Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanilishining oldini olish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati,
Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanilishining oldini olish toʻgʻrisida Bitim tuzish istagini bildirib va keyinchalik ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida,
quyidagilarni ahdlashib oldilar:
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Qoʻllanish doirasi
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
2-modda
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
Bitim tatbiq etiladigan soliqlar
1. Mazkur Bitim har qaysi Ahdlashuvchi Davlat nomidan uning maʼmuriy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyatlari tomonidan undiriladigan daromad va mulk soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
2. Daromad va mulk soliqlariga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan olinadigan barcha soliqlar, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlarga solinadigan soliqlar, ish haqi yoki mukofotlarning umumiy summasidan olinadigan soliqlar, shuningdek mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan soliqlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Bitim quyidagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasida:
(I) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
(II) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
(III) mol-mulk soligʻi; (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soliqlari” deb yuritiladi);
Qozogʻiston Respublikasida:
(I) korporativ daromad soligʻi;
(II) yakka tartibdagi daromad soligʻi;
(III) yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi; (keyingi oʻrinlarda “Qozogʻiston soliqlari” deb yuritiladi).
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
4. Ushbu Bitim mazkur Bitim imzolangan sanadan soʻng Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri tomonidan olinadigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan soliqlar oʻrniga kiritilgan har qanday munosib, yoki aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli tashkilotlari oʻz soliq qonunlarida boʻlgan barcha tub oʻzgartishlar haqida bir birlariga xabar beradilar.
3-modda
Umumiy taʼriflar
Umumiy taʼriflar
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
a) “Oʻzbekiston” iborasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil huquq va yurisdiksiyalarni, shu jumladan xalqaro huquq meʼyorlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq yer osti boyliklari va tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha huquqlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan hududni, ichki suv havzalarini, ular tepasidagi havo kengligini anglatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Qozogʻiston” Qozogʻiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda “Qozogʻiston” atamasi Qozogʻiston oʻz qonunlariga va xalqaro huquqqa muvofiq oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirayotgan Qozogʻiston Respublikasi davlat hududi va zonalarini anglatadi:
(3-moddaning 1-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
b) “Ahdlashuvchi Davlat” va oʻzga Ahdlashuvchi Davlat iboralari matn mazmunidan kelib chiqib, Oʻzbekiston yoki Qozogʻistonni anglatadi;
c) “Shaxs” iborasi jismoniy shaxsni, Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq tuzilgan va soliq solish maqsadlari uchun yuridik shaxs sifatida qaraladigan har qanday yuridik shaxs va har qanday boshqa shaxslar birlashmasini anglatadi;
d) “Kompaniya” iborasi daromad (foyda) soligʻi solinadigan har qanday korporativ birlashmasini yoki soliqqa tortish maqsadlari uchun korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni, shu jumladan hissadorlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyat, yoki har qanday boshqa yuridik shaxs yoki tashkilotni bildiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
e) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” iboralari tegishincha Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan korxonani va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan korxonani anglatadi;
(3-moddaning 1-bandi “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
f) “xalqaro tashish” iborasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan dengiz, daryo yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarida har qanday tashishni anglatadi, bunday tashishning boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshirilishi hollari bundan mustasno.
h) “milliy shaxs” iborasi:
(I) Ahdlashuvchi Davlat fuqarosi boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
(II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs va assotsiatsiyani anglatadi.
g) “vakolatli tashkilot” iborasi:
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini;
Qozogʻiston Respublikasida — Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning vakilini anglatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Bitimni Ahdlashuvchi Davlat qoʻllashi chogʻida unda belgilanmagan har qanday ibora, agar matn mazmuni oʻzga maʼnoni talab qilmasa, qaysi Ahdlashuvchi Davlatning soligʻiga nisbatan ushbu Bitim qoʻllanilayotgan boʻlsa, oʻsha Davlatning qonunlaridagi maʼnoni bildiradi. Atamaning mazkur Ahdlashuvchi Davlat soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan har qanday maʼnosi ushbu Ahdlashuvchi Davlatning boshqa qonunlaridagi shu atama uchun berilgan maʼnodan ustunlik qiladi.
(3-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
4-modda
Rezident
Rezident
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti” iborasi mazkur Davlatning qonunchiligi boʻyicha oʻzining turar joyi, doimiy istiqomat joyi, rasmiy rahbar organining tashkil qilingan joyi, qayerda joylashgani, yoki shunga oʻxshash mazmundagi boshqa har qanday mezonlarga koʻra mazkur Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan shaxsni bildiradi. Biroq mazkur ibora faqat ushbu Ahdlashuvchi Davlatdagi manbalardan yoki ushbu Davlatdagi mulkdan daromad olishi asosida soliqqa tortiladigan shaxslarni anglatmaydi.
Ibora, shuningdek, Ahdlashuvchi Davlat Hukumatini yoki uning maʼmuriy boʻlinmalari, mahalliy hokimiyat organlarini ham oʻz ichiga oladi. U, shuningdek, xodimlarga har qanday pensiya yoki boshqa shakldagi nafaqalar toʻlaydigan tashkilotni, shuningdek Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, har qanday xayriya tashkilotini ham oʻz ichiga oladi.
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlgan hollarda uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
a) bu shaxs yashash uchun doimiy uy-joyi imkoniyatiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashuvchi Davlatda yashash uchun doimiy uy-joy imkoniyatiga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari nisbatan qalin boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi:
b) agar hayotiy manfaatlar markazi boʻlgan Davlatni aniqlab boʻlmasa yoki Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida yashash uchun doimiy uy-joy imkoniyatiga ega boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
s) agar u odatda har ikki Ahdlashuvchi Davlatda yashasa yoki ularning hech birida yashamasa, u Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining fuqarosi boʻlsa, shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi;
d) agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkisining rezidenti deb qaralsa yoki Ahdlashuvchi Davlatlar uni oʻzlarining rezidenti deb hisoblamasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Agar mazkur moddaning 1-bandi qoidalariga muvofiq jismoniy shaxsdan boshqa shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblansa, u faqat oʻzining amaldagi boshqaruv manzili joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanadi.
(4-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
5-modda
Doimiy muassasa
Doimiy muassasa
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun “doimiy muassasa” iborasi Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda u orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan doimiy joyni bildiradi.
2. “Doimiy muassasa” iborasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) boshqaruv joyi;
b) boʻlinma;
Oldingi tahrirga qarang.
c) ofis;
(5-moddaning 2-bandi “s” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
d) fabrika;
e) ustaxona;
Oldingi tahrirga qarang.
f) shaxta, ruda koni, neft yoki gaz quduqlari, karyer, moslama, qurilma (jumladan, burgʻulash uskunasi), dengiz kemasi yoki tabiiy resurslarni qidirish yoxud qazib olishning har qanday boshqa joyi hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan kuzatuv xizmatlari;
(5-moddaning 2-bandi “f” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) tovarlar realizatsiya qilinadigan ombor yoki boshqa joy.
(5-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan)
3. “Doimiy muassasa” iborasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
a) qurilish maydonchasi yoki qurilish, montaj yoki yigʻish obyektlari yoki ushbu ishlarning bajarilishini nazorat qilish bilan bogʻliq xizmatlar, agar faqat shunday maydoncha yoki obyekt 12 oydan ziyod vaqt mobaynida mavjud boʻlsa, yoki bunday xizmatlar 12 oydan ziyod vaqt mobaynida koʻrsatilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan korxona shu maqsad uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali xizmatlar koʻrsatish, jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlarini amalga oshirish, faqat agar shu turdagi faoliyat (bitta yoki u bilan bogʻliq loyiha uchun) oʻzga Ahdlashuvchi Davlat hududida jami 12 oydan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom ettirilsa.
(5-moddaning 3-bandi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning 3-bandi “c” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan chiqarilgan)
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay “doimiy muassasa” iborasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
c) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxirasining faqat boshqa korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovarlar yoki mahsulotlar sotib olish yoki mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
e) doimiy faoliyat joyining faqat ushbu korxona uchun boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turilishi:
f) “a” dan “e” gacha boʻlgan kichik bandlarda eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyalarinigina amalga oshirish uchun doimiy faoliyat joyining ana shu kombinatsiyalar natijasida yuzaga kelgan ushbu doimiy joyning umumiy faoliyat tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlgan sharoitda ushlab turilishi.
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalarga qaramay, agar biron 6-bandda koʻrsatilgan mustaqil agentdan oʻzga shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning birida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatdagi korxonaning nomidan ish yuritsa va korxona nomidan Bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlsa va huquqlardan odatda foydalansa, bu korxona ushbu Ahdlashuvchi Davlatda doimiy vakolatxonaga uning uchun shaxs tomonidan koʻrsatilgan xizmat doirasida ega deb hisoblanadi, lekin ushbu shaxsning faoliyati Bitimning 4-bandida koʻrsatilgan faoliyat bilan cheklanib qolsa va bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilgan taqdirda ham bu doimiy faoliyat joyini ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Korxona, agar u oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan taqdirda, oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi. Ammo bunday agentning faoliyati shu korxona nomidan toʻliq yoki deyarli toʻliq ravishda bajarilayotgan boʻlsa, u mazkur bandga muvofiq mustaqil maqomga ega agent boʻlib hisoblanmaydi.
(5-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan nazorat qilish yoki nazoratni oʻzga Davlat kompaniyasi ustidan yuritish yoki mazkur kompaniya oʻzga Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) fakti oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ushbu moddaning avvalgi qoidalaridan qatʼi nazar, bir Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, qayta sugʻurta qilishni istisno qilganda, basharti u oʻzga Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan holda mazkur moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllaniladigan mustaqil maqomli agentdan boshqa shaxs orqali u yerda sugʻurta badalini yigʻsa yoki tavakkalchiliklarni sugʻurta qilsa, oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasani tashkil qiladi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan 8-band bilan toʻldirilgan)
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan olingan daromad (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad ham shu jumlaga kiradi faqat shu oʻzga Davlatdagina soliqqa tortilishi mumkin.
2. “Koʻchmas mulk” iborasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida ifodalangan tushuncha boʻyicha qabul qilinadi. Ushbu ibora har qanday holda yerga egalikka doir umumiy huquq qoidalari qoʻllaniladigan mol-mulkni, koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan yordamchi mulkni, qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladigan chorva mollari va jihozlarni, koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan atrof mulkni (uzufrukt) va tabiiy manbalarni qazib olish uchun badal (kompensatsiya) sifatida qaraladigan oʻzgaruvchan yoki qatʼiy belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquq yoki qazib olishga beriladigan huquqni oʻz ichiga oladi. Dengiz, daryo va havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanish natijasida olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
1. Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan ikkinchi bir Ahdlashuvchi Davlatda olingan foyda ana shu ikkinchi bir Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, agar u faqat oʻsha yerda joylashgan doimiy muassasa orqali yoki faqat quyidagilarga tegishli boʻlgan sohalardagina olingan boʻlsa:
a) ana shunday doimiy muassasaga;
b) doimiy muassasa orqali sotilayotgan tovar yoki mahsulotlar bilan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash tovarlar va mahsulotlarning ushbu oʻzga Davlatdagi savdosiga; yoki
c) ushbu oʻzga Davlatlarda amalga oshiriladigan oʻzining xarakteri boʻyicha shunday doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati bilan bir xil yoki bir-biriga oʻxshash boshqa tadbirkorlik faoliyatiga.
2. 3-band qoidalarini inobatga olgan holda, biron Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda tadbirkorlik faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga u xizmat koʻrsatayotgan korxonadan alohida va mustaqil harakat qilib bunday sharoitlarda shunday va shunga oʻxshash faoliyat koʻrsatganda va doimiy muassasa hisoblangan korxonaga mutlaqo bogʻliq faoliyat koʻrsatganda olishi mumkin boʻlgan daromad taalluqli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Doimiy muassasa daromadi (foydasi)ni aniqlashda mazkur doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan hujjat asosida tasdiqlangan xarajatlar chegirib tashlanadi, sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham — ular doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki uning tashqarisida sarflanganligidan qatʼi nazar, shular jumlasiga kiradi. Shunga oʻxshash tarzda, doimiy muassasa foydasi rezident bosh muassasasidan (ofis) yoki uning istalgan boshqa muassasalaridan (ofislar) biridan patentlar yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun royalti, yigʻimlar yoxud boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar shaklida, koʻrsatilgan muayyan xizmatlar yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar shaklida yoxud bosh muassasaga (ofis) yoki uning istalgan boshqa muassasalaridan (ofislar) biriga berilgan qarz miqdoriga nisbatan foizlar shaklida doimiy muassasa tomonidan olingan mablagʻlarni oʻz ichiga olmaydi.
(7-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Doimiy muassasaning uning bosh muassasasi (ofisi) yoki yigʻimlar yoki patentdan yoxud boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki koʻrsatilgan aniq xizmatlar uchun komission toʻlovlar toʻlash yoʻli bilan, yoki menejmentlik uchun, yoki doimiy muassasaga berilgan qarz summasiga foizlar toʻlash yoʻli bilan rezidentning boshqa har qanday muassasalari (ofislari)ga toʻlangan summalarni chegirib tashlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Doimiy muassasa tomonidan ushbu korxona uchun tovarlar yoki mahsulotlar xarid qilish asosidagina Ahdlashuvchi Davlatning doimiy muassasasiga hech qanday foyda taalluqli boʻlmaydi.
5. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga mansub daromad (foyda), agar uni oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
6. Agar foyda mazkur Bitimning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalar qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
8-modda
Xalqaro transport
Xalqaro transport
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentining xalqaro tashishlarda dengiz, daryo va havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini foydalanishdan olgan daromadi (foydasi)ga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
2. Mazkur modda maqsadlari uchun xalqaro tashishlarda dengiz, daryo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalaridan foydalanishdan olinadigan daromadlarga transport vositalaridan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga topshirish yoki har qanday boshqa usullarda foydalanish (jumladan, konteynyerlardan, xususan, treylyerlar va konteynyerlarni tashishga yordamchi qurilmalardan), ularni saqlash yoki ularni ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlar kiradi.
3. 1 va 2-bandlardagi qoidalar, shuningdek transport vositalaridan foydalanish boʻyicha xalqaro tashkilotda yoki qoʻshma korxonada, pulda (umumiy jamgʻarmada) ishtirok etishdan olingan foydalarga ham qoʻllaniladi.
9-modda
Birlashgan korxonalar
Birlashgan korxonalar
1. Agar:
(a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
b) oʻsha shaxslarning oʻzlari Ahdlashuvchi Davlatning korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsalar va ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar barpo etilsa yoki belgilansa, ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin yuqoridagi sharoitlar tufayli hisoblanmagan har qanday foyda Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat foydani ushbu Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi foydasiga qoʻshib, tegishincha soliqqa tortsa hamda mazkur foydaga nisbatan oʻzga Ahdlashuvchi Davlat korxonasi ham ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilsa, shu tarzda agar ikki korxona oʻrtasidagi shartlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi shartlardek boʻlgan taqdirda, qoʻshilgan foyda birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan foyda boʻlsa, bunday hollarda ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat mazkur foydadan hisoblangan soliq miqdoriga tegishli tuzatish kiritishi lozim. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Bitimning boshqa qoidalari hisobga olinadi va zarur hollarda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bir-birlari bilan oʻzaro maslahatlashadilar.
(9-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
10-modda
Dividendlar
Dividendlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan oʻzga Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu oʻzga Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, mazkur Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin. Lekin dividendlarni oluvchi daromadli dividendlarning aslida bunga huquqi boʻlsa, u holda undiriladigan soliq dividendlar yalpi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Bu band dividendlar toʻlanadigan foydani soliqqa tortishga taalluqli emas.
3. “Dividendlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganda, boshqa huquq yoki aksiyalardan olinadigan daromad, qaysiki qarz talablari boʻlmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi, hamda foydani taqsimlovchi kompaniya rezident boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlarni tartibga solishga taalluqli boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
4. Agar aslida dividendlar olish huquqiga ega shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda oʻz tadbirkorlik faoliyatini unda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu oʻzga Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va xolding jumladan qaysiki dividendlar unga nisbatan toʻlanadi aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bunday holda sharoitga qarab mazkur Bitimning 7 yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniya oʻzga Ahdlashuvchi Davlatdan foyda olayotgan boʻlsa, bu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin ana shu oʻzga Davlat rezidentiga toʻlanadigan bunday dividendlar yoki xolding dividendlar unga nisbatan toʻlanadi shu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Basharti dividend toʻlanadigan aksiyalar yoki boshqa huquqlarni yaratish yoki taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur moddaga muvofiq bunday yaratish va taqsimlash orqali foyda olish boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan 6-band bilan toʻldirilgan)
11-modda
Foizlar
Foizlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu oʻzga Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ammo bunday foizlar hosil boʻlgan mazkur Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin. Lekin dividendlarni oluvchi aslida foizlar egasi boʻlsa, u holda bunday olinadigan soliq foizlar umumiy summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
3. 2-band qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻladigan foizlar shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilmaydi, qachonki:
a) aslida foizlarni oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning Hukumati yoki mahalliy hokimiyat organlari yoki ushbu Hukumatni yoki mahalliy hokimiyat organlarining har qanday boshqa organi boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
b) haqiqatda foizlarni oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki yoki Qozogʻiston Respublikasining Milliy banki, davlat eksport va import kreditlarini kafolatlovchi tashkilot yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning Hukumatiga toʻliq tegishli boʻlgan boshqa moliyaviy tashkilotlar boʻlsa.
(11-moddaning 3-bandi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Foizlar” iborasi mazkur Bitimda qoʻllanilganda qarzdor foydasida qatnashishga huquq beradigan yoki bermaydigan, baza bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni va xususan, hukumat qimmatli qogʻozlari va qarz majburiyatlaridan olinadigan daromadni, shu jumladan ushbu qimmatli qogʻozlar va qarz majburiyatlari boʻyicha mukofotlar va yutuqlarni bildiradi.
(11-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
5. Agar aslida foizlar egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, doimiy vakolatxonasi orqali foizlar hosil boʻlayotgan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyatini olib borayotgan boʻlsa, yoki mazkur oʻzga Davlatda joylashgan doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy vakolatxonaga yoki doimiy bazaga haqiqatan mansub boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda sharoitga qarab mazkur Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Basharti foizlarni toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar mazkur Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi. Lekin foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, u Ahdlashuvchi Davlatda foizlar boʻyicha toʻlov majburiyati vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda ushbu foizlar boʻyicha xarajatlar doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasida boʻlsa, bu holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
(11-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
7. Agar toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida yoki ular ikkalasi va qandaydir oʻzga shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida qarz talabnomasiga nisbatan toʻlanayotgan foizlar miqdori toʻlovchi va amalda foizlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismidan mazkur Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq olinadi.
8. Agar qarz talabnomalarini yaratish yoki ularni foiz toʻlanadigan qarz talabnomalarini oʻtkazish bilan bogʻliq har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri huquq yaratish yoki uni oʻtkazish yoʻli bilan manfaat olish boʻlsa, u holda mazkur modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
12-modda
Royalti
Royalti
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birida hosil boʻladigan va oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Biroq, bunday royaltilar ular hosil boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi ham mumkin. Ammo bu royaltilarni oluvchi va ularning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsalar, u holda soliq royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro kelishuvga binoan bunday cheklashlarni qoʻllanish usulini taʼsis qiladilar.
3. “Royalti” iborasi mazkur modda qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat va fan asarlarini, xususan, kinofilmlar hamda radioeshittirish va televideniye yozuvlari va videokassetalar, har qanday patentlar, tovar belgilari, chizma yoki model, reja kompyuter dasturlari, maxfiy formula yoki jarayonlar mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqni berganlik uchun, yoki ishlab chiqarish, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqini berganlik uchun yoki ishlab chiqarish, tijorat yoxud ilmiy tajribaga mansub axborot (“nou-xau”) uchun mukofot tarzida olingan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royaltiga nisbatan amalda huquqqa ega boʻlgan shaxsga nisbatan 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi (qachonki shaxs royalti hosil boʻlayotgan oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy vakolatxona orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, yoki mazkur oʻzga Davlatda mustaqil xizmatlarni amalga oshirsa, yaʼni u yerda joylashgan doimiy baza orqali yoki royalti toʻlanayotgan mulk amalda shunday doimiy vakolatxona yoki doimiy bazaga bogʻliq boʻlsa.) Bunda vaziyatga qarab ushbu Bitimning 7 yoki 14-moddalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Basharti royalti toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti mazkur Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Lekin royalti toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, u Ahdlashuvchi Davlatda royalti boʻyicha toʻlov vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlsa hamda ushbu royalti boʻyicha xarajatlar doimiy muassasa yoki doimiy baza zimmasida boʻlsa, bu holda royalti doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
(12-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
6. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi yoxud biror uchinchi shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltining toʻlangan miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga mazkur Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq solinadi. Bunda albatta ushbu Bitimning boshqa qoidalari ham hisobga olinadi.
7. Agar royalti toʻlanadigan huquqlarni yaratish yoki oʻzgaga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxsning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri mazkur moddadan huquqlarni yaratish yoki oʻzgaga oʻtkazish orqali naf orttirish boʻlsa u holda mazkur modda qoidalari qoʻllanilmaydi.
13-modda
Mol-mulk qiymatining oʻsishi
Mol-mulk qiymatining oʻsishi
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlgan 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkni sotishdan olinadigan daromadlar oʻsha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa korxonasining tadbirkorlik mulkining bir qismini tashkil qiladigan harakatdagi mulkini sotishdan yoki bitta Ahdlashayotgan Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatga qarashli doimiy bazasiga qarashli harakatdagi mulkini sotishdan oladigan daromadlari (mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatishni amalga oshirish maqsadida), jumladan, bunday doimiy muassasani sotishdan olinadigan daromadlar (alohida yoki korxona bilan birga sotishdan) ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. Bitta Ahdlashuvchi Davlat rezidentining dengiz.daryo yoki havo kemalarini, temir yoʻl, avtomobil transporti vositalarini (Ahdlashuvchi Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan transport vositalarini) yoki shu transport vositalarini ishlatish bilan bogʻliq harakatdagi mulkni sotishdan oladigan daromadlari faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻz qiymatining 50 foizdan koʻprogʻini bevosita yoki bilvosita oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oluvchi kompaniya kapitalidagi aksiyalari, ishtiroki ulushi yoki boshqa huquqlarini begonalashtirishdan olingan daromadlari ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
(13-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur moddaning avvalgi bandlarida nazarda tutilganidan boshqa har qanday mol-mulkni begonalashtirishdan tushgan daromadlar faqat ushbu mol-mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezident hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan 5-band bilan toʻldirilgan)
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti kasb xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa mustaqil faoliyatlardan olgan daromadi faqat mana shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Lekin agar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) jismoniy shaxs oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda oʻz ixtiyorida doimiy bazaga ega boʻlsa yoki avval egalik qilgan boʻlsa, bu holda foydaning faqat ushbu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismi; yoki
b) jismoniy shaxs har qanday 12 oylik davr ichida umumiy miqdorda 183 kundan ortiq davr yoki davrlar mobaynida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda boʻlib turgan boʻlsa, bu holda foydaning faqat ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda koʻrsatilgan xizmatlarga taalluqli boʻlgan qismi oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
(14-modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
2. “Mustaqil shaxsiy xizmatlar” iborasi jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek, vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil shaxsiy faoliyatlarini oʻz ichiga qamrab oladi.
15-modda
Yollanma ishlar
Yollanma ishlar
1. Mazkur Bitimning 16, 18 va 19-moddalari qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti yollanma ishi uchun oladigan ish haqi va shu kabi taqdirlanishlar agar faqat ana shunday ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmasa, faqat shu Davlatdagina soliqqa tortiladi. Agar yollanayotgan ish shu tariqa amalga oshirilsa, bunday munosabatda olinadigan taqdirlanish ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti Ahdlashuvchi Davlatlardan boshqasida amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish munosabatida oladigan taqdirlash pullariga faqat eslatilgan birinchi Davlatda soliq solinadi, 1-band qoidalariga qaramasdan qachonki:
a) taqdirlash puli oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlat istalgan 12 oylik davrda umumiy majmuiga koʻra 183 kunlik davrdan oshmaydigan yoki davrlar mobaynida boʻlsa;
b) taqdirlash puli boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa;
c) taqdirlash puli xarajatlarini yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza toʻlamaydi.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalariga qaramay Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz, daryo yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarida yollanma ish boʻyicha oladigan ish haqi va boshqa shu kabi taqdirlashlar korxonasi shu transport vositalarini ishlatadigan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
16-modda
Direktorlar kengashlarining aʼzolari oladigan daromadlar
Direktorlar kengashlarining aʼzolari oladigan daromadlar
Bitta Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti direktorlar kengashi yoki shu kabi kompaniya organi, yoxud boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti hisoblanadigan har qanday shaxsning aʼzosi sifatida oladigan qalam haqi va boshqa shu kabi toʻlovlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
17-modda
Artistlar va sportchilar daromadlari
Artistlar va sportchilar daromadlari
1. Mazkur Bitimning 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti teatr, kino, radio, yoki televideniye artisti, yoxud musiqachi kabi sanʼat xodimi, yoki sportchi sifatida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatdagi shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadi shu ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatiga sanʼat xodimi yoki sportchining oladigan daromadi oʻziga emas, boshqa shaxsga yozilsa, mazkur Bitimning 7, 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlatda sanʼat xodimlari yoki sportchilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan olinadigan daromadlarga 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi qachonki bu faoliyatni boshqa Ahdlashuvchi Davlat, uning subyektlari yoki mahalliy hokimiyat organlari mablagʻ bilan taʼminlasalar. Bu holda bunday daromad ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi qaysi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, faqat oʻsha Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
18-modda
Pensiyalar va boshqa shu kabi toʻlovlar
Pensiyalar va boshqa shu kabi toʻlovlar
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan pensiyalar (jumladan, davlat pensiyalari va ijtimoiy taʼminot tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar) va annuitetlar faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatdagina soliqqa tortiladi.
2. “Annuitet” iborasi bunday toʻlovlarni pul yoki pul ifodasida adekvat va toʻliq taqdirlash majburiyatlari mavjud boʻlganda jismoniy shaxsga vaqti-vaqtida belgilangan muddatlarda umrbod yoki maʼlum bir farqli davrda toʻlashga moʻljallangan aniq qayd etilgan summani anglatadi( koʻrsatiladigan xizmatlardan boshqacha).
3. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti foydasiga toʻlanadigan alimentlar va boshqa shu kabi toʻlovlar faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
19-modda
Davlat xizmati uchun ragʻbatlantirish
Davlat xizmati uchun ragʻbatlantirish
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki uning maʼmuriy boʻlinmalari yoki uning mahalliy hokimiyatlari tomonidan jismoniy shaxsga mana shu Ahdlashuvchi Davlatga yoki uning maʼmuriy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyatlariga koʻrsatgan xizmati uchun toʻlanadigan taqdirlash puliga, pensiya bundan mustasno, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
2. Bunday taqdirlash pullariga agarda xizmatlar mana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilsa va pulni oluvchi shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti; yaʼni:
(I) shu Davlatning milliy shaxsi hisoblansa, yoki
(II) faqat ushbu xizmatni koʻrsatish maqsadida shu Davlatning rezidenti boʻlmagan boʻlsa, faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagina soliq solinadi.
20-modda
Talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar
Talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan yoki rezidenti hisoblanadigan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat taʼlim olish yoki tajribadan oʻtish maqsadida boʻlib turgan talaba, aspirant yoki praktikantning shu yerda yashashi, taʼlim olishi yoki tajribadan oʻtishi maqsadlarida oladigan toʻlovlariga agar bunday toʻlovlarning manbai ushbu Davlat hududidan chetda joylashgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinmaydi.
2. Xuddi shuningdek, bir Ahdlashuvchi Davlatga kelguniga qadar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan yoki rezidenti hisoblanadigan va birinchi eslatilgan Davlatda asosan oʻqitish yoki tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida boʻlib turgan oʻqituvchi yoki ilmiy xodimning oladigan mukofot puli ushbu Davlatda ikki yil mobaynida soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda
Boshqa daromadlar
Boshqa daromadlar
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti daromadlarining mazkur Bitimning boshqa moddalarida aytib oʻtilmagan turlari, ular qayerda vujudga kelishidan qatʼi nazar, faqatgina ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
2. Basharti daromadlarni oluvchi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻla turib, oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan yoki ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa hamda daromad manbai boʻlgan huquq yoki mulk haqiqatdan ham ushbu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandi qoidalari mazkur daromadlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi, 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olinayotgan daromadlar bundan mustasno. Ushbu holatda vaziyatdan kelib chiqib, mazkur Bitimning 7- yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
22-modda
Mol-mulk
Mol-mulk
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkka ushbu boshqa Davlatda soliq solinadi.
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasining (tadbirkorlikka oid) mol-mulkining bir qismi boʻlgan koʻchmas mulkka yoki Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidentiga boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil yakka tartibdagi xizmatlarni koʻrsatish uchun lozim boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchmas mulkka ushbu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining mulki boʻlgan va xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti sifatidagi mulkka va bunday tashishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan koʻchma mulkka faqat ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinadi.
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti mulkining boshqa barcha unsurlariga faqat ushbu Davlatda soliq solinadi.
23-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
1. Oʻzbekistonda ikkiyoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf qilinadi:
agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti mazkur Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda ushbu bandda oldin tilga olingan Davlat ushbu rezidentning daromadidan olinadigan soliqdan boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirib tashlashi mumkin. Biroq bunday chegirib tashlanadigan summa ushbu boshqa Davlatda uning soliq qonunlari va qoidalariga muvofiq tarzda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad soligʻi qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
2. Qozogʻistonda ikkiyoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf qilinadi:
a) Agar Qozogʻiston rezidenti mazkur Bitim qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki mulkka egalik qilsa, unda Qozogʻiston
I) ushbu rezidentning daromadidan Oʻzbekiston toʻlangan daromad soligʻiga teng summani chegirib tashlaydi;
II) ushbu rezidentning mol-mulkidan olinadigan soliqdan Oʻzbekistonda toʻlangan mulk soligʻiga teng summani chegirib tashlaydi;
Bunday chegirib tashlashlar har qanday holda hamda turli vaziyatlarga qarab Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki mulkka tegishli chegirib tashlashgacha boʻlgan holdagi daromad yoki mulk soligʻi qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas;
b) Agar Qozogʻiston rezidenti mazkur Bitim qoidalariga muvofiq faqat Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, Qozogʻiston bu daromadni soliqqa tortish bazasiga qoʻshishi mumkin, lekin, faqat buni Qozogʻistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlganidek shunday boshqa daromad uchun soliq stavkasini belgilash maqsadidagina amalga oshirishi mumkin.
24-modda
Kamsitmaslik
Kamsitmaslik
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari Ahdlashuvchi boshqa Davlat fuqarolariga ayni bir xil sharoitlarda yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida, 1-moddaning qoidalaridan qatʼi nazar, bitta yoki har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham tegishlidir.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ushbu Ahdlashuvchi boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi.
3. Mazkur Bitimning 9, 11 yoki 12-moddalari qoidalari qoʻllaniladigan holatlarni istisno qilib Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti bunday korxonaning soliq solinadigan foydasini aniqlash maqsadlarida toʻlaydigan foizlar, royalti va boshqa tovonlar goʻyoki birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan tarzda chegirib tashlanadi. Xuddi shuningdek, bitta Ahdlashuvchi Davlatning korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga har qanday qarzlari ushbu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi esga olingan Davlat rezidentining qarzlarini hisobga olgandek sharoitda hisob-kitob qilib chiqilishi kerak.
4. Ahdlashuvchi Davlat korxonalarining boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita toʻliq yoki qisman tasarrufida boʻlgan yoki nazorat qilinadigan mulki birinchi eslatilgan Davlatda Ahdlashuvchi birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
5. Mazkur moddada nazarda tutilgan qoidalar har bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlariga ushbu rezidentlar daromadlarini soliqqa tortish sohasida ularga har qanday shaxsiy imtiyozlar, ozod qilishlar va chegirib tashlashlarni taqdim etishga majbur qiladigan qoidalar sifatida talqin qilinmasligi lozim.
25-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Oʻzaro kelishuv tartiblari
1. Agarda shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga mazkur Bitimda nazarda tutilganiga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa yoki agar uning holati mazkur Bitimning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, u mazkur Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ariza Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga duchor qiladigan xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma olinganidan soʻng uch yil mobaynida taqdim qilinishi lozim.
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani Bitimga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga harakat qiladi. Har qanday erishilgan kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning milliy qonunlarida mavjud boʻlgan qandaydir vaqtinchalik cheklashlardan qatʼi nazar, bajarilishi zarur.
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday masalalarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular, shuningdek, mazkur Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda ham ikkiyoqlama soliq solinishini bartaraf qilish maqsadida bir-biri bilan maslahatlashishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda
Axborot bilan almashish
Axborot bilan almashish
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash yoki bajarish yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar, oʻz maʼmuriy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan mazkur Bitimga zid boʻlmagan tarzda undiriladigan istalgan tur va tavsifdagi soliqlarga oid milliy qonunchilikni tatbiq qilish uchun zarur boʻlgan axborot bilan almashadilar. Axborot bilan almashish mazkur Bitimning 1- va 2-moddalari bilan cheklanib qolmaydi.
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olingan har qanday axborot ushbu Ahdlashuvchi Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy deb hisoblanishi lozim hamda faqat mazkur moddaning 1-bandida belgilangan soliqlarni baholash yoki yigʻish, majburiy undirish yoxud sudda koʻrib chiqish yoki ushbu soliqlarga nisbatan shikoyatlarni koʻrib chiqish yoxud bunday faoliyatlarni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sud va maʼmuriy organlar) taqdim qilinishi mumkin. Bunday shaxslar yoki organlar axborotdan faqat ushbu maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Ular axborotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarini qabul qilishda oshkor qilishlari mumkin.
3. Mazkur moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
a) ushbu yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralar koʻrish;
b) ushbu yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq yoki odatdagi maʼmuriy amaliyoti davomida olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim qilish;
s) har qanday savdo, tadbirkorlik, tijorat, sanoat yoki kasbiy sirni yoxud savdo jarayonini oshkor etadigan axborotni yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga zid boʻlgan axborotni taqdim qilish.
4. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu moddaga muvofiq axborot soʻralgan boʻlsa, oʻzga Ahdlashuvchi Davlat bunday axborot oʻz soliq maqsadlari uchun zarur boʻlmasa ham, soʻralgan axborotni toʻplash boʻyicha choralar koʻradi. Yuqorida belgilangan majburiyatga nisbatan ushbu moddaning 3-bandida belgilangan cheklovlar qoʻllaniladi, biroq mazkur cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga faqatgina ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli ushbu axborot taqdim etishni rad qilishga ruxsat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
5. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalari axborot faqatgina bank, boshqa moliyaviy muassasa, uning nominal egasi, agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatidagi shaxs ixtiyorida ekanligi yoxud bunday maʼlumot mulk huquqi berilgan shaxsga taalluqli boʻlganligi sababli uni taqdim qilishni rad etish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ruxsat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda
Soliqlarni undirishda yordam
Soliqlarni undirishda yordam
1. Ahdlashuvchi Davlatlar oʻzlariga tegishli soliq majburiyatlarini undirishda bir-birlariga oʻzaro yordam koʻrsatadilar. Bunday yordam mazkur Bitimning 1- va 2-moddalarining qoidalari bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari mazkur moddani qoʻllash tartibini oʻzaro kelishish yoʻli bilan belgilaydilar.
2. Mazkur moddada qoʻllanilgan “soliq majburiyati” atamasi ushbu Bitimga yoki Ahdlashuvchi Davlatlar ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalarga zid boʻlmagan tarzda Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri, ularning maʼmuriy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan har qanday koʻrinish va tavsifdagi soliqlar sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻni, shuningdek, bunday soliqlarga tegishli foizlar, maʼmuriy jarimalar hamda undirish boʻyicha yoki undirishni taʼminlash yuzasidan xarajatlarni anglatadi.
3. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biri oldidagi soliq majburiyati ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq undirilishi zarur boʻlib, ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra ayni shu paytda uni undirishga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa, bu holda bunday soliq majburiyati ushbu Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari soʻrovnomasiga binoan ikkinchi Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari tomonidan undiruv uchun qabul qilinadi. Bunday soliq majburiyati ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat tomonidan uning qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq ayni oʻzining oldidagi soliq majburiyati singari undiriladi.
4. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan biri oldidagi soliq majburiyati ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq undirishni taʼminlash choralarini qoʻllashni taqozo qiladigan majburiyat boʻlsa, bunday majburiyat ushbu Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi soʻrovnomasi asosida oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan taʼminlash choralarini qoʻllash maqsadida qabul qilinishi lozim. Ushbu oʻzga Ahdlashuvchi Davlat, basharti bunday choralarni qoʻllash paytida soliq majburiyatini dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlatda undirishning imkoni boʻlmasa yoki undirishga toʻsqinlik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlsa ham, bunday soliq majburiyatiga nisbatan oʻz qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq ayni oʻzining oldidagi soliq majburiyati singari taʼminlash choralarini qoʻllaydi.
5. Mazkur moddaning 3- va 4-bandlari qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq soliq majburiyatiga nisbatan shunday majburiyatning xususiyatiga koʻra qoʻllanishi mumkin boʻlgan vaqt cheklovlari va ustuvorlik tartibi ushbu Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan mazkur moddaning 3- va 4-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun qabul qilinayotgan soliq majburiyatiga nisbatan ushbu Ahdlashuvchi Davlatda oʻzga Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligida nazarda tutilgan ustuvorlik tartibi qoʻllanilmaydi.
6. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining oldida soliq majburiyatining mavjudligi, uning haqiqiyligi yoki miqdorini aniqlash boʻyicha tartibotlar oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning sud yoxud maʼmuriy organlariga koʻrib chiqish uchun kiritilmaydi.
7. Basharti Ahdlashuvchi Davlatlardan biri mazkur moddaning 3- yoki 4-bandlariga muvofiq soʻrov yuborganidan soʻng oʻzga Ahdlashuvchi Davlat tegishli soliq majburiyati summasini undirib, birinchi Ahdlashuvchi Davlatga oʻtkazguniga qadar har qanday paytda bunday soliq majburiyati:
a) soʻrov mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq yuborilganda — Ahdlashuvchi Davlatlardan birining qonunchiligiga muvofiq undirilishi zarur boʻlib, ushbu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra ayni shu paytda uni undirishga toʻsqinlik qila olmaydigan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlat oldidagi soliq majburiyati deb hisoblanmay qolsa;
b) soʻrov mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq yuborilganda — dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq undiruvni taʼminlash choralarini koʻrish mumkin boʻlgan ushbu Ahdlashuvchi Davlat oldidagi soliq majburiyati deb hisoblanmay qolsa, —
bu holda dastlabki koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlari bu haqda oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organlarini zudlik bilan xabardor qiladilar va birinchi Ahdlashuvchi Davlat oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning ixtiyoriga koʻra oʻz soʻrovnomasini toʻxtatib turadi yoki chaqirtirib oladi.
8. Mazkur moddaning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga quyidagi majburiyatlarni yuklash sifatida talqin qilinmasligi lozim:
a) ushbu yoki oʻzga Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoxud maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy choralar koʻrish;
b) jamoat tartibiga tahdid qiluvchi choralar koʻrish;
s) oʻzga Ahdlashuvchi Davlat har bir muayyan holatda oʻz qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga muvofiq uning ixtiyorida boʻlgan undirishga yoki undiruvni taʼminlashga doir barcha oqilona choralarni koʻrmagan boʻlsa ham yordam koʻrsatish;
d) koʻmaklashayotgan Ahdlashuvchi Davlat zimmasiga tushayotgan maʼmuriy sarf-xarajatlar undiruv natijasida ikkinchi Ahdlashuvchi Davlat ega boʻlishi mumkin boʻlgan ustunliklarga yaqqol nomutanosib boʻlsa ham yordam koʻrsatish.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
27-1 modda
Imtiyozlarning cheklanishi
Imtiyozlarning cheklanishi
Mazkur Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Davlat uchun soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish boʻyicha ichki qonunchiligini qoʻllashga toʻsqinlik sifatida talqin qilinmasligi lozim.
(27-1-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilariga xalqaro huquq umumiy normalari yoki har ikki Ahdlashuvchi Davlatlar oʻrtasidagi maxsus Bitimlar qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
28-1 modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Davlatlar oʻzaro kelishuvga asosan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin boʻlib, ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Bitimning 29-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
(28-1-modda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Qozogʻiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
29-modda
Kuchga kirish
Kuchga kirish
Mazkur Bitim uni kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib qoidalarini bajarilganligi toʻgʻrisidagi oxirgi xabar olingan kundan kuchga kiradi bunda uning qoidalari quyidagi tartibda amal qiladi;
a) manbadan olinadigan soliqlarga nisbatan Bitim kuchga kirgan oydan keyingi uchinchi oyning birinchi kunida yoki shu kundan soʻng toʻlanadigan yoki hisoblanadigan summalariga nisbatan qoʻllaniladi;
b) Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki birinchi yanvardan soʻng boshlanadigan soliqqa tortiladigan davrlar uchun boshqa soliqlariga nisbatan qoʻllanadi.
30-modda
Bitim taʼsirini toʻxtatish
Bitim taʼsirini toʻxtatish
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amalini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Bitimning amalini Bitim kuchga kirgan sanadan 5 yillik muddat tugagan kundan boshlab istalgan taqvimiy yilning tugashidan kamida 6 oy oldin diplomatik yoʻl orqali xabar berib toʻxtatishi mumkin. Mazkur holatda Bitim oʻz amalini:
a) manbadan olinadigan soliqlarga nisbatan xabarnoma berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvardan boshlab yoki birinchi yanvardan soʻng toʻlanadigan yoki hisoblanadigan summalarga nisbatan;
b) boshqa daromad yoki mol-mulk soliqlariga nisbatan xabarnoma berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki birinchi yanvardan soʻng boshlanadigan soliq davrlari uchun toʻxtatadi.
Almati shahrida 1996-yil 12-iyunda oʻzbek, qozoq va rus tillarida har biri ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin etishda tushunmovchiliklar vujudga kelgan hollarda rus tilidagi matn asos qilib olingan.
(imzolar)