1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA qILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TOʻgʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi boʻlmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yodgorliklar — ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ularga taalluqli rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari bilan birga, memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental sanʼat asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obyektlari, xalq ogʻzaki ijodi, numizmatika, epigrafika namunalari, antropologiya, etnografiya, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, ovozli-tasvirli yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va sanʼat asarlari, arxiv, qoʻlyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qoʻlyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega boʻlgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga oʻyib solingan tasvirlar, shuningdek tarixiy, ilmiy, badiiy va oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan arxeologiya yodgorliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq koʻzga tashlanadigan istehkom, din, saroy, turar joyga oid, ijtimoiy, maʼmuriy, savdo, ishlab chiqarish, ilmiy, maʼrifiy va boshqa ahamiyatga molik alohida turgan yoki birikkan yodgorliklar, binolar va inshootlar guruhlari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan, tabiat manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, meʼmoriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati, meʼmorchilik asarlari bilan birgalikda, shuningdek manzilgohlar tarixiy tarhlarining hamda uy-imoratlarning qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bogʻ-rogʻ sanʼati asarlari (bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, sayilgohlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining umumiy mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega boʻlgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlarning yoki shaharlarning tarhlari va uy-imoratlari joylashgan markazlar, tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, buyuk tarixiy shaxslarning hayoti bilan bogʻliq xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek koʻhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlarning madaniy qatlamlari, imoratlarning qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Madaniy meros obyektlarining toifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, meʼmoriy, badiiy va memorial qimmatga ega boʻlgan respublika ahamiyatidagi madaniy meros obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, meʼmoriy, badiiy va memorial qimmatga ega boʻlgan mahalliy ahamiyatdagi madaniy meros obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ahamiyatidagi madaniy meros obyektlarining, shu jumladan Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarning hududlari va muhofaza tegralaridan foydalanish tartibotlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini tadqiq etish, konservatsiyalash, taʼmirlash hamda hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarining aniqlanishi, hisobga olinishi, muhofaza qilinishi, targʻib qilinishi va ulardan foydalanilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondida turgan madaniy meros hujjatli obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida hisobga olinishi, muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida oʻz hududlarida joylashgan madaniy meros obyektlarini aniqlaydilar hamda ularni hisobga oladilar, muhofaza qiladilar, asraydilar va ulardan foydalanadilar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini taʼminlaydilar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish tadbirlarini oʻtkazishga jalb etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI DAVLAT TOMONIDAN MUHOFAZA QILISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Madaniy meros obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini taʼminlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish bu madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan koʻriladigan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, axborotga doir, moddiy-texnikaviy va boshqa chora-tadbirlar tizimidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni davlat hisobiga olish va Madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy-madaniy ekspertizani oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari muhofaza tegralarining loyihalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda yer qazish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni, madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha ishlarni oʻtkazish, shuningdek madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar oʻtkazish uchun ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza belgilarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari holatining monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar orqali ham taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Madaniy meros obyektlarining davlat kadastri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u madaniy meros obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritishga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlariga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr axborotini tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr axboroti bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Madaniy meros obyektini Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan kundan eʼtiboran mazkur obyektlar aniqlangan madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxeologiya yodgorliklari topilishi bilanoq aniqlangan madaniy meros obyektlari jumlasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan yangi aniqlangan obyektlar Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilishi toʻgʻrisidagi masala hal qilingunga qadar ushbu Qonun talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi aniqlangan madaniy meros obyektining mulkdorini mazkur obyekt Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Madaniy meros obyektining pasporti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros obyektiga madaniy meros obyektining pasporti berilib, unga mazkur madaniy meros obyektini muhofaza qilish mazmunidan iborat maʼlumotlar va obyektning tavsiflari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Madaniy meros obyektini Madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektini Madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish, agar obyekt jisman toʻla yoʻqotilgan boʻlsa yoki madaniy meros obyekti sifatidagi oʻz qimmatini yoʻqotgan boʻlsa, tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tarixiy-madaniy ekspertiza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy ekspertiza:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektini Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritishni asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektining toifasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektining toifasi oʻzgartirilishini asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektini Madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek moʻljallanayotgan yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarning madaniy meros obyektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadlarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan yer uchastkalari, agar ularda madaniy meros obyektlari joylashgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilishini asoslovchi materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlari Madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektining toifasi oʻzgartirilishini asoslovchi materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunda belgilangan hollarda shaharsozlik va loyiha hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlariga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yer tuzish, yer qazish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni asoslovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Madaniy meros obyektlari qoʻriqlanadigan tegralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari, qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralari belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralarining chegaralari va ularni saqlash tartibotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Madaniy meros obyektlarining holati ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyat organlari Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilib turishga majburdirlar hamda mazkur madaniy meros obyektlarining asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta madaniy meros obyektlarining holatini koʻrikdan oʻtkazishlari va qayd etib qoʻyishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Madaniy meros obyektlarini Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarix, sanʼat, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega boʻlgan madaniy meros obyektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada belgilangan tartibda Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritish yoʻli bilan jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy ekspertizaning xulosasi asosida madaniy meros obyektlarini Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha umumjahon merosi qoʻmitasi (YUNESKO) talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI ASRASH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari konservatsiyalash, tuzatish, taʼmirlash va hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ana shular bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot, loyihalash va ishlab chiqarish ishlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektini konservatsiyalash — madaniy meros obyektini mavjud koʻrinishida asrash va obyekt holatining yomonlashuvi oldini olish maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqot, loyihalash va ishlab chiqarish ishlari majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektini tuzatish — madaniy meros obyektining muhofaza mazmunini tashkil etuvchi oʻziga xos xususiyatlarini oʻzgartirmagan holda obyektni foydalanish holatida saqlab turish maqsadlarida oʻtkaziladigan tadqiqot, loyihalash va ishlab chiqarish ishlari majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektini taʼmirlash — madaniy meros obyektining estetik va tarixiy qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning asralishini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqot, loyihalash va ishlab chiqarish ishlari majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish — madaniy meros obyektining tarixiy-badiiy qimmatini va asralishini oʻzgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan elementlarini taʼmirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqot, loyihalash va ishlab chiqarish ishlari majmui.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektini asrashga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Yoʻqotilgan madaniy meros obyektini asliga qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqotilgan madaniy meros obyekti alohida tarixiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki oʻzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan hollarda yoʻqotilgan madaniy meros obyekti taʼmirlash usullari orqali asliga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqotilgan madaniy meros obyektini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asliga qaytarish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikrini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etish (qazish va qidirish)ga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi beradigan ruxsatnomalar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etayotgan shaxslar ularning boshlangʻich konservatsiya qilinishi va asralishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qazish va qidirish ishlari tugaganidan keyin, lekin ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari oʻtmasidan oldin, arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga hisobot taqdim etishlari hamda qazish va qidirish natijasida topilgan hamda tarixiy, ilmiy, madaniy yoki oʻzgacha qimmatga ega boʻlgan ashyolarni belgilangan tartibda davlatga topshirishlari shart.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 196-moddasiga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 196-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MADANIY MEROS OBYEKTLARIGA EGALIK QILISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI TASARRUF ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Madaniy meros obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishning oʻziga xos jihatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektining mulkdori oʻziga qarashli boʻlgan madaniy meros obyekti yoʻqotilsa uning oʻrni toʻldirib boʻlinmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, uni saqlab turish vazifasini zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlari joylashgan yer uchastkalarining egalari (mulkdorlari) zimmasiga mazkur obyektlarni saqlab turish vazifasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektining ijarasi ijara shartnomasi asosida amalga oshirilib, unda madaniy meros obyektini saqlash talablari qayd etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkida turgan madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Madaniy meros obyektlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining mulkdorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektining tashqi va ichki koʻrinishini madaniy meros obyektining pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni maʼlumotlariga muvofiq holda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyekti hududining chegaralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlarni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining ruxsatnomasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni saqlab turish tartibotini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektining mulkdori tomonidan belgilanadigan shartlardagi madaniy meros obyektining hamma uchun ochiqligi talablarini albatta bajargan holda ularning asralishini taʼminlashga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Madaniy meros obyektidan foydalanish huquqlarining cheklanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektidan foydalanish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan mazkur madaniy meros obyektining, uning tevarak atrofidagi tabiiy muhitning muhofaza qilinishi, asralishi, targʻib qilinishi va undan foydalanilishi uchun, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada cheklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulkda turgan madaniy meros obyektidan foydalanish huquqi qonunda nazarda tutilgan hollarda sud qarori bilan cheklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning 26-moddasiga berilgan sharhga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektidan foydalanishda cheklashni joriy etish zaruriyatini yuzaga keltirgan holatlar yoki shart-sharoitlar bartaraf etilgan taqdirda mazkur obyektdan foydalanish huquqi toʻla hajmda tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Madaniy meros obyektiga doir mulk huquqining bekor qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektiga doir mulk huquqi qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulkda turgan madaniy meros obyekti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud qarori bilan mulkdordan olib qoʻyilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Agar mulkdor oʻziga qarashli tarix va madaniyat yodgorligiga xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlsa va uning yaxshi saqlanishini taʼminlamasa, zimmasida yodgorliklarni saqlash vazifasi boʻlgan davlat organlari mulkdorni yodgorlikka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlishni toʻxtatish haqida ogohlantiradilar. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning daʼvosiga koʻra sud yodgorlikni olib qoʻyish haqida qaror chiqarishi mumkin, bu yodgorlik davlat mulkiga oʻtadi. Olib qoʻyilgan tarix va madaniyat yodgorligining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan, nizo chiqqan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan miqdorda toʻlanadi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tarix va madaniyat yodgorligini olib qoʻyish haqidagi daʼvo oldindan ogohlantirmasdan ham qoʻzgʻatilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 190-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy mulkda turgan madaniy meros obyektlari va ularning ajralmas qismi hisoblanadigan yer uchastkalari boʻlinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Davlat mulkida turgan madaniy meros obyektini tekin foydalanishga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkida turgan madaniy meros obyekti tekin foydalanish shartnomasi shartlarida quyidagilarga berib qoʻyilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar jamoat birlashmalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar jamoat birlashmalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektidan tekin foydalanish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va u madaniy meros obyektini saqlash boʻyicha talablarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Madaniy meros obyektidan foydalanish huquqining bekor qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektidan foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektidan tekin foydalanish shartnomasi yoki ijara muddati oʻtganidan keyin foydalanuvchi foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi-jismoniy shaxs vafot etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi-yuridik shaxs tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektiga foydalanuvchi qasddan zarar yetkazganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyekti joylashgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlaridan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN TARIXIY-MADANIY HUDUDLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan madaniy meros obyektlari hududida alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar, muzey-qoʻriqxonalar, tarixiy manzilgohlar koʻrinishida va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish tartibi hamda ularni saqlash tartiboti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Tarixiy-madaniy qoʻriqxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diqqatga sazovor joy yoki uning bir qismi hamda shu tegrada joylashgan yodgorliklar va ansambllar birgalikda tarixiy-madaniy qoʻriqxona hisoblanib, unda alohida tartibot oʻrnatiladi. Bu tartibot madaniy meros obyektlari tevarak atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asralishini, tarixiy-madaniy qoʻriqxona hududining yaxlitligini, shuningdek mazkur hudud chegaralarida qurilish va xoʻjalik faoliyati tartibga solib turilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va u bilan bogʻliq tabiiy landshaft tarkibiga kiruvchi madaniy meros obyektlarida muzeylar yaratilsa, shuningdek tarixiy-madaniy qoʻriqxona hududida ilgari udum boʻlgan anʼanaviy xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni tiklash zarurati tugʻilsa, mazkur tarixiy-madaniy qoʻriqxona muzey-qoʻriqxona deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va muzey-qoʻriqxona chegarasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va muzey-qoʻriqxona chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tarixiy-madaniy reja va (yoki) tarixiy-madaniy qoʻriqxona hamda muzey qoʻriqxonaning taklif qilinayotgan chegarasini asoslab beruvchi boshqa materiallar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy-madaniy qoʻriqxona va muzey-qoʻriqxona chegarasi diqqatga sazovor joyning chegarasiga toʻgʻri kelmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Tarixiy manzilgoh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy manzilgoh deyilganda uning hududi doirasida oʻtmishda yaratilgan, tarixiy, estetik, ijtimoiy-madaniy, arxeologik, meʼmoriy yoki shaharsozlik qimmatiga ega boʻlgan va xalqning oʻziga xosligini, uning jahon madaniyatiga qoʻshgan hissasini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga molik madaniy meros obyektlari joylashgan manzilgohlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy manzilgohda joylashgan va shaharning muayyan boʻlagi sifatida tarixiy qimmatga ega boʻlgan barcha obyektlar: rejaviy tarh, imorat, kompozitsiya, tabiiy landshaft, arxeologik qatlam, shahardagi turli (boʻsh turgan, imoratlar qurilgan, koʻkalamzorlashtirilgan) maydonlarning oʻzaro nisbati, katta-kichik yoki uzun-qisqa koʻrinishlari, shahar qurilishining boʻlak-boʻlak va xaroba holidagi osori atiqalari, sahni, mahobati, tuzilishi, uslubi, materiallari, rangi va manzarali elementlari bilan ajralib turadigan binolar, inshootlarning shakli va tashqi qiyofasi muhofaza qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy manzilgohdagi tabiiy tarkib topgan va inson qoʻli bilan yaratilgan manzaralar uygʻunligi, tarixiy manzilgoh taraqqiyoti davrida unga xos boʻlib qolgan turli jihatlar, shuningdek boshqa qimmatli elementlar saqlab qolinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Tarixiy manzilgohda shaharsozlik, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatni tartibga solishning oʻziga xos jihatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy manzilgoh hududi doirasida shaharsozlik, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat madaniy meros obyektlari va mazkur manzilgohning boshqa qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish sharti bilan amalga oshirilmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini, shuningdek tarixiy-madaniy yoki tabiiy qimmatga ega boʻlgan boshqa obyektlarni saqlab qolish maqsadida tarixiy manzilgohlarda qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy manzilgohlarda shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organning hamda arxitektura-shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining nazorati ostida oʻtkaziladigan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha izchil va oʻzaro bogʻliq tadbirlar tizimidan iborat. Alohida tartib tarixiy-meʼmoriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv va arxeologiya tadqiqotlari asosida tarixiy manzilgoh hududi chegaralarida tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan yer uchastkalarida joylashgan, ham saqlanib qolgan, ham yoʻqotilgan mazkur tarixiy manzilgohning rivojlanish bosqichlarini koʻrsatuvchi barcha shaharsozlik elementlari va inshootlarini asoslagan holda tarixiy-madaniy tayanch rejasini tuzishni, binolar hamda inshootlarning oʻlchamlari va nisbatlariga, avtomobillar turadigan joylarni, reklamalar va lavhalarni joylashtirishni taqiqlash va cheklashlarga hamda madaniy meros obyektlarini saqlash uchun zarur boʻlgan boshqa cheklashlarga taalluqli shaharsozlik reglamentini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning moliyalashtirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirish manbalari davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishi mulkdorlar va foydalanuvchilarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros yodgorliklarini foydalanishga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari hamda xayriyalaridan tushgan mablagʻlar madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish, asrash va targʻib qilishga hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band boʻlgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.