31.12.2014 yildagi 372-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
372-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2015-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b”-”j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 8-bandining “a” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablagʻlarni yuridik shaxslardan regress daʼvolar boʻyicha belgilangan tartibda undirib oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 33-bandning oltinchi xatboshiga “boʻlimlari boshliqlarini” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari oʻrinbosarlarini” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:

“Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi”;

4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqani tayinlash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi boʻlmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan boʻlsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi”;

17-bandning birinchi xatboshidagi “uch yildan” soʻzlari “oʻn ikki oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqaga yoki “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biriga huquqi boʻlgan OIV infeksiyasiga chalingan va 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga uning oʻzi tanlagan nafaqa yoki davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 201-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“161. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolarining barchasiga ushbu Nizomda belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila aʼzosining talabiga koʻra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida toʻlanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila aʼzosi oʻziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oilaning barcha aʼzolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yigʻmajildi turgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila aʼzosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish toʻgʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻmajildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir aʼzosining nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila aʼzosiga nafaqadan ulush ajratilishida ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan talablarga rioya etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi boʻlmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan boʻlsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-bandning birinchi xatboshidagi “uch yildan” soʻzlari “oʻn ikki oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 4-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)