24.12.2014 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 73-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin hamda ular 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq xarajatlar 2015-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida “Maorif” tarmog‘i bo‘yicha nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga ilova 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 362-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Lavozimlar nomi” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari o‘qituvchisi, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari (metodistlari)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Lavozimlar nomi” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Umumta’lim maktablarining yuqori sinflari o‘qituvchisi, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining metodik ta’minlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va davlat ta’lim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52-son, 625-modda)