31.12.2014 yildagi 372-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.01.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
372-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2015-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b”-”j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 8-bandining “a” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablagʻlarni yuridik shaxslardan regress daʼvolar boʻyicha belgilangan tartibda undirib oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 33-bandning oltinchi xatboshiga “boʻlimlari boshliqlarini” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari oʻrinbosarlarini” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:

“Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi”;

4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nafaqani tayinlash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi boʻlmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan boʻlsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi”;

17-bandning birinchi xatboshidagi “uch yildan” soʻzlari “oʻn ikki oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqaga yoki “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biriga huquqi boʻlgan OIV infeksiyasiga chalingan va 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga uning oʻzi tanlagan nafaqa yoki davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 201-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“161. Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolarining barchasiga ushbu Nizomda belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila aʼzosining talabiga koʻra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida toʻlanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila aʼzosi oʻziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi oilaning barcha aʼzolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yigʻmajildi turgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila aʼzosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish toʻgʻrisida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻmajildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir aʼzosining nafaqaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila aʼzosiga nafaqadan ulush ajratilishida ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan talablarga rioya etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi boʻlmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan boʻlsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi boʻyicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-bandning birinchi xatboshidagi “uch yildan” soʻzlari “oʻn ikki oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Nafaqa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi fuqaro;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xodim yoki uning qaramogʻidagi oila aʼzosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki oʻlik bola tugʻilganda (perinatal oʻlim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ish bilan band boʻlgan yoki band boʻlmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli boʻlgan shaxs yoki bola;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etilgan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida” soʻzlari “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Ushbu Nizomning 5-bandi “a” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsga eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida nafaqa toʻlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 12-banddagi “marhumning pensiyasi yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 16-bandning ikkinchi xatboshiga “(perinatal oʻlim)” soʻzlaridan keyin “yoxud ushbu Nizomning 5-bandi “e” kichik bandida koʻrsatilgan shaxs vafot etgan taqdirda” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 19-bandning ikkinchi xatboshidagi “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida” soʻzlari “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Bir vaqtning oʻzida Qonun boʻyicha va Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan alohida toifadagi fuqarolarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxsga pensiyaning bir turi uning tanlashi boʻyicha tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 12-bandga quyidagi mazmundagi “z1” kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʻlgan vaqtini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 14-bandning oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush oʻrtogʻi, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi) vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar boqish bilan bandligini va ishlamayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 16-bandning “d” kichik bandidagi “1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha Ikkinchi jahon urushi (keyingi oʻrinlarda Ikkinchi jahon urushi deb ataladi)” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 20-bandning birinchi xatboshi, 24-band, 39-bandning “b” kichik bandi, 75-band, 78-bandning beshinchi xatboshi va 112-bandning “j” kichik bandidagi “Ikkinchi jahon urushi” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 35-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“i) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʻlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 37-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “e” — “z” kichik bandlarida” soʻzlari “d” — “i” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“48. Chet elda ishlash davrlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan sugʻurta badallari toʻlangan boʻlsa, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash va chet eldagi ish staji toʻgʻrisida mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiyani hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yillik davriga kiritilmaydi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar, shuningdek ularning xotini (eri)ga 2015-yil 1-yanvarga qadar tayinlangan pensiyalar ushbu Nizom va Qonunning 51-moddasi talablari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 49-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Misol. Chet el fuqarosining umumiy ish staji 40 yilni tashkil etadi, shundan 21 yili Oʻzbekiston Respublikasi hududiga, 19 yili esa xorijiy davlat hududiga toʻgʻri keladi. Ushbu holatda chet el fuqarosining xorijiy davlatdagi ish staji pensiyani hisoblash uchun 7 yil (21 yil/3) doirasida qabul qilinadi va umumiy ish staji 28 yilni (21 + 7) tashkil etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 87-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “d”, “e”, “j” va “z” kichik bandlarida” soʻzlari “d” — “i” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 90-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun sugʻurta badallarining soliq solish obyekti ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi boʻyicha olingan, Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 107-bandning “a” — “g” kichik bandlaridagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “yoshga doir eng kam pensiyaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“113. Ustamalar tayinlanadigan pensiyalar turidan qatʼi nazar, tayinlanadi. Agar pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan bir necha ustama haqni bir vaqtda olish huquqiga ega boʻlsa, u holda ustama haqlar quyidagi hollarda bir vaqtning oʻzida tayinlanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxsga ushbu Nizomning 112-bandi “a” yoki “b”-bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 112-bandi “z” — “l” kichik bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxsning tanlovi boʻyicha ushbu Nizomning 112-bandi “v”, “g” yoki “d” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 112-bandi “e” — “l” kichik bandlarida koʻrsatilgan ustama haqlardan biri qoʻshib hisoblanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “uch yoshga” soʻzlari “ikki yoshga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Misol. Boquvchi vafot etgandan (2010-yil 10-iyun) keyin tugʻilgan bolaning (2010-yil 6-avgust) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga huquqi tugʻilgan kunidan boshlab paydo boʻladi. Tegishli ravishda, boquvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab 2010-yil 10-dekabrga (murojaat qilishning oxirgi kuni 2010-yil 9-dekabr) qadar murojaat etilganda pensiya 2010-yil 6-avgustdan tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) 169-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“169. Pensioner tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiyaning hisoblangan summasi oʻtgan vaqt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda bir yoʻla toʻlanadi, biroq pensiya olish uchun murojaat qilishdan oldingi oʻn ikki oydan ortiq vaqt uchun emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan pensiya summasi oʻtgan vaqt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda, muddat cheklanmasdan bir yoʻla toʻlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) 170-bandning ikkinchi xatboshidagi “boshlab” soʻzidan keyin “lekin uning tomonidan hisobga qoʻyish maqsadida murojaat etilgandan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) Nizomga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha Ikkinchi jahon urushi (keyingi oʻrinlarda Ikkinchi jahon urushi deb ataladi)” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“b” banddagi “Ikkinchi jahon urushi va fuqarolar urushi” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” banddagi “Ikkinchi jahon urushi yillarida” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush davrida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g”, “d” va “j” bandlaridagi “Ikkinchi jahon urushi” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) Nizomga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha Ikkinchi jahon urushi (keyingi oʻrinlarda Ikkinchi jahon urushi deb ataladi)” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v”, “g” va “e” bandlardagi “Ikkinchi jahon urushi” soʻzlari “1941 — 1945-yillardagi urush” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 4-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)