havzalarini, ular tepasidagi havo kengligini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qirgʻiziston” — Qirgʻiziston Respublikasini bildiradi. “Qirgʻiziston” atamasi jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Qirgʻiziston Respublikasi xalqaro huquqqa muvofiq mustaqil huquq va yurisdiksiyasini amalga oshiradigan va Qirgʻiziston Respublikasining soliq qonunchiligi amal qiladigan hududni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani yoki har qanday boshqa birlashmani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday korporativ birlashma yoki yuridik shaxs yoki tashkilotni bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamasi matn mazmunidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasini va Qirgʻiziston Respublikasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” iboralari tegishli ravishda Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaradigan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaradigan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “xalqaro yuk tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarida har qanday yuk tashishni anglatadi, bunday tashishning boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshirilishi hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) “vakolatli organ” atamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini yoki uning vakolatli vakilini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qirgʻiziston Respublikasida — Moliya vazirligini yoki uning vakolatli vakillarini bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) Ahdlashuvchi Davlatning fuqaroligiga ega har qanday jismoniy shaxsni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz mavqeyiga ega boʻlgan har qanday yuridik shaxsni, sheriklikni yoki har qanday uyushmani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) “mol-mulk” atamasi koʻchar va koʻchmas mulkni anglatadi va naqd pul mablagʻlari, aksiyalar yoki mulkiy huquqlarni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, veksellar, obligatsiyalar yoki boshqa qarz majburiyatlarini, shuningdek patentlar, tovar belgilari, mualliflik huquqlari yoki boshqa shunga oʻxshagan huquqlar yoki mol-mulkni oʻz ichiga oladi, biroq bu bilangina cheklanib qolmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qoʻllanilganida unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno kelib qilmasa, Bitim qoʻllanilayotgan soliqlarga nisbatan oʻsha Davlatning qonunlaridagi maʼnoni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Rezident
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlarida “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” atamasi Ushbu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi boʻyicha turar joyi, doimiy istiqomat joyi, yuridik shaxs sifatida tashkil topgan joyi, amaldagi rahbar organining joylashgan joyi yoki shunga oʻxshash boshqa belgilarga koʻra Ushbu Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan shaxsni bildiradi. Biroq Ushbu atama ushbu Ahdlashuvchi Davlatdagi manbalardan yoki ushbu Davlatdagi mulkdan daromad olishi asosidagina soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlgan hollarda uning mavqeyi quyidagicha tarzda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bu shaxs qayerda doimiy uy-joyga ega boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashuvchi Davlatda doimiy uy-joyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari (hayotiy manfaatlar markazi) nisbatan qalin boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning hayotiy manfaatlar markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida doimiy uy-joyga ega boʻlmasa, unda u qaysi Davlatda odatda 183 kundan ortiq yashasa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) agar u odatda har ikki Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining fuqarosi boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar u har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi boʻlsa yoki u Ahdlashuvchi Davlatlarning birontasining ham fuqarosi boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuv yoʻli bilan ushbu masalani hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan hollarda u uning amaldagi rahbarlik organi joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Doimiy muassasa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan doimiy amal qilish joyini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boʻlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ofis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ustaxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) shaxta, neft yoki gaz quduqlari, karyer yoki tabiiy resurslar olinadigan boshqa har qanday joy, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Doimiy muassasa” atamasi, shuningdek quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish maydonchasi yoki qurilish, montaj yoki yigʻish obyektlarini yoki ushbu ishlarning bajarilishini kuzatish bilan bogʻliq xizmatlarni, agar faqat bunday maydoncha yoki obyekt 12 oydan ziyod vaqt mobaynida mavjud boʻlsa yoki bunday xizmatlar 12 oydan ziyod vaqt mobaynida koʻrsatilsa, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xoʻjalik, yaylov yoki oʻrmon mol-mulkini, agar mol- mulkning bunday turlari 24 oydan ortiq amal qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tabiiy resurslarni qidirishda qoʻllaniladigan qurilma yoki inshoot yoxud bunday ishlarning bajarilishini kuzatish bilan bogʻliq xizmatlar yoki tabiiy resurslarni qidirishda qoʻllaniladigan burgʻulash qurilmasi yoki kema, agar bunday qoʻllanish 24 oylik muddatdan ortiq muhlat mobaynida davom etsa yoki bunday xizmatlar 24 oylik muddatdan ortiq muhlat davomida koʻrsatilsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) rezidentlarning xodimlar yoki bunday xizmatlarni koʻrsatish maqsadida yollagan boshqa xodimlar orqali koʻrsatadigan xizmatlari, shu jumladan maslahatchilik xizmatlari, biroq agar bunday turdagi faoliyat mamlakat miqyosida (ushbu yoki u bilan bogʻliq loyihalar uchun) 12 oylik davr mobaynida davom etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inshootlar va uskunalardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) doimiy faoliyat joyini faqat tovarlar yoki mahsulotlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) doimiy faoliyat joyini faqat ushbu korxona manfaatlari uchun boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1 va 2-band qoidalariga qaramay, agar ushbu moddaning 6-bandi qoʻllaniladigan, mustaqil maqomli agentdan tashqari boshqa shaxs korxona nomidan ish yuritib, korxona nomidan Ahdlashuvchi Davlatda bitimlar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda foydalansa, unda bu korxona ushbu shaxs korxona uchun amalga oshiradigan har qanday faoliyatga nisbatan bu davlatda doimiy muassasaga ega deb qaraladi, agar ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda koʻrsatilgan faoliyat bilan cheklanmasa, qaysiki, bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilgan taqdirda ham bu doimiy faoliyat joyini ushbu band qoidasiga muvofiq doimiy muassasaga aylantirmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxona oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan sharoitda, oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan nazorat qilinishi yoki nazoratni oʻzga Davlat kompaniyasi ustidan yuritishi, yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) fakti oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan birini boshqa kompaniyaning doimiy muassasasiga aylantirib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olgan daromadi (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad ham shu jumlaga kiradi) faqat shu oʻzga Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi boʻyicha ifodalangan maʼnoni bildiradi. Ushbu atama har qanday holda yerga egalikka doir umumiy huquq qoidalari qoʻllaniladigan mol-mulkni, koʻchmas mulkka nisbatan yordamchi mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladigan chorva mollari va jihozlarni, koʻchmas mulk uzufruktini (boshqaning mulkidan va undan olinadigan daromadlardan foydalanish huquqini), va tabiiy resurslarni qazib olish uchun kompensatsiya sifatida oʻzgaruvchan yoki qayd qilingan toʻlovlarga boʻlgan huquq yoki qazib olishga beriladigan huquqni oʻz ichiga oladi; dengiz va havo kemalari, shuningdek yerda yurish vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanish natijasida olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1 va 3-bandlari qoidalari, shuningdek, korxonaning koʻchmas mulkidan olinadigan daromadga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlarga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan olingan foyda birinchi aytib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar faqat bu korxona tadbirkorlik faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmagan boʻlsa. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilgan tarzda amalga oshirsa, unda korxona foydasi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, faqat uning doimiy muassasaga tegishli qismi soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band qoidalarini inobatga olgan holda, bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga u xizmat koʻrsatayotgan korxonadan alohida va mustaqil harakat qilib bunday sharoitlarda shunday va shunga oʻxshash faoliyat koʻrsatganda va doimiy muassasa hisoblangan korxonaga mutlaqo bogʻliq boʻlmay faoliyat koʻrsatganda olishi mumkin boʻlgan foyda taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan hujjat asosida tasdiqlangan xarajatlar chegirilishi lozim, sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham — ular doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki uning tashqarisida sarflanganligidan qatʼi nazar, shular jumlasiga kiradi, doimiy muassasa uning bosh korxonasiga yoki boshqa har qanday muassasasiga patentlardan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki koʻrsatilgan xizmatlar yoki boshqaruv uchun komission toʻlovlar yoki gonorarlar toʻlash yoʻli bilan, yoki doimiy muassasaga berilgan qarz summasiga foizlar toʻlash yoʻli bilan toʻlagan summalarining chegirib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu doimiy muassasa tomonidan korxona uchun tovarlar yoki mahsulotlarni oddiy xarid qilish asosidagina doimiy muassasaga hech qanday foyda yozilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub foyda, agar belgilangan tartibni oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar foyda ushbu Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtiladigan foyda turlarini qamrab oladigan boʻlsa, ushbu moddalar qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Xalqaro tashishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini foydalanishdan olgan foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-band qoidalari, shuningdek, quyidagilarga nisbatan ham qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijaradan olinadigan, shu jumladan xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan dengiz va havo kemalarini ekipajsiz fraxt qilish asosida olinadigan foydalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konteynyerlardan (shu jumladan, treylyerlar va konteynyerlarning tashilishi bilan bogʻliq boshqa uskunalardan) foydalanish, tutib turish yoki ijaraga berishdan olinadigan foydalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1 va 2-bandlardagi qoidalar, shuningdek, transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda (umumiy jamgʻarmada), qoʻshma korxonalarda yoki xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishdan olingan foydalarga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Birlashgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasi mol-mulkini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning mol-mulkida bevosita yoki bilvosita qatnashsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir xil shaxslarning oʻzlari Ahdlashuvchi Davlatning korxonasini, shuningdek boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning mol-mulkida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
va har bir holda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy oʻzaro munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar barpo etilsa yoki belgilansa, unda ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin yuqoridagi sharoitlar tufayli hisoblanmagan har qanday foyda ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda umumiy miqdorda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Ahdlashuvchi Davlat ushbu Davlatning korxonasi foydasiga oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasining ana shu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilgan foydasini qoʻshib va tegishli ravishda soliqqa tortsa va shu alfozda qoʻshilgan foyda, birinchi aytilgan korxonaga hisoblanishi mumkin boʻlgan foyda boʻlsa, agar ikki korxona oʻrtasidagi munosabatlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi munosabatlardek boʻlsa, bunda ushbu oʻzga Davlat ushbu foydadan olinadigan soliq miqdoriga tegishli munosiblik kiritiladi. Bunday munosiblikni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalari koʻrib chiqilishi lozim, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli tashkilotlari esa zarur boʻlgan taqdirda bir-birlari bilan maslahatlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan oʻzga Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu oʻzga Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa ushbu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, lekin dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, u holda undiriladigan soliq dividendlar yalpi summasining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda, aksiyalar va qarz talabnomalari boʻlmagan boshqa huquqlardan olingan daromadni, foyda olishda ishtirok etishdan olingan daromadni, shuningdek soliqqa tortish borasida foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olingan daromadlarga tenglashtirilgan boshqa korporativ huquqlardan olingan daromadni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar aslida dividendlarni olish huquqiga ega shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda oʻz tadbirkorlik faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu oʻzga Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda sharoitga qarab 7 yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya oʻzga Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromadlar olayotgan boʻlsa, bu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan har qanday soliqni olmasligi mumkin (ana shu oʻzga Davlat rezidentiga toʻlanadigan bunday dividendlar yoki xolding (dividendlar unga nisbatan toʻlanadi) shu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi ham soliqqa tortilmaydi (hatto toʻlanadigan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda toʻliq yoki qisman paydo boʻlgan foyda yoki daromaddan iborat boʻlgan boʻlsa ham).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Foizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu oʻzga Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq bunday foizlar hosil boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, lekin dividendlarni oluvchi foizlarning haqiqiy egasi boʻlsa, u holda olinadigan soliq foizlar umumiy summasining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda garov bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan, qarzdorlar foydalarida qatnashishga huquq beradigan yoki bermaydigan har qanday turdagi qarz talabnomalaridan olinadigan daromadni va, jumladan, hukumatning qimmatli qogʻozlaridan va obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan, ushbu qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan mukofotlarni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadi uchun foizlar sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar aslida foizlarga haqli boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu oʻzga Davlatda joylashgan doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga haqiqatan mansub boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda sharoitga qarab 7 yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti yoki shu Davlatning oʻzi, uning mahalliy hokimiyat organi foizlarni toʻlovchi boʻlsa, foizlar ushbu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin agar foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlarni toʻlash majburiyati vujudga kelgan va bu foizlar toʻlovlari boʻyicha xarajatlar doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasida boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida yoki ular ikkalasi va qandaydir uchinchi shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar bois qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan biror sabab boʻyicha oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Bitimning boshqa qoidalari lozim darajada inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Royalti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq, bunday royaltilar ular hosil boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi ham mumkin, ammo bu royaltilarni oluvchi va ularning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, u holda soliq royaltilar yalpi miqdorining 15 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) adabiyot, sanʼat yoki fan asarlarini (kompyuter dasturlarini, kinofilmlar hamda radioeshittirish va televideniye yozuvlari va videofilmlar); yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har qanday patentlar, dizayn yoki model, reja maxfiy formula yoki jarayonlar, savdo markasi yoki sanoat, tijorat yoxud ilmiy tajribaga mansub axborot (“nou-xau”) uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunalaridan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi berilganligi uchun mukofot sifatida olinadigan har qanday turdagi toʻlovlarni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti royaltiga amalda ega boʻlgani xolda royalti hosil boʻladigan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ana shu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni koʻrsatsa, va huquq yoki royalti toʻlanayotgan mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunda vaziyatga qarab ushbu Bitimning 7 yoki 14-moddalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa royalti shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq agar royalti toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish-boʻlmasligidan qatʼi nazar, istalgan davlatda doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻladi va unga nisbatan royalti toʻlash majburiyati yuzaga kelsa va toʻlov xarajatlarini ana shunday doimiy muassasa yoki baza zimmasiga olsa, u holda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi yoxud biror uchinchi shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foydalanishga huquqqa yoki axborotga asoslanib toʻlanadigan royaltining toʻlangan yoki hisoblangan miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlangan yoki hisoblangan royaltining ortiqcha qismiga ushbu Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkni sotishdan oladigan daromadlar oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa ishlab chiqarish mulkining bir qismini tashkil qiladigan harakatdagi mulkni sotishdan yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti doimiy bazasiga qarashli va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan harakatdagi mulkni sotishdan oladigan daromadlari va foydalari mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatishni amalga oshirish maqsadida, jumladan, bunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birga sotishdan) yoxud ana shunday doimiy bazani sotishdan olinadigan daromadlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalarini, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini yoki shu transport vositalarini ishlatish bilan bogʻliq harakatdagi mulkni sotishdan oladigan foyda va daromadlari faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1, 2, 3-bandlarida koʻrsatilmagan har qanday boshqa mulkning sotilishidan olinadigan daromadlar shu mulkni sotayotgan shaxs qaysi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, oʻsha Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentining kasb xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa mustaqil faoliyatlardan olgan daromadi faqat mana shu Davlatdagina soliqqa tortiladi, u bunday faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy bazaga ega boʻlgan hol bundan mustasnodir. Agar unda ana shunday doimiy baza mavjud boʻlsa, daromadning ushbu doimiy bazaga tegishli qismigagina boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek, vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatlarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning 16,18,19-moddalari qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti yollanma ishi uchun oladigan ish haqi va shu kabi boshqa taqdirlanish pullari agar faqat ana shunday yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmasa, faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tariqa amalga oshirilsa, shu munosabat bilan olinadigan taqdirlanish puli ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-bandning qoidalariga qaramasdan, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish munosabati bilan oladigan taqdirlash pullariga faqat eslatilgan birinchi Davlatda soliq solinadi, qachonki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugallanadigan istalgan 12 oylik davrda umumiy majmuiga koʻra 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdirlash puli boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taqdirlash puli yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza tomonidan toʻlanmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning bundan oldingi qoidalariga qaramay xalqaro yuk tashishlarda foydalaniladigan transport vositasi bortida amalga oshiriladigan yollanma ish boʻyicha olinadigan ragʻbatlantirish haqi ushbu yuk tashishlarni amalga oshiradigan korxona rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Direktorlarning ragʻbatlantirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblanadigan kompaniyaning Direktorlar Kengashi aʼzosi sifatida oladigan direktorlik haqi va boshqa shu kabi toʻlovlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi (teatr, kino, radio, televideniye artisti, musiqachi yoki sportchi) shaxsiy faoliyat koʻrsatayotgani tufayli olayotgan daromadi shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatiga sanʼat xodimi yoki sportchining oladigan daromadi oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, ushbu Bitimning 7,14, va 15-moddalari qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, artist yoki sportchi sifatida shaxsiy faoliyatdan oladigan daromadiga faqat shu Davlatda soliq solinadi, agar bu faoliyat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda vakolatli organlar maʼqullagan va Ahdlashuvchi Davlatning hukumati, mahalliy hokimiyati yoki jamoat fondlari mablagʻ bilan toʻliq taʼminlaydigan madaniy yoki sport almashuvi dasturi doirasida amalga oshirilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Pensiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, pensiyalar va Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan hamda boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollanma ishi boʻyicha toʻlanadigan boshqa shunga oʻxshash taqdirlash pullari faqat shu davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Hukumat xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan jismoniy shaxsga mana shu Ahdlashuvchi Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat organiga koʻrsatgan xizmati uchun toʻlanadigan taqdirlash puliga, pensiyadan boshqa, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bunday taqdirlash pullariga agarda xizmatlar mana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, yaʼni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) shu Davlatning fuqarosi yoki fuqaroligini qabul qilgan shaxs hisoblansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(II) faqat ushbu xizmatni koʻrsatish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlmagan boʻlsa, faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organi yoki ular tuzgan fondlar jismoniy shaxsga shu Davlat uchun yoki mahalliy hokimiyat organi uchun amalga oshirayotgan xizmatiga toʻlaydigan har qanday pensiya faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) biroq agar jismoniy shaxs boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti va fuqarosi boʻlsa, bunday pensiya faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimning 15,16,18-moddalari qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan qilayotgan xizmatiga nisbatan taqdirlash pullari va pensiyalarga qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Talabalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan yoki rezidenti hisoblanadigan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat taʼlim olish yoki tajribadan oʻtish maqsadida boʻlib turgan talaba, aspirant yoki praktikantning oladigan toʻlovlariga agar bunday toʻlovlarning manbai boshqa Davlatda joylashgan boʻlsa, shu Davlatda soliq solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentining ushbu Bitim boshqa moddalarida tilga olinmagan va qayerda paydo boʻlganidan qatʼi nazar, daromadlarining turlari faqat ushbu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu modda 1-bandi qoidalari ushbu Bitim 6-moddasining 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlardan boshqa daromadlarga nisbatan qoʻllanilmaydi, agar bunday daromadlarni oluvchi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib boshqa Axdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ana shu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni koʻrsatsa va huquq va mulk orqali olingan daromad haqiqatan ham ana shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa. Bunday xolda ushbu Bitimning 7 yoki 14-moddalari qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish usuli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti Ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda birinchi eslatilgan davlat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shu rezident daromadiga solinadigan soliqdan ana shu boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirib tashlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu rezident foydasiga solinadigan soliqdan ana shu boshqa Davlatda toʻlangan foyda soligʻiga teng summani chegirib tashlashga imkon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu chegirib tashlashlar har qanday holatda ham vaziyatga qarab boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki foydaga taalluqli chegirib tashlash amalga oshirilgunga qadar hisoblangan daromad soligʻi yoki foyda soligʻining qismidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar ushbu Bitimning har qanday qoidalariga muvofiq Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti olgan daromad yoki foyda ana shu Davlatda soliqdan ozod qilinadi. Bu davlat ana shu rezident daromadining yoki foydasining qolgan qismi uchun soliq summasini hisoblab chiqarishda soliqdan ozod qilingan daromad yoki foyda eʼtiborga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq summasi Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunchiligida berib qoʻyilgan muayyan maxsus imtiyoz tadbirlariga muvofiq soliqqa tortishdan ozod qilinsa yoki soliq kamaytirilsa, u holda soliq Ahdlashuvchi Davlatda toʻlangan, deb hisoblanadi, shu tariqa u boshqa Ahdlashuvchi Davlatning soligʻidan chiqarib tashlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Kamsitmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari Ahdlashuvchi boshqa Davlat fuqarolariga ayni bir xil sharoitlarda yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ushbu Ahdlashuvchi boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan birini boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga u oʻz xususiy rezidentiga beradigan va fuqarolik maqomi yoki oilaviy holatlari asosida soliqqa tortish boʻyicha biron bir shaxsiy imtiyozlarni, chegirmalar va siylovlarni berishga majbur qiladi, deb talqin qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimning 9-moddasi 1-bandi, 11-moddasi 6-bandi yoki 12-moddasi 4-bandi qoidalari qoʻllaniladigan holatlarni istisno qilib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliq solinadigan foydasini aniqlash maqsadlarida toʻlaydigan foizlar, royalti va boshqa toʻlovlar yoki birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan tarzda chegirib tashlanadi. Xuddi shuningdek, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga har qanday qarzlari ushbu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi esga olingan Davlat rezidentining qarzlarini hisobga olgandek sharoitda hisob-kitob qilib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita toʻliq yoki qisman tasarrufida boʻlgan yoki nazorat qilinadigan mulki birinchi eslatilgan Davlatda Ahdlashuvchi birinchi eslatilgan Davlatning boshqa shunday korxonalariga solinadigan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agarda Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga ushbu Bitimda nazarda tutilganiga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa yoki agar uning holati 24-moddaning 1-bandiga muvofiq kelsa, u ushbu Davlatlarning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ariza Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga duchor qiladigan xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi birinchi xabarnoma olinganidan soʻng uch yil mobaynida taqdim qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va oʻzini qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga harakat qiladi. Har qanday erishilgan kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning milliy qonunlarida koʻzda tutilgan qandaydir vaqtinchalik cheklashlardan qatʼi nazar, bajarilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchiliklar va shubhalarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini bajarish bilan bogʻliq barcha nizolar muzokaralar va maslahatlashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilinadi. Ular, shuningdek, ushbu Bitimda koʻzda tutilmagan xollarda ham ikkiyoqlama soliq solinishini bartaraf qilish maqsadida bir- birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari avvalgi bandlar xususida kelishish va oʻzaro tushunishga kelish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqa bogʻlashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Bitimga Ahdlashuvchi Davlatlarning oʻzaro roziligi bilan oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish mumkin, bu ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan alohida protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning ushbu Bitim qoidalari tatbiq etiladigan milliy qonunchiligi qoidalarini bajarish uchun zarur boʻlgan soliqlarga taalluqli axborot bilan soliqqa tortish ushbu qonunchilikka koʻra ushbu Bitimga zid tushmaydigan darajada almashib turadilar. Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi olayotgan har qanday axborot shu Davlatning milliy qonunchiligi doirasida olingan axborot singari maxfiy hisoblanadi va ushbu Bitim qoʻllaniladigan soliqlarni hisoblash yoki toʻplash, undirish yoxud sud orqali taʼqib etish bilan undirish, shuningdek, sud tartibida koʻrib chiqish bilan shugʻullanadigan shaxslar va organlargagina (sudlar va maʼmuriy organlar ham shunga kiradi) xabar qilinadi va undan faqat shunday maqsadlarda foydalanishi kerak. Ushbu axborot ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarini qabul qilish chogʻida ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech qanday holatda ham 1-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoida sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki xizmat siri yoki savdo jarayonini fosh etuvchi axborotni yoki ochilishi davlat siyosatiga zid keluvchi axborotni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Diplomatik va konsullik xizmatlari xodimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitimning hech bir qoidasi diplomatik va konsullik xizmatlari xodimlarining xalqaro huquq umumiy normalari bilan yoki maxsus Bitimlar asosida belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Kuchga kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Davlat boshqa Davlatni ushbu Bitimning kuchga kirish tartibi ichki qonunchilikka muvofiq tugaganligi toʻgʻrisida diplomatik yoʻl orqali xabardor qiladi. Ushbu Bitim soʻnggi shunday xabar olingan kuni kuchga kiradi va shunday keyin amal qila boshlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) olinadigan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan, ushbu Bitim kuchga kirgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki birinchi yanvardan soʻng boshlanadigan har bir soliq yili uchun boshqa daromad (foyda) soliqlariga nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Bitim taʼsirini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning taʼsirini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning taʼsirini Bitim kuchga kirgan sanadan 5 yillik muddat tugagan kundan boshlab istalgan taqvimiy yilning tugashidan kamida 6 oy oldin diplomatik yoʻl orqali xabar berib toʻxtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda Bitim oʻz taʼsirini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) olinadigan daromadlar manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan, xabarnoma berilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har bir soliq yili uchun boshqa daromad va foyda soliqlariga nisbatan xabarnoma berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki birinchi yanvardan soʻng toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz Hukumatlari tomonidan vakolat berilgan quyidagi imzo chekuvchilar ushbu Bitimga imzo chekdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 1996-yil 24-dekabrda oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida har biri ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etishda tushunmovchiliklar vujudga kelgan hollarda rus tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)