Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy Qoʻmitasi davlat vakillari va mansabdor shaxslarining huquqiy maqomi toʻgʻrisida 1997-yil 28-martdagi Bitimning amal qilishini tugatish haqida MDH davlat boshliqlari Kengashining majlisida 2014-yil 10-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-avgustdagi 406-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-yanvar,
PQ-2287-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 28-modda)