O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 6-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 14-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2014-yil 14-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarining, sudyalarning va prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining pensiya ta’minoti
Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarini, sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlari pul ta’minotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi”;
2) 26-moddaning “a”, “b”, “g” va “d” bandlaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “yoshga doir eng kam pensiyaning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 28-moddaning “z” bandidagi “Ulug‘ Vatan urushi yillarida” degan so‘zlar “1941 — 1945-yillardagi urush davrida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 29-modda ikkinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “yoshga doir eng kam pensiyaning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 30-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddasi “a” yoki “b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “i” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g”, “d” yoki “e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “j” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin”;
6) 31-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi”;
7) 36-modda:
moddaning matni “ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
8) 37-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi “i” band bilan to‘ldirilsin:
“i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr”;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “e” — “z” bandlarda” degan so‘zlar “d” — “i” bandlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 38-moddaning “b” bandidagi “Ulug‘ Vatan urushi yillarida (1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-mayga qadar)” degan so‘zlar “1941 — 1945-yillardagi urush davrida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 40-modda:
birinchi qismi “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
11) 59-moddaning birinchi qismidagi “uch yildan” degan so‘zlar “o‘n ikki oydan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 63-moddaning to‘rtinchi qismidagi “ikki oylik pensiya miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining uch barobaridan oz bo‘lmagan miqdorda” degan so‘zlar “eng kam oylik ish haqining to‘rt barobari miqdorida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 175-modda quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Soliq to‘lovchi tomonidan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 264-moddaning birinchi qismidagi “175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 5-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “20” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
5-modda. Ushbu Qonun 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-dekabr,
O‘RQ-379-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 49-son, 579-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)