Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida” hamda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 60-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-dekabr,
360-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 360-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining xodimlarning cheklangan umumiy soni 28 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 4,5 shtat birligidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq”.
2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining
TUZILMASI
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni — 28 kishi, shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 4,5 shtat birligi”
3. 2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Zaruriyat boʻlganda Respublika reabilitatsiya markazi odam savdosi jabrdiydalarini davolash-profilaktika muassasalariga, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga belgilangan tartibda diagnostika, davolash-maslahat yordami koʻrsatish, shuningdek (atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan narkologiya, psixiatriya, dermotovenerologiya, sil, yuqumli kasalliklar va boshqalar boʻyicha) statsionar tibbiy yordam koʻrsatish uchun yuboradi.
Respublika reabilitatsiya markazi rahbariyati davolash-profilaktika muassasalariga yuborishning asoslanganligi uchun shaxsan javob beradi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 624-modda)