Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Majburiy davolash oʻtkazish uchun ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni topshirish toʻgʻrisidagi Konvensiya;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning litsenziya beruvchi organlari tomonidan qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi Bitim;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitim;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatishda tibbiy xizmatlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish mexanizmi haqidagi Protokol.
2. Bosh vazir oʻrinbosarlari, tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatib oʻtilgan xalqaro bitimlar boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 19-avgust,
406-son